MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
90
FIZIKA FANI DARSLARIDA “LAZER VA UNING
TURLARI” MAVZUSINI O‘QITISH METODIKASI
Toshpulatova Dilorom
Shahrisabz shahar 23- umumta’lim maktabi
fizika fani o‘qituvchisi +998915508281
https://doi.org/10.5281/zenodo.7219872
Annotatsiya: Maqolada lazer fizikasida lazerlarning tutgan o‘rni va ularning
tuzilishi, uning fizik asoslari, lazerning turlari, fizika fani darslarida “lazer va
uning turlari” mavzusini o‘qitish metodikasi va lazerning nurlanish
qonuniyatlariga oid ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar: fizika,
lazer fizikasi, qattiq jismli lazer, o‘qitish, fizik asoslar,
lazerning turlari, lazerning nurlanishi
Abstract: The article describes the role of lasers
in laser physics and their
structure, its physical foundations, types of lasers, methods of teaching the topic
"laser and its types" in physics classes, and information on the laws of laser
radiation.
Keywords: physics, laser physics,
solid-state laser, teaching, physical
foundations, types of laser,
laser radiation
Аннотация:В статье описаны роль лазеров в лазерной физике и их
структура, ее физические основы, виды лазеров,
методика преподавания
темы «лазер и его виды» на уроках физики, сведения о законах лазерного
излучения.
Ключевые слова: физика, лазерная физика, твердотельный лазер,
обучение, физические основы, типы лазеров, лазерное излучение.
Umumta’lim maktablarida foydalanilayotgan fizika fani dasturida “Lazer va
uning turlari” mavzusiga bir soat ajratilgan. Bu mavzuni o‘quvchilarga batafsil,
keng hajmda tushuntirish uchun lazer fizikasiga
oid labaratoriya jihozlari
deyarli yo‘q yoki еtishmaydi. Shunday bo‘lsada shiddat bilan rivojlanib, tobora
takomillashib fan-texnologiyalar taraqqiy etib borayotgan davrda, texnika asrida
zamonaviy metodlardan, interfaol usulardan va innavatsion texnologiyalardan
samarali foydalanib darslarni va o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish
pedagoglardan yuksak qobiliyat va mahorat talab etadi. “Lazer”, “lazer turlari”
kabi tushunchalarni
bilishi uchun dastlab, o‘quvchilar quyidagi ma’lumotlarni
bilishi zarur: yorug‘lik haqidagi boshlang‘ich ma’lumotar, atom tuzilishi va
tarkibi, Rezerford modelining kamchiliklari, Bor nazariyasining asosiy g‘oyalari,
statsionar holatlar haqidagi postulat, chastotalar haqidagi postulat.
Avvalgi darslarda yuqoridagi mavzular o‘rganilgan so‘ng “lazer va uning