Magistrlik dissertatsiyasi annotatsiyasi mavzuning dolzarbligi



Yüklə 17,04 Kb.
tarix06.09.2023
ölçüsü17,04 Kb.
#141724
Magistrlik dissertatsiyasi annotatsiyasi mavzuning dolzarbligi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYA INSTITUTI

Fakultet – Oziq ovqat mahsulotlari texnologiyasi, Magistratura bo’limi
Kafedra – Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv
O’quv yili – 2020-2022

Magistratura talabasi – To’raqulov A.S
Ilmiy rahbar – Akromxodjayev Y.T.
Ilmiy maslahatchi – Norqobilov A.T.
Mutaxassisligi – 5A311001 –Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (kimyo, neft-kimyo va oziq-ovqat sanoati)

« Muhandislar uchun dasturlashga kirish о‘quv kursining axborot-metodik ta’minoti tarkibida elektron ta’lim resursini ishlab chiqish» mavzusidagi


MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI
Mavzuning dolzarbligi. О‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalarida mazkur sohaning sifatini va mazmunini oshirish, jahon ta’lim makoniga integratsiya qilishga qaratilgan yangi ta’lim standartlariga о‘tish jarayoni jadal amalga oshirilmoqda. Bu esa, о‘z о‘rnida, keyinchalik ilmiy-tadqiqot ishlar qamrovini kengaytirish va ilmiy imkoniyatlarni oshirishga kо‘mak beradi.
Ishning maqsadi va vazifalari. Oliy ta’lim sifatini ta’minlash bо‘yicha xalqaro tajribalardan kelib chiqib, xususan aralash ta’lim (Blended learning) konsepsiyasidan foydalanib, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladigan modellar asosida OTMda о‘quv jarayonini tashkillashtirish bо‘yicha tegishli xulosa, takliflar va “Muhandislar uchun dasturlashga kirish” fani bo’yicha elektron ta’lim resursini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot usullari: Elektron ta’lim resurslari va ilg‘or xorij tajribasidan kelib chiqqan holda OTMda ta’lim sifatini ta’minlash mexanizmini yaratishda aralash ta’lim konsepsiyasidagi g‘oyalar asosida yondashish amalga oshiriladi.
Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi. Dissertatsiya ishi natijasi sifatida Moodle, HEMIS tizimida tanlangan fanning mukammal elektron resursi ishlab chiqilib, talabalar o’qitilishida tajriba sinovlari amalga oshirilgan. Shuningdek, ushbu fan uchun INPR shartli nomli android operatsion tizimi uchun mo’ljallangan elektron ta’lim resursi ishlab chiqilgan.
Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi va hajmi: Dissertatsiya kirish, asosiy qism, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat. Jami ___ sahifani tashkil etadi.
Xulosa va takliflarning qisqacha umumlashtirilgan ifodasi: Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni rivojlantirish bo’yicha mavjud qonunchilik hujjatlari, kredit-modul tizimi sharoitida talabalar mustaqil ta’limi va masofaviy ta’limni olib borishdagi muammolar, COVID19 pandemiyasi sharoitida masofaviy ta’lim ustida olib borilgan sinov-tajriba va kuzatuv natijalari asosida elektron resurs ishlab chiqilgan. Ushbu resursda talabalar tomonidan tuzilgan dasturlarni sinash, interaktiv savollarda ishtirok etish, fanning mavzulari bo’yicha so’rovnomalarda qatnashish, kichik guruh bo’lib mavzularni muhokama qilish kabi imkoniyatlar mavjud.

‎‎Ilmiy rahbar:

___________________
Imzo

Ilmiy maslahatchi:

____________________
Imzo

‎‎Magistratura talabasi:

___________________
Imzo

Yüklə 17,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin