Noklassik ontologiyaning yo'nalishlari va mohiyati



Yüklə 27,38 Kb.
tarix03.04.2023
ölçüsü27,38 Kb.
#92897
Noklassik ontologiyaning yo\'nalishlari va mohiyati



"Noklassik ontologiyaning yo'nalishlari va mohiyati"


Reja:

1. Ontologiya haqida umumiy tushuncha


2. Noklassik borliq
3. Noklassik falsafaning asosiy tamoyillari va yo'nalishlari

Ontologiya (yun. ontos — borliq va ... logiya) — falsafa boʻlimi, borliq haqidagi taʼlimot. Borliqning umumiy asoslari, prinsiplari, uning shakllari va qonuniyatlarini tekshiradi. "Ontologiya" terminini nemis faylasufi R. Goklenius fanga 1613-yil kiritgan, X. Volf (1679—1754) oʻz dareligida qoʻllagan boʻlsada, dastlab yunon faylasuflari uning turli talqinlarini bayon etganlar. Ular O.ni haqiqiy borliqni nohaqiqiy mavjudlikdan ajratib oluvchi borliq haqidagi taʼlimot, deb hisoblashgan. Eleya maktabi namoyandalari hissiy dunyoning aldamchi koʻrinishini haqiqiy borliqqa qaramaqarshi qoʻyib, O.ni mangu oʻzgarmas, yagona, sof borliq haqidagi taʼlimot sifatida qoʻllashgan. Milet maktabi vakillari va Ioniya faylasuflari dastlabki borliqning sifatiy talqini haqida bosh qotirishgan. Ulardan borliqning boshlanishida yotuvchi bunday asosni Empedokl "stixiya", Demokrit "atomlar", Anaksimandr "apeyron", Anaksagor "urugʻ" deb atagan. Platon gʻoyalar O.sini, Aristotel empirizm O.sini yaratdi. Oʻrta ayerlar falsafasida O. ilohiyot bilan chambarchas bogʻlanadi. Sharq falsafasida O. koʻproq ilohiy borliqning , xudoning mohiyatini aks ettiruvchi taʼlimot tarzida, sharq panteistik falsafasida vahdati mavjud va vahdati vujud koʻrinishidagi taʼlimotlar shaklida paydo boʻlgan. Falsafada O. monistik, dualistik va plyuralistik konsepsiyalar shaklida ham uchraydi (qarang Materiya). Yangi davr falsafasida dualistik O. namoyandasi R. Dekart boʻlgan. Oʻz falsafasining asosiga "monada" — "ilohiy atomlar"ni qoʻygan V. G. Leybnits falsafasi — plyuralistik O.ga mansubdir. Bu konsepsiya boʻyicha olamning asosida bir qancha mohiyat yotishi mumkin. Shunday konsepsiya empiriokrititsizmda ham uchraydi. R. Avenarius, E. Max borliqning asosida sezgilar majmui yotadi, deb hisoblaydi. Hozirgi zamon falsafasida O.ning mazmuni yanada boyigan. Bu borliq haqidagi tasavvurlarning rivojlanishi bilan bogʻlangandir. Maʼlumki, borliqni mexanistik, metafizik va materialistik talqin etishda u moddiylik bilan, aktual mavjudlik bilan, reallik bilan aynanlashtirib qoʻyilgan edi. Borliqaslida barcha narsa va hodisalarni, ilgari mavjud boʻlgan, hozir mavjud boʻlib turgan va kelajakda mavjud boʻladigan realliklarni, moddiylik va maʼnaviylikni, modda va gʻoyani ham oʻziga qamrab oladi.


Faylasuflar qadim zamonlardan buyon «borliq» va «yo’qlik» haqida bahs yuritishgan. Ular borliqning vujudga kelishi, mohiyati, xususiyatlari va shakllari haqida ko’plab asarlar yozishgan. Xo’sh, borliq nima? Bu savol bir qarashda juda oddiy ko’ringani bilan unga shu choqqacha barcha kishilarni birday qanoatlantiradigan javob topilgani yo’q. Bu holat borliqqa turlicha nuqtai nazarlardan qarashlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Masalan, ayrim faylasuflar borliqni moddiylik, moddiy jismlar bilan bog’lab tushuntirishadi. Ularning nuqtai nazarlaricha, borliq – ob’ektiv realliknigina qamrab oluvchi tushunchadir. U holda fikr, inson tafakkuri, o’y-xayollarimiz borliq tushunchasidan chetda qolar ekanda, degan savolga ular, bunday tushunchalar ob’ektiv reallikning hosilasidir, deb javob berishadi.
Falsafaning borliq haqidagi ta’limotni izohlaydigan qismi — ontologiya deb ataladi. (Bu tushunchani falsafada birinchi bor X. Volf qo’llagan). Olam va borliq masalalarini falsafaning ana shu sohasi o’rganadi.
Yo’qlik hech nima demakdir. Hamma narsani hech narsaga aylantiruvchi, hamma narsaning ibtidosi ham, intihosi ham yo’qlikdir. Bu ma’noda yo’qlik cheksizlik, nihoyasizlik va mangulik bilan birdir. Yo’qlik chekingan joyda borliq paydo bo’ladi. Demak, borliqning bunyodkori ham, kushandasi ham yo’qlikdir. Borliq yo’qlikdan yo’qlikkacha bo’lgan mavjudlikdir. Yo’qlikni hech narsa bilan qiyoslab bo’lmaydi. Fanda yo’qlik nima, degan savolga javob yo’q.
Borliq haqidagi kontseptsiyalar. Tarixdan ma’lumki, faylasuflar borliq haqida turlicha g’oyalarni ilgari surishgan. Markaziy Osiyo tuprog’ida vujudga kelgan zardo’shtiylik ta’limotida borliq quyosh va olovning hosilasidir, alangalanib turgan olov borliqning asosiy mohiyatini tashkil etadi, deb hisoblangan. Chunki bu g’oya bo’yicha, har qanday o’zgarish va harakatning asosida olov yotadi va u borliqqa mavjudlik baxsh etadi.
Qadimgi yunon faylasufi Suqrot borliqni bilim bilan qiyoslaydi va uningcha, biror narsa, biz uni bilsakkina bor bo’ladi, insonning bilimi qancha keng bo’lsa, u shuncha keng borliqni qamrab oladi, deb hisoblaydi.
Qadimgi dunyoning atomist olimi Demokrit borliq atomlar majmuasidan iborat deb tushuntirgan. Uning fikricha, borliqning mohiyati uning mavjudligidadir. Mavjud bo’lmagan narsa yo’qlikdir.
Islom ta’limotida esa borliq bu ilohiy voqelikdir. Ya’ni u Olloh yaratgan mavjudlikdir. Bu borada vahdati vujud va vahdati mavjud ta’limotlari bo’lgan.
Islom diniga mansub mutafakkirlar borliq haqidagi ta’limotni har taraflama rivojlantirganlar. Masalan, Forobiy fikricha, ilk borliq azaliy Ollohning o’zidir. Beruniy fikricha, borliq shunday umumiylikki, u hamma narsaning asosida yotadi, demak, borliq hamma narsaning asosidir. Evropada o’tgan olimlar David Yum va Jorj Berkli borliqni sezgilarimiz majmuasi deb talqin etishgan.
Hegel esa borliqni mavhumlik, mutlaq ruhning namoyon bo’lishi, deb ta’riflaydi. Ko’pgina naturfalsafiy qarashlarda borliqni hozirgi zamon bilan, ya’ni shu aktual olamga bog’lab tushuntirdilar.
Aslida, borliq keng falsafiy tushuncha bo’lib o’ziga butun mavjudlikni, uning o’tmishi, hozir va kelajagini ham qamrab oladi. Faylasuflar borliqni tushuntirish uchun yo’qlik tushunchasini unga antipod qilib olishgan va shu asosda borliqning zaruriy mohiyatini ochishga intilganlar. Materialistik adabiyotlarda borliqni ob’ektiv reallik bilan, materiya bilan aynanlashtirib tushuntirishadi.

Borliq o’ziga ob’ektiv va sub’ektiv reallikni, mavjud bo’lgan va mavjud bo’ladigan olamlarni, moddiylik va ma’naviylikni, o’tmish va kelajakni, o’limni va hayotni, ruh va jismni qamrab oluvchi umumiy tushunchadir.


Borliq va mavjudlik. Atrofimizdagi odam, olam, tabiat, jamiyat, tafakkur, g’oyalar, o’y-xayollarimiz barchasi birday mavjuddir, ular turli tarzda va shakllarda namoyon bo’lib, hammasi mavjudlik belgisi ostida umumlashib, borliq tushunchasiga kiradi.
Materialistik mazmundagi borliq tushunchasi ta’rifiga faqat ob’ektiv real olam, ongdan tashqaridagi, unga bog’liq bo’lmagan jismoniy mohiyatga ega bo’lgan narsalargina kiritiladi. Borliqning ideal, virtual, potentsial, abstrakt, ma’naviy shakllari bu ta’rifdan tashqarida qoladi. Aslida esa, borliq kategoriyasi umumiy abstraktsiya bo’lib, mavjudlik belgisi bilan barcha narsa va hodisalarni o’ziga qamrab oluvchi o’ta keng tushunchadir. U o’ziga nafaqat ob’ektiv reallikni, balki sub’ektiv reallikni ham qamrab oladi.
Borliq mavjudlik va reallik tushunchalariga qaraganda ham kengroq tushunchadir. Mavjudlik — borliqning hozirgi paytda namoyon bo’lib turgan qismi bo’lib, o’tgan va mavjud bo’ladigan narsa va hodisalar ham borliq tushunchasiga kiradi. Reallik esa, mavjudlikning hammaga ayon bo’lgan, ular tomonidan tan olingan qismi. Borliq o’ziga reallikni ham, mavjudlikni ham qamrab oladi. An’anaviy falsafiy qarashlarda borliqning uchta sohasi ajratib ko’rsatiladi. Ularga: tabiat borlig’i, jamiyat borlig’i, ong borlig’i kiradi. Bular uchun eng umumiy belgi, ularning mavjudligidir.
Shuningdek, falsafiy adabiyotlarda tabiat borlig’i va jamiyat borlig’ining quyidagi shakllari ham farqlanadi. Tabiat borlig’i odatda tabiatdagi narsalar (jismlar), jarayonlar, holatlar borlig’i sifatida tushuniladi. U ikkiga bo’linadi: azaliy tabiat borlig’i (yoki tabiiy tabiat borlig’i, u insondan ilgari va uning ishtirokisiz ham mavjud bo’lgan) va odam mehnati bilan ishlab chiqarilgan narsalar borlig’i («ikkinchi tabiat» borlig’i, ya’ni madaniyat). Ikkinchi tabiat borlig’i esa, o’z navbatida, quyidagi ko’rinishlarda uchraydi:

- inson borlig’i (insonning narsalar olamidagi borlig’i va odamning o’ziga xos bo’lgan insoniy borlig’i);


- ma’naviy borliq (individuallashgan va ob’ektivlashgan ma’naviy borliq);


- sotsial borliq (ayrim odamning tarixiy jarayondagi borlig’i va jamiyat borlig’i), u ijtimoiy borliq ham deb ataladi.


Borliqning moddiy shakli materiya o’ziga barcha jismlarni, hodisalarni, jarayonlarni va ularning xususiyatlarini qamrab oladi. Bundan tashqari u tafakkurni ham, olamda mavjud bo’lgan barcha aloqadorliklarni va munosabatlarni ham qamrab oluvchi umumiy falsafiy tushunchadir. Borliqning moddiy shakliga xos umumiylikni axtarishning bir yo’nalishi moddiy olamning asosida yotuvchi umumiy mohiyatni axtarish yo’li bo’lib, yuqorida qayd etganimizdek, substantsiyani aniqlash yo’lidir. Ikkinchi yo’l esa — moddiy olamning asosiy tarkibiga kiruvchi «qurilish elementlarini»- substratni axtarish yo’li. Uchinchi yo’l — hamma narsaning vujudga keltiruvchi bosh sababchisini, ota moddani, ya’ni pramateriyani axtarish yo’li. Mana shu yo’l haqida maxsus to’xtab o’taylik.
Olamning substantsiyasini axtarishning bu usuli go’yoki meva iste’mol qilayotgan kishi, uning kelib chiqishini axtarib, dastlab daraxtga, so’ngra uning guliga, bargiga, ko’chatiga va urug’iga nazar solganidek, atrofimizdagi moddiy olamning o’zagida dastlabki yaratuvchi modda sifatida nima yotishini, ya’ni ilk materiyani, azaliy materiyaning «bobokolonini», «pramateriyani» axtarish usulidir.
Moddiy olamning asosida yotuvchi umumiy mohiyatni axtarish falsafada materiya haqidagi tasavvurlarning maydonga kelishiga va rivojlanishiga sababchi bo’ldi. Materiya tushunchasi moddiy unsurga nisbatan ham, atomga nisbatan ham, pramateriyaga nisbatan ham umumiyroq bo’lgan tushunchadir. Materiya olamdagi barcha moddiy ob’ektlarni, butun ob’ektiv reallikni ifoda etuvchi eng umumiy tushunchadir. Faylasuflar «Tom ma’nodagi materiya faqat fikrning maxsuli va abstraktsiyasidir» deb yozishadi. Faylasuflar barcha moddiy ob’ektlarga xos xususiyatlarni umumiy tarzda ifodalash uchun qo’llaydigan tushuncha materiya deb ataladi. Demak, materiya moddiy ob’ektlarga xos eng umumiy tushuncha, falsafiy kategoriyadir.

Noklassik borliq.


Noklassik falsafa dunyoning aqlga muvofiqligi, shuningdek inson ongining mustaqilligiga shubha bildirdi. Pozitivistlar umuman ontologiyani yaratishdan bosh tortdilar. Irratsionalizm, marksizm va ekzistensializmda ontologik konsepsiyalar hayot, jamiyat va inson tushunchalari rivojlantirildi, ular borliqning noyob usullari sifatida tavsiflandi. Quyida noklassik falsafada borliqqa munosabatni tahlil qilamiz.

Borliqning irratsionalistik konsepsiyasi. Falsafiy irratsionalizm asoschisi A.Shopengauer olamning aqlga muvofiqligi haqidagi tezisga shubha ko‘zi bilan qaraydi. Uning fikricha, borliqning o‘zi emas, balki bizning u haqdagi tasavvurimiz aqlga muvofiqdir, zero tasavvur – bu inson aqlining mahsulidir. Ammo tasavvur – bu hodisa, mohiyat darajasida esa dunyoni aqliy idrok etish mumkin emas. SHopengauer o‘zining «Dunyo intilish va tasavvur sifatida» deb nomlangan asarida dunyoning borlig‘ini ikki tarkibiy qismga – «yashashga intilish sifatidagi dunyo» va «inson tasavvuri sifatidagi dunyo»ga ajratadi. Uning fikricha, yashashga intilish haqiqiy borliqdir. Yashashga intilish ko‘r-ko‘rona va nooqilonadir, zero uning asosiy niyati – o‘z-o‘zini asrashdir. O‘z-o‘zini asrash instinkti – butun tiriklikning tabiiy xossasidir. Ammo Shopengauer romantiklarga ergashib, yashashga intilish dunyoning barcha narsalariga va umuman dunyoning o‘ziga xosdir, deb hisoblaydi. Dunyo haqidagi bunday mifopoetik tasavvur hayotda yana tariflar va tushunchalar tilida ifodalab bo‘lmaydigan o‘ziga xos tabiiy stixiyani ko‘rish imkoniyatini beradi.


Fridrix Nitsshe (1844-1900 ) borliqning ikki asosi: dionisiycha hayotiy asos va apolloncha bir yoqlama-intellektual asosni ajratgan va haqiqiy madaniyat bu asoslarni muvozanatga solishga harakat qilishi lozim, deb hisoblagan. Evropa madaniyati mazkur idealni ro‘yobga chiqara olmadi va inson borliq deganda stixiyali shakllanishni emas, balki tartibga solinganlikni tushunib, o‘z mavjudligining asosiy negizlaridan uzoqlasha boshladi. Vaholanki, hayot abadiy harakat va shakllanishdan iboratdir.
Hayotning mazmun va mohiyati hokimiyatga intilishda namoyon bo‘ladi. Bunday intilish butun tiriklikka xosdir. Unga intellektning hukmronligi, o‘z yaqiniga muhabbatni targ‘ib qiluvchi axloq va tenglikni elon qiluvchi sotsializm monelik qiladi. Bularning barchasi qullar axloqini tashkil etadi. To‘ralar axloqi esa hayotning qimmati, odamlar o‘rtasidagi tengsizlik hamda kuchning hukmronligiga asoslanishi lozim. Nitsshe «Xudo o‘ldi» degan tezisni ilgari suradi. Ushbu tezis yangicha axloqni shakllantirish zarurligini anglatadi. Nitsshe falsafasi XX asr falsafasining turli yo‘nalishlari: hayot falsafasi, pragmatizm va ekzistensializmga ulkan tasir ko‘rsatdi.

Noklassik falsafa.


XIX asr o'rtalari 20-asrning o'rtalariga qadar uni klassik bo'lmagan deb atash odatiy holdir. Bu davr falsafiy g'oyalarning rivojlanishi klassiklarning yutuqlarini tushunish va qayta talqin qilishning umumiy kontekstida sodir bo'ldi. Har qanday falsafiy tizimni qurish oldingi klassik an'ananing kontseptual g'oyalariga asoslanib yoki ularni butunlay inkor etish va rad etish asosida amalga oshirildi, lekin u yoki bu tarzda falsafiylikning yangi - klassik bo'lmagan - turi shakllandi. Kant, Fichte, Shelling, Hegel klassik falsafiy tizimlarining rivojlanishi, chuqurlashishi va qo'shilishi natijasidir.
Qayd etilgan tendentsiyalar klassik falsafaning kontseptual asoslarini qabul qilish - qabul qilmaslik tamoyiliga ko'ra klassik bo'lmagan davrning barcha falsafiy yo'nalishlarining tipologiyasini amalga oshirishga imkon beradi. Shunday qilib, klassik bo'lmagan falsafaning barcha yo'nalishlarini shartli ravishda ikkita katta guruhga bo'lish mumkin:
Ratsionalistik falsafaning umumiy tamoyillarini qo'llab-quvvatlovchi yo'nalishlar. Bu guruhga barcha neoklassik maktablar, masalan, neokantchilik (K. Fisher, O. Libman, F. Lange va boshqalar - 19-asrda, 20-asrda neokantchilikning Marburg va Baden maktablari), neo- Kantchilik (F. Bredli, R. Kollingvud, A. Kojev va boshqalar), marksizm (K. Marks, F. Engels) va neomarksizm (G. Markuze, T. Adorno, J. Habermas va boshqalar) kabi. shuningdek, konseptual asoslari odatda ratsionallikni anʼanaviy-klassik tushunishga asoslangan yoʻnalishlar, masalan, strukturalizm (K.Levi-Strous), pozitivizm (O.Kont, G.Spenser, E.Mach, R.Avenarius), neopozitivizm ( M. Shlik, R. Karnap, B. Rassel) va analitik falsafa (L. Vitgenshteyn, D. Mur, D. Ostin), fenomenologiya (E. Gusserl, M. Xaydegger).
Irratsionalistik xarakterdagi yo'nalishlar: "hayot falsafasi" (F. Nitsshe, V. Diltey, G. Zimmel, O. Spengler), psixoanaliz (3. Freyd, C. Yung), ekzistensializm (S. Kierkegor, K. Yaspers, J. Sartr, A. Kamyu).
Klassik bo'lmagan falsafa doirasida bilish sub'ektining birligi va yaxlitligi va ob'ektiv dunyo mavjudligining mutlaq ishonchliligi tamoyillariga asoslanib, oldingi (klassik) ratsionallik tushunchalarini qayta ko'rib chiqish va to'ldirishga harakat qilinadi. . Faylasuflarning asosiy e'tibori sub'ektiv sohaga qaratilgan bo'lib, uni tushunish ham inson haqidagi oldingi g'oyalarni sezilarli darajada kengaytiradi: agar klassik falsafada sub'ektning hukmron, o'ziga xos xususiyati fikrlangan bo'lsa (og'zaki, diskursiv shaklda, ideal holda). mantiqiy fikrlash), keyin bu davrda faylasuflar sub'ektivlikning odatda ikkinchi darajali deb hisoblangan yoki hatto ong doirasidan butunlay chiqarib tashlangan ko'rinishlarini (iroda, sezgi, ongsizlik va boshqalar) tushunishga murojaat qilishadi. Umuman olganda, noklassik falsafaning asosiy muammosi ong muammosi deb aytishimiz mumkin. Hatto Dekart va Kant tomonidan ham shubha ostiga olingan ob'ektiv munosabat noklassik bo'lmagan davrda nihoyat ko'pchilik faylasuflarning ishonchini yo'qotadi va ishonchli bilim uchun yagona shubhasiz asos aynan shu ongda topiladi. Ushbu davr ta'limotlarida keltirilgan ongning talqinlari ushbu hodisaning tabiati haqida turli xil qarashlarni namoyish etadi.
Noklassik falsafaning asosiy vakillari. Irratsionalistik oqimlar vakillaridan F.Nitshe, S.Kyerkegor kabi faylasuflarni alohida qayd etish lozim. Dunyo va inson aqlga yot va unga erishib bo'lmaydigan shunday bir ibtidoiy mohiyatdan kelib chiqib, irratsional deb tushuniladigan falsafiy yo'nalishlarni ko'rib chiqish odat tusiga kiradi. "Irratsionalizm" atamasi ostida ular turli falsafiy tizimlarni birlashtiradi, ularning mualliflari asosiy printsip sifatida aqldan tashqarida bo'lgan narsani ilgari suradilar: iroda, sezgi, instinkt, tafakkur, idrok va boshqalar.

Sokratdan boshlab butun Yevropa madaniyati insonga soxta qadriyatlarni singdiradi va yolg'on ma'nolarni yuklaydi. Nitsshe nuqtai nazaridan, inson hayotning birligi va to'liqligini unutib, o'z tabiatiga yot bo'lgan mavjudotlarni - bilim, axloq, dinni izlash va asoslash bilan shug'ullanadi va shu bilan hayotning go'zalligi va elementlarini o'ziga xos narsaga aylantiradi. baholanishi, o‘lchanishi, chegaralanishi kerak. Kundalik hayot qat'iy tartibga solinadi, shaxsiy namoyon bo'lish uchun imkoniyatlar kamroq va kamroq bo'ladi, o'rtamiyonalik tobora ko'proq g'alaba qozonmoqda. Shunday qilib, ong aqlning noto'g'ri qarashlariga e'tibor qaratib, o'zini aldaydi va Sokratdan Hegelgacha bo'lgan falsafa tarixi "insonning uzoq vaqt davomida bo'ysunishi tarixi, shuningdek, inson o'z fikrini oqlash uchun o'ylab topilgan dalillar tarixiga aylanadi. topshirish." (Deleuz J. Nitsshe. - Sankt-Peterburg, 1997, 34-bet) "Hayot" o'zining to'liqligi, yaxlitligi, bevositaligi bilan "borliq" o'lchovi va shakliga (ratsionalistik metafizikaning tadqiqot predmeti) qarama-qarshidir. "abadiy bo'lish" atributlaridan mahrum bo'lib, unda hech qanday maqsad yo'q va uni haqiqat yoki yolg'on, yaxshi yoki yomon, yomon yoki yaxshi deb baholab bo'lmaydi. Bo'lish ilmiy tadqiqot ob'ekti bo'la olmaydi, chunki uning mohiyati biz til orqali ifodalashimiz mumkin bo'lgandan ham chuqurroqdir.


Shuning uchun ham ilm-fan, bilim, axloq va hokazolar hayotni buzib, ongga noto'g'ri qadriyatlarni singdiradi. Bu jarayonda din ayniqsa salbiy rol o'ynaydi, uni keskin tanqid qilish Nitsshening barcha asarlariga xosdir.
Faylasuf jismoniy va ma'naviy hayotning barcha jarayonlarini hokimiyat irodasi harakatining turli xil modifikatsiyalari sifatida ko'rsatishga intiladi. Hokimiyat irodasi hukmronlikka intilish emas, uni zamonaviy madaniyatda eng keng tarqalgan bunday tushunish qullik psixologiyasiga xosdir. Qudrat irodasi hayotning o'ziga xos xususiyatlari sifatida kuch va ijodkorlikning g'alabasini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, hayotning mohiyati irodaning timsoli bo'lib, uni tashkil etuvchi kuchlarning faol, faol, ijodiy - tasdiqlovchi - tabiatida namoyon bo'ladi. Hayotning unutilishi zamonaviy me'yorlar va stereotiplarning haqiqiy qadriyatlar o'rnini egallashiga olib keldi va Evropa madaniyati tarixi salbiy inkor qiluvchi kuchlarning g'alabasini namoyish etadi, buning natijasida qullik, zaiflik ideallarini tarbiyalaydigan jamiyat shakllanadi. , hayotga xos go'zallik, kuch va salomatlik o'rniga kasallik. Yangi falsafa va yangi odam unutilgan ma'nolarni qayta tiklashga, aql va aql ambitsiyalarini engishga va insoniyat uchun "yaxshilik va yomonlikdan tashqari" dunyoni ochishga harakat qilishga chaqiriladi: "Xudo o'ldi va men xohlayman - supermen omon qolsin. ."
Gegelning ob'ektiv dialektikasidan farqli o'laroq, Kierkegor sub'ektiv yoki ekzistensial dialektikani yaratadi, bunda shaxsning shakllanish jarayoni uning Xudoga asta-sekin yuksalishida kuzatiladi. Kierkegor tomonidan birinchi marta taklif qilingan "mavjudlik" (lotincha "mavjud" - mavjudlik) tushunchasi "mohiyat" tushunchasidan farqli o'laroq, shaxs borligining o'ziga xosligi, o'ziga xosligi va o'ziga xosligini bildirish uchun qabul qilingan. lotincha "mohiyat" - mohiyat), narsalar dunyosiga ishora qiladi. Klassik (birinchi navbatda, gegellik) panlogizmdan farqli o'laroq, borliqni tafakkurda eritib yuboradi va borliq fikrlash uchun o'tkazuvchan va tushunchalarga eng mayda detallarga mos keladi. Kierkegorning ta'kidlashicha, mavjudlik har doim mavhumliklar orqali tushunishdan chetda qoladigan narsa, u shaxsiyatning chuqur, ichki, yagona ifodasidir.Mavjudlikni ilmiy usullar bilan tushunish mumkin emas, uni yagona yo'l bilan topish mumkin - tanlash va tanlash orqali. atrof-muhitning tashqi omillari bilan belgilanadigan borliqning hissiy-tafakkur tarzidan voz kechish.Kyerkegor ta'limotida sub'ektiv dialektikaning uch bosqichini ochib beradi.
Insonning ekzistensial kamoloti uning Xudoga boradigan yo'li bo'lib, u ketma-ket uch bosqichdan o'tadi: estetik, axloqiy va diniy. Estetik tirik individ o‘z borligining “haqiqatiga” ega bo‘lishdan bosh tortish orqali hissiy zavqga erishadi, bu rad etish muqarrar ravishda norozilik va umidsizlikni keltirib chiqaradi. Bu bosqichda inson tashqi tomondan belgilanadi, uning maqsadi zavqlanishdir. Axloqiy bosqich printsipi burchdir, ammo mavjudlikning haqiqiy yutug'i faqat eng yuqori - diniy bosqichda amalga oshiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Davronov Z., Shermuhamedova N., Qahharova M., Nurmatova M., Husanov B., Sultonova A. Falsafa. -Toshkent: TMU, 2019.
2. SHermuxamedova N.A. Falsafa -Toshkent: Noshir, 2012.
3. SHermuxamedova N.A. Falsafa. 2-nashr. Toshkent: Noshir, 2020.
Axmedova M. Falsafa. Tahriri ostida. - Toshkent.UFMJ, 2006.
4. Mamashokirov S. va boshqalar. Falsafa. O‘quv qo‘llanma. O‘zbekiston, 2005.
Tulenov J.,Tulenova G.,Tulenova K.Falsafa. Darslik. - Toshkent. Fan va texnologiya, 2016.


Yüklə 27,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin