(“Zumradoylar davrasi” to`garagida o`tkazish uchun ko`ngilochar ssenariysi)
“Jajji Zumradoylar Dono buvi huzurida”.
(“Zumradoylar davrasi” to`garagida o`tkazish uchun ko`ngilochar ssenariysi) (Musiqa sadosi ostida buvi zalga kiradi va nabiralarini chaqiradi). Buvi: Salima, Karima, Nozima qayerda sizlar?
(Qizlar musiqa sadosi ostida zalga kirishadi va salomlashib buvining oldiga o`tirishadi).
Qizlar: Buvijon maylimi dugonalarimizni ham chaqirsak?
Buvi: Mayli, bolajonlarim.
(Musiqa sadosi ostida qizlar zalga kirishadi va salomlashib buvining oldiga o`tirishadi).
Buvi:Vaalaykum assalom, qani kelinglar. O`tirib olinglarchi. Sizlar odobli qizlar ekansizlar. Salomlashish odobning bir turi ekanligini bilasizmi?
Qizlar: Bizga buni tarbiyachimiz “Zumradoylar davrasi” to`garagida o`rgatganlar.
Buvi: Shunaqami? Qani unda bilganlaringizni hozir bir namoyish etinglarchi.