KORREKSION PEDAGOGIKA ASOSLARI
Reja:
1. Maktabgacha tarbiya muassasining asosiy maqsadi vazifalari.
2. Bola huquqlari haqidagi konvensiya
3. Korreksion pedagogika fanining maqsadi va vazifalari.
4. Aloxida yordamga muxtoj bolalar
5. Aloxida yordamga muxtoj bolalar uchun diffrensial va integratsiyalashgan ta’limni tashkil etish.
«Uchinchi ming yillikning bolasi» kitobidagi tayanch dasturida «Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga ko‘yiladigan davlat talablari» asosida maktabgacha tarbiya muassasalaridagi ishlarning vazifasi, mazmuni yoritilgan. Dasturning VI bo‘limi “Maktabga tayyorlov davri”deb nomlangan. Ushbu bo‘limda 6-7 yoshli bolalarni jismonan rivojlantirish, nutqi va tafakkurini rivojlantirish va ularni ma’nan rivojlantirish bo‘yicha olib boriladigan ishlarning mazmuniga qo‘yilgan talablar yoritilgan.
Dasturning «Bolalarni ma’nan rivojlantirish» qismida:
-savollarga javob berish, turli mavzularda fikr bayon qilish xamda atrofdagi odamlarning she’r, ertak va xikoyalarida bayon etilgan, rasm, multfilm, kinofilmlarda ifodalangan fikrni anglash, ularning mazmunini qayta so‘zlab bera olish ;
-nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qilish. Fikrni grammatik jixatdan aniq bayon qila olish;
-so‘zda tovushlarning ketma-ketligini farqlash, bo‘g‘in va so‘zlarni to‘g‘ri tuzish, eshitgan nutq tovushlarini farqlay olish;
-bosma harflarni o‘zaro farqlay olish, nutq tovushi bilan harfni bir biridan farqlay olish;
-ertak, xikoya, maqol va topishmoqlar obrazliligini xis eta olish;
-ifodali tarzda she’r ayta olish va boshqa talablar qo‘yilgan.
Bolaning maktabga tayyorlash guruxiga o‘tishi uni alohida mavqega qo‘yadi : u o‘zini yangi hayot –maktab xayoti bo‘sag‘asida turganligini anglaydi; u endi tarbiyachisini o‘qituvchi deb biladi. Bolaning mashg‘ulotlardan tashqari vaqtdagi jamoa faoliyatlarida o‘zini-o‘zi tashkil etish va bir-birini nazorat qilish kuchayib boradi. Bolalarning jamoa fikrlari va umumiy oddiy talablari paydo bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar o‘rtasida mashg‘ulotlar, shuningdek, didaktik o‘yinlar ,qoidali o‘yinlar va harakatli o‘yin- musobaqalar tobora ko‘proq axamiyat qozonadi. Bola o‘yin bilan jiddiy ish o‘rtasidagi farqni tushunib oladi, qachon va qayerda o‘ynash, jiddiy ish bilan shug‘ullanish kerakligini bilib olgan bo‘ladi. U oilasida va bolalar bog‘chasida o‘ziga topshirilgan muayyan vazifalarni bajaradi. Bunda katta yoshdagi kishilarning bolalar mexnati natijalariga, bu mexnatning tevarak-atrofdagi kishilar uchun bo‘lgan axamiyatiga tegishli baxo berishlari, bolaning o‘z tashabbusi bilan biron ishni boshlab yuborish istagini maqullashlari muximdir.
Bolaning bilish faoliyati murakkabroq tus ola boshlaydi, idrok qilishi muayan maqsadga yo‘nala boshlaydi. Turli narsalar yoki ularning tasvirlari bilan muntazam ravishda tanishib borish natijasida bolaning muayyan vazifaga bo‘ysundirilgan kuzatuvchangligi oshib boradi. Idrokning o‘sishiga raxbarlik qilinsa, maktabgacha tarbiya yoshi oxirida bolada muxim sensor qobiliyatlar: ko‘z bilan aniq chamalab bilish, proporsiyalarga ko‘rib turib baxo berish, fonematik uquvlari va musiqa tovushlarini to‘g‘ri idrok etish va ayta bilish qobiliyatlari paydo bo‘lib boradi. Bola kuyning harakatini, tovushlarning pasayishi va yuqorilanishini, balandligi va uzunligi har xil bo‘lgan tovushlarni, ashula aytish va she’r o‘qish tempining o‘zgarib turishini farq qilish va buni o‘zi amalda ifodalab berishi mumkin.
Muayyan maqsadga qaratilgan ta’lim natijasida bolaning ixtiyoriy ravishda esda saqlab qolish va ifodalab berish qobiliyati o‘sadi. Bola esda saqlab qolishning har xil usullarini qo‘llay boshlaydi: materialni ma’nosiga qarab guruxlarga bo‘ladi, esda saqlab qolmoqchi bo‘lgan narsasini ko‘p martda takrorlaydi va x.k. Bolalar eng oddiy mantiqiy fikrlashni o‘rgana boshlaydilar. Ular nutqning tovush tuzilishini taxlil qila oladigan bo‘lib qoladilar: bola so‘zdagi tovushlarni aloxida o‘zini talaffuz qilishi, so‘z qaysi tovushlardan tuzilganligini aytib bershi mumkin. Uning muayyan voqealarni tegishlicha izchillikda ravon va batavsil xikoya qilib berish ko‘nikmasi oshib boradi.
Tayanch dasturida bolalr nutqi va tafakkurini rivojlantirish ishlariga katta e’tibor berilgan bo‘lib, ularni didaktik o‘yinlar orqali amalga oshirish talab etilgan.
Shunday qilib, tayyorlov guruxi tarbiyalanuvchilari o‘quv yilining oxirida murakkab va katta xajmdagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallab olishlari lozim. Biroq barcha bolalar barovariga dastur talab etgan bilimlarni o‘zlashtira olmaydilar.
Xar qanday jamiyat uz farzandlarini har tomonlama yetuk , komil inson bo‘lib voyaga yetishni, munosib fo‘karolar bo‘lib, davlat tarraqiyotiga, gullab yashnashiga o‘z ulushlarini qo‘shishlariga harakat qiladi umid bog‘laydilar.
Afsuski, dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida bolalar hali ham huquqlaridan mahrum etilganlar, ya’ni ularning sog‘-salomat hamma qatori to‘laqonli rivojlanishlari va jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari uchun kerakli imkoniyatlar yaratilmagan..
Maktabga qabul qilingan ayrim bolalar uni to‘liq bitira olmayaptilar, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar uyda o‘tiribdi ta’lim olishdan mahrum, ayrimlarining ta’lim olishi chegaralangan.
Kasallikni oldini olish mumkin bo‘lgan joylarda hali ham juda ko‘p bolalar xastaliklardan nobud bo‘lmoqdalar, to‘yib ovqat yeyish, toza ichimlik suvidan bahramand bo‘lish ko‘p mamlakatlarda hali ham to‘liq tashkil etilmagan.
Bundan tashqari, jahonning ba’zi bir qit’alarida maktab yoshidagi bolalar ham qurolli kuchlar safiga chaqirilmoqda, ular zo‘ravonliklarga, qiynoqlarga duchor bo‘lmoqdalar, jismoniy jazolanmoqda, kerak bo‘lsa, ozodlikdan, kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilinmoqdalar.
Asosiy ehtiyojlari va huquqlari qo‘pol buzilgan bolar hech qachon boshqalarning huquqlarini hurmat qila olmaydilar hamda odil va g‘amho‘r bo‘la omaydilar. ¥uquqning buzilishi faqat shaxsning azob-uqubatlanishini yuzaga keltirishiga sabab bo‘libgina qolmay, balki ularning ongida siyosiy barqarorlik urug‘larini ekilishiga va qurolli nizolarga sabab bo‘lmoqda. ¥uquq muammolari har bir insonga to‘g‘ridan – to‘g‘ri yoki bevosita tegishlidir.
1 dekabr 1993 yilda 153 mamlakat bola huquqlari haqidagi konvensiyani ratifikatsiya qilish yo‘li bilan, o‘zlarining bolalar kelajagini muxofaza qilishga tayyor ekanligini namoish etdilar. Bola huquqlari haqidagi Konvensiya – bu butun jahon bolalariga xos bo‘lgan bolar huquqlari haqidagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining shartnomasidir. Konvensiya - bola huquqlari haqidagi universal rasmiy Kodeksdir. Konvensiyada bolalar huquqlari to‘rt toifaga ajratib berilgan bo‘lib, ular 54 moddani o‘z ichiga qamrab olgan.
1. yashay olish huquqi: bola talablarini qondirish va hayotiy huqularni o‘zida mujassam etish kabi asosiy shartlarni hamda tibbiy hizmatdan foydalana olish, ovqatlanish, boshpanaga ega bo‘lish kabi adolatli, hayotiy me’yorlarni o‘z ichiga oladi.
2. rivojlana olish huquqi: bolarning o‘z qobiliyatlarini kengnroq rivojlantirishga erishishlari uchun zarurdir. Bunga misol qilib, bilim olish, o‘yin, xordiq chiqarish, madaniy faoliyatlar, axborot olish va vijdoniy poklik kabi huquqlarini olish mumkin .
3. bolalar zo‘ravonlik va ekspulatatsiya qilinishdan ximoyalangan bo‘lishlari shart. Bu borada quyidagi muammolarga ya’ni: qochoq bolalar muammosi, adliya tizimidagi zo‘ravonliklar, bolalarni qurolli nizolarga jalb etish muammolariga, bolalalar mehnatiga; balog‘at yoshiga yetmaganlarni seksual ekspluatatsiya qilish va o‘smirlarning giyohvand moddalarni iste’mol qilish muammolariga alohida e’tibor bo‘lishi kerak.
4. Ishtirok etish huquqi: bolani jamiyat va mamlakat hayotida faol ishtirok etishga chorlaydi. Bu toifa bolalarning hayotiga taalluqli bo‘lgan muammolar bo‘yicha jahonshimul yig‘ilish va tadbirlarda ishtirok etish huquqini va o‘z fikr-mulohazalarini aytishda erkin bo‘lish kabi huquqlarni belgilaydi. Bolalar ulg‘ayib borishlari davomida jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari uchun barcha paydo bo‘luvchi imkoniyatlarning xammasiga ega bo‘lib borishlari , hamda hayotity muhim yechimlarning mas’uliyatini his qilgan holda ularni o‘z zimmalariga olishga tayyor bo‘lishlari kerak.
Butun jahon bolalariga xos bo‘lgan bolalar huquqi haqidagi Konvensiya, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, “O‘zbekistonda kadrlarni tayyorlash milliy dasturi” kabi va boshqa me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilishicha , barcha bolalar , shu jumladan, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ham mehnat qilish, ta’lim olish, hayotda o‘z o‘rnini topib ketish huquqlariga egadirlar. . Bola huquqlari haqidagi Konvensiyaning 19 moddasiga ko‘ra “ Bola ota-ona yoki har qalday boshqa shaxs tomonidan haqoratlanishi, qo‘pol muomilada bo‘lishdan himoyalanishi huquqiga egaligini inobatga olib, ayrim mamlakatlarda ilgarilari ishlatiladigan atamalardan “korreksion pedagogika”, “anomal bolalar ”, “aqlan zaif” kabi va boshqklardan voz kechmoqdalar. XIX asrning 20 yillaridan beri Defektologiya fani – jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar talim tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan sifatida o‘rganilib kelmoqda. Xozirgi kunda bu fan «korreksion pedagogika» deb ham yuritilmoqda. Inson xuquqlari dekloratsiyasi, bolalar konvensiyasi talablaridan kelib chiqqan xolda jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor kishilarni kamsitmaslik, xaqoratlamaslik uchun masalan, Moskva shahridagi Defektologiya ilmiy-tadqiqot instituti “Korreksion pedogogika ilmiy tadqiqot instituti” deb nomlanmoqda. Defektologiya fani ko‘p mamlakatlarda korreksion pedagogika deb yuritilmoqda. Korreksion pedagogika fanining predmeti - anomal bolalar , ya’ani jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ( yunoncha anomalos - odatdan tashqari ), norasao degan ma’noni bildiruvchi so‘zi bilan yuritiladi. Xozirgi kunda O‘zbekistonda Korreksion pedagogika —aloxida yordamga muxtoj jismoniy yoki ruhiy kamchiliklari bor bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini o‘rganadigan, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fandir.
Korreksion pedagogika so‘zi lotincha tuzatish— bartaraf etish, pedagogika— ta’lim-tarbiya, urganish degan suzlardan olingan. Ruhiy va jismoniy kamchiliklari bor bolalar anomal bolalar deyiladi (yunoncha odatdan tashqari, noraso degan ma’noni bildiruvchi anomalos suzidan olingan). Korreksion pedagogika fanining mavzu bahsi anomal, aloxida yordamga muxtoj bolalardir. Korreksion pedagogikaning vazifasi — anomaliyalarning kelib chiqish sabablari, turlarini, anomal bolalarning psixofiziologik rivojlanishdagi xususiyatlarini urganish, shular, asosida integratsiyalashgan, inklyuziv yoki differensial ta’limni tashkil etish, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanishdir. Korreksion pedagogika fanining maqsadi — anomal bolalarga integratsiyalashgan-inkiyuziv xamda differensial ta’limni tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni urganish, ulardagi psixofiziologik kamchiliklarni iloji boricha bartaraf etish, tuzatish yoki bilinmaydigan holga keltirish usullarini belgilash va amaliyotda tatbiq etish yullarini tarbiyachi hamda o‘qituvchilarga ko‘rsatib berishdan iborat. Anomaliyalar har xil bo‘ladi, ularning ba’zilari batamom bartaraf etiladi, ba’zilari bir qadar tuzatiladi, korreksiyalanadi, boshqalari esa bilinmaydigan holga keltiriladi, ba’zilari esa kompensatsiyalanadi. Bola nutqida qo‘pol kamchiliklar bo‘lsa, to‘g‘ri tashkil etilgan logopedik choralarni o‘z vaqtida ko‘rish yo‘li bilan ularni to‘liq bartaraf etish mumkin. Boladagi nuqson organik kamchiliklar natijasida paydo bo‘lgan bo‘lsa (masalan, oligofreniya shunday nuqson jumlasiga kiradi), uni to‘liq bartaraf etib bo‘lmasa ham, biroq qisman tuzatish mumkin. Korreksion pedagogika amaliyotida yana shunday anomaliyalar uchraydiki, ularni tuzatib ham, korreksiyalab ham bo‘lmaydi, masalan, tug‘ma ko‘rlik yoki karlik shular jumlasidandir. Bunda ko‘rish analizatorining vazifasini sezgi organlariga, eshitish analizatorining vazifasini esa ko‘rish analizatoriga yuklash, ya’ni kompensatsiyalash, o‘rnini bosipsh mumkin. Ko‘rish qobiliyati zaif bolalar sezgi organlariga tayangan holda barmoqlari bilan Brayl shriftidan foydalanadilar. Bunda harf olti nuqta kombinatsiyasi bilan belgilanadi. Eshitish qobiliyati zaif bolalar esa imo-ishora, ya’ni daktil nutqdan, barmoqlar harakati bilan anglatiladigan nutqdan foydalanishlari mumkin.
Korreksion pedagogika nisbatan yangi fan. U asosan 19 asrning o‘rtalarida rivojlana boshladi. 1925 yilda Moskva shaxrida Eksperimental defektologiya instituti tashkil etildi. Bu institutni buyuk psixolog professor Vigotskiy L. S. boshqardi.
L.S. Vigotskiy anomal bolalar rivojlanishidagi xususiyatlarni o‘rganib, nuqsonning murakkab tuzilishi haqidagi ta’limotni ishlab chiqdi. U “Korreksion pedagogikaning asosiy muammolari” kitobida anomal bolalar bilan rivojlantiruvchi ta’limni olib borish kerakligini, korreksiya, kompensatsiya usullari va bularni amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatib berdi.L.S.Vigotskiy anomal bolada nafaqat "salbiy" balki "ijobiy" tomonlarini ham o‘rganib, aniqlab, shularga tayangan holda va potensial qobiliyatni inobatga olib turib, ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish zarurligiga dikkatni jalb etdi. U defektologiya sohasida katta nazariy meros qoldirdi va haqli ravishda defektologiya fanining asoschisi sanaladi.
Atoqli psixolog L. V. Zankov 1935 yildan L. S. Vigotskiy bilan hamkorlikda ishlay boshladi. Bu olimlarning sobiq sovet psixologiyasi va defektologiyaning nazariy jihatdan shakllanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldilar. Ular aqliy jihatdan qoloq bolalar psixikasi taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rganib, "rivojlanishning tuxtash nazariyasi", "chegara" degeneratsiya nazariyasi", "ma’naviy defektli" kabi g‘ayri ilmiy va reaksion nazariyalarni fosh etdilar.
Eksperimental psixologiya laboratoriyasida anomal bolalarning rivojlanishi maxsus ta’lim ta’siri ostida qanday o‘zgarib borishini o‘rganish, ulardagi mavjud nuqsonlarni ham,ijobiy ham salbiy tomonlarni aniqlash yuzasidan qiyosiy eksperimental tadqiqotlar o‘tkazildi.
Sog‘lom va anomal bolalarda bilish faoliyatining rivojlanishini I. M. Solovyev ham har tomonlama o‘rgandi. “Normal va anomal bolalarda bilish faoliyatining psixologiyasi" nomli kitob shu ishning natijasi bo‘ldi. I. M. Solovyev bir guruh xodimlari bilan qiyoslashning murakkab shakllarini eksperimental tadqiqotlar yordamida o‘rganishda chinakam novatorlik ko‘rsatdi.
Eksperimental defektologiya instituti 1943 yilda Russiya Pedagogika fanlari akademiyasining Defektologiya ilmiy-tekshirish institutiga aylantirildi. Hozirgi zamon korreksion pedagogika fanining rivojlanishida mazkur institut xodimlarining roli nihoyatda katta buldi.
1920 yilda Rusiyada anomal bolalarni tarbiyalash instituti ochilib, 1925 yilda bu institut 2-Moskva davlat universiteti pedagogika fakultetining defektologiya bo‘limiga aylantirildi, 1930 yili V. I. Lenin nomidagi Moskva davlat pedagogika instituti qoshida mustaqil defektologiya fakulteti tashkil etildi. Hozir Russiya mamlakatining deyarli barcha jumhuriyatlarida korreksion pedagogika qulliyotlari yoki bo‘limlarida oliy ma’lumotli defektologlar tayyorlash ishi yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekistonda korreksion pedagogika fanining rivojlanish 1967 yildan boshlab tezlashdi, chunki shu yili Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Pedagogika va psixologiya fakulteti qoshida oligofrenopedagogika bo‘limi tashkil etildi. Bu bo‘limga 1976 yili surdopedagogika bo‘limi qo‘shildi. 1984 yili esa mustaqil defektologiya fakultetining bir necha bo‘limida ta’lim berila boshlandi. Hozirgi kunda TDPU BTU va defektologiya fakultetida Defektologiya kafedrasi faoliyat ko‘rsatmoqda, defektolog bakalavr va magistrlar taxsil olmoqdalar.Tallim kunduzgi va sirtqi bo‘limda uzbek va rus tilida tashkil etilgan.
Defektologiya fanining rivojlanishi natijasida undan quyidagi tarmoqlar mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi: surdopedagogika (lotincha surdus — kar, gung so‘zidan olingan) — eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan; tiflopedagogika (yunoncha tiflos — ko‘r, so‘qir so‘zidan olingan) —ko‘zi ojiz bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan; oligofrenopedagogika (yunoncha oligos — kam, fren — aql), so‘zlaridan olingan, — aqliy tomondan zaif bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan; logopediya (yunoncha logos — so‘z, padeo — tarbiya so‘zlaridan olingan) — og‘ir nutq nuqsonlarini o‘rganish, oldini olish, bartaraf etish yo‘llari, usullarini urganadigan fan.
Korrektsion pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati. Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo’lgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish va tarbiyalash bilan korrektsion pedagogika (defektologiya) shug’ullanadi. Korrektsion (maxsud) pedagogika (defektologiya — yunoncha defectus — nuqson, kamchilik, logos — fan. ta’limot) — rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega. Maxsus individual tarbiyalash va o’qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari chcklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o’rganuvchi fan sanaladi.
Ilmiy tushuncha sifatida korrektsion pedagogika zamonaviy pedagogika fanida rasman e’tirof etilganiga u qadar ko’p vaqt bo’lmadi. Uzoq vaqt davomida pedagogikada «defektologiya» tushunchasi qo’llanib kelingan.
Pedagogik lug’atda «korrektsiya» tushunchasi (yunoncha «korrectio» tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to’liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o’tiladi.
Ana shu lug’atda «korrektsion pedagogika»ning jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o’qitish metodlariga muhtoj bo’lgan, sog’lig’i imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi va shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o’rganuvchi fan ekanligi qayd etiladi.
Korrektsion pedaaoaikaning asosiy maqsadi - belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat o’rtasidagi nomuvofiqlikni yo’qotish yoki kamaytirishdan iborat.
Korreksion-pedaaogik faoliyat yaxlit ta’lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora- tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim.
Diagnostika korrektsion, korrektsion-rivojlantiruvchi, korrektsion- profilaktik faoliyatlar bilan birqatorda tarbiyaviy va korrektsion-o’qitish, psixokorrektsion faoliyatni ham amalga oshirilishini ta’minlaydi. Korrektsion-pedagogik faoliyat maxsus ta’lim dasturiga muvofiq mutaxassislar yordamida anomal o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo’naltirilgan yaxlit jarayon.
Korrektsion pedagogikaning asosiy vazifalari. Turli kategoriyali anomal bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalashning umumiy qonuniyatlari mavjud. Korrektsion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va psixologik o’rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:
rivojlanishida turli kamchiliklar bo’lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va korrektsion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash;
differensatsiyali o’qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal bolalarning muammolarini hal etish;
anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish;
rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqish;
bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo’qotish yoki kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
anomal bolalikning oldini olish bo’yicha profilaktik chora- tadbirlar tizimini ishlab chiqish;
anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining samaradorligini oshirish.
Korrektsion pedagogikaning kategoriyalari. Korrektsion pedagogika quyidagi pedagogik kategoriyalarga ega:
Anomal bolalarni o’qitish va rivojlantirish ularni ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan maqsadli jarayondir. Anomal bolalar uchun ta’lim tizimi va metodlarini tanlashda bolaning yoshi va nuqsonning kelib chiqishi vaqti hisobga olinadi. Eshitish yoki ko’rish qobiliyatini yo’qotish vaqti alohida ahamiyatga ega.
Anomal bolaning rivojlanishi normal boladan ko’ra ko’proq darajada o’qitishga bog’liq. Shuning uchun anomal bolalar o’qitilmasa yoki o’qitish kech boshlansa uning rivojlanishiga jiddiy zarar etkaziladi. psixik funktsiyalarning shakllanishi ortda qoladi, normal tengdoshlaridan ortda qolishi darajasi oshadi, nuqsonlar o’ta jiddiy bo’lsa aqliy rivojlanishi imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolishi mumkin.
Maxsus didaktikaning markaziy muammosi mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etish masalasi hisoblanadi. Maxsus maktablarda uni tashkil etish alohida ahamiyatga ega. Binobarin, ushbu jarayonda o’quvchilar ijtimoiy hayot, shuningdek, imkoniyat darajasida kasbiy faoliyatga tayyorlash buzilgan funktsiyalarini tiklash, shuningdek, aqliy va jismoniy rivojlanish nuqsonlarining darajasini pasaytirishga yordam beradi.
Anomal bolalarni tarbiyalash — korrektsion pedagogikaning asosiy tushunchasi bo’lib, uning maqsad va vazifasi nuqsonning darajasi va tuzilishiga mos keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal bolalarni faol ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini shakllantirishdan iborat. Anomal bolalarni tarbiyalash oila va ta’lim muassasasi o’rtasidagi yaqin aloqa, bir-birlarifii qo’llab- quvvatlash, bir-biriga yordam ko’rsatish, talabchanlik hamda oqilona mehribonlik asosida amalga oshiriladi.
Tarbiyaviy ishlar anomal bolalarning individual va yosh xususiyatlarini inobatga olish asosida ularda mustaqillik, o’ziga xizmat ko’rsatish, mehnat ko’nikmalari, xulq madaniyati, shuningdek, ijtimoiy muhitda yashash va ishlash ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltiriladi. Anomal bolani tarbiyalash atrofdagilarning uning psixik yoki jismoniy kamchiliklariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni talab etadi. Bunday bolalarda optimizm va ishonchni tarbiyalash, qobiliyatini shakllantirish yoki uning o’rnini bosuvchi imkoniyatni rivojlantirish, ijobiy sifatlarini tarbiyalash hamda harakatlari va xulqini tanqidiy baholash qobiliyatini rivojlantirish juda muhim.
Korrektsiya (yunoncha tuzatish) bolaning psixik va jismoniy rivojlanishidagi nuqsonlarni tuzatish, yo’qotish va pasaytirishni nazarda tutadi.
Korrektsion-tarbiyaviy ishlar kategoriya sifatida shaxsning anomal rivojlanishi xususiyatlariga ko’ra umumiy pedagogik ta’sir ko’rsatish chora-tadbirlari tizimidan iborat. Korrektsion - tarbiyaviy masalalarida sinf va sinfdan tashqari ishlarning barcha tur va shakllaridan foydalaniladi. Korrektsion —tarbiyaviy ishlar anomal bolalarni o’qitish jarayonida amalga oshiriladi va mehnat tarbiyasini samarali tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Mehnat ta’limi jarayonida faqat kasbiy malakalari emas, balki o’z ishlarini rejalashtirish ko’nikmalari, og’zaki ko’rsatmalarga amal qilish malakasi, ishning sifatini tanqidiy baholash va boshqa malakalari tarbiyalanadi. Kamchiliklarini tuzatish yordamida anomal bolalarning normal rivojlangan bolalar bilan aloqalari uchun sharoitlaryaratish muhimdir. Bir qator hollarda anomal bolalar uchun davolash-korrektsion tadbirlar (davolash jismoniy mashqlari, masala, artikulyar va nafas olish gimnastikasi, dori-darmonlar qabul qilish va boshqalar) ni tashkil etish zarur bo’ladi.
Kompensatsiya (yunoncha «compensatio» — o’rnini to’ldirish, tenglashtirish) organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funktsiyalarining o’rnini to’ldirish yoki qayta qurishdir. Kompensatsiya jarayoni oliy nerv faoliyatining zahira imkoniyatlariga tayanadi.
Litimoiv reabilitatsiva (yunoncha «rehabilitas» — layoqati, qobiliyatini tiklash) tibbiy-pedagogik mazmunida anomal bolaning psixofiziologik imkoniyatlari darajasida ijtimoiy muhitda ishtirok etishi uchun sharoit yaratish, uni ijtimoiy hayoti va mehnatiga jalb etishni anglatadi. Bu korrektsion pedagogika nazariyasi va amaliyotida asosiy vazifa hisoblanadi.
Reabilitatsiya nuqsonlarini yo’qotish va yumshatishga yo’naltirilgan maxsus tibbiy vositalar hamda maxsus ta’lim, tarbiya va kasbiy tayyorlash yordamida amalga oshiriladi. Rcabilitatsiya jarayonida kasallik oqibalida buzilgan funktsiyalarning o’rni to’ldiriladi. Rcabilitatsiya vazifalari anomal bolalarning turli kategoriyalari uchun maxsus o’quv muassasalari tizirnida hal etilib, unda o’quv jarayonini tashkil etish xususiyatlari bolalarning anomal rivojlanishi xususiyatlariga qarab bclgilanadi.
Ijtimoiv adaptatsiya (yunoncha «adapto» — moslashish) — anomal bolalarning individual va guruhli xulqlarini jamoatchilik qoidalari va qadriyatlari tizimiga mos kelishini ta’minlash. Anomal bolalar uchun ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish qiyin, sodir bo’layotgan o’zgarishlarga mos ravishda javob qaytarish qobiliyati past, shu bois murakkab talablarni bajarishga ulaming layoqati etmaydi. Ijtimoiy adaptatsiya bolalarga ijtimoiy foydali mehnatda faol ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi.
Oilaviy tarbiya reabilitatsiyani samarali tashkil etish omili. Oila va maktabning hamkorlikdagi harakatlari anomal bolani ijtimoiy faoliyatga jalb etish, uning mehnat qobiliyatlarini aniqlash va imkoniyat darajasida kasb ko’nikmalami shakllantirishni ta’minlaydi.
Anomal o’quvchilar hilan olib boriladigan korrektsion ishlarning asosiy yo’nalishlari. Psixofiziologik rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo’Igan bolalarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish — murakkab ijtimoiy- pedagogik muammo hisoblanadi. Rivojlanishida nuqsoni bolgan bolalar bilan korrektsion ishlar quyidagi vo’nalishlarda olib boriladi:
Bolalarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlar tabiati va mohiyatini aniqlash, ularning yuzaga kelishi sabablari va sharoitlarini o’rganish.
Rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo’lgan bolalar bilan korrektsion- pedagogik faoliyatning tashkil etish va rivojlanishi tarixini o’rganish.
Bolalarning rivojlanish va xulqidagi nuqsonlarning oldini olishga xizmat qiluvchi ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlar va psixofiziologik rivojlanishi etimologiyasi (sabab-oqibatli asoslari)ni aniqlash.
Rivojlanishida kamchilik va xulqida nuqsonlar bo’lgan bolalarga korrektsion-pedagogik ta’sir ko’rsatish texnologiyasi, shakl-, metod va vositalarini ishlab chiqish.
Ommaviy umumiy o’rta ta’lim manbalari sharoitlarida rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo’lgan bolalarning umumiy va maxsus ta’limi mazmunini tahlil qilish.
Bolalarni reabilitatsiya qilish va himoyalash markazlari, maxsus muassasalarining maqsadi, vazifa va asosiy yo’nalishlarini aniqlash.
Anomal bolalar bilan korreksion-pedagogik faoliyatni tashkil etuvchi o’qituvchilarni tayyorlashda zarur o’quv-metodik bazasini yaratish.
Korrektsion-tarbiyaviy ishlar anomal bolalarning rivojlanishidagi kamchiliklarni yo’qotish yoki kamaytirishga qaratilgan maxsus pedagogik chora-tadbirlar tizimidir. Korrektsion-tarbiyaviy ishlar faqat alohida nuqsonlarni tuzatishga yo’naltirilgan bo’lmay, balki umumiy rivojlanti- rishga qa ratilgan.
O’quvchilarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlarni tuzatish bolaning shakllanayotgan shaxsini o’zgartirishga qaratilgan yaxlit pedagogik hodisa sanaladi.
Korrektsion-tarbiyaviy faoliyat bolaning idrok etish imkoniyatlarini o’zgartirish, uning emotsional-irodaviy, individual-shaxsiy sifatlarini yaxshilash, qiziqish va layoqatlari, mehnat, badiiy, estetik va boshqa qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik xatti-harakat.
Korrektsion-rivojlantiruvchi ta’lim o’qishda va maktabda anomal bolalarga o’z vaqtida malakali yordam ko’rsatishni ta’minlovchi differcnsial ta’lim tizimi bo’lib, uning asosiy vazifasi bola rivojlanishining umumiy darajasini oshirishga qaratilgan bilimlarni tizimlashtirish, uning rivojlanishi va o’qishidagi kamchiliklarni yo’qotish, etarlicha shakllanmagan malaka va ko’nikmalarni shakllantirish hamda bolaning idrok etish borasidagi kamchiliklarni tuzatish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. K.K.Mamedov, G.B Shoumarov, V.P.Podobed Ruhiy rivojlanishi sustalashgan bolalar haqida T., 1993
2.Pulatova F.M. Oligofrenopedagogika.-T.,2006
3. V.S.Raxmanova Maxsus pedagogika. T., 2005
4. Ђ.B.Shoumarov va boshqalar. 1001 savolga psixologning 1001 javobi. T., “Mehnat” 2000.
5. www.ziyonet.uz
6. www.pedagog.uz
Dostları ilə paylaş: |