Plantaglyutsid rutin fitin va adonizid novogalen preparatlarini sifatini baholash



Yüklə 20,47 Kb.
səhifə1/5
tarix18.11.2022
ölçüsü20,47 Kb.
#69805
  1   2   3   4   5
Plantaglyutsid rutin fitin va adonizid novogalen preparatlarini sifatini baholash


Plantaglyutsid rutin fitin va adonizid novogalen preparatlarini sifatini baholash

  • Galen preparatlarining tarixi, nastoykalar haqida umumiy tushuncha, suyuq ekstraktlar xaqida umumiy tushuncha, quyuq va quruq ekstraktlar xaqida umumiy tushuncha, moyli ekstraktlar, ekstrakt-konsentratlar xaqida umumiy tushuncha, novogalen preparatlari xaqida umumiy tushuncha xa^nga ManayMOTra ^^a 6yanm.

  • Bu guruh preparatlarga ekstraktlar, nastoykalar, o‘ta tozalangan (novogalen) preparatlar, fitonsidlar, biogen stimulyatorlar, yangi yig‘ib olingan o‘simliklardan tayyorlanadigan, xayvon organlaridan olinadigan preparatlar kiradi. Bularga eramizdan oldin 201—131 yillarda Rimda yashab ijod etgan shifokor va dorishunos olim: Klavdiy Galen asos solganligi uchun Galen preparatlari deyiladp. Uning ta’limotyaga binoan, o‘simlik va hayvon xom ashyolarida ta’sir etuvchi moddalardan tashqari, keraksiz yot moddadar ham bo‘lganligi sababli ulardan ajratma olish lozimligi ta’kidlangan. Bu fikr o‘z davrinipg katta yutuqlaridan biri bo‘ldi. Bu ta’limotni keyinchalik tibbiyot ilmi bilimdoni Abu Ali ibn Sino rivojlantirdi va davom ettirdi. Amaliyotda bu guruh preparatlarini olish usullari va ishlatiladigan ajratuvchilar u davrdagidan butunlay farq qiladi, lekin

  • ulami olishda Galen ta’limotiga amal qilinganligi uchun ularning nomi shartli ravishda saqlanib qolgan. fitopreparatlar yoki kimyofarmatsevtika preparatlari deb ham yuritiladi. Klavliy Galen fitopreparatlarni o‘simliklardan vino, o‘simlik moylari, asal, yog‘lar yordamida ajratib olgan.

  • Nastoykalar - Paratsels (1495—1541) tomonidan tibbiyotga kiritilgan bo‘lib, xozirgacha o‘z o‘rniga ega 1650 yilda fiziolog, anatom Fransisk Silvius tinchlantiruvchi, o‘ziga ishonch va jasoratni oshiruvchi vosita sifatida archa mevalaridan nastoyka olgan va ularni urush vaqtida gollandiyalik xarbiylarga dushman oldidagi qo‘rqinchni engish uchun berilgan.

  • Qalampir yalpiz nastoykasi qadimdan ma’lum bo‘lib, u ishtaxa ochuvchi, ovqat xazm bo‘lish jarayonini yaxshilovchi, tinchlantiruvchi, yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida ishlatilgan. Rossiyalik qirollar urushga ketayotganda o‘zlari bilan uni olganlar.

  • O‘simliklardan tayyorlangan preparatlarga xozir xalq tabobati va ilmiy tibbiyotda qiziqish ortib bormoqda.

  • Fitopreparatlar tarkibida turli sinfga mansub bo‘lgan kimyoviy birikmalar bo‘ladi (yurak glikozidlari, steoritlar, antraxinon, pektin, fenol va x.k.). Sanoat miqiyosida ular sun’iy usulda olinmaydi. Fitopreparatlarning afzalligi ular tarkibida ma’lum biofaol moddalar borligidadir. Ular tanada oson zararsizlantiriladi, shuning uchun zaxarli hisoblanmaydi. Modda almashish jarayonida faol ishtirok etadi, allnrgenlik xususiyati sun’iy preparatlarnikidan bir necha marotaba kam bo‘ladi. Bu xossasi xozirgi vaqtda allergiya kassalligi keng tarqalgan davr uchun ayniqsa muhimdir. SHunga qaramay fitopreparatlar ishlab chiqarish o‘ziga xos kamchiliklardan xoli emas.

  • - biofaol moddaning faqat 50-60% gina ajratib olinadi.

  • - 40% dan ko‘proq fitopreparatlarning xaqqoniy baholash usullari ishlab chiqilmagan. SHuning uchun ular ular son ko‘rsatkichlari bilan baholanib kelinmoqda.

  • - ba’zi dorivor o‘simlik turlari kamayib ketgan (Kavkaz dioskereyasi-diosponin olinadi, keng bargli krestovnik-platifillin va boshq.)

  • - texnologik jarayonlarni takomillashtirish, sirt faoll moddalar, suyultirilgan karbonat angidridini ishlatish, xom ashyoning maydalik darajasini oshirish

  • - xalq tibbiyotida ishlatiladin dorivor o‘simliklarni ilmiy asosda o‘rganish, ularni madaniylashtirish va etishtirishda agrotexnika qoidalariga amal qilish

  • - mahsulot sifatini baholashning haqqoniy usullarini ishlab chiqish va chiqindisiz texnologik jarayonlarni yo‘lga qo‘yish.

  • Ajratuvchilar (ekstragentlar). Sanoat miqiyosida fitipreparatlar ishlab chiqarishda ularning turg‘unligini ta’minlovchi ajratuvchilarni tanlab olish muhim ahamiyatga ega.

  • Fitopreparatlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan ajratuvchilarga quyidagi talablar qo‘yiladi.

  • - ta’sir etuvchi moddani yaxshi ajratib olish (diifuzion qobiliyati yuqori bo‘lishi)

  • - ta’sir etuvchi modda va asbob uskunalarga salbiy ta’sir etmasligi

  • - zaxarli va oson alangalanuvchan bo‘lmasligi, xidsiz, rangsiz, mazasiz va arzon bo‘lishi kerak.

  • - nisbatan past xaroratda oson uchuvchan, lekin turg‘un bo‘lishi kerak.

  • Farmatsevtika sanoatida ishlatiladigan ajratuvchilar yuqoridagi

  • talabalrning xammasiga javob bera olmaydi. SHu sababli muayyan sharoitda u yoki bu ajratuvchi ba’zan ularning xar xil aralashmalari ishlatiladi. Lekin fitopreparatlar ishlab chiqarishda asosiy ajratuvchi bo‘lib, xar xil kuvvatli etil spirti ishlatiladi. O‘simlik xom ashyolaridan ajratma olishda ishlatiladigan asosiy ajratuvchilarning xossalari jadvalda keltirilgan.

  • Korxona sharoitida ajratma olish uchun xom ashyo tarkibida qaysi guruh ta’sir etuvchi moddalari borligi, ishlatiladigan asbob-uskunalar va boshka jixatlar xisobga olingan xolda ajratuvchi tanlanadi.


  • Yüklə 20,47 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin