Laboratoriya ishi-4 Operatsion tizim tarkibi: ichki (o'rnatilgan) va tashqi (utilit-dasturlar). Operatsion tizim buyruqlari. Kompyuterning tashqi qurilmalarini boshqaruvchi dasturlar – drayverlar. Tarmoq operatsion tizimlari. Reja
Laboratoriya ishi-4 Operatsion tizim tarkibi: ichki (o'rnatilgan) va tashqi (utilit-dasturlar). Operatsion tizim buyruqlari. Kompyuterning tashqi qurilmalarini boshqaruvchi dasturlar – drayverlar.Tarmoq operatsion tizimlari. Reja: Tizimli dasturiy ta'minot
Operatsion tizimlarning asosiy funksiyalari, sinflari va turlari.
Tizimli dasturiy ta'minot (Sistem software) - kompyutеrning va kompyutеr tarmoqlarining ishini ta'minlovchi dasturlar majmuasidir. Tizimli dasturiy ta’minot (TDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan:
kompyuterning va kompyuterlar tarmog‘ining ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash;
kompyuter va kompyuterlar tarmog‘i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish.
Tizimli dasturlar ta'minoti deganda avvalo operatsion tizim tushuniladi. Operatsion tizim maxsus dastur, aniqrog’i dasturlar umumiy tizimda jamlashgan bo’lib, u kompyuter qurilmalarining ishini boshqaradi, turli qurilmalarining boshqa dasturlar tomonidan ishlatilishini tashkillashtiradi, bir necha dasturlarning birgalikda ishlashini xotira qurilmalarida ma’lumotlarni saqlanishi, ularning xafvsizligi va butunligi ta’minlaydi.
Tizimli dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan - asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot va yordamchi(xizmat ko‘rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta’minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat ko‘rsatuvchi dasturiy ta’minot aloxida, qo‘shim-cha tarzda olinishi mumkin.
Tizimli dasturiy ta’minot tarkibiy qismlari Asosiy dasturiy ta’minot (baze software) - bu, kompyuter ishini ta’minlovchi dasturlarining minimal to‘plamidan iborat. Ularga quyidagilar kiradi:
- operatsion tizim (OT); - tarmoq operatsion tizimi. Yordamchi (xizmat ko‘rsatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muhitini (interfeysni) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, kompyuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi va boshqa dasturlardir