Laboratoriya ishi-10 Elektrolitik dissotsilanish nazariyasiga oid tajribalar Asbob va reaktivlar



Yüklə 35 Kb.
tarix05.12.2023
ölçüsü35 Kb.
#173857
9-lab KO\'M (1)


laboratoriya ishi-10
Elektrolitik dissotsilanish nazariyasiga oid tajribalar

Asbob va reaktivlar. Elektr o`tkazuvchanlik aniqlanadigan asbob, probirkalar, shakar, marmar, rux metali, H2SO4, NaOH, NaCl, CH3COOH, NH4OH, CH3COONH4, HCl, Na2SO4, K2SO4, FeCl3, CaCl2 va Na2CO3 larning 0,1 n eritmalari. CoCl2 ning 1 n eritmasi. Metiloranj va fenolftalein indikatorlarining eritmalari. CaCO3 kukuni. Kristall holatidagi CH3COONa va NH4Cl.


1-tajriba. Elektrolit eritmasining elektr o`tkazuvchanligi.

a) 150200 ml sig`imli stakanga ikkita elektrod tushiring va ularga ketma-ket qilib elektr lampochkasini ulang. Stakanga 100 ml miqdorida distillangan suv quyib, unga elektrodlarni tushiring va asbobni elektr mabaiga ulang. Lampochka yonadimi? Asbobni elektr manbaidan uzing. Stakandagi suvda ozgina shakar eriting va eritmaning elektr o`tkazuvchanligini yuqoridagi tartibda tekshirib ko`ring.


Stakandagi shakar eritmasini to`kib tashlang va stakan hamda elektrodlarni dastlab oddiy suvda, so`ngra distillangan suvda yuving. Keyingi tajribalarda ham stakandagi bir eritmani boshqasi bilan almashtirishda stakan va elektrodlarni xuddi shunday tartibda tozalang.
b) Navbatma-navbat sulfat kislotasi, o`yuvchi natriy, natriy xloridning 0,1 n eritmalari elektr o`tkazuvchanligini tekshirib ko`ring. Eritmalarning elektr o`tkazuvchanligi haqidagi xulosalaringizni yozing va elektrolit eritmalaridagi moddalarning dissotsilanish tenglamalarini tuzing.
v) Elektr o`tkazuvchanlikni aniqlash asbobida sirka kislota, ammiakli suv (NH4OH) va ammoniy atsetatning 0,1 n eritmalarining elektr o`tkazuvchanligini alohida-alohida sinab ko`ring.
Elektrolit eritmalaridagi moddalarning dissotsilanish tenglamalarini yozing.
2-tajriba. Dissotsilanish darajasining elektrolit tabiatiga bog`liqligi.
Ikkita probirkaga 2-3 ml dan 0,1 n xlorid va sirka kislotasi eritmalaridan quying. Ikkala probirkaga bir xil miqdordagi rux bo`lakchalarini soling. Har bir probirkadagi vodorod gazining ajralib chiqish tezligiga e’tibor bering. Reaksiyalar orasidagi farqni izohlang. Reaksiyalarning tenglamalarini tuzing.
3-tajriba. Elektrolit eritmalarida kimyoviy muvozanatning siljishi.

a) Ikkita probirkaga 1-2 mldan sirka kislotasining 0,1 n eritmasidan quying va ularga metiloranj indikatori eritmasidan 2-3 tomchi tomizing. Probirkalarning biriga natriy atsetat CH3COONa kristalidan bir chimdim soling va probirkani chayqating. Probirkalardagi ranglarni solishtiring. Eritma rangining o`zgarish sababini tushuntiring.


b) Ikkita probirkaga 1-2 ml dan ammiakli suv NH4OH eritmasidan quying va ularga fenolftalein eritmasidan 2-3 tomchi tomizing. Probirkalardan biriga ammoniy xlorid NH4Cl kristalidan bir chimdim soling va yaxshilab aralashtiring. Probirkalardagi eritmalar rangini solishtiring. Eritma rangining o`zgarish sababini tushuntiring.
4-ajriba. Kam eriydigan moddalar (cho`kmalar) bo`lishi bilan boradigan reaksiyalar.
a) Uchta probirkaga 1-2 mldan biriga natriy sulfat, ikkinchisiga rux sulfat va uchinchisiga kaliy sulfat eritmalaridan quying. Har bir probirkaga xuddi shunday hajmda bariy xlorid eritmasidan qo`shing. Uchala probirkada ham bariy sulfat BaSO4 cho`kmasi hosil bo`ladi. Reaksiyalarning molekulyar va ionli tenglamalarini yozing.
b) Probirkaga temir (III)-xlorid eritmasidan 1-2 ml quying va unga natriy gidroksid eritmasidan qo`shing. Temir(III)- gidroksid Fe(OH)3 cho`kmasi hosil bo`lishini va uning rangini o`zgarishini kuzating. Xuddi shunday tajribani mis(II)-sulfat va kaliy gidroksid eritmalari o`rtasida ham amalga oshiring. Reaksiyaning molekulyar va ionli tenglamalarini yozing.
5-tajriba. Kam dissotsilanadigan moddalar hosil bo`lishi bilan boradigan reaksiyalar.

a) Probirkaga natriy gidroksidning 0,1 n eritmasidan 1-2 ml quying, unga 1-2 tomchi fenolftalein indikatoridan tomizing. Eritma pushti rangga kiradi. Bu eritmaga shuncha miqdor xlorid kislotaning 0,1 n eritmasidan 1-2 ml qo`shing. Rangning yo`qolishiga e’tibor bering. Reaksiyaning molekulyar va ionli tenglamasini yozing.
Yüklə 35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin