Korxonalar iqtisodiy faoliyatini boshqarishning zamonaviy usullarida logistikaning roli.
Logistikaning rivojlanish bosqichlari
1.Logistikaning vujudga kelishi va uning predmeti
Logistika - yangi mustaqil fan sohasi. U 60 - yillardan boshlab rivojlanib kelgan. 60 - yillarda marketing konsepsiyasidan bir necha muammolar ajralib chiqdi. Bu muammolar - ishlab chiqarish jarayonini xomashyo bilan ta’minlash muammolari. Bu muammolarning ajralib chiqish sababi ishlab chiqarish, zahira saqlash va tashish harajatlarining sezilarli darajada o‘sib ketishidir. Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish korxonalari sonining ko‘payishi, korxonalararo xo‘jalik aloqalarini ixchamlashtirishni talab qiladi.
Bu yerda asosiy muammo ilmiy tadqiqot mavzui - xomashyo va mahsulotlarning taqsimlanishi va harakati. Shu muammo logistika konsepsiyasi tashkil qilinishining asosiy sababi bo‘lgan.
Jamiyatning yashash asosi ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarishning asosi
xomashyo, tabiiy resurslar. Inson uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar ishlab chiqarish orqali vujudga keladi (kiyim - kechak, oziq - ovqat va boshqalar).
Korxonalar uzluksiz ish olib borishi uchun o‘z vaqtida xomashyo bilan ta’minlanib turilishi, tayyor mahsulot iste’molchilarga o‘z vaqtida yetib borishi zarur. Korxonalarning xomashyo bilan ta’minlanishi, tayyor mahsulot korxonalardan chiqib, iste’molchilarga yetib kelish jarayonlari logistika fani tomonidan o‘rganiladi. Bu logistika fanining asosiy predmeti hisoblanadi. (1- chizma)
Xom- ashyo
Ishlab chiqarish
Mahsulot
Taqsimlash
Almashuv
Iste’mol
Logistika
1-chizma.Logistikharakatningtuzilishi Logistika konsepsiyasini tushunish uchun logistik tizimni davrli tashkil qilishni 2-chizmadan ko‘rsa bo‘ladi.
«Logistika» - grekcha so‘z bo‘lib, hisoblash to‘g‘risidagi fan. Logistikaning vujudga kelish va rivojlanish tarixi harbiy faoliyat bilan bog‘liq. XIX asrning boshlarida yashagan fransuz harbiy mutaxassisi A.G. Djomini logistika bo‘yicha yozilgan birinchi kitobning muallifi hisoblanadi.
Oddiy, noharbiy logistikaning jadal rivojlanishi 70- yillarning boshiga to‘g‘ri keladi. Bu rivojlanish sababini iqtisodchi - olimlar 1972-1974 yillarda ro‘y bergan energetik inqiroz bilan bog‘laydilar. G‘arbiy Yevropa va AQSHda iqtisodiy ahvolning keskinlashishi o‘sib borayotgan inflyatsiya va ishsizlik, ijtimoiy revolyutsion portlash xavfi, iqtisodiy holatni yaxshilash chora - tadbirlarini ishlab chiqishni talab qildi. Bunda mutaxassislar logistika tizimidan foydalanishga majbur bo‘ldilar, chunki logistika - ta’minot, ishlab chiqarish, transport, bozor taqsimlanishi va zamonaviy hisoblash vositalarini jalb qilish integratsiyasining eng samarali usullaridan biri.
So‘nggi 20-30-yillar ichida logistika muammolariga bag‘ishlangan adabiyotlar soni ortib borayapti. Logistika muammolari olimlar, muhandislar, menejerlar, tadbirkorlarning ham e’tiborini o‘ziga tortayapti. Ba’zi rivojlangan mamlakatlarda logistika muammolari davlat darajasida hal qilinadi.
Har yili rivojlangan mamlakatlarda xalqaro va ilmiy anjumanlar, kongresslar o‘tkaziladi. Ularda logistikaning ilmiy va amaliy muammolari muhokama qilinadi. Eng e’tiborli anjumanlardan biri 1989 yil oktabr oyida Parijda o‘tkazildi. Moskvada ham shu vaqtda (1989 y. oktyabr) logistikaga bag‘ishlangan birinchi seminar o‘tkazilgan. Shveytsariyada 14 yil oldin tashkil qilingan Yevropa logistika markazi hozirgi kungacha ishlab turibdi. G‘arbiy Yevropaning ko‘pgina shaharlarida logistika bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan ilmiy va o‘quv markazlari tashkil qilingan. Har bir katta tijorat - sanoat firmalarida logistika bo‘limlari tuzilgan. Hozirgi kunda AQSHda mavjud firmalarning 50 % dan ko‘pi o‘zining ishlab chiqarish va tijorat faoliyatida logistika tamoyillaridan foydalanadi. Jiddiy muhokamalardan so‘ng rivojlanayotgan sobiq Ittifoq respublikalarida ham logistikaga bo‘lgan e’tibor kuchayib boryapti, chunki logistik tizimlar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va transportni bir - biri bilan oqilona bog‘lovchi, integratsiya qiluvchi omil ekanligi aniqlandi.
Logistika tamoyillariga rioya qilishning samarali natijasini quyidagi misol
asosida ko‘rsatish mumkin. Ikkinchi Jahon urushi yillarida Yevropada joylashgan Amerika qo‘shinlarini moddiy - texnika bilan ta’minlashda logistika tamoyillariga rioya qilingan. Shu tufayli, harbiy sanoat majmuasi, transport tizimi va ta’minot bazalari o‘zaro mustahkam bog‘langan, natijada Amerika qo‘shinlari uzluksiz ravishda qurol va harbiy materiallar bilan ta’minlanib turilgan. Shunday murakkab vazifaning muvaffaqiyatli hal qilinishida ilg‘or konteyner va paketlar orqali yuk tashish usuli katta ahamiyatga ega bo‘lgan.