2-Mavzu: Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani o‘qituvchisining o‘quv-
me’yoriy hujjatlari va metodik ishlari, ularni rejalashtirish,
tashkil etish va tayyorlash metodikasi
Reja:
1.
Maktabgacha ta‟lim pedagogikasi turkum fanlarini o„qitishga
zamonaviy yondoshuvlar.
2.
DTS tuzilishi va mazmuni.
3.
O„quv rejasi va ishchi dasturlarga qo„yiladigan talablar
.
4.
Maktabgacha ta‟lim yo„nalishi bo„yicha fanlardan o„quv-metodik
komplekslar tayyorlash.
Tayanch iboralar:
davlat talim ctandarti, DTS tuzilishi va mazmuni,
o„quv rejasining tuzilishi, fan dasturiga qo„yiladigan talablar o„qituvchining o„quv-
me‟yoriy hujjatlari o„quv reja, o„quv dasturiva darsliklar, fan dasturiga qo„yiladigan
talablar, fan bo„yicha ishchi rejaning tuzilishi. Metodik ishlar, ularni rejalashtirish,
tashkil etish va tayyorlash metodikasi.
2.1. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi turkum fanlarini o‘qitishga zamonaviy
yondoshuvlar.
Ma‟lumki, davlat va jamiyat rivojining har bir bosqichi shaxs, jamiyat va
davlatning ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ma‟naviy- ma‟rifiy va madaniy
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda didaktikaning tarixiy va mantiqiy birlikning
metodologik prinsipiga muvofiq ta‟lim tizimi oldiga muayyan davlat va ijtimoiy
buyurtmalarni qo„yadi.
Ta‟lim jarayonini rejalashtirish professor-o„qituvchilar faoliyatining asosiy
jihatlaridan biri bo„lib hisoblanadi. Bunda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
vakuum ostida emas, balki ta‟lim muassasining sharoitidan kelib chiqqan holda
bajariladi. Professor-o„qituvchilardan albatta ular faoliyat ko„rsatadigan ta‟lim
muassasasi madaniyatini, tashkilotning maqsadini va dunyoqarashini, intilishini,
qadriyatlarini va xarakterini tushunishi kutiladi. Muassasaning madaniyati va
qadriyatlari albatta o„quv dasturiga ta‟sir ko„rsatadi.
Xorijdagi oliy ta‟lim muassasalarining ko„pchiligi o„zlarining vazifalarini
bajarishda talabalarga muassasa maqsadlari va bitiruvchi o„ziga xos xislatlari
to„g„risida fikrini berib boradi. Mazmunan bu umumiy tushunchalarda mazkur
universitetda tahsil berilayotgan kurslar va dasturlar bo„yicha talabaga kutilayotgan
natijalarni beradi. Ushbu muassasa talablari albatta maxsus fanlar va fanlararo
o„quv dasturlarida aks ettirilgan va belgilangan bo„lishi lozim.
Masalan, Oklend universitetida yaxshi hujjatlashtirilgan bitiruvchi profili
mavjud bo„lib, unda qo„yidagilar ko„rsatiladi:
Oklend universitetida bakalavr yo„nalishida tahsil olib bitirgan talaba
yuqori darajadagi bilimlarni egallab, ham mutaxassis bilimlariga, ham umumiy
intellektual ko„nikmalarga va hayotiy tajribaga ega bo„ladi va bu uning ishga
joylashuvida, fuqarolik burchlarini bajarishda, shuningdek davomiy ta‟lim olish va
malakasini oshirishda asos bo„lib xizmat qiladi.
Bitiruvchi profili talabaning tahsil olishida ham muassasa va ham dastur
darajasidagi olinishi kutilayotgan natijalarni yaqqol ifodalab beradi. Shu sababli
profilь maxsus fanlarga asoslangan natijalar tavsiflari va o„quv dasturlarini ishlab
chiqish uchun yo„riqnoma bo„lib hisoblanadi. Professor-o„qituvchilarning
fakulьtetlar, maktablar va kafedralardagi roli ushbu maqsadlarga erishish uchun
o„quv dasturlarini, o„qitish metodikasini va strategiyasini, pedagogik va ta‟lim
imkoniyatlarini ishlab chiqishdan iborat (Maki, 2004). Ko„plab universitetlar
Bitiruvchi profiliga yoki Bitiruvchi xislatlari tavsifiga ega yoki ularni ishlab
chiqmoqda.
O„quv dasturini ishlab chiqishda o„rganish natijalari yondashuvi hali
yangiligicha qolmoqda, va ko„plab professor-o„qituvchilar boshida ushbu
yondashuvni ham xodimlar, ham talabalar uchun tushunarli va mazmunli tavsiflab
berishda qiynalishadi.
1
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, ta‟lim ijtimoiy sohadagi ustuvor
yo„nalish deb belgilandi, oliy ta‟limni joriy etishning metodologik va nazariy asosi
bo„lgan “Ta‟lim to„g„risida”gi Qonun da oliy ta‟lim tizimi oldiga har tomonlama
kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta‟lim va kasb-hunar dasturlarini
ongli ravishda tanlagan va keyinchalik puxta o„zlashtirgan, ijtimoiy-siyosiy,
huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratish, jamiyat,
davlat va oila oldidagi o„z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalash kabi
davlat buyurtmalari qo„yilgan.
Jamiyatimizda sodir bo„layotgan ijtimoiy-iqtisodiy, mafkuraviy, ma‟naviy-
ma‟rifiy o„zgarishlar, huquqiy-demokratik jamiyat qurish tamoyillari hisobga
olingan holda yaratilgan “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” nomli
risolada ta‟lim tizimi oldiga ijtimoiy buyurtmalar qo„yilgan.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda mazkur davlat va ijtimoiy
buyurtmalardan oliy ta‟lim muassasalarida maxsus fanlarni o„qitishga qo„yiladigan
maqsad va vazifalar shakllantiriladi.
Maktabgacha ta‟lim pedagogikasi turkum fanlarini o„qitishda o„qituvchi
mazkur buyurtmalarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar:
•
Maktabgacha ta‟lim pedagogikasi turkum fanlarini o„qitish jarayonida
talaba-yoshlarni ma‟naviy-ahloqiy tarbiyalash, ma‟rifiy ishlarning samarali shakllari
va usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
•
Maktabgacha ta‟lim pedagogikasi turkum fanlardan tashkil etiladigan
ta‟lim-tarbiya jarayonida innovasion va axborot-kommunikativ texnologiyalardan
foydalanish;
•
Maktabgacha ta‟lim pedagogikasi turkum fanlarini o„qitishda
tayyorgarlikning modulь tizimidan foydalangan holda o„qitish jarayonini
jadallashtirish;
•
xalqning boy ma‟naviy va intellektual merosi va umumbashariy
qadriyatlar asosida maxsus ta‟limning insonparvarlik yo„nalishini ta‟minlash;
•
Maktabgacha
ta‟lim pedagogikasi turkum fanlaridan ta‟lim
jarayonining o„quv-metodik majmualar va didaktik ta‟minotning yangi avlodi
1
1
A Handbook for Teaching and Learning in Higher Education, published 2009by Routledge 270 Madison Ave,
New York, NY 10016, chapter IV: Planning teachingand learning Curriculum design anddevelopment, Lorraine
Stefani, 41-57 p.
silabusni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
•
milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi
hamda umumbashariy qadriyatlar ustuvorligi asosida maxsus ta‟limning barcha
darajalari va bo„g„inlarida talaba-yoshlarning ma‟naviy va ahloqiy fazilatlarini
rivojlantirish;
•
Maktabgacha ta‟lim pedagogikasi turkum fanlarini o„qitish jarayonida
talaba-yoshlar ongi va qalbiga milliy g„oya va mafkurani singdirish, ta‟lim
muassasalarida mafkuraviy tarbiyani bugungi kun darajasiga ko„tarish;
•
Ta‟lim-tarbiya jarayonida ta‟lim va tarbiyani uzviylashtirish orqali
talabalarning barkamolligini ta‟minlash, huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya-
gigienik ta‟limi hamda tarbiyasini takomillashtirish;
Bo„lajak
pedagog
kadrlarning
mafkura
borasidagi
bilimlarini
chuqurlashtirishni bajarish lozim.
Mazkur buyurtmalar asosida oliy ta‟lim muassasalarida maktabgacha ta‟lim
pedagogikasi turkum fanlarini o„qitishga zamonaviy yondoshuvlar mavjud:
1.
Maktabgacha ta‟lim pedagogikasi turkum fanlarini o„qitish
jarayoniga tizimli yondoshuv;
2.
Maktabgacha ta‟lim pedagogikasi turkum fanlarini o„qitish
jarayoniga moduli yondoshuv;
3.
Maktabgacha ta‟lim pedagogikasi turkum fanlarini o„qitish
jarayoniga innovasion yondoshuv;
4.
Maktabgacha ta‟lim pedagogikasi turkum fanlarini o„qitish
jarayoniga talaba shaxsiga yo„naltirilgan yondoshuv.
Mazkur yondoshuvlarga xos xususiyatlarni aniqlash maktabgacha ta‟lim
pedagogikasi turkum fanlarini o„qitish metodikasining dolzarb muammolari
sanalib, har biri mashg„ulotlar davomida alohida ko„rib chiqiladi.
Yuqorida qayd etilgan yondoshuvlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish
uchun avvalo oliy ta‟lim tizimida barcha o„quv fanlari, xususan maktabgacha
ta‟lim pedagogikasi turkum fanlaridan tashkil etiladigan o„qitish jarayonini ilmiy-
nazariy asoslari bo„lgan o„qitish prinsiplari va qonuniyatlarini aniqlash lozim.
Dostları ilə paylaş: |