Reja: 1.O`zbekiston korxonalarida marketingni tashkil etish. 2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni izchil rivojlanib borishini ta’minlash
3. Marketing nazorati tushunchasi
4.Marketingda sotishni rag'batlantirish
KIRISH Korxonada marketingning eng muhim va ajralmas tarkibiy qismi mahsulotni sotish va taqsimlash hisoblanadi. Bu jarayonda tashkiliy nuqtai nazardan eng murakkab vazifa - ishlab chiqarilgan mahsulotni iste’molchiga etkazish hal etiladi. Sotish siyosati orqali orqali tovarni taqsimlash va sotish siyosatini ishlab chiqish, savdo-taqsimot tarmog‘i orqali sotuvni tashkil etish, yuk tashishni va omborga joylashtirishni tashkil etish, tovar aylanmasini aniqlash, taqsimot tizimini fizik oqimlarini nazorat qilish va sotishni tahlil etish o‘rganiladi.
O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirish, ko‘pmulkchilikni tashkil qilish, ularning asosida bozorning infratuzilmasini yaratish, jamiyatni iqtisodiy mexanizmini tubdan yangilashga olib keldi. Bu jarayonda savdo va ommaviy ovqatlanish sohasini iqtisodiy munosabatlari, axborot tizimi va huquqiy muhiti bozor iqtisodiyoti sharoitiga moslashtirilmoqda
Marketingni tashkil qilish - korxonada bir necha yo‘nalishda amalga oshirilishi mumkin: 1. Funksional-bunda javobgarlik taqsimot, sotish, ta’minot va tovar harakatini tashkil qilish doiralariga tushadi. 2. Tovarlar tamoyili bo‘yicha tashkil etish. Unda funksional tamoyillarga, yana bir tovar markasi uchun boshqaruvchilar qo‘shiladi. 3. Bozor tamoyili bo‘yicha tashkil etish. Unda funksional tamoyillariga, yana bir qo‘shimcha, ya’ni hudud bozorlari va iste’molchilar turi bo‘yicha boshqaruvchilar qo‘shiladi. Funksional tashkil etishning yutuqlari, bo‘linmalarning boshqarishdagi soddalik, bajariladigan funksiyalarga yuqori javobgarlikdan iboratdir. Lekin bu tuzilishning qator kamchiliklari ham mavjud:➢ tovarlar bo‘yicha maxsus bo‘limlarning yo‘qligi; ➢ bozorning hududiy segmentlari bo‘yicha maxsus bo‘limlarning yo‘qligi; ➢ bozor talablarining o‘zgarishi va iste’molchilar talabiga operativ reaksiyaning sustligi; ➢ marketing tashkilotlari tadbirlarning moliyalashtirish masalalarini hal etishning qiyinlashganligi. Tovar tamoyili bo‘yicha tashkil etish tovarlar va ular guruhlari bo‘yicha bo‘limlar tashkil etishni talab etadi. Unda tovar bo‘limlari bo‘yicha mustaqil qaror qabul qiladi. Marketing xizmatining tashkiliy tuzilishi bu kabi bo‘lgan shakl, avvalo ishlab chiqaradigan tovarlar assortimenti katta bo‘lgan firmalarga to‘g‘ri keladi.