Zomin tumanidagi 65-umumiy o‘rta ta’lim maktabida pedagog hodimlar bilan “Referendum: uning tashkiliy-huquqiy asoslari va asosiy bosqichlari” hamda “Konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati haqida” o`tkazilgan yig‘ilish
BAYONNOMASI
65-maktab 31.03.2023 yil
Yig‘ilish raisi- maktab direktori : B.Xazratqulov
Kotibi-MMIBD o`rinbosari: O.Farmonov
Qatnashdi: Zomin tuman kengashi deputati: Azamqulova Mavluda,
Nurafshon MFY raisi: R.Qarshiyev
Maktab O‘IBDO‘: V.Hakimboyev
30 nafar pedagog hodimlar , 23 nafar tex-xodimlari va ota-onalar
KUN TARTIBI:
Referendum: uning tashkiliy-huquqiy asoslari va asosiy bosqichlari.
Konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati haqida
Kun tartibidagi mavzu yuzasidan Zomin tuman kengashi deputati Azamqulova Mavluda hamda Nurafshon MFY R.Qarshiyev so`zga chiqib, referendum haqida batafsil tushuntirdi:
Referendum (lotincha: referendium) bu fuqarolarning davlat, viloyat yoki mahalliy koʻlamda eng muhim masalalar boʻyicha ovoz berish yoʻli orqali oʻz fikrlarini bevosita bildirishlaridir. Umumxalq ovoz berish yoʻli bilan qonunlar qabul qilish va davlat ahamiyatiga molik eng muhim masalalarni hal qilish shakli. Bevosita demokratiyaning muhim vositasi. Referendumning saylovlardan asosiy farqi shundaki, referendum oʻtkazilayotganda biron bir lavozimga nomzod yoki nomzodlar roʻyxati uchun ovoz berilmaydi, balki unda muayyan masala — qonun, qonun loyihasi, konstitutsiya, konstitutsiyaga tuzatishlar, mamlakat xalqaro maqomiga taalluqli yoki ichki siyosatiga oid biron bir savol qoʻyiladi. Saylov natijalari majoritar tizim boʻyicha ham, proporsional tizim boʻyicha ham aniqlanishi mumkin boʻlsa, referendum natijalari faqat majoritarizm (mutlaq koʻpchilik ovozini hisoblash) tamoyillari asosidagina aniqlanishi mumkin. Referendumning oʻziga xos shakli plebissit hisoblanadi.
Referendum — bevosita demokratiyaning muhim instituti boʻlib, umumdavlat hamda har bir fuqaro uchun muhim boʻlgan qarorlarni qabul qilinishida jamiyatning qatnashishini taʼminlaydi. Referendumning oʻtkazilish jarayonining qoida va shartlari har bir davlatning konstitutsiyasi va qonunchiligi tomonidan belgilanadi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan maktabning direktori B. Xazratqulov so`zga chiqdi:
Konstitutsiyani yangilashga zarurat nimada?:
Konstitutsiyani yangilashga quyidagi ikki asosiy masala sabab bo’lmoqda:
1) So’nggi olti yilda erishilgan yutuqlar va ularni Konstitutsiyada muhrlab qo’yish orqali ushbu yutuqlarni uzluksiz davom ettirish;
2) Globallashuv jarayonidagi yangi tahdidlar va xatarlar, ularni bartaraf etish bo’yicha mustahkam huquqiy asosni yaratish orqali milliy davlatchiligimiz kelajagini ta’minlash.
So’nggi olti yilda erishgan yutuqlarimiz:
– Naqd pul bilan bog’liq muammolar bartaraf etildi;
– Debitor-kreditor masalalari hal etildi;
– Valyuta bozori erkinlashtirildi;
– Biznesga soliq yukini kamaytirish choralari ko’rilmoqda;
– Yer munosabatlari sohasida amalga oshirilgan ishlar;
– Majburiy mehnat va bolalar mehnati to’liq bartaraf etildi;
– Bog’chalar qamrovlar soni oshirildi;
– Maktablar 11 yillik ta’lim tizimiga qaytdi;
– Oliy ta’lim muassasalari soni 210 tadan oshdi;
– Kambag’allik degan tushuncha rasmiy darajada tan olindi.
Fuqarolik, chegara, mudofaa va xavfsizlik sohasida:
– chegara masalalar hal etildi;
– O’zbekiston fuqaroligini olish masalasi o’z yechimini topdi;
– propiska tizimidan voz kechildi;
– chet elgan chiqish uchun pasportga stiker yozish amaliyotidan voz kechildi;
Aholiga qulayliklar yaratish maqsadida:
– davlat xizmatlari tizimining rivojlantirilishi;
– diniy sohada yurtdoshlarimizga qulayliklar yaratildi;
– aholini uy-joy bilan ta’minlash siyosati tubdan o’zgardi ;
– pensiya va nafaqa tayinlash tizimi o’zgardi;
– boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun bepul ovqatlanish tizimi joriy etildi;
– sudlar tomonidan oqlov hukmi chiqarish amaliyoti ko’paydi.
Globallashuv jarayonidagi yangi tahdidlar va xatarlar:
bugungi ziddiyatli jarayonlar, iqtisodiy qarama-qarshiliklar qachon va nima bilan tugashini bashorat qilib bo’lmasligi;
– ayrim davlatlarning dunyo xaritasida qolish-qolmasligi savol ostida qolayotganligi;
– jahonda 100 million aholi o’z hayotini saqlash uchun, boshqa yurtlarda boshpana izlab yurgani;
– oziq-ovqat yetishmasligi, energiya resurslari tanqisligi, pandemiya kabi global muammolar;
– global muammolar rivojlangan davlatlar aholisini ham jiddiy o’ylantirib qo’yayotganligi.
– mintaqamizdagi vaziyat ham bizni tashvishga solayotganligi, yonimizda qariyb 50 yillik notinchlik davom etayotganligi;
– mamlakatimiz katta davlatga aylanayotganligi;
– aholimiz soni 2040 yilga borib, 50 millionga yetishi kutilmoqda.
Havf-xatarlarni bartaraf etish bo’yicha mustahkam huquqiy asos zarurati:
Bularning barchasi uchun mustahkam huquqiy poydevor zarur bo’lishi, Yangi O’zbekistonga yangilanayotgan Konstitutsiya kerakligini ko’rsatmoqda.
Xalq konstitutsiyasi: mazmuni va mohiyati:
xalqimizning fikri, takliflari 2 bosqichda o’rganildi, shundan so’ng Konstitutsiya loyihasi tayyorlandi:
– birinchi bosqichda Konstitutsiya loyihasini shakllantirish uchun odamlarimiz 60 mingdan ziyod takliflar berdi;
– ikkinchi bosqichda Konstitutsiya loyihasi umumxalq muhokamasiga qo’yildi.
Nima uchun “yangi konstitutsiya” deb atalmoqda?;
– moddalar soni amaldagi 128 tadan – 155 taga ortmoqda;
– normalar soni 275 tadan – 434 taga oshdi;
– qonunimizning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilandi.
Dostları ilə paylaş: |