Nastoykalar tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi. Ularni tayyorlash texnologiyasi Reja



Yüklə 49,03 Kb.
səhifə1/2
tarix14.08.2023
ölçüsü49,03 Kb.
#139350
  1   2
maruza 2




Nastoykalar tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi. Ularni tayyorlash texnologiyasi
Reja:
Nastoykalar ifodasi.
Nastoykalar olish usullari, texnologik bosqichlari.
Rasmiy usulda nastoyka olish usullari.
Matseratsiya usuli.
Kasrli matseratsiya.
Matseratsiya sirkulyasiya.
Girdob.
Perkolyasiya usuli.
Norasmiy usulda ajratma olish.
VNIIF usuli.
Ultratovush yordamida nastoyka olish.
Markazdan qochish kuchiga asoslangan nastoyka olish.
Nastoykalarni yot moddalardan tozalash.
Nastoykalarni standartlash.
Nastoykalar
Nastoykalar tiniq, spirtli, spirt-suvli ajratmalar bo’lib, dorivor o’simlpk va hayvon organlari xom ashyosidan qizdirmasdan tayyorlanadi. Nastoykalar kuchli ta‘sir etuvchi xom ashyolardan 1:10, qolganlaridan esa 1:5 (og’irlik-hajm) nisbatda tayyorlanadi.
Qalampir yalpiz (1:20) va yapon soforasi (1:2) nastoykalari bundan mustasnodir. Nastoykalar olishda ajratuvchi sifatida xar xil quvvatli (40%, 60%, 70%, ba‘zan 30%, 90%, 95%) etil spirti ishlatiladi.
DF da nastoykalar bo’yicha 10 ta modda keltirilgan. Undan tashqari, vaqtincha farmakopeya moddalari bo’yicha 50 dan ortiq nastoyka ishlab chiqariladi.
Nastoyka olish xom ashyo va ajratuvchini tayyorlash, ajratma olish, yot moddalardan tozalash, baxolash va qadoqlash bosqichlaridan iborat.
DF bo’yicha nastoykalar rasmiy matseratsiya, kasrli matseratsiya, ajratuvchini majburan aylanishini ta‘minlovchi matseratsiya (matseratsiya-sirkulyasiya), perkolyasiya (siqib chiqarish), girdob, norasmiy zamonaviy tezlashtirilgan usullar (ultratovush, Farmatsiya ilmiy tekshirish oliygohi (VNIIF), markazdan qochish kuchiga asoslangan) bilan olinadi.
Matseratsiya — namlash so’zidan olingan. G’alvirsimon tub ustiga maydalangan xom ashyo (1— 8 mm), ko’rsatilgan miqdordagi ajratuvchi solinib, 15—20°S xaroratda, vaqti ko’rsatilmagan bo’lsa, 7 kunga qoldiriladi xamda vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi. Ko’rsatilgan vaqt o’tgandan so’ng ajratma quyib olinadi. Qoldiq siqiladi. Xom ashyo oz-roq toza ajratuvchi bilan chayib olinib, yana siqib olinadi. Ajratmalar birlashtiriladi va toza ajratuvchi bilan kerakli hajmga etkaziladi.
Bu oddiy usul bo’lib, murakkab asbob-uskuna talab etmaydi. Kamchiligi: o’simlik xom ashyosidan ta‘sir etuvchi modda to’liq ajralib chiqmaydi. Jarayon uzoq davom etadi.
Matseratsiya idishi zanglalgaydigan po’lat yoki alyuminiydan yasalgan bo’lib, aralashtirgichi, ostki tubida g’alvirsimon tubi va jo’mragi bo’ladi.
Kasrli matseratsiya yordamida xujayralardagi biologik faol moddalarni tez va to’liqroq ajratib olish uchun ajratuvchini ikki yoki uch kismga bo’lib, xar safar xom ashyoga toza ajratuvchi bilan ishlov beriladi va ajratma quyib olinadi.
Matseratsiya-sirkulyasiya usulida ajratuvchining aylanma xarakatini so’rg’ich (nasos) yordamida oshirish mumkin. Bunda ajratuvchi qayta-qayta so’rg’ich bilan so’rib olinib, asbobning idishiga qaytarib solinadi.
Bu ikkala usulda xam konsentratsiyalar farqi xisobiga jarayon tezlashadi.
Perkolyasiya — rangsizlantirish, siqib chiqarish so’zidan olingan bo’lib, xar xil tuzilishga ega bo’lgai maxsus idishlar — perkolyatorlarda olib boriladi. Perkolyatorning tubida g’alvirsimon tubi bo’lib, ustiga mato qo’yiladi. Xom ashyo (1 — 8 mm) 50—100% mikdoridagi ajratuvchi bilan bo’ktirish uchun qoldiriladi. So’ng bo’kkan xom ashyo jo’mragi ochiq perkolyatorga o’tkaziladi. Ustiga «oynasimon yuza» (3—4 sm kavat) xosil bo’lguncha ajratuvchi quyiladi, oqib chiqqan ajratma kaytib perkolyatorga quyiladi va ma‘lum vaqtga qolidiriladi. So’ngra jo’mrakdan ma‘lum tezlikda ajratma quyib olinadi. Ajratma olish tezligi soatiga perkolyator xajmining 1/24 yoki 1/48 qismini tashkil etib litrda xisoblanadi.
Xuddi shu tezlikda perkolyatorning yutqori qismidan ajratuvchi quyib turiladi. Bu jarayon perkolyatordagi xom ashyo tarkibida ta‘sir etuvchi moddasi tugaguncha (1:5 yoki 1:10 nisbatdan oshmaslik sharti bilan) davom etadi. Ta‘sir etuvchi modda tugaganini oqib tushayotgan ajratmaning rangsizlanganligidan yoki sifat reaksiyasidan bilib olish mumkin. Xom ashyo oldindan namlab qo’yilsa, perkolyatorga xom ashyo bir tekis joylashadi va ajratma olish jarayoni bir me‘yorda bo’lishi ta‘minlanadi, aks xolda xom ashyo
«oynasimon yuza» dan chiqib ketishi mumkin. Bu esa jarayonning uzoq davom etishi va ajratuvchini ko’p sarflanishiga olib keladi. Perkolyasiya usulining matseratsiyadan afzal igi:
jarayon nisbatan tez ketadi, biofaol moddalar to’laroq ajraladi, ajratuvchi kamroq sarflanadi. SHuning uchun korxona sharoitida ko’proq, shu usul qo’l aniladi. I
Girdob usuli. Bu usul ajratma olish jarayonini tezlashtirish maqsadida CHexoslovakiyalik olim Melvxar va boshqalar tomonidan taklif qilingan. Kamchiligi ajratma loyqa bo’ladi, uni tindirish ma‘lum sharoit va qo’shimcha vaqt talab qiladi. Sanoat miqyosida bu usul keng qo’l anilishi kerak. Zamonaviy tezlashtirilgan usullar. Moskvadagi ilmiy- tekshirish farmatsiya oliygoxi usuli. Bu usulda muayyan mikdordagi xom ashyo perkolyatorga solinadi, ustiga «oynasimoi yuza» xosil bo’lguncha ajratuvchi quyiladi va 24 soatga qoldiriladi. So’ng tayyor maxsulotning to’rtdan bir qism miqdorida ajratma quyib olinadi. Perkolyatorga «oynasimon yuza» xosil bo’lguncha ajratuvchi quyib 1; 1,5; 2 yoki 4 soatga qoldiriladi va yana tayyor maxsulotning to’rtdan bir qismicha ajratma quyib olinadi. Bu jarayon yana uch marta takrorlanadi. Ajratma-lar jamlanib, yot moddalardan tozalash uchun salqin joyga qo’yiladi.
Markazdan kochuvchi kuch ta‘sirida (majburan) ajratma olish. Bu usuni A. I. Gengrinovich va N. N. Nishonovlar taklif qilgan bo’lib, xom ashyo 0,1—0,25 mm kattalikda maydalanadn, ustiga xisoblangan miqdordagi ajratuvchini quyib aralashtiriladi va ma‘lum vaqtga qoldiriladi. Bu muddat xom ashyoning xususiyatiga bog’liq bo’lib, bel adonna, qizilpoycha, ermon uchun 5 dakiqa, arslonquyruq uchun 20 daqiqani tashkil etadi. Ko’rsatilgan vaqt o’tgandai so’ng xom ashyo sharbat ajratgich asbob (sokovijimalka) ning elaksimon idishiga joylash-tiriladi. Idishga oldindan suzgich material sifatida 1 qavat belting joylashtirilgan bo’lishi kerak. Asbob rotori aylanganda tebranmasligi (zirillamasligi) uchun suzgich materiallar va xom ashyo bir tekis joylashtirilishi lozim. Asbobning aylanish tezligi daqiqasiga 3000—8000 marta bo’lishi mumkin. Ish jarayonida aylanish tezligi daqiqasiga 3000 marta bo’lganda 60 soniya 8000 marta bo’lganda 30 soniya davom etadi. Bunda markazdan qochish kuchi ta‘sirida xom ashyo asbob devori yuzasi tomon xarakatlanib, siqiladi. Natijada ajratma suzgichlar va asbob devori teshikchalaridan o’tib, jo’mrak orqali to’plagichga o’tadi (42-rasm).
Bu usulda ajratma olish jarayonining tez ketishi xom ashyo o’ta maydalanganligi tufayli parchalangan xujayralardan biologik faol moddalarning yuvilib chiqishiga asoslangan. Bunda dializ, osmos, diffuziya kabi xodisalar asosiy omil xisoblanmaydi. Bu usul texnika xavfsizligi tomonidan noqulay, jarayon uzluksiz hamda ko’p qo’l kuchi talab etadigan bo’lganligi uchun ishlab chiqarishga tadbiq etilmagan. Ultratovush yordamida ajratma olish. Ultratovush usulida nastoykalar sharbat ajratgich yordamida olinadi.
Bu usulda ajratma olish jarayoni tezlashadi. Bunda ultratovush to’lqinlari tezligiga mos ravishda butun idish hajmida xatto xujayralar ichida ham galma-galdan siqilishi (bosim) yuzaga keladi.
Sanoat mikyosida bu usul Xarkovda plantaglyusid olishga tadbiq, etilgan. Bu usul ishlayotgan xodimlar sog’ligiga salbiy ta‘sir etishi, xom ashyodagi ayrim biofaol moddalarni ul‘tratovush ta‘sirida parchalanishiga olib kelishi mumknn. SHu sababli xa:r bir xom ashyo uchun o’ziga xos alohida texnologiya ishlab chiqish kerak bo’ladi.
RPA yordamida ajratma olish. RPA — tanaga joylashtirilgan rotor va statordan tashkil toptan bo’lib, teshikchalarga, konsentrik xolda joylashgan tishlarga ega. Rotorning ichki qismida maydalashga va aralashtirishga mo’ljal angan pichoqchalari yoki kurakchalari bo’lishi mumkin.
RPA ning faol ishlashi — teshikchalar kattaligiga, rotorning aylanish tezligiga bog’liq. RPA yordamida qisqa vaqt ichida (60—90 daqiqa) yukori sifatli ajratma olish imkoni mavjud. Apparat tanin, oblepixa yog’i, nastoykalar olishda sinovdan yaxshi o’tgan.
Misol: kalendula nastoykasini 70% spirt bilan olish uchun 20 mm kattalikdagi xom ashyo ishlatiladi. Bunda xom ashyo bilan ekstragent nisbati 0,13 ni tashkil qiladi. Ekstraksiya 2 marta qaytariladi, so’ngra ajratmalar birlashtirilib tindiriladi va baxolanadi. Olingan na- tijalar mavjud texnologiya bo’yicha 4 marta ajratma olishga asoslangai nastoykaga nisbatan quruq qoldiq, spirt, biofaol moddalar miqdori bo’yicha birmuncha yuqori bo’ladi. Xuddi
shu xolat valeriana nastoykasini olishda ham bosqichlar ixchamlanib, qisqa vaqt ichida talabga javob beradigan tayyor mahsulot olish mumkinligini ko’rsatadi.
RPA ni ajratma olish jarayonida keng ko’lamda tadbiq qilish kelajakda katta iqtisodiy foyda beradi.
Ajratma olish tezligi. Ajratma olishda u yoki bu usulning maqsadga muvofiqligi vaqt birligida ajralgan modda miqdori bilan belgilanadi.
Ajratma olish jarayonida biologik faol moddalarning ajralib chikish tezligi ajratma olish vaqtini belgilaydi. Ko’pincha biologik faol moddalar ajratma olishning birinchi soatlaridanoq tez ajralib chiqadi, so’ng ma‘lum miqdordagi ajratuvchi ishlatilishiga qaramay ajratma olish jarayoni susayib, ajratma olish uzoq vaqt davom etadi. Bu o’simlik to’qimasidagi moddalarning molekulyar massasi xar xil bo’lganlngi uchun, to’qimalar xolati, maydalik darajasi, maydalash vaqtida xom ashyo shaklining o’zgarish-o’zgarmasligi va boshqalar bilan izoxlanadi. Ajratma olish kinetikasini o’rganish shu jarayonni muddatini kamaytiradi. Ishlatiladigan spirtni to’g’ri tanlanishi ham muhim axamiyatga ega. SHunga asoslanib DF va boshqa normativ texnik xujjatlarda ayrim nastoykalar uchun belgilab qo’yilgan spirt quvvatiga tuzatish kiritish mumkin.
Nastoykalar qaysi usul bilan olynganligidan qat‘iy nazar 10°S haroratda 2 kun davomida tindiriladi, so’ngra suziladi. Xozirgi vaqtda nastoyka nomi bilan yuritiladigan preparatlar olinishi va tarkibi bo’yicha bir xil emas. Ularning ayrimlari faqat tashqi ko’rinishi to’q rangda bo’yalganligi bilan nastoykaga o’xshasa xam aslida nastoyka emas. Bunga yodning 5% va 10% li nastoykalari misol.
Oddiy nastoykalar. Bularga sanoat miqyosida ishlab chiqarilayotgan ko’pchilik nastoykalar misol bo’la oladi.
Ekstraktiv moddalar 13—17%, spirt 14% dan kam bo’lmasligi, zichligi 1,021 —1,050 bo’lishi kerak. YUmshatuvchi dori sifatida ishlatiladi.
Nastoykalarni baholash. Nastoykalar sifati davlat farmako- peyasi va normativ texnik hujjatlar asosida tekshiriladi. Nastoykalarning tashqi ko’rinishi, spirt quvvati yoki zichligi, quruq qoldiq, og’ir metal ar va ta‘sir etuvchi modda miqdori tekshiriladi. Nastoykalar xidi va mazasi xom ashyo bilan bir xil va tiniq bo’lishi kerak. Nastoykalar tarkibida spirt quvvati rasmiy usulda qaynash xarorati bo’yicha, haydash usulida (distillyasiya usuli) va norasmiy —refraktometrik, quruq qoldiq bo’yicha va xloroform yordamida aniqlanadi.
Nastoykadagi spirt quvvatini qaynash harorati bo’yicha aniqlash. Bu usul ma‘lum quvvatli spirt-suvli aralashmaning qaynash xarorati bilan, shu quvvatdagi spirtda tayyorlangan nastoykaning qaynash haroratining mos kelishiga asoslangan.
Nastoykadagi quruq qoldiq miqdori. Quruq qoldiqni aniqlash uchun 5 ml nastoyka doimiy og’irlikkacha keltirilgan byuksga solinadi va suv hammomida bug’latiladi, so’ng 102,5±2,5°S haroratda 2 soat davomida quritiladi. Quruq qoldiq torozida tortilib, 100 ml nastoykadagi quruq qoldiq miqdori xisoblanadi.
Og’ir metal tuzlarini miqdorini aniqlash — 5 ml nastoyka quruq xoliga keltirilib, qoldiqqa 1 ml kuchli sulfat kislotasi qo’shib, extiyotlik bilan yondiriladi va kuydiriladi. Xosil bo’lgan kul ammoniy atsetatning 5 ml to’yingan eritmasi bilan qizdirilib ishlov beriladi, kul suzgich orqali suziladn, suzgichdagi qoldiq 5 ml suv bilan yuvib olinib, suyuklikka suv qo’shib, 100 ml ga etkaziladi. SHuncha miqdor (etalon) suyuslikdan og’ir metal ar saqlamasligi kerak, ya‘ni 0T001% (DF I 1juz, 165-bet).
Ta‘sir etuvchi modda miqdori — NTH ko’rsatmasiga binoan ma‘lum usullarda aniqlaniladi. SHisha idishlarda salqin, korong’i joyda saqlanadi. Saklanish jarayonida nastoykalarda cho’kma xosil bo’lishi mumkin, bunda uni xona haroratiga keltirib chayqatiladi va baxolanadi.

Suyuq ekstraktlar tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi. Ularni tayyorlash texnologiyasi.


Reja
Ekstraktlar tavsifi.
Suyuq ekstraktlarni olishdagi texnologik bosqichlar.
Xomashyo va ajratuvchini tayyorlash;
Ajratma olish usullari;
Ajratmani yot moddalrdan tozalash;
Standartlash va qadoqlash.
Ekstrakt konsentratlarni ishlab chiqarishdan kuzatiladigan maqsad.
Ekstrakt konsentratlarni olishdagi texnologik bosqichlar
Suyuq ekstrakt konsentratlarni olish usullari.

Ekstraktlar deb o’simlik xom ashyosidan biologik faol moddalari suv, spirt, efir yoki boshqa ajratuvchilar yordamida ajratmb olingan va ajratuvchisi qisman, ba‘zan butunlay bug’latilgan ajratmalarga aytiladi. Ekstraktlar — quyuq-suyuqligiga (konsistensiya) qarab tasniflanadi.


Suyuq ekstraktlar — konsentrlangan ajratmalar bo’lib, 50% dan ko’p namlik saqlaydi, ajratuvchi sifatida har xil quvvatdagi etil spirti ishlatiladi.
Quyuq ekstraktlar – o’ta qovushqoq bo’lib, idishdan to’kilmaydigan, asalsimon cho’ziladigan massa bo’lib, 25% gacha namlik saqlaydi, ular 3:1, 4:1, 5:1, 6:1) nisbatlarda tayyorlanadi.
Quruq ekstraktlar tolqon bo’lib, 5% gacha namlik saqlaydi.
Suyuq ekstraktlar
Suyuq ekstraktlar oson qo’zg’aluvchan spirt-suvli ajratmalar bo’lib, 1:1 nisbatda, ya‘ni bir og’irlik qism xom ashyodan bir xajmiy qism maxsulot olinadi. Suyuq ekstraktlar tayyorlanishi nisbatai osonligi, ta‘sir qiluvchi moddalar majmuasining tabiiyligi, xom ashyo va tayyor maxsulot nisbatining oddiyligi bilan tibbiyotda keng ko’lamda ishlatishga imkoniyat beradi. Shu bilan birga ular ekstraktiv moddalarga to’yingan bo’lib, saqlash harorati pasayishi yoki spirtning bir qismini uchib ketishi bilan cho’kma xosil qiladi, bu esa suyuq ekstraktlarni tashish va saqlashni ancha chegaralab qo’yadi. Suyuq ekstraktlar perkolyasiya, reperkolyasiya va Bosin usullarida olinishi mumkin.
Perkolyasiya usuli — 1 — 8 mm gacha maydalangan xom ashyo aloxida idishda 100— 150% (xom ashyoga nisbatan) ajratuvchi bilan bo’kish uchun 4 soatga qoldiriladi. So’ng xuddi nastoyka tayyorlashdagi kabi perkolyatorga o’tkazilib, ajratuvchi bilan «oynasimon yuza» hosil qilib 1 — 2 kunga qoldiriladi. Keyin alohida idishga umumiy maxsulotning 85% qismini perkolyasiya qilib olinadi.
Ikkinchi idishga esa xom ashyo tarkibidagi ta‘sir etuvchi modda tugaguncha perkolyasiya davom ettiriladi va ajratma vakuum-bu-latgich asbobida 50—60°S haroratda quyuq holiga keltirilib, birinchi idishdagi ajratma bilan birlashtiriladi va toza ajratuvchi bilan kerakli xajmgacha etkaziladi. Ikkita idishda perkolyasiya qilishdan maqsad. Ta‘sir qiluvchi moddaning asosiy kremniy (85%) harorat ta‘siriga uchratmaslikdir. Bu usul ishlab chiqarish unumdorligi past bo’lganligi va xarorat ta‘sir ettirilganligi tufayli kam ishlatiladi.
Reperkolyasiya usuli — qayta (takroriy) perkolyasiyalash. Bunda 3—5 perkolyator ketma-ket joylashtirilgan bo’lib, birinchi perkolyatordan olingan ajratma keyingilari uchun ajratuvchi bo’lib xizmat qiladi. SHu tarzda ajratma ta‘sir etuvchi modda bilan to’yinib boradi. Reperkolyasiya usullari:
— Xom ashyoni teng bo’laklarga bo’lib, tugallanmagan siklda ajratma olish. Xom ashyo 3 yoki 5 ta perkolyatorga teng bo’laklarga bo’lib joylashtiriladi va har bir
perkolyatordagi ish jarayoni xuddi perkolyasiyaga o’xshash olib boriladi. Birinchi perkolyatordan 80% miqdorda ajratma perkolyasiya qilib olinadi, so’ng xom ashyoda ta‘sir qiluvchi modda qolmaguncha perkolyasiya davom ettiriladi. Suyuq ajratma ikkinchi perkolyatordagi xom ashyoni bo’ktirish va undan ajratma olish uchun xizmat qiladi. Keyingi perkolyatorlardan birinchi qism ajratma 100% (ya‘ni perkolyatordagi xom ashyo miqdoriga teng) miqdorda olinadi. Keyii oxirgi perkolyatordan alohida idishga xom ashyoda ta‘sir etuvchi modda tugaguncha perkolyasiya qilinadi. Birinchi idishlardagi ajratmalar qo’shiladi (80+100+100+100+100 = 480), yot moddalardan tozalanadi, baholanadi va tayyor maxsulot sifatida topshiriladi.
Oxirgi perkolyatordan olingan suyuq ajratma keyingi sikldagi xom ashyoni bo’ktirish, ivitish va ajratma olish uchun ishlatiladi.
Xom ashyoni teng bo’laklarga bo’lib, tugal angan siklda ajratma olish. Bu usul yuqoridagidan deyarli farq qilmaydi. Faqat bunda oxirgi perkolyatordan olingan suyuq ajratma quyuq ajratma holatgacha bug’lantiriladi, oldingi qismlarga qo’shiladi va toza ajratuvchi 100 qismgacha etkaziladi.
Xom ashyoni teng bo’lmagan bo’laklarga bo’lib reperkolyasiya qilish. Bu usul Amerika Qo’shma SHtati Farmakopeyasi bo’yicha rasmiy usul xisoblanadi. Bunda xom ashyo perkolyatorlarga 5:3:2 nisbatda joylashtirila. Tayyor mahsulot esa 2:3:5 nisbatda olinadi. Masalan: 1000 kg xom ashyo perkolyatorlarga 500 kg: 300 kg: 200 kg dan joylashtirilib, birinchi perkolyatordagi xom ashyo bo’ktirib va ivitilgandan so’ng alohida idishga 200 l ajratma perkolyasiya qilib olinadi, keyin perkolyatordagi xom ashyoda ta‘sir qiluvchi modda qolmaguncha bo’lak bo’lak qilib perkaloyasiya qilish davom ettiriladi va bu suyuq ajratma ikkinchi perkolyatordagi xom ashyoni bo’ktirish, ivitish va perkolyasiya qilish uchun sarflanadi
Ikkinchi perkolyatordan 300 l ajratma perkolyasiya qilib olinadi, keyin ish birinchi perkolyatordagidek davom ettiriladi va uchinchi perkolyatordan 500 l mahsulot yig’ib olinadi.
Hammasi bo’lib, 100 qism tayyor mahsulot.
Har safar perkolyatordan olinayotgan suyuq ajratmalar keyingisi uchun ajratuvchi bo’lib xizmat qiladi. Bu usulda uchinchi perkolyatordagi xom ashyodan ta‘sir etuvchi modda to’liq ajratib olinmaydi va ko’p vakt talab qilinadi.
Bosin usuli. Xom ashyoni teng bo’laklarga bo’lib, 4 yoki 6 perkolyatorlarga joylashtiriladi. Perkolyatordagi xom ashyoni bo’ktirish, ivitish va ajratma olish perkolyasiya usulidagidek olib boriladi. Birinchi perkolyatordagi xom ashyoning miqdoriga nisbatan 50— 100% miqdorda ajratma perkolyasiya qilib olinadi va u ikkinchi perkolyatordagi xom ashyoni bo’ktirish uchun sarflanadi. So’ng birinchi perkolyatordagi xom ashyoni ta‘sir qiluvchi modda qolmagunga qadar perkolyasiya qilinadi. Bu ajratma ikkinchi perkolyatordagi xom ashyoda
«oynasimoi yuza» hosil qilish va perkolyasiyalash uchun ishlatiladi. Qolgan perkolyatorda bu jarayon takrorlanadi va oxirgi perkolyatorda umumiy xom ashyo middoriga teng ajratma perkolyasiya qilib olinadi.
Kamchiligi: uzoq vakt davom etadi va oxirgi perkolyatordagi xom ashyoda ta‘sir etuvchi moddaning bir qismi qolib ketadi.
Moskva nlmiy-tekshirnsh farmatsiya oliygohi uch xil usul taklif etgan.

Yüklə 49,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin