www.UzReferat.ucoz.net
Konstitutsiya - davlatning asosiy qonuni
Konstitutsiya davlatning qiyofasi va nufuzini belgilab beradi.
Ana shu qonunlar majmui orqali jahon davlatni davlat, millatni esa millat sifatida tan oladi.
Asosiy qonunimiz xalq irodasi va shuurini, ijtimoiy ongi va madaniy darajasini aks ettiradi, zotan, uning tayyorlanishi va muhokamasida butun xalq ishtirok etdi.
Konstitutsiya — xalq tafakkuri va ijodining mahsulidir.
I. A. KARIMOV.
KONSTITUTSIYA VA KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ
Har qaysi davlat huquq tizimida bir talay qonunlar mavjud bo'ladi. Ammo ular orasida eng asosiysi deb e'tirof etiladigan birdan-bir qonun mayjudki, u ham bo'lsa, konstitutsiyadir. Lotincha «constitutio» so'zining tarjimasi, «nizom, qoidalar» degan ma'nolarni anglatadi. Xo'sh, konstitutsiya nimani belgilab beradi?
Konstitutsiya jami-yat va davlat tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini tuzish hamda faoli-yatining asosiy prinsiplarini, ularning vakolatlarini, fuqarolaming asosiy huquqlari va burchlarini belgilab beradi. Qolgan barcha qonunlar, kodekslar, qarorlar va farmonlar konstitutsiya negizida va unga muvofiq tarzda qabul qilinadi. Bu esa davlatning har bir normativ hujjati konstitutsiyaga mos kelishi shart ekanligini anglatadi.
Konstitutsiyaviy huquq nima va u konstitutsiyaga qay tarzda bog'liq? Konstitutsiya bilan konstitutsiyaviy huquq o'rtasidagi tafovut esa, konstitutsiya, garchi asosiysi bo'Isa-da, ko'plab qonunlardan biri ekanligida, konstitutsiyaviy huquq esa huquqning ko'plab huquqiy manbalar, shu jumladan, konstitutsiyadan tarkib topuvchi butun bosh-li bir tarmog'i ekanligida namoyon bo'Iadi.
KONST1TUTSIYAVIY HUQUQ -HUQUQNING YETAKCHI TARMOG'I
Konstitutsiyaviy huquq milliy huquq tizimida huquqning yetakchi tarmog'idir, negaki eng oh'y yuridik kuchga ega bo'lgan konstitutsiya uning asosiy manbai bo'lib xizmat qiladi.
Asosiy qonun sifatida konstitutsiya amalda o'zida jamoat bitimini, ya'ni o'ziga xavf-xatarsiz va erkin rivojlanish shartlarini ta'minlashi va kafolatlashi uchun xalq o'z davlati bilan tuzadigan shartnomani mujassamlashtiradi. Shu boisdan uning g'oyalari davlatda amal qiluvchi qolgan barcha qonunlardan ham o'rin oladi.
Tamal umumiy prinsiplarni o'zida mujassam etgan konstitutsiya qoidalari shu-ningdek davlatda mavjud barcha huquq tarmoqlarida ham rivoshjlanadi.
Buning tasdig'ini bilib olish maqsadida mamlakatimiz konstitutsiyasi boblaridan biriga, masalan, oilaga bag'ishlanganiga murojaat qilamiz. Mazkur bob atigi to'rttagina moddadan iborat. Go'yo juda ozdek tuyuladi, ammo ularda mujassamlashtirilgan g'oyalar oilaviy huquqning boshqa normalarida konkret ravishda rivojlantiriladi.
Basharti, Oila kodeksi 238 moddadan iborat. Fuqarolikka bag'ishlangan VI bobda atigi uchtagina modda mavjud, xolos. Shu bilan birga, birgina «Fuqarolik to'rg'isida»gi qonun 45 moddadan tarkib topgan.Aytib o'tilgan misollar Konstitutsiya asoslar negizi bo'lib xizmat qilishidan dalolat beradi, negaki huquq rivojlanishi aynan konstitutsiyadan boshlanadi, aynan uning o'zi boshqa barcha qonunlar va yuridik normalarga hayot baxsh etadi. Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchi ham aynan shunday namoyon bo'ladi. Hali aytib o'tganimizdek, qolgan barcha huquqiy qoidalar undan kelib chiqadi va konstitutsiyaga muvofiq bo'lmog'i lozim.
Mabodo, huquq tizimini cho'qqisida konstitutsiya turgan bir piramida ko'rinishida tasavvur qilsangiz, yonbag'irlari bo'ylab supachalariga qadar qolgan barcha, normativ hujjatlar — qonunlar, qarorlar, tarmoqqa oid normalar va hokazolar joy olganligini yaqqol ko'rasiz.
Konstitutsiyaviy huquq normalrai qolgan barcha yuridik normalar, huquqning har bir tarmog'i, har qaysi qonun va qonunosti hujjatining poydevori sanaladi. Ana shuning uchun konstitutsiyaiy huquq har qanday mamlakat milliy huquq tizimida yetakchi mavqega ega.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING QABUL QILINISHI
XII chaqiriq O'zbekiston Oliy Kengashining 1990-yil martda bo'lib o'tgan birinchi sessiyasi yangi konstitutsiyani tayyorlash masalasini qo'ydi. Oliy Kengashning 1990-yil iyunda bo'lib o'tgan ikkinchi sessiyasida respublika Prezidenti I. A. Karimov raisligida Konstitutsiya komissiyasi tuzildi.
Komissiya tomonidan ko'p sonli takliflar inobatga olingan holda tayyorlangan Konstitutsiya loyihasi Oliy Kengash muhokamasiga qo'yiidi, Oh'y Kengash esa XI ses-siyada uni ma'qul
lab, O'zbekiston Respublikasining hozir amal qilayotgan Konsti-tutsiyasini qabul qildi.
Mustaqil O'zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi shu tarzda amalga kiritilgan, u qabul qilingan kun — 8-dekabr esa maxsus qonun bilan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiya
si kuni, umumxalq bayrami deb e'lon qilingan edi.
1992-yilgi Konstitutsiyaning asosiy xususiyatlari u insonni, uning hayotini, erkinli-gini, sha'ni va qadr-qimmatini oliy qadriyat deb e'lon qilganligi, inson manfaatlari, uning huquqlari va erkinliklarining davlatnikiga nisbatan ustivorligini tan olganligi, davlatga uning to'g'ridan-to'g'ri vazifasini — inson va jamiyat manfaatlariga xizmat qi-lish vazifasini belgilaganligi, siyosiy plyuralizm prinsipini mustahkamlab qo'yganligi, xaiqm hokimiyat manbai deb e'tirof etganligidir.
Dostları ilə paylaş: |