1
11-LABORATORIYA ISHI.
GLYUKOZA VA FRUKTOZANING KIMYOVIY XOSSALARIGA OID
TAJRIBALAR.
1-tajriba
.
Glyukoza va fruktozaningning mis (II) - gidroksidi bilan
ta`siri.
Reaktivlar:
1% li glyukoza eritmasi, 1% fruktoza eritmasi, 10% li
natriy gidroksidi eritmasi, mis (II) - sulfatning 5% li eritmasi.
ish
tartibi
. Ikkita probirkaga olib, ularning biriga 1% li glyukoza
eritmasidan 3 ml va ikkinchisiga 1% li fruktoza eritmasidan shunsha quying.
Har bir probirkaga 1 ml dan ishqor eritmasidan tomchilatib qo’shing. Bunda
dastlab har ikki probirkaga cho’kma xosil bo’ladi, chayqatilganda ular erib
ketadi.
Savollar va topshiriqlar
1.
Nima uchun hosil bo’lgan Ca(OH)
2
glyukoza
va fruktoza eritmalarida
erib ketadi.
2.
Glyukozaning mis (II) gidroksid bilan reaksiya tenglamasini yozing.
2- tajriba
.
Monosaxaridlardagi karbonil gruppalarga hos reaktsiyalar
.
Reaktivlar.
Glyukozaning 1% li va 10% li eritmalari, kumush oksidining
ammiakdagi eritmasi, Feling suyuqligi, fenilgidrazin eritmasi.
Ish tartibi.
a) glyukoza bilan << kumush ko’zgu >> reaksiyasi
. Toza
probirkaga kumush oksidining ammiakli
eritmasini tayyorlab ustiga
glyukozaning 1% li eritmasidan teng hajmda qo’shing. Aralashmani suv
hammomida ohista qizdirilganda << kumush ko’zgu >>
reaksiyasi sodir
bo’ladi
b) Feling suyug’ligining qaytarilishi
. Probirkaga 2-3 ml Feling
suyug’ligidan quyib, 1% li glyukoza eritmasidan 0,5 ml qo’shing va
aralashmani suv hammomida bir oz qizdiring. Bunda glyukoza oksidlanadi.
Feling suyug’ligi esa qaytariladi va mis (I) oksidning qizg’ish - qo’ng’ir
cho’kmasi hosil bo’ladi.
v) Glyukoza ozazonini olish
. Probirkaga 10% li glyukoza eritmasidan
2-3
ml quyib, uning ustiga fenilgidrazining sirka kislotasidagi yangi
tayyorlangan eritmasidan 1 ml qo’shing va suv hammomida qizdiring. 20-30
2
minut davomida qizdirilgandan so’ng ozazonning ignasimon kristali ajrala
boshlaydi.
Savollar va topshiriqlar
1.
Nima uchun glyukoza << kumush ko’zgu >>
reaksiyasiga kirishadi,
fruktoza esa kirishmaydi?
2.
Glyukoza bilan << kumush ko’zgu >> reaksiyasi tenglamasini yozing.
3.
Glyukozaning feling suyuqligida oksidlanishi reaksiyasi tenglamasini
yozing. Bu reaksiya qanday funksional gruppani aniqlashda ishlatiladi?
4.
Glyukoza ozazoni hosil bo’lishi uch bosqichda borishini hisobga olgan
xolda reaksiya tenglamasini yozing.
3-tajriba
.
Ketozlarga hos reaktsiyalar
Reaktivlar:
glyukoza, galaktoza, fruktozaning 1 %
li eritmalari,
Selivanov reaktivi.
Ish tartibi.
Uchta probirka olib, ularning biriga glyukoza, ikkinchisiga
galaktoza, uchinchisiga fruktoza eritmalaridan 3 ml dan quyib, ularning
har qaysisiga 1 ml dan Selivanov reaktividan qo’shing. So’ngra bu
aralashmalarni suv hammomida (80
0
C da ). 8 – 10 minut davomida
qizdiring. Natijada birinchi va ikkinchi probirkalarda eritmalarning rangi
o’zgarmaydi, uchichi probirkadagi aralashmani to’q qizil rangga bo’yala
boshlashini kuzating.
Savollar va topshiriqlar
1.
Selivanov reaksiyasi qanday monosaxaridlarga hos?
2.
Selivanov reaksiyasi bo’yicha fruktozadan oksimetilfurfurolga o’tish
reaksiyasi tenglamasini yozing.
4-tajriba:
Disaridlarning qaytaruvchanlik xossalari
Reaktivlar:
saxaroza, laktoza va maltozaning 2 % li eritmalari,Feling
suyuqligi.
Ish tartibi.
Uchta probirka olib, ularning biriga saxaroza, ikkinchisiga
laktoza, uchinchisiga maltozaning 2% li eritmalaridan teng hajmda (2-3
ml dan) quyib, ularning har biriga 1 ml dan Feling suyuqligidan qo’shing.
Uchala probirkani bir vaqtda bir xil sharoitda qizdiring. Laktoza va maltoza
solingan probirkadagi eritmaning rangi o’zgarib, mis (I) – oksidining
qizil
cho’kmasi hosil bo’ladi.
Savollar va topshiriqlar
1.
Nima uchun saxaroza Feling suyuqligini qaytarmaydi, laktoza va
maltoza qaytaradi?
2.
Laktoza va maltozalarning Feling suyuqligida qaytarilishi reaksiyasilari
tenglamalarini yozib, tegishli xulosalar
chiqaring