2-seminar mashg’uloti Mavzu: Hamkorlikda, jamoada, komandada, kichik guruhlarda, juftlikda o’qitish Ishning maqsadi



Yüklə 95,5 Kb.
səhifə1/4
tarix26.06.2022
ölçüsü95,5 Kb.
#62342
  1   2   3   4
2-seminar mashg'uloti


2-seminar mashg’uloti
Mavzu: Hamkorlikda, jamoada, komandada, kichik guruhlarda, juftlikda o’qitish
Ishning maqsadi: Talabalarda ma’ruzada olingan bilimlarni mustahkamlash, Informatika fanlarini o’qitishda Hamkorlikda, jamoada, komandada, kichik guruhlarda, juftlikda o’qitish texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmasini hosil qilish.
Kutilayotgan natija:

  • Informatika fanlarini o’qitish hamkorlikda o’qitish ko’nikmalarini hosil qilish.

  • Hamkorlikda, jamoada, komandada, kichik guruhlarda, juftlikda o’qitishini izoxlaydi, hamkorlikda, jamoada, komandada, kichik guruhlarda, juftlikda o’qitishini o’rganadi, bajarish lozim bo’lgan vazifalarni aniqlaydi, berilgan topshiriqni bajarib, taqdimot tayyorlaydi..

Kerakli jihozlar: Kompyuter, proyektor, electron doska, darslik, ko’rgazmali materiallar, tarqatma materiallari, topshiriqlar.


AMALIY TOPSHIRIQLAR:



  1. Hamkorlikda, jamoada, komandada, kichik guruhlarda, juftlikda o’qitish.

  2. Mavzuga doir tarqatma material tarqatiladi.

  3. Tarqatma materialda keltirilgan ma`lumotlar o’rganilib, berilgan topshiriqni bajarish.



Nazariy qism
1. Hamkorlik guruhlari kam sonli bo’lishi kerak. Guruh qanchalik kichik bo’lsa shunchalik har bir o’quvchi mas`uliyatliroq bo’ladi.
2. Har bir guruh a`zosining bilimini individual tartibda tekshirish lozim.
3. Davriy tartibda tanlab (oralatib) og`zaki so’rovlar o’tkazish foydali, bunday paytda o’quvchilar guruh a`zolari yoki butun sinf oldida guruh ishi haqida gapirib beradilar.
4. Barcha guruhlar ishini kuzatib borish va guruh a`zosining umumiy mehnatda ishtirok etgan hamma holatlarini qayd etish kerak.
5. Har bir guruhda «nazoratchi» bo’lishi kerak, u har bir guruhdoshidan nima uchun guruh berilgan savolga boshqacha emas, aynan shunday javob berganligini tushuntirib berishni so’rashi mumkin.
Ta’limning jamoa usuli (jamoa ta’limi) — o‘quvchilarning bir-birini o‘qitish shakli. Har bir o‘quvchiga yangi dars mavzusi bo‘yicha bir varaqdan kam bo‘lmagan hajmdagi ilmiy matn yoki maqolani qayta so‘zlab berish va hamma savollarga javob bera olish darajasida o‘rganish topshiriladi. Har bir o‘quvchi navbatma-navbat bir necha o‘quvchi bilan bittadan abzatsni, misolni, savolni o‘zaro muhokama qilib, o‘zlashtiradi. So‘ngra kichik guruh yoki butun sinf oldida so‘zlab beradilar va o‘qituvchining savollariga javob qaytaradilar, yozma bayon qilishlari ham mumkin. Bu usulni qo‘llash jarayonida yakka va guruhli ta’lim shakllari ham amalga oshiriladi.
Jamoaviy o’qtish usullari quyidagi tamoyillarga rioya qilishni talab qiladi:
1. O’zgarib turadigan talabalar juftligi bo’lishi;
2. Ularning bir-birini o’qitishi;
3. O’zaro nazorat;
4. O’zaro boshqaruv.

Yüklə 95,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin