Laboratoriya ishi №1 Mavzu: Mikroskop tuzilishi va mikroskop bilan ishlash qoidalari



Yüklə 63,78 Kb.
səhifə1/3
tarix04.11.2022
ölçüsü63,78 Kb.
#67426
  1   2   3
Laboratoriya ishi ¹1 Mavzu Mikroskop tuzilishi va mikroskop bil


LABORATORIYA ISHI №1
Mavzu: Mikroskop tuzilishi va mikroskop bilan ishlash qoidalari.
Maqsad: Mikrobiologik labaratoriyada ish koidalari, texnika xavfsizligini o‘rganish: Mikroskop tuzilishini o‘rganish: Mikroskopdan foydalanish texnikasi va unga xizmat ko‘rsatish: Mikroskop preparatlar tayyorlash:
Ishning moddiy ta’minoti: Biologik mikroskoplarning turli modellari imersion ion, tayyor bo‘lgan mikrobiologik preparatlar
Mikroskop - grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, mikro-kichik skopiya-ko‘raman degan ma’noni bildiradi, ya’ni kichik narsalarni ko‘rish deganidir. Optik asbob bo‘lib 0,2-0,3 mkm li kichik ob’ektlarni ko‘rsatish xususiyatiga ega.
XII asrning 40 yillarida rimlik professor A.Kirxer (1601-1680) kata-lashtiruvchi qurilma orqali har xil ob’ektlarni kuzatadi va o‘ta mayda «chuvalchanglarni ko‘radi». Bu mikroorganizmlar edi. Ammo bu tajribalar tasodifiy kashfiyotlar edi.
Mikroorganizmlarning ochilishi birinchi mikroskopni kashf etilishi bilan bog‘liqdir. Birinchilar qatori Gans va Zahariy YAnsen, so‘ngra G.Galiley va K. Drebbelg tomonidan eng sodda mikroskoplar yaratildi va yanada takomillashtirildi.
Mikroorganizmlar haqida yanada ko‘proq mahlumotlar to‘plagan shaxs mikrobiologiya tarixining «morfologiya» davrini boshlab bergan gollan-diyalik Antoni van Levenguk (1632-1723) bo‘ldi.
Levenguk shishadan ziynat buyumlar yasaydigan korxonada ishlar edi. U
shisha linzalar yasab, ulardan mayda narsalarni kattalashtirib ko‘radigan asbob–sodda mikroskop yasaydi. U o‘z mikroskopida kulmak suv tomchilarini, tish kiridan tayyorlangan preparatlarni, turli xil organiq moddali suvlar (qaynatmalar)ni tekshirib, ular ichida har tomonga qarab harakatlanuvchi tirik mavjudotlarni kuzatadi va ularning rasmlarini chizadi. U shu ko‘rgan mavjudotlariga “tirik hayvonchalar” – «Animalkula viva» deb nom beradi. O‘z izlanishlari natijalarini u Londondagi qirollik ilmiy jamiyatiga bildiradi. 1677 yili mazkur ilmiy jamiyat Levenguk ishlarini qaytadan tekshirib ko‘radi va uning natijalari xaqiqat ekanligini tan oladi.
Rossiyada birinchi mikroskop XVIII asrning 30-yillarida Ivan Belyaev va Ivan Kulibinlar tomonidan kashf etilgan.
Mikrobiologiya sohasida shunday katta kashfiyotlarning ochilishi
mikroskopik texnikaning rivoj topishi bilan chambarchas bog‘liqdir. 1873 yilda Ernest Abbe mikroskoplar uchun linzalar sistemasini takomillash-tirgan, 1903 yilda Zidentopf va Jigmondi ultramikroskopni, 1908 yilda A.Kyoller va Zidentopf birinchi lyuminetsent mikroskopni kashf etgan bo‘lsalar, nihoyat 1928-1931 yillarga kelib birinchi elektron mikroskop yaratildi. 1934 yili F.T.Sernike fazo-konstrast prinsipini takomillash-tirdi. Elektron mikroskopda 0,02 nm dan to 7 A gacha va undan ham mayda buyumlarni ko‘rish mumkin bo‘ldi.
Bu kashfiyotlar mikrobiologiyaning yana bir qirrasini, mikroorga nizmlarning ultrastrukturalarini o‘rganishga turtki bo‘ldi. Oddiy yorug‘lik mikroskoplarida faqatgina tayoqcha bo‘lib ko‘ringan bakteriyalarni nanometrlar bilan o‘lchanadigan xivchinlari, fimbriylari, piliylari, hujayra devori va uni birnecha qavatdan iboratligi, sitoplazmatik membrana va uning nozik strukturalari, sitoplazma uning tarkibidagi yadro moddalari, ribosomalar va zahira moddalarini borligi aniqlandi.

Yüklə 63,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin