Kitob al-buldon asari



Yüklə 15,91 Kb.
tarix07.03.2022
ölçüsü15,91 Kb.
#53447
Kitob al-buldon asari


Kitob al-buldon asari

”Kitob al-buldon”. Asar ijodkori al-Ya`kubiy IX asrda o`tgan yirik geograf tarixchi olimdir. Ismi Abulabbos Axmad ibn Abu Ya`kub ibn Ja`far ibn Vaxb ibn Vadix al-Kotib al-Abbosiy bo`lib, u yirik mansabdor xonadoniga mansubdur. AlYa`kubiy Bagdodda tugildi, lekin umrining ko`p kismini Armaniston, Xuroson, Falastin, Misr va Magribda o`tkazdi. Al-Ya`kubiyning ikki yirik va muxim asari bizning zamonamizgacha etib kelgan. Biri ”Kitob al-buldon” (“Mamlakatlar xakida kitob”), ikkinchisi esa “Tarix” nomi bilan mashxurdir. ”Kitob al-buldon” (taxminan 891 yilda yozilgan) to`rt kismdan iborat. Asarda arablar ko`l ostidagi mamlakatlarning geografik xolati, yirik shaxarlar va kal`alari, axolisi va uning asosiy mashguloti, urf-odatlari, o`sha mamlakatdan olinadigan xirojning umumiy mikdori xakida kimmatli ma`lumotlar keltiriladi. Ushbu asarning ikki mo``tabar ko`lyozmasi Garbiy Germaniya kutubxonalarida saklanmokda. Kitobning arabcha matni gollandiyalik mashxur sharkshunos M.de Gue (1836-1909 y.) tomonidan 1892 yili Leydenda chop etilgan. Al-Ya`kubiyning ikkinchi asari “Tarix” umumiy tarix tipida yozilgan bo`lib, Shark mamlakatlari, shuningdek O`rta Osiyoning VII-IX asrlardagi tarixi bo`yiyaa muxim manbalardan biri xisoblanadi. Asar ikki kismdan iborat bo`lib, Odam Atodan islomgacha bo`lgan va musulmon mamlakatlari tarixlari, ya`ni o`sha mamlakatlarda 873 yilgacha sodir bo`lgan vokealar bayon etilgan. “Tarix”ning arabcha matni 1883 yili gollandiyalik olim M.T.Xautsma (1851- 1943 y.) tomonidan chop etilgan. Arab tilidagi tarixiy manbalarning umumiy xususiyatlariArab tilida yaratilgan tarixiy asarlar yoki yozma yodgorliklar kuyidagi umumiy xususiyatlarga ega. Ular garchi arab tilida yozilgan bo`lsa-da, barchasida umumiy tarixni kamrab olishga, ya`ni tarixni jaxon tarixi sifatida idrok etishga, talkin kilishga intilish aloxida sezilib turadi. Bu manbalar uchun ilk tarixiy asar va namuna sifatida “Kur`oni karim” olinadi. Kitoblar ichida tarixchi o`zining “Kur`oni karim”, xadislar va “Paygambarlar kissalari”, diniy rivoyatlarni ya`shi bilishini namoyish etishga va ulardagi mashxur va ma`lum vokea, xodisa, rivoyat, akidalardan unumli foydalanishga intilganlar. Arab tilidagi yozma manbalarning eng kadimgilari asosan mumtoz yozuv turlaridan kufiyda “Kur`oni karim” va tafsirlar, xadislar nasx, suls yozuvlarida bitilgan. XV asrdan so`ng istemolga nasta`lik yozuvi kirgan. Aloxida farmon va xujjatlar ta`lik yozuvida bitilgan. Tarixiy asarlar mazmuni va tarkibiga kelganda shuni aytish kerakki, ularda matn an`anaviy Allox xamdi – taxmid, paygambarimiz na`tlari, to`rt saxoba yoki saxobai roshidin ta`rifi kelib, undan so`ng asar kimga bagishlangan bo`lsa, odatda ular yuksak lavozimdagi shaxslar yoki xokimlar bo`lgan, o`sha xomiylarga bagishlov maktov yoziladi va ana shundan keyin kamtarin muallif o`zi xakida, kanday asar yozmokchi ekanligi, uning nomi va asarning ixcham maxmuni yoki zamonaviy til bilan aytilsa, annotatsiyasi bayon etiladi. Asarning oxiridagi xotima – kolofonda esa, muallif asarini tugatib olgani uchun Alloxga shukronalar keltirib, mazkur ko`lyozma asar va uning ushbu nusxasi, ko`chirilish joyi va tarixi, xattoti xakida ma`lumot keltiriladi. Tarixiy asarlarda keltiriladigan “Kur`oni karim” oyatlari va “Xadisi sharif” namunalari odatda asosiy matndan ajratib, boshka siyox bilan va ko`pincha boshka yozuv, xat turi, masalan kufiy, nasx yoxud suls yozuvida boshkacha siyox bilan bitilib, aloxida ziynatlanadi. Tarixiy asarlar ko`lyozmalari o`z davri an`analariga mos ravishda charm mukova – jildlarga olingan, kitob boshlanishi shams, unvon, sarlavxa, zarvarak nakshlari bilan, matn o`rtalarida lavxa nakshlar va mo``jaz rasmlar bilan bezatilgan. Namuna sifatida Beruniyning “Osor ul-bokiya” asarining mo``tabar ko`lyozmasini ko`rsatish mumkin. Umuman, arab tilida yurtimiz tarixiga oid manbalar bilan tanishish ularning xam son jixatidan ko`pligi, xam ilmiy saviyasi juda yukori ekanligi guvoxi bo`lamiz. Garchi komusiy olimimiz Beruniy arablarda tarix yaratish an`anasi juda kadimiy va boy emasligi xakli ravishda kayd etilgan bo`lsa-da, arab xalifaligi shakllanganidan so`ng, yunon, eron, yaxudiy va nasroniy tarix an`analaridan ijobiy va ijodiy foydalangan arab va asosan arab tilida ijod etuvyai muarrixlar xam arab xalklari, xam arab xalifaligi xududiga kirgan yoki unga ko`shni bo`lgan xalklar tarixini yozishda juda katta xissa ko`shdilar. Shuning bilan birga, yurtimizdan etishib chikkan tarixchilarimiz xam arab tilida ayniksa, Beruniy, Sam`oniy, Shaxobiddin Nisoviy kabi tarixchilar ajoyib asarlar yaratib, arab tilidagi tarix ilmi tarakkiyotiga munosib ulush ko`shdilar.
Yüklə 15,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin