Ular menga o’zlarining dunyosida ta osmon bor deb aytishdi qavat



Yüklə 18,31 Kb.
tarix15.09.2023
ölçüsü18,31 Kb.
#143727
Tush


Tush

-Ular menga o’zlarining dunyosida 7 ta osmon bor deb aytishdi. 7 qavat.


-Kim o’zi ular?
-O’zim ham bilmayman. Kecha tushimda ko’rdim. Oppoq libos kiyib olishgandi, xuddi farishtalardek, lekin, mening ishonchim komil, ular aniq farishta emas. Axir bizlar yerda uchrashgandik va men ishonamanki farishtalar yerda yurishmaydi, sababi ular insonlarning fe’lini yaxshi bilishadi. Ularning joyi osmonda, faqat ikkitasi yelkamizda turishga majbur xolos. Tushimdagilar esa farishta emas edi, ular yuzlarini niqob bilan to’sib olishgandi, menga ko’rinishni xohlashmasdi. Ular juda sekin so’zlashardi, lekin, shunga qaramasdan biz bir-birimizni tushunardik. Ular ko’pchilik bo’lib kelishdi, gapni esa o’rtada kelgan yetakchisi boshladi, xohnahoy sardori bo’lsa kerak.
-Xo’sh, ular senga nima dedi?
-Aytishlaricha ular bilan ketishim kerak ekan. Ularning eng yuqori osmonlariga naq yettinchisiga, biz hozir birinchisida ekanmiz, bu yerda bazo’r turishgan ekan. Samolari ular uchun qulayroq emish.
-Ketdingmi ular bilan?
-Ha, kettim, to’g’rirog’i olib ketishdi, meni ko’tarishdi va biz birga uchdik. O’zlarining osmonlaridagi allaqanday oppoq saroy tomon boshlashdi. Tashqaridan oppoq qasr, men hayron bo’ldim, ammo saroy ichi ancha rang-barang va chiroyli deb aytishdi, aytishlaricha asosan qizil rangga urg’u berilganmish ichidan. Saroyga yetar-yetmas to’xtadik, saroy darvozasida bizni bitta soqchi kutib oldi, u ham oppoq kiyingan faqat boshqalardan farqi uning ustida sovuti ham bor edi, va yuzidagi niqobi ham allaqanday boshqacharoq, temirdan ishlangan. Ularning yetakchisi sovut kiygan soqchi bilan gaplasha ketdi, nedirga ko’ndirishga rosa urindi, soqchi ko’nmayotgandek edi. Oxiri rozi bo’lgandek bosh chayqadi, va bizni shu yerda kutishimizni ta’kidlab, saroy tomon yolg’iz ketdi. Biz ancha kutdik, ancha, kechgacha. So’ngra soqchi qaytdi, faqat, yolg’iz emas, kimnidir o’zi bilan olib kelgan edi. Bir qizni, go’zal qizni, men ko’rganlarim ichida u eng go’zali edi, u ham oppoq libosda, hammadan ham u ko’proq farishta ta’rifiga yaqinroq degan bo’lardim. Men unga tikilib turardim, ko’zlariga, biroq u men tomon qaramasdi. Nelarnidir fikrlardi. So’ngra soqchi mening yonimga keldi, qizni menga topshirdi, ha, o’sha hur endi mening yonimda edi. U menga tayinladi: “Uni avayla, u gullarni yaxshi ko’radi, o’zi ham gulday nozik”. Men esa: “Agar u gullarni yoqtirsa men u uchun bog’lar qurib beraman” dedim, beixtiyor, bilmayman menga bu shahd qayerdan kelganini. Ichimdan bir narsa yonib, yuragim tez-tez ura boshladi. Biroq mendan boshqa hamma o’ta xotirjam, hattoki o’sha qiz ham. So’ngra soqchi, yana o’sha saroy tomon ketdi, lekin bu safar qaytmadi. Men hech narsani tushunmayotgan edim, bir saroyga boqardim, bir qizga, bir sardorga. Sardor alanglayotganimni ko’rib menga nedir aytish payiga tushdi. Ammo, u ham xuddi o’sha soqchining so’zlarini takrorladi; “U gullarni yaxshi ko’radi va o’zi ham gulday nozik”. So’ngra mendan so’radi: “Sizlar shu yerda qolasizmi yoki qaytasizmi? Yerga?” Nima deyishni bilmay qoldim. Yerga qaytsam, bu yerga yana kela olamanmi yoki yo’qmi, noma’lum. Lekin, men qaytishni tanladim, o’zimni bunday maskanga loyiq ko’rmayotgandim, va sardorga ketishni xohlayotganimni aytdim. U ham bosh chayqadi va ular bizni yerga kuzatib qo’yishdi. Ana endi biz yerda edik, men va bu yerlik bo’lmagan hur, oppoq libosda, bamisoli oq atirguldek. So’ngra u gap boshladi, aytishicha, u o’sha yerda tug’ilgan ekan, qasrda. Soqchi esa uning aytishicha “baxt” emish, toki munosibi topilmaguncha “baxt” uni o’sha qasrda asrabdi, tovba. Sardor meni ancha izlabdi, lekin hayronman, nimamni izlaydi? Axiyri meni yerdan topibdi va shu uchun yerga kelishga jazm etibdi. U allaqanday bir tilda so’zlardi, qolganlaridan boshqacharoq tilda, lekin men uni tushunardim, hatto tilini bilmasam ham nima deyayotganini anglayotgan edim. U mendan faqat birgina savol so’rashga ulgurdi: “meni rostan baxtli qilasanmi?”. Men javob berishga hozirlanayotgandim.
-Keyinchi?
-Keyin uyg’onib ketdim, qarasam ishga kech qolayotgan ekanman, jin ursin bunaqa ma’nosiz tushlarni.
-Ha, unaqada tanlovda adashibman.
-Nima?

22.07.2023
Yüklə 18,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin