Kurs ishi ilmiy rahbar: Bajaruvchi: kirish



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə1/2
tarix22.12.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#77444
  1   2

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

“Sport turlari” fakulteti


“Valeybol” talim yo’nalishining 3-kurs talabasi
“Jismoniy tarbiya sport nazariyasi va madaniyati” fanidan
“Jismoniy tarbiyaning umum pedagog usullari” mavzusi bo’yicha ishlagan
KURS ISHI


Ilmiy rahbar:
Bajaruvchi:


KIRISH
I. BOB. Jismoniy tarbiyaning pedagogik usullari
1.1 Jismoniy tarbiya pedagogik uslublari
1.2 Jismoniy tarbiya fanini o’tishda pedagogik medotlardan foydalanish
II. BOB. Talimning uslubga qo’yadigan asosiy talabi
2.1 Jismoniy tarbiya darslarida so’zdan foydalanish uslublari
2.2 Talim uslublarining turkumlari
XULOSA
Foydalanilgan Adabiyotlar

KIRISH
Jismoniy tarbiya nazariyasi (umumiy asoslari) o‘quv fani sifatida jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashda hamda maxsus bilim va ma’lumot olishda asosiy fan bo‘lib xisoblanadi. O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya instituti, Viloyat pedagogika intstituti va Universitetlarida, kasb-xunar kollej jismoniy tarbiya fakultetlarining o‘quv rejalarida bu fan jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy madaniyat va sport xaqida bilimlarining to‘la tizimida o‘tish kursini ta’minlaydi uning mazmuni jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy tushunchalari tashkil etadi va shu asosida boshqa ayrim nazariy va metodik bo‘lim turlari o‘rganiladi. Jismoniy tarbiya ijtimoiy hodisalarga taa’luqlidir. Bu hodisalarni xarakterlash uchun jismoniy tarbiyaning kelib chiqishi sabablari uning jamiyat hayotida tutgan o‘rni: jismoniy tarbiyaning tarixiy xarakteri: jismoniy tarbiyaning jamiyatdagi sinfiy maqsadi: jismoniy tarbiyaning rivojlanishida mexnat foaliyatining mazmuni va xarakteri: yutuqlari va boshqa omillarning ahamiyati kabilarni anglab olishlari shart. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, bu omillar jismoniy tarbiyada aloxida - ahamiyatda ega emas, balki murakkab bog‘langan holda ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy tarbiyaning moxiyatini tushunish uchun eng avvalo uning maxsus mazmunini aniqlash lozim. Bu fan tarbiya jismoniy tarbiya nazariyasi, sport fiziologiyasi, sport psixologiyasi, jismoniy mashqlar biomexanikasi hamda sport turlarining nazariyasi va metodikasi kabi turli xil fanlar bilan bog‘liq xolda o‘rganiladi. Fanning mazmunini: - talabalarga jismoniy madaniyat fanining nazariy asoslarini va amaliy tatbiqlarini o‘rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishning nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganishga yo‘naltirilganligi bilan izohlash mumkin. Jismoniy tarbiya nazariyasi pedagogik fan bo‘lib, u insonning barkamolligini boshqarishning umumiy qonunlarini, shuningdek bu qonuniyatlari asosida kishilarining jismoniy tarbiyasi vazifalari, metodlari va ish shakllarini aniqlaydi. Jismoniy tarbiya nazariyasi fanining mazmuni bir so‘z bilan aytganda shaxsni har tomonlama jismoniy kamol toptirishga yo‘naltirilgan va Vatan mudofaasiga tayyorlaydigan tarbiya to‘g‘risidagi bilimlarni majmuini tashkil qiladi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiya amaliyotdagi hamma turlarini, hamda aralash fanlarning dalillarini umumlashtiradi. Buni o‘rganish hamma sport pedagogik mutuxassisliklarga umumnazariy asos bo‘ladi. Fanni o‘qitishdan maqsad – bo‘lajak kadrlarga “Jismoniy tarbiya nazaryasi va metodikasi” fani bo‘yicha atroflicha va chuqur kasbiy bilimlar berish. Talabalarga gimnastika turlarining mashq elementlarini, umumrivojlantiruvchi mashqlarni o‘rgatish, harakatli o‘yinlar bo‘yicha ota bobolarimiz o‘ynab kelgan o‘yinlarni tiklash, harakatli o‘yinlar tashkil qilish va o‘tkazish, ularni tahlil qilish, harakatli o‘yinlarni o‘qitishda qo‘llanadigan turli usullar bilan nazariy va amaliy tanishtirish, jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi, uning tarixiy qonuniyatlari, vositalari, o‘qitish metodlari, o‘rgatish bosqichlari, jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish usullari haqida nazariy va amaliy ta’lim berish, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va barkamol avlodni tarbiyalashga mos bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo‘lib, ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida o‘qitishning faol uslublaridan foydalangan holda nazariy bilim beriladi, amaliy mashg‘ulotlarda esa ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarini amalda bajarish orqali amaliyotga tadbiq etiladi hamda ko‘nikma va malakalari shakllantiriladi.
Fanning vazifasi – Jismoniy tarbiya nazaryasi va metodikasi fanini o‘qitishda bo‘lajak mutaxassislarga gimnastikaning mashq elementlarini o‘rgatish, harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazish, o‘yinlarni tahlil qilish, harakatli o‘yinlarni bolalarning yoshiga mos holda tanlash, maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya ishlarini rejalashtirish hamda tashkil etishni o‘rgatish, gimnastika, harakatli o‘yinlarni kelib chiqishi, qisqacha tarixi, turkumlari, rivojlanish bosqichlari, pedagogik ahamiyatini anglatish, gimnastika mashqlari va harakatli o‘yinlarni tasnifini anglatish, uning tarixiy qonuniyatlari, vositalari, o‘qitish metodlari, o‘rgatish bosqichlari, jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish usullari bo‘yicha nazariy bilimlarni o‘rgatish, jismoniy sifatlarni tarbiyalash va rivojlantirish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat.
Jismoniy tarbiya nazaryasi va metodikasi fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasiga - maktabgacha yoshdagi bolalarga jismoniy tarbiya asoslarini, maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining yosh xususiyatlarini, jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari, metodlarini, yosh bosqichlariga qarab o‘quv ishlarini rejalashtira olishni, har bir yosh bosqichlariga qarab jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkaza olish, guruhdan tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya shakllarini bilish va ularni farqlay olishni, jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan harakatli o‘yinlar haqida keraklicha tasavvurlarga ega bo‘lishlarini ta’minlashi kerak. Bundan tashqari - Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining tarixiy qonuniyatlari, vositalari, o‘qitish metodlari, o‘rgatish bosqichlari, jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish usullarini; ertalabki badan tarbiya va jismoniy tarbiya dastur bo‘limlari bo‘yicha mashg‘ulot jarayonlarga rahbarlik qilish haqida ham keraklicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining bo‘limlarida jismoniy madaniyatning umumiy o‘rta ta’lim hamda amaliy - kasbiy tayyorgarlik shuningdek, kundalik turmushda ahamiyat kasb etuvchi harakat ko‘nikmalariga o‘rganib boradi. Bundan tashqari sport, jismoniy tarbiyaning asosiy komponentlaridan biri hamda sport faoliyatining maxsus shakli sifatida sport musobaqalari taxlil qilishni ham o‘rganadilar. Shunday qilib, Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fani jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha mutaxassislar uchun professional ta’limotning ilmiy fundamentiga kirituvchi kengaytirilgan bo‘limlari majmuasini o‘z ichiga oladi. Uning ahamiyati faqat bu bilimlar qiymati bilan ifodalanmaydi, u bo‘lg‘usi mutaxassisga jismoniy madaniyatning butun sohalarida kasbiy - faoliyat mazmunini to‘liq tushinishga imkoniyat yaratadi, o‘quvchilarning dunyo qarashlarini o‘zgartiradi, jamiyatning boshqa sohalaridagi mutaxassisliklarning umumiy ish faoliyatlari bilan bog‘laydi va yangi ko‘rinishdagi bilim, usul va metodlarini egallashni, zarur bo‘lgan yuqori darajali professional dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi bu inson jismoniy kamolatini boshqarishning umumiy qonuniyatlari haqidagi fan bo‘lganligi uchun bu fanni egallash jismoniy tarbiyaning barcha bo‘g‘inlariga tegishli masalalarini hal qilishga to‘g‘ri yondoshish imkonini beradi.
1.1 Jismoniy tarbiya pedagogik uslublari
Jismoniy tarbiya darslarini to’g’ri tashkil etish uchun o’qituvchi turli metodlardan o’rinli foydalanishi kerak. O’quvchilar faoliyatini takil qilishda asosiy metodallardan biri frontal metodi. Masalan: YRM ni bajarish, kalonnada yurish. Demak bir vazifani hamma o’quvchilar baravar bajaradilar. Frontal metodini guruhlarga bo’linib mashqlarni bajarish mumkin (bir vazifani baravar) va individual usulda hamma foydalanish mumkin, masalan: har bir o’quvchiga to’p beriladi va hammasi baravar individual mashqni bajaradi. Frontal metodni yutug’i o’qituvchi butun sinf ustidan doimo bevosita rahbarlik qiladi. Bu metod ayniqsa 1-5 sinflardan darsning tayyorlov va yakuniy qismida qo’llaniladi, guruhli metodi; bolalarni bir necha guruhlarga bo’lish bilan xarakterlanadi. Bu metoddan foydalanishda: 
a) butun guruh tomonidan bir vaqtda va navbatma navbat (bittadan, ikkitadan) bajariladigan usullarni qo’llash mumkin; O’qituvchi komandasi bo’yicha guruhlardagi vazifalar almashib turiladi. By metodni yutug’i o’qituvchiga kerakli straxovkani taьminlovchi murakkab mashqlarni bajaruvchi o’quvchilarga e’tibor berishga imkoniyat yaratadi. O’qituvchi yangi mashqlar o’rganilayottan va straxovka talab etiladigan guruhda bo’ladi, qolgan guruhlarda maxsus tayyorlangan yordamchi o’quvchilar boshqaradi.Individual metodi har bir o’quvchi o’z vazifasini olib uni mustaqil bajaradi. O’qituvchi ayrim shug’ullanuvchilarning ishiga rahbarlik qiladi. Aylanma trenirovka metodi jismoniy sifatlarni kompleks rivojlantirishga yo’naltirilgan vazifalar seriyasini bajarish so’nggi yillarda uzluksiz va interval metodi asosida aylanma trenirovka metodi shaklida tashkil etilyapti. Bu metod dars zichligini oshiradi hamda jismoniy yuklanishi maksimal holatda bo’ladi.
Darsda jismoniy yuklanish boshqarish metodikasi qo’yidagilarga bog’liq:
a) Harakatli va jismoniy mashqlarning sonini o’zgarishiga
b) Jismoniy mashqlarni qaytarilishiga.
v) Mashqni bajarish vaqtiga (ko’paytirish, kamaytirish).
g) Mashqni bajarish temp tezligi,
d) harakat amplitudalarning katta kichikligi.
e) Mashq bajarishni murakkablanish yoki osonlashi.
j) Mashqlarni bajarishda har xil vositalarni ishlatish.
Darsda jismoniy yuklanishini boshqarish avvalo uning optimal hajmi va shiddatiga ega bo’lishdir. Umumiy holda jismoniy yuklanishni optimallashtirish muammosi jismoniy mashqlarni miqdorlash bilan chegaralanmaydi, SHug’ullanuvchilarga ta’sir kuchi faqatgina mashqlar xarakteriga bog’liqbo’lmasdan boshqa komponentlar: tushuntirish, mashqlarni namoyish qilish, shug’ullanuvchilar tashkil etish metodlariga ham bog’liqdir. Har bir ayrim holatda o’qituvchi mumkin qadar ko’proq, foydali jismoniy yuklanishga intiladi. Bunda darsni zichligi hal etiladi. Darsning qiziqarli o’tishini aniqlovchi sharoitlar. Darsni qiziqarli bo’lishi uchun o’qituvchi unga jiddiy tayyorlanishi zarur. V.V.Gorinevskiy fikricha yaxshi darsning muhim shartlaridan biri pedagog irodasining hohishiga, erishishga bo’lgan o’quvchilar intilishi bilan bog’liqdir. Odatga ko’ra o’quvchilar ma’lum qiyinchilikka ega bo’lgan lekin yengiladigan mashqlarni qiziqib bajaradilar. Ko’shina tajribali o’qituvchilar musobaqa xarakteriga ega bo’lgan darslardan foydalanadilar. Masalan: mashqlarni sifatli bajarish, guruhlarda sport anjomlarini tez yig’ib olish. Darsning qiziqarli bo’lishi qo’yidagilarga bog’liq: musiqadan foydalanish, o’qituvchining mashqlarni tushunarli hamda yaxshi ko’rsatishi va ularni obrazli tushuntirish, aniq komandasi, uning yurish turishi, ozodaligi va h.k. Darsni qiqarli o’tkazish niyatida qiziqtiruvchi dalillarni orttirish kerak emas, chunki u bolalarning diqqatini uncha qiziq bo’lmagan lekin zarur masalalarni bajarish pasaytiradi. Darsni qiziqarli o’tish maqsadida dars jarayonida o’yin metodidan foydalanish, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
Har xil tibbiy guruhlar bilan dars o’tkazish metodikasi. Asosiy, tayyorgarlik va maxsus guruhlar mavjud. Asosiy guruhlarga salomatligi, jismoniy tayyorgarligi yaxshi bo’lgan o’quvchilar kiradi. Asosiy guruhlarga ajratilgan o’quvchilar turli musobaqalarga tayyorgarlik guruhiga vaqtincha biror kasallikka uchragan yoki jismoniy tayyorgarligi past bo’lgan o’quvchilar kiradi. Maxsus yoki tibbiy guruhlariga jismoniy rivojlanishi jihatdan zaif, biror kamchilikka ega bo’lgan yoki ayrim xronik kasalikka chalingan o’quvchilar kiradi. Bunday o’quvchilar jismoniy tarbiya darsida va sport musobaqalarida katnashmaydilar. Lekin bu o’quvchilarni xakamlar yoki yordamchilar sifatida foydalanishlari mumkin va maqsadga muvofikdir. Maxsus guruxdagi o’quvchilar bilan aloxida jismoniy tarbiya darsi olib boriladi. Ular yana A va B guruxlariga bo’linadilar. Bunday o’quvchilar bilan mashg’ulotlarni faqat tibbiyot hodimi yoki qayta tayyorlash kursini o’tgan o’qituvchilar o’tkazishi mumkin. Maktabda jismoniy tarbiya darsi - asosiy ish shaklidir. Maktab yoshidagi bolalar bilan jismoniy tarbiya maktabda, sinfdan tashqari (to’garak, maxsus maktab va x.k.) maktabdan tashqari tashkilotlarda va oilada olib boriladi. Bularni hammasiga yarasha har bo’limda o’zining shakllari bor. Maktabda jismoniy tarbiya darsi asosiy ish shaklidir. Darsga gramma o’quvchilar majburiy ravishda jalb qilinadilar, Darslarni aniq o’quvchilar tartibi bilan olib borilishi, o’quvchilarni yaxshi uyushtirish, aniq shairoit va o’quvchilarning jismoniy tayyorgarligini hisobga olgan holda olib borilishi ahamiyatlidir. Dars qat’iy jadval asosida olib borilib davom etishi 45 daqiqa. Jismoniy tarbiya: 1. O’quvchilarning har tomonlama jismoniy rivojlanishi uchun asos bo’lib hisoblanadi, chunki jismoniy tarbiya dasturi asosida olib boriladi; 2. Musobaqa yoki guruh mashg’ulotlarning asosini tashkil etadi. 3. O’quvchilar kun tartibidagi tadbirlar asosni tashkil etadi. 4. Ommoviy sport va sinfdan tashqari ishlarini asoslarini tashkil etadi. o’qituvchi yangi mashqlar bilan tanippirgvnda sporta bo’lgan qiziqishni o’yg’atadi, ommoviy sport ishlarida o’quvchilarni ishtirok etishlariga undaydi. Jismoniy tarbiya darslarida o’quvchilar hayot uchun kerakli bo’lgan harakat ko’nikma va malakalarga o’rganadilar.
Maktabdan jismoniy tarbiya bo’yicha fakultativ mashg’ulotlari. Bu o’quvchining kun tartibidagi o’quv faoliyatining mustaqil shaklidir. Bu mashg’ulotlar jismoniy tarbiya darslarida olingan bilimlarni chuqurlashtirish, jismoniy qobiliyatlarni har tomonlama rivojlantirish, jismoniy tarbiya va sportning yosh tashabbuskorlarini tayyorlashda muhim ahamiyatta ega bo’lgan ko’nikma va malakalarni shakillantirish uchun tashkil etiladi. SHunday qilib jismoniy tarbiya va sport nazvriyasi va amaliyoti bo’yicha fakulьtativ mashg’ulotlari o’quvchilarning kasb yo’nalishiga ham ma’lum taьsir ko’rsatadi. Fakulatativ mashg’ulotlar jismoniy tarbiya faniga qiziqqan 7-10 sinf o’quvchilvri uchun haftada 2 marta (45 daqiqa) yoki xaftada 1 marta (90 daqiqa) o’tkaziladi. Bitta guruhga ikkala jinsdan 15 - 25 o’quvchi kiradi. Fakulьtativ mashg’ulot dasturi 2 ta: nvzariy va amaliy bo’limdan iboratdir. Undan tashqari o’quvchilar tashkiliy metodik ko’nikmalarni egallaydilar. Nazariy mashg’ulotlar suhbat va ma’ruza shaklida o’tkaziladi: amaliy mashg’ulotlar esa trenirovka qilingan dars shaklida o’tkaziladi. O’lashtirishni hicobra olish. Jismoniy tarbiya jarayonida o’quvchilar, o’zlashtirishni hisobga olish samaradorlikni hal etuvchi shartlardan biridir. O’zlashtirish harakat ko’nikmalari va maxsus bilimlarni egallash rejasini baholash asosida, shuningdek, maktab dastur talabi hajmida o’quv me’yorlarining hisoboti asosida aniqlanadi. Hisobga olish uch xil: dastalbki, oqimli va yakuniy bo’ladi. Dastlabki hisobga olishning asosiy vazifasi o’quvchilarning dastur materiallari navbatdagi bo’limlarini o’zlashtirishga tayyorgarligini tekshirishdir. Bu o’quv ishlarini to’g’ri rejalashtirishga imkon beradi. Dastlabki hisobga olish tarbiyaviy ahamiyatga ega: bolalarning o’quv yil davomida jismoniy rivojlanishini aks ettiradi. Oqimli hisobga olish o’zlashtirishni tekshirishning asosiy shakli bo’lib hisoblanadi. Uning yordamida o’qituvchi dactyp materialini o’zlashtirishni va jismoniy tayyorgarlik darajasini aniklaydi. Bu xisobot ham tarbiyaviy axamiyatga ega. SHuning uchun bu hisobotni doimiy olib borish zarur. Baho 5,4,3,2,1. Yakuniy hisobot har chorak uchun yoki yarim yillik uchun hamda umumiy yillik baxolashni o’z ichiga oladi. Bu baholash oqimli hisobotga aaoslanadi, o’quv ishlarini hisobotga olishining asosiy hujjati sinf jurnali hisoblanadi, unda o’quvchilarning o’zlashtirishi, davomati va o’tilgan o’quv materiali o’z aksini topadi. «Alpomish» va «Barchinoy» majmuasi me’yorlarining toshpirganligi haqidagi maьlumot maxsus ajratilgan varaqa betlariga yoziladi. O’qituvchi sinf jurnaliga yoki qo’shimcha boshqa daftarlarni ham tutishi mumkin. Misol: kundalik daftar, hisobot kartochkasi va boshqalar. Maktab yoshidagi bolalar tarbiyasi to’g’risidagi jismoniy tarbiya madaniyatiga umumiy xarakteristika. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi o’quv fan sifatida jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat va sport bo’yicha mutaxassislarni tayyorlashda hamda maxsus bilim va ma’lumot olishda asosiy fan bo’lib xisoblanadi. Pedagogika institut va Universitetlarida, jismoniy tarbiya fakulьtetlarining o’quv rejalarida bu fan jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy madaniyat va sport haqidagi bilimlarning to’la o’tish kursini ta’minlaydi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi pedagogik fan bo’lib, u insonning barkomolligini, boshqarishning umumiy qonunlarini, shuningdek bu qonuniyatlar asosida O’zbekisgon fuqorlarining jismoniy tarbiyasi vazifalarini, metodlarini va ish shakllarini aniqlaydi: jismoniy tarbiya nazariyasining mazmuni jismoniy kamol toptiradigan va Vatan mudofaasiga tayyorlaydigan tarbiya to’g’risidagi bilimlarni tashkil kilshi. Jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiya amaliyotidagi hamma turlarini hamda aralash fanlarning dalillarini umumlashtiradi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining bulimlarida jismoniy madaniyatning umumiy ta’lim hamda kasb-amaliy tayyorgarlik ko’rsatishning tuzilishidagi va kundalik turmushda uning xususiyatlari o’rganilib boriladi.
SHunday qilib jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kursi jismoniy madaniyat va cport bo’yicha mutaxassislarni tayyorlashga karatilgan ilmiy fundamentiga kirituvchi kengaytirilgan bilimlar majmuasini o’z ichiga oladi. Uning ahamiyati faqat bu bilimlar qiymati bilan ifsdalanmaydi, u bo’lg’usi mutaxassisga jismoniy madaniyatning butun soxalarida kasbiy-faoliyat mazmunining tuchiq tushinishiga imkoniyat beradi, uning dunyo qarashini o’zgartiradi, jamiyat soxasidagi boshqa kasblarning umumiy ishlari bilan bog’laydi va shu yangi tipdagi bilim, usul va metodlarni egalashni, zarur bo’lgan keng kasbiy dunyo qarashini shakllantirishga yordam beradi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fani bir kator dastlabki tushunchalarga ega. Har kanday boshqa ilmiy o’quv fanlari qatori jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanini o’rganishda eng avvalo fanga tegishli dastlabki tushunchalarni (jismoniy rivojlanish; jismoniy tarbiya; jismoniy kamolat; Jismoniy madaniyat; jismoniy taьminot; jismoniy mashqlar; sport va shu kabilar) imkoni boricha aniq ifodalash zarurdir.
Biz bilamiz, jismoniy tarbiya tizimi quyidagi zvenolariga bo’linadi.
1. Maktab yeshigma bulgan jismoniy tarbiya.
2. Maktab yoshidagi jismoniy tarbiya.
3. Akademik litseylar va kasb-xunar kolledjlarda jismoniy, tarbiya.
4.Oliy o’quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya.
5. Harbiy xizmat va flotdagi jismoniy tarbiya.
6.Ko’ngilli sport jamiyatlari va tashkilotlardagi jismoniy tarbiya.
Bu kursda hamma ma’ruzalar va seminar mashg’ulotlari faqat maktab yoshidagi jismoniy tarbiya to’g’risida olib boriladi. CHunki sizlarni keyingi o’quv yilida akademik litsey va kasb-xunar kollejlar hamda maktablarda olib boriladigan pedagogik amaliyot tayyorlashimiz lozim.
 Guruh maщg’ulatlarida jismoniy tarbiya buyicha o’quv ishlarini rejallashtirish o’rganiladi. Rejalashtirish xujjatlari hech qaysi kitobda to’la bayon etilmagan.. SHuning uchun birorta seminar mashg’uloti qoldirilsa umumiy rejalashtirish ishlarini tushunish qiyin bo’ladi, hamda xar bir gurux mashg’ulotida o’quv ishlarini rejalapptirish to’g’risida uyga vazifa beriladi. Maktab yoshidagi jismoniy tarbiya umuman jismoniy tarbiya tizimida eng asosiy zvenolarining biridir. CHunki maktabdan so’ng akademik litsey va kasb-xunar kollejlarda davom etib bolalar tarbiya oladilar, xayotda, amaliyotda kerakli ko’nikma va malakalar xosil bo’ladi. IIIaxsini har tomonlama yangi jismoniy, aqliy, ahloqiy rivojlanishga qaratilgan bo’ladi. Albatta hayotda, mehnatda va Vatanni mudofaa qilishda ahamiyati juda kattadir. Xo’sh, maktabda jismoniy tarbiyaning maqsadi nima?
O’zbekiston jismoniy tarbiya tizimining umumiy maqsadlariga binoan maktab devrida har bir yosh bosqichlarida jismoniy tarbiya kamolotni ketma ketlikda amalga oshirib, by bilan o’rta maktab bitiruvchi sinflarda jismoniy tarbiyaga tayyorgarlikning kerakli darajada saviyasini ta’minlash zarur.
Bu maqsad yoshni hisobga olgan holda konkretlashtiriladi hamda bu munosabat bilan 3 ta yirik bosqichlariga bo’linadi.
I bosqich 6-9 yosh (boshlang’ich sinf ) -1-4 sinf
II bocqich 10-15 yosh (o’rta yoshli sinflar) – 5 - 9 sinf
III bocqich 16-18 yosh (o’rta umumtaьlim maktab ) - 10-11 sinf
Har bir bosqichning vazifalari qo’ydagichadir ta’limiy, sog’lomlashtirish va tarbiyaviylardan mavjud.
Birinchi guruh vazifalari - jismoniy tarbiyaning ta’limiy vazifalari. Bunda qo’ydagilar hal qilinadi
a) o’quvchilarga jismoniy tarbiya sport sohasidagi oson tushunarli bilimlarni berish va ular tomonidan bu bilimlarni o’zlashtirish, jumladan:
uchun ishlab chiqilgan o’quv qo’llanmalarda berilgan nazariy bilimlarni egallash talabalarni o’zlashtirishi.
- kichik yoshda jismoniy tarbiya mashqlarning ahamiyati, ularni bajarish usullari shaxsiy gigiena qoidalari haqida maktabgacha bo’lgan davrda olingan elementlar ma’lumotlari kengaytirish va to’ldirish: hamda 1 – 4 sinf o’quvchilari.
- o’rta maktab yoshida talablarga mos bo’lgan, shuningdek maktab dasturi bo’yicha bilamlarni to’ldiruvchi va chuqurlashtiruv, bilimlarni berish va mustahkam o’zlashtirish va 5 – 6: 7 – 9 sinf o’quvchilari uchun ishlab chiqilgan o’quv qo’llanmalarida keltirilgan nazariy bilimlarini o’zlashtirish.
- Katta maktab yoshida talablarga javob beruvchi shuning maktab dasturida ko’rsatilgan jismoniy tarbiya mohiyati, uning turi vosita va metodlarining amaliy foydasi hamda jismoniy tarbiya va sport to’g’risida nazariy va amaliy bilimlarida hayotda mustaqil foydalanish xaqidagi bilimlarni berish va mustaqil o’zlashtirish.
b) Hayotda zarur bo’lgan harakat ko’nikma va malakalarning asosiy fundamentini - poydevorini shakllantirish, ular mustahkamlash va takomillashtirish.
Bunda: - kichik maktab yoshida, maktabgacha davrida olingan va ko’nikmalarni mustahkamlash va takomillashtirish, ularni ayrim harakatlarni boshqarish o’rgtuvchi gimnastik mashqlar asosida to’ldirish, amaliy mashqlar texnikasining ayrim shakllarini va ayrim sport turlarini o’zlashtirish;
- o’rta maktab yoshida, oldingi bosqichlarda olingan harakat malakalarini takomillashtirish natijasida organizmning funktsional imkoniyatlarini hisobga olganda maktab dasturida ko’zda tutilgan yengil xarakat faoliyatlarini boyitib borish;
- katta maktab yoshida, jismoniy tarbiya o’rta maktab dasturiga. kiritilgan xarakat faoliyatlari texnikasini chuqur o’zshtirish, xarakat ko’nikmalarining sport va bevosita qo’llanish fondini kengaytirish, ularni murakkab hollarda qullayolish o’rta maktab uchun zarur bo’lgan ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish:
v) gigienik ko’nikmalarni shakllantirish va mustahkamlash (shaxsiy va jamoat gigienasining talablari).
Ikkinchi guruh vazifalari - o’sayotgan organizmning garmoni rivojlanishiga, sog’likni mustahkamlashga, jismoniy qobiliyatlarni har tomonlama tarbiyalashga qaratilgan vazifalar. Yosh xususiyatlariga qarab qo’yidagilar amalga oshiriladi:
a) organizmni chiniqtirish, jumladan jismoniy charchash, tashqi muhitning harorati ta’siri, quyosh radiatsiyasi kabi faktorlarga qarshi kurashishni oshirish;
b) jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash, jumladan:
- kichik maktab yoshida jismoniy tarbiya sifatlarini har tomonlama rivojlanishini ta’minlash. Unda ko’proq koordinatsiyalash va tezkorlik xususiyatlarni ta’minlash:
- o’rta maktab yoshida ayrim tezkorlik? kuch qobiliyatlariga aerobli xarakter chidamlilikka yordam beruvchi ta’sirlarni kengaytirish, ish qobiliyatini yuqoriga ko’tarish, dastur talablariga binoan «Alpomish» va «Barchinoy» me’yor talablar majmuasini bajarish.
- Katta maktab yoshida, jismoniy tarbiya qobiliyatlarini (koordinatsiyalash, tezkorlik, tezkor-kuch, kuch, chidamlikni) yuqori darajasini ta’minlash, shuningdek qiziqishga bog’liq holda sportning biror bir tur V bo’yicha normativlarni - ta’minlash va umumiy ish qobiliyatlarini rivojlantirish.
v) zarur bo’lganda harakat faoliyatlarining turli shartlarida, ratsional qaddi qomatini shakillantirish va mustahkamlash,
Uchinchi guruh vazifalari - jismoniy, ahloqiy, aqliy, estetik va mehnat tarbiyasining o’zaro bog’likligidan kelib, chiqadigan vazifalar. Bunday vazifalarnint bir qanchalari jismoniy tarbiya jarayonida hal etiladi. Ularga jumladan jismoniy tarbiya va sport faoliyatining keraklikcha taьminlash etnik asoslar bo’yicha shakllantirish, irodalik sifatini tarbiyalash jismoniy tarbiya tashkilotchisi, instruktor va sport hakami sifatida umumiy faoliyatga tayyorlash bo’yicha amalga oshiriladigan vazifalar kiradi. Yuqorida qayd etilgan vazifalar aqliy, ahloqiy, estetik va mehnat tarbiyalar bilan birgalikda hal etiladi.
1.2 Jismoniy tarbiya fanini o’tishda pedagogik medotlardan foydalanish
Bo‘lajak kadrlarga “Jismoniy tarbiya nazaryasi va metodikasi” fani bo‘yicha atroflicha va chuqur kasbiy bilimlar berish. Talabalarga gimnastika turlarining mashq elementlarini, umumrivojlantiruvchi mashqlarni o‘rgatish, harakatli o‘yinlar bo‘yicha ota bobolarimiz o‘ynab kelgan o‘yinlarni tiklash, harakatli o‘yinlar tashkil qilish va o‘tkazish, ularni tahlil qilish, harakatli o‘yinlarni o‘qitishda qo‘llanadigan turli usullar bilan nazariy va amaliy tanishtirish, jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi, uning tarixiy qonuniyatlari, vositalari, o‘qitish metodlari, o‘rgatish bosqichlari, jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish usullari haqida nazariy va amaliy ta’lim berish, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va barkamol avlodni tarbiyalashga mos bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo‘lib, ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida o‘qitishning faol uslublaridan foydalangan holda nazariy bilim beriladi, amaliy mashg‘ulotlarda esa ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarini amalda bajarish orqali amaliyotga tadbiq etiladi hamda ko‘nikma va malakalari shakllantiriladi. Fanning vazifasi – Jismoniy tarbiya nazaryasi va metodikasi fanini o‘qitishda bo‘lajak mutaxassislarga gimnastikaning mashq elementlarini o‘rgatish, harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazish, o‘yinlarni tahlil qilish, harakatli o‘yinlarni bolalarning yoshiga mos holda tanlash, maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya ishlarini rejalashtirish hamda tashkil etishni o‘rgatish, gimnastika, harakatli o‘yinlarni kelib chiqishi, qisqacha tarixi, turkumlari, rivojlanish bosqichlari, pedagogik ahamiyatini anglatish, gimnastika mashqlari va harakatli o‘yinlarni tasnifini anglatish, uning tarixiy qonuniyatlari, vositalari, o‘qitish metodlari, o‘rgatish bosqichlari, jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish usullari bo‘yicha nazariy bilimlarni o‘rgatish, jismoniy sifatlarni tarbiyalash va rivojlantirish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat. Jismoniy tarbiya nazariyasi (umumiy asoslari) o‘quv fani sifatida jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashda hamda maxsus bilim va ma’lumot olishda asosiy fan bo‘lib xisoblanadi. O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya instituti, Viloyat pedagogika intstituti va Universitetlarida, kasb-xunar kollej jismoniy tarbiya fakultetlarining o‘quv rejalarida bu fan jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy madaniyat va sport xaqida bilimlarining to‘la tizimida o‘tish kursini ta’minlaydi uning mazmuni jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy tushunchalari tashkil etadi va shu asosida boshqa ayrim nazariy va metodik bo‘lim turlari o‘rganiladi. Jismoniy tarbiya ijtimoiy hodisalarga taa’luqlidir. Bu hodisalarni xarakterlash uchun jismoniy tarbiyaning kelib chiqishi sabablari uning jamiyat hayotida tutgan o‘rni: jismoniy tarbiyaning tarixiy xarakteri: jismoniy tarbiyaning jamiyatdagi sinfiy maqsadi: jismoniy tarbiyaning rivojlanishida mexnat foaliyatining mazmuni va xarakteri: yutuqlari va boshqa omillarning ahamiyati kabilarni anglab olishlari shart. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, bu omillar jismoniy tarbiyada aloxida - ahamiyatda ega emas, balki murakkab bog‘langan holda ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy tarbiyaning moxiyatini tushunish uchun eng avvalo uning maxsus mazmunini aniqlash lozim. Bu fan tarbiya jismoniy tarbiya nazariyasi, sport fiziologiyasi, sport psixologiyasi, jismoniy mashqlar biomexanikasi hamda sport turlarining nazariyasi va metodikasi kabi turli xil fanlar bilan bog‘liq xolda o‘rganiladi.
2.1 Jismoniy tarbiya darslarida so’zdan foydalanish uslublari
O‘qituvchi so‘z yordami bilan konstruktiv, tashkilotchilik va faoliyatning boshqa tomonlarini amalga oshiradi. Shuningdek, o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatni o‘rnatadi, ular bilan aloqa qiladi. So‘z ta’limning barcha jarayonini faollashtiradi, chunki u ko‘proq to‘la va yaqqol tasavvurni shakllantirishga ko‘maklashadi, ta’lim vazifasini faol idrok etishga, chuqur tushunishga yordam beradi. So‘z yordami bilan o‘qituvchi o‘quv materialini o‘zlashtirish natijalarini tahlil qiladi va, shu bilan birga, o‘zini o‘zi baholashning rivojlanishiga ko‘maklashadi. Shunday qilib, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi so‘zning ikkita vazifasidan foydalanish imkoniyatiga ega. Ma’lumki, uning yordami bilan o‘qitiladigan materialning ma’nosi ifodalanadi. O‘qituvchining nutqi o‘quvchining kayfiyatiga hissiy ta’sir o‘tkazishi uchun nisbatan aniq va tushunarli bo‘lishi kerak. Bu quyidagi uslubiy tavsiyalarda aniq ifodalanadi. 1. So‘zning mazmuni ta’lim vazifalariga muvofiq bo‘lishi kerak. Masalan, yangi mashqni o‘rgatish dastlab tushuntirishdan, so‘ngra esa detallarni tasvirlashdan iborat bo‘lishi mumkin.
2. So‘zdan foydalanib, o‘rganilanayotgan harakatning samaradorligini ta’kidlab o‘tish zarur. Masalan: bolalar erkin usul bilan arqonga tirmashib chiqishni nisbatan dadil egallasalar-da, murakkab koordinatsiyali harakatlarni qiyinchilik bilan o‘zlashtiradilar. Biroq o‘rganilanadigan uslubning ustunligi ishonchli qilib tushuntirib berilsa, unga bo‘lgan salbiy munosabatni o‘zgartira oladi.
3. So‘z faoliyatdagi ayrim harakatlar o‘rtasida o‘zaro aloqadorlikni aniqlashga yordam berishi kerak. Ayniqsa, yakunlovchi mashqlar bajarilayotgan vaqtda buni unutmaslik muhimdir. Ularda hissiy ko‘tarinkilik kamroq va shuning uchun ularning asosiy harakatlar bilan aloqasini yaqqol tushunish talab qilinadi.
4. So‘z uslubi asosiy kuchlarni ishlatish paytida, jismoniy mashqning texnik asoslarini o‘quvchilarga tushuntirishda katta rol o‘ynaydi. Shu maqsadda tez-tez alohida so‘zlarni (“qo‘llar!”, “bosh!” va boshqalar) yo‘l-yo‘riq shaklida aytib turishdan foydalaniladi.
5. So‘z obrazli bo‘lishi kerak. Bu uning ko‘rgazmaliligini oshiradi va o‘quvchilar uchun ko‘proq tushunarli bo‘ladi. O‘quvchilarning harakatlantiruvchi tajribasi va bilimini hisobga olib, o‘qituvchi qo‘yilgan vazifalarning bajarilishiga bog‘liq bo‘lgan holatlarga e’tiborini to‘play oladi.
6. O‘quvchilarga harakatlarni avtomatik bajarish to‘g‘risida gapirish maqsadga muvofiq emas (to‘g‘rilash talab qilinadiganlaridan tashqari).
So‘zning ma’no jihatidan vazifasi. Jismoniy tarbiyada muammoni to‘g‘ri yechish asosida atamalar yotadi. Atamalar predmetlarga va hodisalarga oid og‘zaki tushunchalarni belgilab beradi. Bu o‘quvchilarning o‘zlariga tanish tushunchani farqlashiga, o‘qituvchining esa umum qabul qilingan so‘zlar – atamalar bilan tushuntirishiga imkon beradi. Natijada qisqa, ammo ma’no ko‘lami keng so‘zlar asosida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro tushunish vujudga keladi. So‘zning hissiy vazifasi. So‘z o‘quv va tarbiya vazifalarini hal qilishga ko‘maklashadi. Hissiyot bilan aytilganda, so‘zlarning ahamiyati kuchayadi, bu ularning ma’nosini tushunishga yordam beradi. O‘qituvchi o‘quvchilarning predmetni o‘rganishiga munosabatini shu orqali ko‘rsatadi. Ularning sog‘lom bo‘lishga qiziqishini, dadilligini, qiyinchiliklarni bartaraf etish istagini rag‘batlantiradi. Hissiylikka mazmunning aniqligi, jumlalarning mantiqiy va grammatik nuqtai nazardan to‘g‘ri qurilishi, obrazliligi, yaqqolligi, talaffuz, imitatsiyalar, imo-ishoralar bilan erishiladi. So‘zdan foydalanishning qariyb barcha xilma-xil uslublari umumpedagogikaga taalluqlidir. So‘zlab berish – bayon qilishning xikoya shakli. Ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning o‘yin faoliyatini tashkil qilish vaqtida qo‘llaniladi. Tasvirlash – bolada harakatlar to‘g‘risida tasavvur hosil qilish usuli. Tasvirlash vaqtida harakatning o‘ziga xos belgilari ro‘yxati beriladi. Nima qilish kerakligi, nima uchun shunday qilish kerakligi aytiladi, ammo ko‘rsatilmaydi. Undan dastlabki tasavvur vujudga keltirish vaqtida yoki nisbatan oddiy harakatlarni o‘rganish vaqtida foydalaniladi. Bu vaqtda o‘quvchilar o‘zlarining bilim va tajribalaridan foydalanishlari mumkin. Tushuntirish. Harakatlarga ongli munosabatni rivojlantirishning muhim usuli, chunki u asosiy “nima uchun?” degan savolga javob berishga, texnika asosini ochishga qaratilgan. Suhbat. Bir tomondan o‘z fikrini bayon qilishga, ko‘nikmani mustahkamlashga, faollikni oshirishga yordam bersa, ikkinchi tomondan o‘qituvchiga muayyan ishni baholash, o‘quvchilarni bilishda yordamlashadi. Suhbat o‘qituvchining savollari va o‘quvchining javoblari ko‘rinishida yoki qarashlarni erkin aniqlash ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Tahlil qilish suhbatdan shu bilan farq qiladiki, u biror-bir topshiriq (masalan, o‘yinlar) bajarilganidan keyin o‘tkaziladi. Tahlil bir tomonlama bo‘lishi mumkin, uni faqat o‘qituvchi o‘tkazadi, ikki tomonlama tahlilda o‘quvchilar ishtirok etadilar, u suhbat ko‘rinishida bo‘ladi. Ikkinchi shakli ilmiy va tarbiyaviy vazifalarni ko‘proq samarali yechishga imkon beradi. Topshiriq. Dars oldidan darsning borishi bo‘yicha shaxsiy vazifalar qo‘yishni nazarda tutadi.
Baholash. Harakatning bajarilishi tahlili natijasidir. Baholash mezoni o‘quv jarayonining vazifalariga bog‘liq. Shuning uchun bu bir necha turga ega.
1. O‘quvchini boshqa o‘quvchining mashq texnikasini bajara olishi bilan taqqoslash orqali baholash. Bu o‘quvchining muntazam mashg‘ulotlarga qiziqishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
2. Mashq bajarilishining standart texnikasiga qiyoslash yo‘li bilan baholash, bu ta’limning boshlang‘ich bosqichida – hali o‘quvchilarning namunaga taqlid qilish qobiliyati imkoniyatlari chegaralangan vaqtda qo‘llaniladi.
3. Harakatning regulyativligini aniqlash yo‘li bilan baholash, odatdagidek, didaktik barqarorlikning eng ko‘p qismini egallaydi. U o‘quvchini mashq bajarishida erishilgan natijalari bilan mashq texnikasini taqqoslashga va uni individuallashtirish usullarini qidirishga majbur qiladi. Biroq bunday baholash faqat jismoniy tarbiyaning samaradorligiga texnik jihatdan bajarilish holini tushunadigan va o‘zining harakatini tanqidiy baholay oladigan, yaxshi tayyorlangan o‘quvchilar uchun yaroqlidir. Baholash mezoni o‘qituvchining ma’qullashi yoki ma’qullamasligini aks ettiruvchi “yaxshi”, “to‘g‘ri”, “shunday”, “yomon”, “noto‘g‘ri”, “unday emas”, “oyoqlar yuqoriroq”, “bukilmasin”, “qo‘llar bukilmasin” va h.k. kabi xilma-xil turdagi tanbehlarda ifodalanadi. O‘qituvchi shunga o‘xshash qisqa-qisqa tanbehlarini asoslashi kerak. Buyruq – o‘ziga xos va jismoniy tarbiyada so‘zdan foydalanishning eng ko‘p tarqalgan uslubidir. U harakatning darhol bajarilishiga, uning tugallanishiga, yoki harakatlar bajariladigan tezlik darajasining o‘zgarishiga tegishli bo‘lishi mumkin va h.k. Ushbu guruh uslublari o‘rganiladigan harakatni ko‘rib va eshitib idrok etilishini ta’minlaydi. Harakatlar ritmini, tezlik darajasini ko‘rish, ba’zan eshitish ham shug‘ullanuvchilarda harakatlar to‘g‘risida ko‘proq va har tomonlama tasavvur tug‘diradiki, kelgusida ularni qayta tiklash uchun taxminiy asosni kengaytiradi. Idrok etishning ko‘rgazmali tamoyilini singdirishda ko‘rgazmali uslublar asosiydir (ammo yagona emas). Ularning yordami bilan o‘quvchi o‘rganiladigan harakat obrazini shakllantirishda jonli mushohada qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Ayni paytda shuni hisobga olish kerakki, bir xil odamlarda ko‘rib idrok etish, boshqalarida eshitib idrok etish yaxshiroq rivojlangan. O‘qituvchi ta’limda uslublar qo‘llanishini individuallashtirish imkoniyatini va analizatorning yetakchi rolini nazarda tutishi kerak. Guruhli o‘rgatish vaqtida idrok etishning barcha ko‘rgazmali uslublaridan foydalanish zarur. Uslublarning yaxshi natija berishi ko‘pincha o‘quvchilarning yoshiga muvofiqligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, bu uslublar bolalar bilan ishlash vaqtida katta ahamiyatga ega. Ularda jonli misollarni kuzatishga intilish, taqlid qilish qobiliyati kuchli rivojlangan. Shu bilan birga, har xil yoshdagi bolalarda bu bir xil emas. Masalan, kichik yoshdagilarda sezgi idroki kuchli rivojlangan. Idrok etishning ko‘rgazmali uslublaridan foydalanish ta’limning bosqichlariga bog‘liq. Dastlabki bosqichlarda ulardan xiyla tez-tez foydalaniladi. Mukammallashtirish bosqichida ulardan yuzaga kelgan xatolarni to‘g‘rilash uchun foydalanadilar. Barcha qayd etilgan ta’lim uslublari ko‘rgazmali idrok qilinadigan harakatni o‘quvchilarga faqat tushunarli qilib yetkazilganida va ularni faollikka yo‘naltirgan taqdirdagina ta’sirchandir. Aks holda bu uslublar ermakli tasvirga, o‘quvchilar esa passiv mushohadachilarga aylanib qoladilar. Natijada bolalar harakatni tahlil qilishni o‘rgana olmaydilar va faqat e’tiborni tashqi tomonga qaratadigan bo‘ladilarki, ularning ruhiy jarayonlari faolligi pasayadi, mulohaza esa bir yoqlama bo‘lib qoladi. O‘qituvchining (yoki o‘qituvchi topshirig‘i bilan o‘quvchilarning) harakatni ko‘rsatishi ta’limning eng o‘ziga xos uslublaridandir. Ta’lim asosida ko‘rsatish yordami bilan taqlid qilish yotadi. O‘quvchining ongli taqlid qilishga tayyorligi harakatlarning bir necha omillari bilan aniqlanadi
1) ko‘rilgan harakatni tahlil qila bilish qobiliyati;
2) bolaning ruhiy-fiziologik rivojlanishi muvofiqligi bilan qayta tiklanadigan mashqning murakkabligi optimal bo‘lishi kerak;
3) taqlid qilinadigan harakatlar to‘g‘risida o‘quvchining bilim darajasi bilan to‘laligini tasavvur qilish;
4) taqlid qilish uchun o‘z-o‘zini nazorat qilish va o‘z vaqtida sifatli nazoratning mavjudligi.
Jismoniy mashqni ko‘rsatishga ba’zi bir uslubiy talablar:
1. Ko‘rsatish har doim so‘zdan foydalanish uslubi bilan mos kelmog‘i kerak.
Ko‘rsatish va so‘zning nisbati mazmuni bo‘yicha, vaqtlar bo‘yicha taqsimlanishi va qo‘llanish tezligi ta’limning aniq tarkib topgan vazifalari va pedagogik vazifalar bilan belgilanishi kerak.
2. Ko‘rsatishning mazmuni ta’limning vazifalariga muvofiq bo‘lishi majburiydir:
a) birinchi ko‘rsatish, odatdagidek, jismoniy mashq bajarilishining standart texnikasi to‘g‘risida yaxlit tasavvur berishi kerak. U qayta tiklash uchun o‘quvchilarga oson bo‘lish darajasida amalga oshiriladi;
b) agar harakatni qanday egallash mumkinligini ko‘rsatish talab qilinsa, u holda ko‘rsatishda ko‘nikmaning yuqori darajasini ifodalovchi individuallashtirishning texnik bajarilishini aks ettirish kerak;
v) qachon kuchlanish berilishini ta’kidlash va ayrim harakatlarga o‘quvchilar diqqatini jalb qilmoq zarur, ko‘rsatishda aynan ana shu lahzalar ta’kidlanadi; ko‘proq ko‘rgazmalilik uchun ba’zan o‘rganilanayotgan harakatning faqat qismini ko‘rsatadilar, harakatning tezligi kamaytiriladi, tanaffus qilinadi.
3. Ko‘rsatish vaqtida o‘qituvchining emotsional holatida o‘quvchilar taqlid qilishga intilishlarini hisobga olish kerak. Bundan o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish uchun foydalanish zarur.
4. Oynali ko‘rsatish faqat oddiy, asosan, umumrivojlantiruvchi jismoniy mashqlardan foydalanilgan vaqtda maqsadga muvofiqdirKo‘rgazmali qurollar namoyishi o‘quvchilar harakatni predmetli tasvir yordami bilan idrok etishi uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.
Ko‘rgazmali o‘quv qurollarining har qaysi turini namoyish qilish ba’zi- bir uslubiy qoidalarni hisobga olish bilan o‘tkazilishi kerak. Plakatlarda aks etgan lahzalarni harakatda ko‘rsatish qiyin. Shuning uchun tasvirlashni detallardan ozod qilish zarur, ular o‘quvchilarni asosiy harakatlardan chalg‘itishi mumkin. Ko‘rgazmali idrokning natijalarini tekshirish uchun o‘qituvchining savollari va o‘quvchining javoblari foydalidir. Plakatlar namoyishi texnikasiga yagona talab bo‘lishi mumkin emas. Ta’limning vazifalaridan kelib chiqib, o‘quvchilar diqqatini aniq vazifalarga jalb qilish maqsadida plakatlarni dars davomida yoki ular bilan oldindan tanishish uchun navbatdagi dars oldidan osib qo‘yish mumkin. Doskada bo‘r bilan rasm chizish, agar o‘qituvchi ularni yetarlicha mahorat bilan bajarishga qodir bo‘lsa, plakatlar oldida ba’zi bir ustunliklarni egallaydi, ammo ularni to‘la almashtira olmaydi. Birinchidan, harakatning ayrim unsurlarini izchil tasvirlab, binobarin, o‘quvchilarning diqqatini bu unsurlarga navbatma-navbat jalb qilib, harakat fazalari izchilligi to‘g‘risida tasavvur hosil qilish mumkin. Ikkinchidan, rasmlar bolaning diqqatini chalg‘itmaydigan, juda oddiy bo‘lishi kerak. Uchinchidan, doskadagi rasmlar namoyish qilishning juda tezkor uslubidir. O‘qituvchining rasm chizish qobiliyati o‘quvchiga hissiy va estetik ta’sir o‘tkazishda katta ahamiyatga ega, bundan tashqari, o‘quvchilar ishtirokida bajarilgan tasvirlar ularni harakatning bajarilishini obrazli tarzda o‘ylab ko‘rishga, o‘z xatolarini topishga undaydi. Predmetli vositalarni qo‘llash didaktik imkoniyatlarni nisbatan kam egallaydi, ammo, ayniqsa, kichik maktab yoshidagi bolalarga yetarlicha hissiy ta’sir ko‘rsata oladi (masalan, darsda qo‘g‘irchoq – bu har doim qiziq bo‘lgan). Kinofilm namoyishi talay texnikaviy qiyinchiliklarni tug‘dirsa-da, pedagogik jarayon davomida uni ko‘rsatish ulkan didaktik imkoniyatlar yaratadi. Kinofilm yordami bilan harakatning yuqori sport malakasi darajasida bajarilishini, shuningdek, uning barcha detallarini ilg‘ab olish uchun har xil tekislikda, yirik hajmda va yaxlit holda ko‘p marta namoyish qilish mumkin. Harakatlarni ko‘rgazmali idrok etishda rapidli tasvir deb ataladigan usul katta ahamiyatga ega. Bunda harakatlar yuqori tezlik bilan namoyish etiladi. Kinotasmadan olingan proeksiya ekranda kino tasvirining tezligidan ko‘ra past tezlik bilan harakatlarni susaytirilgan holda ko‘rsatadiki, bu uning barcha detallarini qarab chiqish imkonini beradi.
2.2 Talim uslublarining turkumlari
ovushli va yorug‘lik signalizatsiyasi harakatning boshlanishi va tugallanishi uchun eshitish va ko‘rishning zaruriy mo‘ljalini vujudga keltiradi. U harakatlar yo‘nalishi amplitudasining muayyan ritm va tezlik darajasini tashkil qiladi. Bayroqchalar, qoziqchalar, tuproqdagi belgilar, metronom zarbasi va h.k. kabi signallarning oddiy o‘xshash usullari, yugurish va uloqtirishning yo‘nalishi va balandligini aniqlaydi. Bajarilayotgan harakat to‘g‘risida tez axborot olish uchun elektr nishon, elektrozvukoliderlar keng tarqalmoqda. Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari Havo, quyosh nuri, suvjismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari tarzida jismoniy tarbiyaning vositasi sifatida foydalaniladi. Hayotiy sharoit, muhit insonni turli sharoitda moddiy ne’mat yaratish, yashashga majbur qiladi. Tabiatning in’omi- havo, suv, quyosh nuri inson ish qobiliyatini oshirish, salomatligini mustahkamlashning asosiy vositasidir. Jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog‘lomlashturuvchi kuchidan foydalanish ikki yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:
1. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli tashkil etish va o‘tkazish sharti hamda chiniqtirishning mustaqil vositasi sifatida;
2. Odamlar sog‘lig‘ini mustahkamlash va ish qobiliyatini oshirishning muhim vositasi sifatida.
Jismoniy tarbiya jarayonini ochiq havoda, quyosh nuri ostida, suv va boshqalardan foydalanib, jismoniy mashqlar bajarish samara beradi. Cho‘milish, oftobda toblanish, havoning issiq sovug‘i, jismoniy mashqlar bilan inson organizmiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Mashg‘ulotlar davomida bu vositalardan tizimli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi
Quyosh nuridan foydalanishda soat 10.00 dan 12.00 gacha alohida, 16.00-17.30 gacha yoshi, jinsi va boshqa alohida xususiyatlarini hisobga olinmasdan toblansa, uning ta’siri turlicha bo‘ladi. Jismoniy mashqlarning me’yori, yuklamaning umumiy miqdori, mashqning intensivligini e’tibordan chetda qoldirish tabiatni sog‘lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishda salbiy natijalarga olib kelishi mumkin. Jismoniy tarbiya jarayonida erishilgan chiniqishning samarasi ko‘chuvchan bo‘ladi, ya’ni u insonning boshqa faoliyati (asosan, mehnat, harbiy xizmat)da namoyon bo‘ladi va jismoniy tarbiyaning hayotiy-amaliyligini oshiradi. Qolaversa, ruhiy-irodaviy xislatlarini ham kuchaytiradi. Ayniqsa, chayqalish, tebranish, me’yorsiz yuklamaga chidash, vaznsizlik holatiga tez moslashishdek vazifalar oson hal bo‘ladi. Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchidan foydalanishning asosiy talablaridan biri ularni jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda majmuali qo‘llash, birga qo‘shib olib borishdan iboratdir. Chunki ularni birgalikda samarali qo‘llash insonning sog‘lig‘ini mustahkamlashga hamda jismoniy qobiliyatlarini o‘stirishga imkon beradi. Oqilona me’yorni aniqlash vaqtida o‘quvchilarning xususiyatlarini va pedagogik vazifalar xususiyatini hisobga olish lozim. Bu, birinchidan, jismoniy tarbiya jarayonidagi chiniqtirish samarasining mehnat va o‘quv faoliyatiga o‘tkazilishini ro‘yobga chiqaradi; ikkinchidan, ko‘proq yuqori yuklamalarni qo‘llash uchun imkoniyat yaratadi, demak, ish qobiliyatini o‘stiradi; uchinchidan, ortiqcha yuklama ta’siriga, titrash va tebranishga organizmning qarshiligini oshiradi va h.k.; to‘rtinchidan, iroda sifatini yuqori darajaga ko‘taradi. Shug‘ullanuvchilarga quyosh vannasi, suvda chiniqishning nazariy bilimlari va ulardan tizimli foydalanish, havoning o‘zgarishi organizmning issiq-sovuqqa, keskin o‘zgarishlarga tez moslashishi individning yoshligidan yo‘lga qo‘yishni samarasi katta. Har tomonlama chiniqtirish tabiat omillarini turli jismoniy mashqlarni bajarish bilan qo‘shib olib borilishi tashqi muhitning salbiy ta’sirlariga organizmning qarshilik ko‘rsata olish qobiliyatini yanada oshiradi. Jismoniy tarbiya tizimining sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan tamoyilini hayotga singdirish uchun jismoniy mashg‘ulot inson hayot faoliyatining uzviy qismi bo‘lib qolishi kerak. Boshqa tomondan, jismoniy mashqlar samaradorligi faqat zaruriy gigienik mezonlarga rioya qilingan taqdirdagina eng yuqori bo‘ladi. O‘ziga xos vositalar sifatida gigienik omillar jismoniy tarbiyaning to‘laqonli vazifalarini yechishda katta ahamiyatga ega. Pedagogik jarayon qanchalik yaxshi tashkillashtirilgan bo‘lmasin, mashg‘ulotlar sanitariyaga zid sharoitlarda o‘tkazilsa, uyqu va ovqatlanish tartibi buzilsa, u kutilgan samarani bermaydi. Mana shuning uchun ham jismoniy tarbiyaning maktab dasturida o‘quvchilar uchun gigienik bilimlar hajmini aniqlovchi nazariy bilim asoslari berilgan. Gigienik omillar shartli tarzda ikki guruhga bo‘lingan:
1. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishda, mashg‘ulotlarning to‘laqonli o‘tishi uchun shart-sharoit bilan ta’minlovchi vositalar: mehnatning shaxsiy va ijtimoiy gigienasi me’yori, o‘qish, turmush, dam olish, ovqatlanish vositalari;
2. Jismoniy tarbiya jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritiladigan vositalar: gigienik me’yorlar bilan muvofiqlikda dam olish va yuklamalarning optimal tartibi, tashqi sharoitlar yaratish (havoning tozaligi, yetarlicha yorug‘lik darajasi va boshqalar).
Gigienik omillar mehnat, dam olish, ovqatlanish, tevarak-atrofdagi muhitning shaxsiy va ijtimoiy gigienasi tadbirlaridan iboratdir. Jismoniy tarbiya uchun zarur bo‘lgan gigienik sharoitlarni ta’minlashda moddiy-texnik baza, sport jihozlari, asbob-anjomlar va kiyim-kechakning qanday ahvolda ekanligi katta ahamiyatga egadir. Gigienik omillar shaxsiy va jamoat gigienasi talablarini o‘z ichiga olib, mehnat gigienasi, ovqatlanish, dam olish va tashqi muhitning zararli omillari va boshqalar jismoniy mashqlarni bajarish mashg‘ulotlarida gigienik talab va me’yorlarga rioya qilishni taqazo etadi. Ular jismoniy mashqlar ta’sirchanligini, samaradorligini oshirishini ilmiy, amaliy jihatdan isbotlangan. Jismoniy mashqlar, tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillarni muntazam ravishda tartibli qo‘llash inson salomatligini mustahkamlaydi va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Jismoniy tarbiyada o‘qituvchidan o‘qitishning predmeti sifatida amaliy harakatlarni va maxsus mashg‘ulot o‘tkazishning muayyan uslublarini bilish, o‘quvchilardan esa ta’limning usullarini egallash talab qilinadi. O‘quvchilarni bilmaslikdan bilishga, xabarsizlikdan xabardorlikka qanday yetaklab borish - o‘qituvchi faoliyatining asosiy vazifalaridan biridir. Ta’lim berishning uslublari ko‘p, biroq ulardan birortasi ham universal bo‘la olmaydi. Ta’lim uslublarining tavsiflarini bilish – bu uslublar xilma-xilligi orasida to‘g‘ri yo‘l topib olishga va o‘qitish vazifalarining eng samaradorlarini tanlashga imkon beradi. O‘quvchilarda bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish usullari, o‘qituvchining o‘quvchilarga ta’sir o‘tkazishi, o‘quvchilarning o‘z ishlari – bularning hammasi uslublarga va uslubiy usullarga tegishli. Ta’limning sharoitlari va didaktik vazifalari bilan muvofiqlikda har qaysi uslub turli usullar yordami bilan amalga oshiriladi. Masalan, ko‘rsatish uslubining har xil usullari mavjud. Uslubiy usul – bu ta’limning aniq vazifalari bilan muvofiqlikda uslubning o‘rgatilish vazifasini amalga oshirish usulidir. Binobarin, har bir uslubning ichida, uning xilma-xil uslubiy usullaridan foydalaniladi. Usul aniq sharoitlarda o‘ziga muvofiq uslubni qo‘llashga imkon beradi. Aynan shuning uchun ta’limning har qanday bosqichida va har qanday kontingentdagi odamlar bilan ishlash, xilma-xil didaktik vazifalarni yechish vaqtida u yoki bu uslubdan foydalaniladi. Ayni paytda har qaysi uslubiy usullardan faqat ayrim hollardagina foydalaniladi. Demak, ular juda kam hollarda qo‘llaniladi. Shu bilan birga, uslubiy usullar zahirasi qancha boy bo‘lsa, uslubning qo‘llanish diapazoni shunchalik keng bo‘ladi. Uslubiy usullar shunchalik ko‘pki, ularni biror-bir hisobga kiritib bo‘lmaydi, ulardan ba’zilari yo‘q bo‘lsa, boshqalari ko‘rinishini o‘zgartiradi, o‘qituvchining ijodi bilan yangilari yaratiladi. O‘qitish darajasidagi farq aynan uslubiy usullarning har xil hajmi bilan tushuntiriladi. Ta’lim jarayoni ikki tomonlama: o‘qituvchi o‘rgatadi, o‘quvchi o‘rganadi. Shuning uchun o‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan ta’lim uslubi ham, binobarin, uning uslubiy usuli ham bu nafaqat informativ bajaruvchi va boshqaruvchilik vazifasi (o‘qituvchi tushuntiradi, ko‘rsatadi, buyruq beradi va h.k., o‘quvchi tinglaydi, eshitadi, mashqni bajaradi), balki o‘qituvchining yetakchilik roli va boshqarib borishida o‘quvchilar bilan har doim o‘zaro bog‘liqlikni talab etadi.
Biroq bu aloqa birinchi qarashda tuyulganidan ko‘ra xiyla murakkabdir. Tashqi belgilari bo‘yicha o‘quvchining harakati, odatdagidek, o‘qituvchining talablariga aynan o‘xshashdir. O‘qituvchi mashqni tushuntiradi va ko‘rsatadi, o‘quvchi uni bajarishga intiladi. Ammo o‘quvchining harakatlarida kuzatuvchining nigohidan yashirin yana bir tomoni bor. Bu ta’limga undovchi motiv, bilish faolligining darajasi, o‘quvchilar eshitgan axborotni o‘zlashtirish jarayonidir. Bu barcha ruhiy jarayonlarning tahlili uchun haddan tashqari murakkab, chunki o‘quvchining ayni bir xil kuzatiladigan harakati har xil sifat asosiga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, ikki o‘quvchi o‘qituvchi ko‘rsatgan harakatni bir xil esda olib qoladi. Binobarin, ayni bir xil uslubdan foydalanish vaqtida o‘quv materialini o‘zlashtirishda ba’zi bir variativlik har doim mavjud. O‘qituvchi buni hech qachon unutmasligi kerak. Har bir aniq holatda u yoki bu uslubni qo‘llashning maqsadga muvofiqligi qator talablarga rioya qilinganidagina ta’minlanadi. Uslubning ilmiy asoslanganligi jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishdan olingan samaraning tarbiyaviyligi, ilmiyligi va sog‘lomlashtirishini ta’minlaydi. Ta’limning dars oldiga qo‘yilgan vazifalar bilan muvofiqligi. Dars vazifalarining aniq belgilanishigina ta’limga nisbatan to‘g‘ri uslubni tanlash imkonini beradi. Misol uchun, “oyoqlarni bukib” yugurib borish usuli bilan uzunlikka sakrashni o‘rgatish vazifasi qo‘yilgan bo‘lsa, u holda uslubni aniqlashning qiyinligi ma’lum bo‘lib qoladi. Chunki vazifa bunday umumiy ifodalanganida, teng darajada umuman o‘rgatish uslubidan ham, harakatni qismlarga bo‘lib o‘rgatish uslubidan ham foydalanish mumkin. Ko‘proq aniq vazifalarda, masalan, uzunlikka sakrash uchun yugurib borishni o‘rgatishda harakatni qismlarga taqsimlab o‘rgatish zaruriyati vujudga keladi. Ta’limning tarbiyalovchi xarakterini ta’minlash. Har qaysi tanlangan uslub ta’limning nafaqat samaradorligini, balki o‘quvchining bilish faolligini tarbiyalashni ham ta’minlashi kerak. Shuning uchun bolaning tashabbusini buzib qo‘yadigan, harakatlarni faqat mexanik tarzda esda saqlashni talab qiladigan uslublardan foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Ta’limning tamoyillar bilan muvofiqligi. Ta’lim uslubiy tamoyillarning barcha tizimlariga tayanishga majburdir. Uslubning alohida olingan tamoyil bilan aloqasini bir tomonlama izohlashga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Masalan, agar o‘qituvchi ko‘rsatish uslubidan foydalansa, u holda ko‘rgazmalilik tamoyilini to‘la ta’minlagan bo‘ladi. Ma’lumki, bu tamoyilni uslublar tizimi orqali singdirish mumkin. O‘quv materialining ta’lim uslublariga muvofiqligi. Ta’lim uslublari jismoniy mashqlarning barcha turlari uchun bir xil. Shu bilan birga, ularning har biri o‘zining xarakteri va murakkabligi bilan muvofiqlikda ta’limning o‘ziga xos usullarini talab qiladi. Masalan, ba’zi bir umumrivojlantiruvchi mashqlarni o‘rgatish vaqtida so‘z uslubi bilan chegaralanadilar. Yengil atletika mashqlarini o‘rgatish vaqtida ko‘rsatish uslubidan ham foydalanish kerak. “Oddiy mashqlarni” o‘rgatish vaqtida umuman o‘rgatish uslubi qo‘llaniladi. “Murakkab mashqlar”ni o‘zlashtirish vaqtida yondashtiruvchi mashqlarni chetlab o‘tib bo‘lmaydi.
XULOSA
Jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiya amaliyotdagi hamma turlarini, hamda aralash fanlarning dalillarini umumlashtiradi. Buni o‘rganish hamma sport pedagogik mutuxassisliklarga umumnazariy asos bo‘ladi. Fanni o‘qitishdan maqsad – bo‘lajak kadrlarga “Jismoniy tarbiya nazaryasi va metodikasi” fani bo‘yicha atroflicha va chuqur kasbiy bilimlar berish. Talabalarga gimnastika turlarining mashq elementlarini, umumrivojlantiruvchi mashqlarni o‘rgatish, harakatli o‘yinlar bo‘yicha ota bobolarimiz o‘ynab kelgan o‘yinlarni tiklash, harakatli o‘yinlar tashkil qilish va o‘tkazish, ularni tahlil qilish, harakatli o‘yinlarni o‘qitishda qo‘llanadigan turli usullar bilan nazariy va amaliy tanishtirish, jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi, uning tarixiy qonuniyatlari, vositalari, o‘qitish metodlari, o‘rgatish bosqichlari, jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish usullari haqida nazariy va amaliy ta’lim berish, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va barkamol avlodni tarbiyalashga mos bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo‘lib, ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida o‘qitishning faol uslublaridan foydalangan holda nazariy bilim beriladi, amaliy mashg‘ulotlarda esa ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarini amalda bajarish orqali amaliyotga tadbiq etiladi hamda ko‘nikma va malakalari shakllantiriladi.
Fanning vazifasi – Jismoniy tarbiya nazaryasi va metodikasi fanini o‘qitishda bo‘lajak mutaxassislarga gimnastikaning mashq elementlarini o‘rgatish, harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazish, o‘yinlarni tahlil qilish, harakatli o‘yinlarni bolalarning yoshiga mos holda tanlash, maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya ishlarini rejalashtirish hamda tashkil etishni o‘rgatish, gimnastika, harakatli o‘yinlarni kelib chiqishi, qisqacha tarixi, turkumlari, rivojlanish bosqichlari, pedagogik ahamiyatini anglatish, gimnastika mashqlari va harakatli o‘yinlarni tasnifini anglatish, uning tarixiy qonuniyatlari, vositalari, o‘qitish metodlari, o‘rgatish bosqichlari, jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish usullari bo‘yicha nazariy bilimlarni o‘rgatish, jismoniy sifatlarni tarbiyalash va rivojlantirish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin