I. Glossariy qanday yoziladi?



Yüklə 403,53 Kb.
səhifə1/2
tarix27.05.2022
ölçüsü403,53 Kb.
#59777
  1   2
Mustaqil ishga yo\'roqnoma


I. Glossariy qanday yoziladi?
1.Qanday qilib mukammal glossariy yaratish mumkin(mi).?
A) Matnni taqdim eting (lekin bu glossariy qismi hisoblanmaydi, deylik matn 3,4 yoki 5.... bet BO’LSA HAM, GLOSSARIY 1 BET BO’LISHI KERAK).
B) Atamalar takrorlanmaganligini tekshiring. .
C) Atamalar ortiqcha bo'lmasligi kerak. (5-6ta o’rtacha ko’pi bilan 10 ta )
D) Atamaga ijodiy ta'rif bering (15-20 ta so’z bilan ko’pi bilan).
E) Grammatik xatolarsiz (Times New Roman 14 shriftda 1.0 satr oralig’ida, hajmi kamida 1 bet bo’lsin. WORDda bajaring, PDF yoki boshqa variantlar qabul qilinmaydi!!!)
F) Bu mustaqil ishingiz - Ijodiy ish sanalib, plagiatga aslo yo’l qo’yilmaydi.

2. Glossariyni faqat guruh sardoriga yoki alohida telegramm guruhi (masalan PPS, BTS, MTS, RTA 101- fiziologiya deb boshqa guruh oching)ga tashlang.


3. Ustozlarni lichkasiga (shaxsiy sahifasiga HECH QACHON VA HECH NARSA YOZMANG) – “bir ko’rib bering”, “namuna bo’lsa tashlab bering”, “oxirgi muddati qachon”, “to’g’ri bajardimmi?”, “ kamchiligi bo’lsa ayting” ..... va shunga o’xshash xabarlarni jo’natmang!!!


4. Agar guruhda sizni F.I.O chiqmagan bo’lsa, marketing yoki o’quv bo’limiga bog’laning. Har bir fan ustoziga ro’yxatni ular taqdim qilishgan, ya’ni hamma o’z qilgan ishiga shaxsan mas’ul hisoblandi.


5. Profi University xususiy universiteti Ilmiy kengashiningTalabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish va nazorat qilish”


TARTIBI to’g’risidagi qarorning ayrim bandlarini eslatib o’tamiz.

1.9. Mustaqil ish topshiriqlari va uni bajarish muddatlari elektron platformada qat’iy belgilanadi. Uzrli sabablarsiz mustaqil ishni bajarish muddatini o‘tkazib yuborgan talabaning o‘quv faoliyati natijalari tekshirilmaydi va baholanmaydi. Uzrli sabablar esa, dekanat (registrator ofis) tomonidan o‘rganib chiqilishi, dekan rezolyutsiyasi bilan inobatga olinishi hamda topshiriq bajarilishi uchun yakuniy nazorat o‘tkazilishiga qadar qayta topshirish muddati belgilanishi mumkin.


1.10. Mustaqil ta’lim bo‘yicha o‘quv faoliyati natijalari baholanmagan talaba yakuniy nazoratlarga kiritilmaydi.
1.13. Talaba mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda akademik va etik talablarga rioya etishi (plagiatga yo‘l qo‘ymaslik, professor-o‘qituvchilar, talabalar bilan tolerant munosabatda bo‘lish, kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash, mas’uliyatlilik) shart.
1.16. Talaba tomonidan elektron tizim(platforma, ya’ni HEMIS)ga yuklangan mustaqil ish topshiriqlari aniq belgilangan muddatda professor-o‘qituvchi tomonidan tekshirilishi va natijasi talabaga ma’lum qilinishi shart.
(Eslatma: muddat tugashiga 3-4 kun qolganda mustaqil ishingizni to’ilq yuklang, agar oxirgi kunlargacha cho’zib yuborsangiz, server va ustozlarga yuklama haddan ziyod oshib ketib, USTOZLARDA FIZIK JIHATDAN TEKSHIRISHGA VAQT YETMAYDI).

Yüklə 403,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin