Kompyuter viruslari, zararkunanda dasturlar va ulardan
himoyalanish mexanizmlari
Reja
Viruslar va ularning zararli oqibatlari haqida tushuncha
Kompyuter viruslari turlari,yuqtirish yo`llari va vositalari
Antiviruslar-himoya dasturlari haqida
Virus dasturi kompyuterdagi ma'lumotlar butunligini
buzishga yoki ularni
o'chirishga mo'ljallangan bo'ladi. Ilk bor virus dasturlari AQShda ishlab
chiqarilgan, chunki aynan bu davlatda shaxsiy kompyuterlar keng tarqalgan edi. Ilk
bor ishlab chiqarilgan virus dasturlari foydalanuvchini
hotirjamligini buzishga va
asabiga tegishga qaratilgan edi. Lekin keyinchalik ular zarar yetkazishni o'zining
maqsadi sifatida qabul qilib oldi. Hozirgi paytda butun dunyo buyicha 200000 dan
ortiq virus dasturlari mavjud. Ular kompyuter viruslari bo'lib, kompyuterdagi
ma'lumotlarga zarar etkazadi yoki kompyuterning ishlash samaradorligini tushirib
yuboradi.
Kompyuter virusi o'zi nima? Ular ma'naviy
qashshoq, hayotdan va boshqalardan
alamzada dasturchilar tomonidan g’arazli maqsadlarda yozilgan dastur. Ular
odatda, ko'p martalab nusxalanadi va ijrochi fayllarga "yopishib oladi".
Ularning
"ishga tushishi" oqibatida goh displeyda turli yot yozuvlar paydo bo'lishi, goh
disqdagi yozuvlar (fayllar) ni o'chirib yuborishi mumkin.
Odatda foydalanuvchiga virus dasturlarining nomigina ma'lum bo'lishi mumkin.
Masalan, Black Hole (qora teshik), Black Friday (qora juma), Friday 13 (o'n
uchinchi juma), "sekin ta'sir qiluvchi virus" va hokazo. Mazkur viruslar ekranning
chap burchagidan qora teshik ochishi yoki 13 sana juma kunlari ishlayotgan
fayllarni yo'qotishi, bundan tashqari har 5 minutda kompyuter ishini bir necha yuz
marotalab sun'iy sekinlashtirib yuborishi mumkin.
Odatda TR-viruslar deb nomlanuvchi viruslar guruhi ajoyib xossaga ega.
Zararlangan dasturni ko'rish chog'ida virus dasturi
tuzatilgan dastur ichiga
"suqilib" kirib oladi va o'zini namoyon etmaydi. Shunga o'xshash pokistoncha
viruslar
(Brain
Ashet)
ham
zararlangan
kompyuterlarda
o'z
"faoliyatini"tayyorlarchaolibboradi.
Keng
tarqalgan
viruslarni
ikki
guruhga
bo'lish
mumkin:
-fayllar
uchun
(SOM,
YeXE
va
DLL
ni
zararlaydi);
-Boot-viruslar (disketlarni boshlang'ich yuklovchi sektorlari yoki MBR (Master
Boot
Record)
qattiq
diskning
yuklovchi
sohasini
zararlaydi.
Tarmoqqa zarar keltiruvchi alohida viruslar ham mavjud.
Ular replikatorlar deb
atalib, tarmoqdagi barcha yoki ba'zi abonentlarni zararlaydi. Ulardan eng
"taniqlisi" Morrisa nomlisidir. 1988 yilda ushbu virus Internet tarmog'idagi 30000
ta kompyuterdan 6000 tasiga
zarar keltirib, "karomat" ko'rsatgan.