Mahmudxo'ja behbudiy padarkush (drama) padarkush yoxud o‘qimagan bolaning holi



Yüklə 94,35 Kb.
səhifə1/10
tarix20.11.2023
ölçüsü94,35 Kb.
#162230
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Padarkush dramasi


MAHMUDXO'JA BEHBUDIY PADARKUSH (DRAMA)
PADARKUSH
yoxud o‘qimagan bolaning holi
(Turkiston maishatidan olingan ibratnoma)
3 parda 4 manzarali, milliy birinchi fojia
QATNASHUVCHILAR
B o y — 50 yashar.
T o sh m u r o d — boyning o‘g‘li, 15—17 yashar.
D o m u l l oyangi fikrlik bir mulla, 30—40 yashar.
Z i yo l i — (ovro‘po libosida), o‘ruscha o‘qug‘on, millatchi musulmon.
X a y r u l l oboyning mirza va mahrami, 18—20 yashar.
T a n g r i q u l — boyning qotili.
D a v l a t ila N o r (bo‘z bolalar) — kissalariga 4 so‘m qadar mayda kerak.
L i z a — rus xotini, qabiha shaklinda.
A r t u n — armani mayxonachi.
P r i s t u f — 2 politseyskiy, 2 qorovul, boyning 3 nafar erkak hamsoyasi.
B o y b u ch ch aboyning xotini, 35—40 yashar.
KERAK NIMARSALAR
Bir la’li shiravor, non, dasturxon, choynak, piyola, chilim.
Mehmonxonaga keraklik gilam, ko‘rpa, yostiq.
Boyni(ng) yotoq asbobi va karavot.
Bir kaltak.
O‘n shisha suv va kivas.
Besh-olti istakon.
Bir sanduq.
Bir hamyon ichida pulg‘a o‘xshag‘an nimarsa.
Bir katta pichoq. 
Bir tapponcha.
Sanduqni ochaturg‘on temur asbob.
Mukammal pristuf libosi.
2 politseyskiy mukammal libosi.
2 qorovul kaltagi.
1 hushtak.
1 shohsaqa.
1 kanob.
1 qo‘l kishani.

BIRINCHI PARDA
Boy mehmonxonada o‘tirar, Xayrullo ila domulla kirar:
— Assalomu alaykum.
BOY. Vaalaykum assalom, marhamat qilsinlar (turib muloqot qilub, domullaga joy ko‘rsatib, o‘ltirur).
DOMULLA. Boy davlatini Ollohi taolo mundan ham ziyoda qilg‘ay (fotiha qilur).
BOY. Nafas(lari)i muborak, inshoolloh, durlari qabuldir.
DOMULLA. Balli, jum’a oqshomi duoni qabul vaqtidir.

Yüklə 94,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin