Namangan davlat chet tillar instituti



Yüklə 29,03 Kb.
səhifə1/9
tarix03.03.2023
ölçüsü29,03 Kb.
#86352
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
1 Ilmiy va kasbiy 1 kurs


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NAMANGAN DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI


INGLIZ TILI O‘QITISH METODIKASI KAFEDRASI







«TASDIQLAYMAN»
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, _________ D.
«___» ________________2022 yil

ILMIY VA KASBIY FAOLIYATGA YO‘NALTIRILGAN CHET TILI
FANINING O‘QUV DASTUR

Bilim sohasi: 200000 - San’at va gumanitar fanlar


Ta’lim yo‘nalishi: 230000 - Tillar
Mutaxassisligi: 70230101–Lingvistika (ingliz tili)


Namangan-2022


Fan/modul kodi
IKCHET12018

O‘quv yili
2022-2023

Semestr
1/2



ECTS Кreditlar 8

Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili: Ingliz

Haftadagi dars soatlari: 4/4

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashgulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama (soat)

Ilmiy va kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan chet tili

120

120

240

2.

1-Faning mazmuni
Fanning maqsadi – magistrantlarning chet tili bo‘yicha bilimlarini ilmiy va kasbiy faoliyatga yo‘naltirgan holda C1+ darajaga (CEFR) ko‘tarish, chet tilida ilmiy tadqiqot olib borish va kasbiy malakalarini rivojlantirish.
Fanning asosiy vazifasi – magistratura bosqichi talabalarining ilmiy va kelgusidagi kasbiga oid yo‘nalishlarda chet tilida ma’ruzalar qilish va ilmiy maqolalar yozish kompetensiyalarini takomillashtirish, til birliklarining qo‘llanilish xususiyatlari va me’yorlari bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirishdan iborat.

3.

  1. Asosiy nazariy qism (ma`ruza mashg`ulotlari)

Fan tarkibiga quydagi mavzular kiradi:
1-modul.
Tinglab tushunish:
• keng qamrovli mavhum va murakkab mavzulardagi matnlar;
• keng ko‘lamdagi idiomatik iboralar va og‘zaki nutq namunalariga boy audio tasmalar, axborot va ommaviy e’lonlar (masalan, temir yo‘l vokzali, sport maydonchasidagi e’lonlar);
• guruh muhokamasidagi asosiy va boshqa ishtirokchilar o‘rtasidagi murakkab muloqot;
• teledastur va filmlar;
• o‘rganilayotgan til sohibi bo‘lgan va bo‘lmagan so‘zlashuvchilarning turli rasmiy va norasmiy doiralardagi yoki ta’lim muassasalaridagi autentik og‘zaki nutq namunalari;
• sohaga oid ma’ruzalar, bahs-munozaralar;
• dars jarayonidagi o‘qituvchilik nutqi tahlili.
2-modil.
Gapirish:
Dialogik nutq:
• shaxslararo muloqot va suhbatlar;
• ommaviy munozaralar va rasmiy muhokama;
• o‘z mutaxassislik sohasiga oid bo‘lmagan mavhum va murakkab mavzulardagi ma’ruzalar va muloqotlar;
• ishga qabul qiluvchi yoki ishga kiruvchi sifatida intervyuda qatnashish;
• auditoriyada qo‘llaniladigan iboralar;
• dars jarayonida muammolar bilan shug‘ullanish;
Monologik nutq:
• ilmiy posterlarni taqdimotini o‘tkazish
• ko‘rsatmalar;
• taqdimotlar;
• konkret yoki mavhum mavzular bo‘yicha o‘z mulohazasini bildirish va uni asoslay olish;
• o‘z fikrini asoslangan tarzda ifoda etish;
• fikrlar, muhokama yoki sohaga oid maqola yuzasidan umumlashgan xulosa chiqarish.
3-modul.
O‘qish:
• ijtimoiy, mutaxassislik yoki ta’lim sohalarida uchrash ehtimoli bo‘lgan birmuncha uzun va murakkab matnlar;
ilmiy maqolalar va adabiyotlar;
• badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar, shuningdek adabiy jurnallar;
• gazeta va jurnallar;
• yo‘riqnomalar (qo‘llanmalar, taomnoma kitoblari va hokazo);
• reklama materiallari;
• turli ma’lumotnoma shakllari, o‘qituvchi kundaligi, so‘rovnomalar;
rasmiy xatlar, elektron xatlar va hokazo (memorandumlar,
ma’ruzalar, tanqidiy bayonotlar/maqolalar, ilmiy ishlar).
4-modul
Yozuv:
• ma’lumotnoma shakllari va so‘rovnomalar;
• ish va mutaxassislikka doir rasmiy xatlar;
• mavzu tanlash bayonoti;
• ilmiy maqola;
• ilmiy maqola va havolalarn rasmiylashtirish;
• ilmiy va o‘quv adabiyotlariga taqriz;
• ilmiy manbalarni sintezlash;
• tanqid;
annotatsiya;
• rezyume;
• tezis;
• munozarali insholar;
• ilmiy tahlillar;
• ilmiy ma’ruzalar;
• grant va stipendiyalar uchun taklif va mulohazalar;
• chet el grantlari uchun loyiha tayyorlash;
• rasmiy hujjatlar (shartnomalar, bitimlar).
Lisoniy material:
• nutqning leksik jihati;
• yuqorida qayd etilgan mavzularga oid leksika;
• ta’lim va mutaxassislikka oid leksika;
• so‘z yasash modellari va qisqartmalar;
• nuqtai nazar va qarashlarni ifodalovchi so‘z va iboralar.
Nutqning grammatik jihati:
• ixtisoslashgan matnlardagi grammatik strukturalar (masalan,
ilmiy inshoda majhul nisbatning qo‘llanilishi);
• pedagogik diskurs namunalari (masalan, grammatik, leksik yoki
mazmun jihatdan bog‘lanish);
• og‘zaki va yozma matnda bog‘lovchilarni qo‘llash;
• artikl va belgilovchilar (determinantlar).
Sotsiolingvistik kompetensiya
• tilning madaniyat jihatlari (masalan, idiomalar, maqollar va hokazo);
• xulq-atvor, o‘zini tutish va etiket qoidalari;
• noverbal kommunikatsiya vositalari;
• ijtimoiy va ilmiy doiraga xos tarzda tilni moslashtirish;
• madaniyatlararo muloqotni chuqurroq tushunib yetish;
• o‘zga millat vakillariga nisbatan hurmat va tolerantlik;
• o‘zga madaniyat va turli vaziyatlarga moslashish.
Pragmatik kompetensiya
• nutqni tushunish, talqin etish va so‘zlashdagi tegishli strategiya va uslublar;
• turli diskurslar tarkibi va mazmunini bilish;
• muloqotdagi bo‘shliqlarning oldini olish maqsadida til
kamchiliklarini bartaraf etish;
• rasmiy va norasmiy doiralarda nutqni bo‘lish, aniqlik kiritish, boshqacha talqin etish, jumlalarni tuzatish,to‘ldirish va hokazo strategiyalar.



Yüklə 29,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin