Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toskent
axborot tenalogiyalari
unversiteti
Mustaqil ish-4
Guruh: DI 11-22
Fan nomi: Dasturlash 2
Bajardi: Abdurashidov E
Qabul qildi: Xudoyorov L
Qarshi 2023
1. Visual C++ muhitida dasturlash.
2. Visual C++ muhitida menyular va uskunalar paneli.
3. Komponenta tushunchasi va xususiyatlari.
4.Standart, Additional, System komponentalari.
5.Visual C++ muhitida muloqot oynalari va ularni sozlash, boshqarish elementlari.
VISUAL C++ MUHITIDA DASTURLASH.
Ushbu mavzuda Integrallashgan ishlab chiqarish muhiti, ularni yaratilish tarixi, rivojlanish bosqichlari, Yagona tilli va ko‘p tilli integrallashgan muhitlar, Visual Studio variantlari va imkoniyatlari, .NET frameworkning imkoniyatlari, Visual C++ da Windows ilovalarni yaratish, Muhitda menyular va uskunalar paneli, Form xususiyatlari va hodisalaridan foydalanish bo‘yicha nazariy hamda amaliy namunalar keltirilgan bo‘lib, nazariy bilimlarni asoslash uchun dasturlar tuzib ko‘rsatilgan. Bilimlarni mustahkamlash uchun 30 ta nazariy savol va amaliy ko‘nikma va malakalarni rivojlantrish uchun 10 ta assisment topshirig‘i berilgan. Bu topshiriqlarni bajarish mavzuni mustahkamlash uchun xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar. IDE, Visual C++, user interface, OYD, .NET, (plug-ins, add-ins, add- ons, abstrakt Windows Toolkit (AWT), MSDN, Visual Studio Interdev-ASP (Active Server Pages), GUI, ilova, loyiha, Windows Forms application, .NET Framework, Buyruqlar va asboblar paneli, Form xususiyatlari, hodisalari, MessageBox.
Bilish shart bo‘lgan tushunchalar. Tip tushunchasi, sinf va sinf ob’ekti, funksiya va ko‘rsatkich, kutubxona yaratish va dasturlashga oid dastlabki tushunchalar hamda C++ tilini qo‘llab quvvatlovchi muhitda ishlashni bilish lozim.
Bilib olasiz. Visual C++ muhitida dasturlash, integrallashgan ishlab chiqarish muhiti, toolkit, toolbox, Integrallashgan muhitlar tarixi, Turbo muhitlar, GNU Emacs, Ob’ektga yo‘naltirilgan til, Team Foundation Server (TFS), kengaytmalarni ishlab chiqish mexanizmi (plug-ins, add-ins, add- ons), Yagona tilli va ko‘p tilli integrallashgan muhitlar, NetBeans integrallashgan muhiti, Java dasturlash haqida, Microsoft Visual C++, ASP texnologiyasi, Visual C++ da Windows ilovalarni yaratish, Muhitda menyular va uskunalar paneli, Buyruqlar va uskunalar paneli, MS Visual Studio muhitining interaktiv tugmalari, Form xususiyatlari va hodisalari, MessageBox sinfining show funksiyalarini o‘rganishingiz mumkin. Dastaval integrallashgan ishlab chiqarish muhitining ilovalari tushunchasi, uning model xususiyatlari, rivojlanish tarixi, ularning eng ko‘p ishlatilganlari bilan tanishish lozim.
Integrallashgan ishlab chiqarish muhiti (Integrated development environment - IDE) - dasturni ishlab chiqish hayot siklining barcha asosiy funksiyalarini qo‘llab-quvvatlovchi umumiy interaktiv grafik qobig‘iga ega bo‘lgan dasturlarni ishlab chiqish va tekshirish vositalari majmui, dastur matnini (kod) yozish va tahrirlash, kompilyatsiya, bajarish, xatolarni tuzatish, profilaktika va boshqalarni bajarish imkoniyati beradi.
Integrallashgan muhitdan foydalanish dastur ishlab chiqishning mumkin bo‘lgan yondashuvlaridan biridir. Shu bilan bir qatorda, UNIX tizimining oldingi an’anaviy yondashuvi, funksionallik bilan bog‘liq bo‘lgan vositalar (toolkit, toolbox) to‘plamidan foydalanishga asoslangan, lekin Integral interaktiv muhitga va ba’zan (UNIX tizimining dastlabki versiyalarida) buyruq satri rejimida (buyruq satri interfeysi) amalga oshirilgan. Albatta, Integrallashgan muhitdan foydalanish ishlab chiquvchi uchun ancha qulay bo‘lib, u 1980-yillardan boshlab Integrallashgan muhitlarning jadal rivojlanishi va turli tumanligini izohlaydi.
Birinchi integrallashgan muhitlardan biri borlandning Turbo Paskalidir, 1980-yillar o‘rtalarida Niklaus Wirth va uning talabasi Filip Kahn tomonidan ishlab chiqilgan.
Microsoft zamonaviy integrallashgan muhitning eng yaxshi namunalaridan bo‘lgan Visual Studio ni yaratish va rivojlantirish orqali Integrallashgan muhitlarning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Uning yangi versiyasi juda ko‘p va oxirgisi, Visual Studio 2019, amma keyinchalik Visual Studio 2012 muhitida S++ tilidan foydalanamiz.
Dostları ilə paylaş: |