Leksema va uning ma’nolari



Yüklə 4,32 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü4,32 Kb.
#207991
LEKSEMA

Leksema va uning ma’nolari

AKBAROVA NODIRA


Leksema haqida fikr bildirishdan oldin uning lug’aviy ma’nosiga e’tibor qaratish lozim.Leksema (yunoncha. lexis – so’z, ifoda) – til qurilishining leksik ma’no anglatuvchi lug’aviy birligi. Leksema bildiradigan ma’no so’zning material qismi, ma’lum tovush kompleksini ma’lum ob’yektiv voqelikka bog’lash bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun-mundarija.
Leksema

Grammatikada leksema qo’llanilishi

Leksema so’zning grammatik ma’no bildiruvchi qo’shimchalarsiz qismi, tilning lug’at tarkibiga xos birlik. Leksema anglatadigan ma’no, ma’lum tovushlar majmuini muayyan obyektiv voqelikka bog’lash bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun, ya’ni undan anglashiladigan narsa-buyum, voqea-hodisa, belgi-xususiyat leksik ma’no deb ataladi. Ilmiy manbalarda leksik ma’no quyidagi nuqtai nazarlardan turlarga ajratiladi:

  • Yasalish munosabatiga ko’ra
  • Obyektni ifoda etishiga ko’ra
  • Nutqda voqealashishiga ko’ra

Yasalish munosabatiga ko’ra
Yasalish munosabatiga ko’ra leksik ma’no ikki turli bo’ladi:
1) asos ma’no 2) yasama ma’no
Albatta, asos ma’no yasama ma’no ko’p ma’noli so’zlar uchun xos. Obyektni ifoda etishiga ko’ra ham leksik ma’no ikki turga bo’linadi: 1) nominativ ma’no 2) figural ma’no
Leksemaning voqelik bilan bevosita bog’lanmagan, narsa-buyum, belgi, harakatning nomiga aylanmagan ma’nosi figural ma’nodir.
Leksemaning voqelik bilan bevosita bog’lanadigan, narsa-buyum, belgi, harakatning nom bo’lib xizmat qiladigan ma’nosi nominative ma’no deyiladi.

Leksema

Leksema lisoniy birlik sifatida miyaning til xotirasi qismidagi ramzga teng. Leksemadan foydalanishda mana shu ramzdan nusxa olinadi. Nutqda leksemaning o’zi mustaqil namoyon bo’lmaydi, chunki u butunga emas, qismga teng holatda bo’ladi, sintaktik belgi-xususiyat qo’shilganidan keyin butunga aylanadi.


Leksemaning ifoda jihati
Leksemaning ifoda jihati deganda avvalo qaysi til tovushlarining qanday tartibdagi qatori bilan ifodalanishi tushuniladi. Leksemaning ifoda jihati bo’lish vazifasini bajarishi bilan til tovushi fonema mavqeiga ega bo’ladi. Demak til tovushi – tilning tovushlar tizimiga mansub birlik, fonema esa – til birligi tarkibida birlamchi qurilish ashyosi vazifasini bajaradigan til tovushi. Fonema til qurulishidagi alohid bir hodisa, alohida birlik emas, balki til qurilishiga mansub tovushlarning ijtimoiy vazifa bajarish holati xolos. Til tovushiga ijtimoiy vazifasiga ko’ra fonema nomi berilgan. Afsuski, fonema nazariyasi rivojlangan sari til tovushi tilning qurilish birligi sifatida umuman gapirilmaydigan, til birligi deb to’g’ridan – to’g’ri fonema aytiladigan bo’ldi. Aslida til qurilishiga xos birliklar sifatida avvalo til tovushlari tasvirlanadi.

E’tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 4,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin