Kopia” markazi Qoraqolpog`istonda!



Yüklə 0,76 Mb.
tarix08.12.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#73240
KOPIA maqola lotincha


KOPIA” markazi Qoraqolpog`istonda!
20-dekabr kuni ToshDAU Nukus filialining talaba-yoshlari bilan ilmiy-amaliy konferensiya bo`lib o’tdi.
Bu konferensiya tashkilotchilari O`zbekistonda faoliyat olib borayotgan chet el investorlaridan biri, “KOPIA” markazining Qishloq Xo`jaligi Taraqqiyoti ma`muriyati hisoblanadi.
Anjumanda, Janubiy Koreadan tashrif buyurgan Je He Shin (Janubiy Korea qishloq xo`jaligini rivojlantirish taraqqiyoti boshqarmasining Chorvachilik ilmiy tadqiqot institutidan Kopia markaziga yuborilgan chorva mutahasisi) “KOPIA” markazining asosiy maqsadi to`g`risida, xususan qishloq xo`jaligining chorvachilik sohasidagi faoliyati haqida ma`lumotlar berib, quyidagi fikrlarni bildirib o`tdi:
Biz O`zbekistonning 5 ta viloyatida (Qoraqolpog`iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Farg`ona, Toshkent viloyati) Koreya texnologiyasi asosida chorva mollarini maxsus ratsion asosida boqib kelmoqdamiz. Bunda har bir boqilayotgan chorva molga yengil hazm bo`ladigan (sholi va bug`doy kepagi, bug`doy va makkajo`xori yormasi) mahsulotlarni berish tavsiya etiladi. Bularni tayyorlashda ham maxsus usuldan foydalaniladi. Mollarga beriladigan hamma mahsulotni iloji boricha mayda holatga keltirib aralashtiriladi va kamida 2 yoki 3 kun ustidan havo kirmaydigan holatda saqlanadi. 2-3 kundan keyin ochib qaralganda o`tkir xidga kirgan bo`ladi qancha xidi o`kirlashgan bo`lsa shuncha yaxshi tayyorlangan hisoblanadi. Bu rotsionni qo`llashdan asosiy maqsad jahon bozorida eng qimmat go`shtlardan hisoblangan marmar go`shtni olish hisoblanadi. Marmar go`shtda yog` va go`sht aralashib ya`ni bir qavat yog`, bir qavat go`sht bo`lib mahalliy go`shtlardan keskin farq qiladi. Marmar go`shtni iste`mol qilganimizda uni judayam yengil hazim qilishimiz mumkin bo`ladi. Bizning maqsadimiz eng avvalo O`zbekiston hududida Janubiy Korea texnologiyasi asosida chorva mollarini yetishtirish usullarini ko`rsatish va mahalliy xalqga o`rgatish hisoblanadi, qolaversa jahon bozorida brend hisoblangan marmar go`shtni tayyorlash shu bilan birga O`zbekistonni go`sht import qiladigan davlatdan uni eksport qiladigan davlat bo`lishiga yordam berish hisoblanadi. Buning uchun O`zbekistonda barcha imkoniyatlar mavjud. Biz ishonamizki O`zbekiston davlati albatta shunday natijalarga yaqin kelajakda erishadi. Bunga siz talaba yoshlarning kuchli bilim va shijoatingiz zarur bo`ladi.

Konferensiyada qatnashayotgan (ToshDAU Nukus filialining ilmiy ish va innovatsiyalar bo`yicha direktor o`rinboasari) Djumamuratov Arslan o`z navbatida so`zga chiqib, “KOPIA” markazining ish faoliyatiga yuksak baho berib o`tdi. Xalqimizning go`sht va sut mahsulotlariga bo`lgan, ehtiyojlarini qanoatlantirish, aholini sifatli go`sht mahsulotlari bilan ta`minlash borasidagi harakatlari uchun Janubiy Korealik mehmonlarga o`z minnadorchiligini bildirib o`tdi va kelgusidagi faoliyatiga ham muvoffaqiyatlar tilab qolishini bildirdi.


Bu anjuman talabalarda ham ancha katta qiziqish uyg`otdi. Talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil ma`lumotlar olish bilan birga Janubiy Korea Respublikasidagi Jungang Universiteti 3- kurs talabasi Jeong Ho Jundan (Kopia markaziga kichik tadqiqotchi bo`lib kelgan) Janubiy Koreada o`qish jarayonlari haqida so`rab fikr almashishdi. Jeong Ho Junning ta`kidlashicha hozirda O`zbekistonning ko`pchilik hududida tabiiy usulda mollar ko`paytirilar ekan. Janubiy Koreada esa 90-95 % sun`iy usulda mollarni ko`paytirish yo`lga qo`yilgan. Buni O`zbekistonda ham joriy qilishni Jeong Ho Jun o`z tengdoshlariga bo`lajak mutaxasis sifatida maslahat berib o`tdi.
Uchrashuv do`stona va ko`tarinki ruhda yakunlandi. Anjuman talabalar uchun ancha foydali fikrlar, takliflarga boy bo`ldi. Ularda KOPIA markazi katta qiziqish uyg`otib ushbu markaz bilan yanada yaqinroq a`loqalar o`rnatish istagini bildirishdi.

NDPI Jismoniy madaniyat fakulteti 3-kurs talabasi Shamuratov Jasur
Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin