Loyiha biror bino, inshootni barpo etish maqsadida yoki muayyan bir buyumni yaratishga doyr tayyorlangan hujjatlar (hisob-kitoblar, chizma, maketlar) majmui
Glossariy
Loyiha — biror bino, inshootni barpo etish maqsadida yoki muayyan bir buyumni yaratishga doyr tayyorlangan hujjatlar (hisob-kitoblar, chizma, maketlar) majmui.
Loyihalash — moʻljallangan obʼyektlar (apparat va asboblar, bino va inshootlar, yoʻl va koʻpriklar, mashina va jihozlar, samolyot va kosmik kemalar, radiopriyomnik va televizorlar, telefon va kompyuterlar, kiyim-bosh va poyabzallar, mebellar hamda boshqa turli-tuman mahsulotlarning yangi xillari va namunalari)ni qurish va yaratish uchun ularning loyihalarini tuzish va chizish jarayoni.
Maket (ital. macchietta — xomaki loyiha) — meʼmorlikda loyihalanayotgan yoki mavjud inshoot, ansambl, meʼmoriy majmuaning kichraytirilgan hajmda tayyorlangan nusxasi.
Reja — biror ishni yoki muayyan dasturni tartibi bilan oʻz vaqtida bajarish uchun oldindan belgilab olingan aniq yoki taxminiy moʻljal .
Jarayon — biron narsaning rivojlanishida hodisa, holatlarning birin-ketin almashinuvi; biron-bir natijaga erishish uchun boʻladigan ketmaket harakatlarning majmui (maye, ishlab chiqarish J.i); sudda ishni koʻrish tartibi, sud ishini yuritish; sud majlisi, muhokama.
Qurilish biror inshootni tayyorlash jarayoni, shuningdek shunday jarayon ketayotgan joydir. Qurilish murakkab jarayon boʻlib, unda bir necha vazifalar amalga oshiriladi.
Rejalashtirish — milliy iqtisodiyotning turli darajalarida (mikrodarajada — korxonalar va ularning ayrim boʻlinmalari, shuningdek, korxonalar guruhlari, tarmoklar, sektorlar va mintaqalar miqyosida; makrodarajada — mamlakatning butun iqtisodiyoti miqyosida) ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarni tartibga solish va boshqarish shakllari.