23
Aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish, oilalarga
psixologik xizmat qilish
oilaviy hayotida turli
muammolarni xis qilayotgan, og‘ir
turmush sharoitiga
tushib qolgan, ota-ona va farzand, er va xotin, qaynona va kelin va oilaning
boshqa a’zolarining o‘zaro va shaxslararo
munosabatlarida muammoli
vaziyatlarga duch kelib qolgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatishdan
iborat. Albatta bunday holatlarda aholiga psixologik yordam ko‘rsatish o‘z-
o‘zidan bo‘lavermaydi.
Psixologik xizmatni tashkil qilish, uni amalga oshiruvchi xodim shaxsi va
uning professional etik jihatlari nimalardan iborat? Aholi o‘rtasida
psixologik
xizmatni tashkil qilish, fuqarolar o‘rtasida psixologik xizmatni amalga oshirish,
muassasalarning tegishli lavozimlariga
nomzodlarni qidirib topish,
ulardan
munosiblarini tanlab olish va bu borada amaliy psixodiagnostikadan o‘rinli
foydalanish - o‘ta muhim, mas’uliyatli hisoblanadi. Bu ish o‘ziga xos maxsus
ma’lumot, kasbiy mahorat talab qiladi. Chunki, bu o‘rinda
gap inson taqdiri,
xalq manfaatlari, yurt kelajagi ustida boradi.
Oilaga yordamni har xil soha egalari beradilar. Bularga seksologlarni,
xuquqshunoslarni, psixologlarni, psixiatrlarni, narkologlarni, pedagoglarni va
sh.k. kiritamiz. Hozirgi vaqtda oila va oilaviy munosabatlar haqida bilim berish
muhim vazifalardan biri bo‘lib turibdi. Bunday vazifani oilaga psixologik xizmat
ko‘rsatish markazlari va boshqa shu sohaga kiruvchi yo‘nalishlar bajarishi
lozim. Bu jarayonda psixologik maslaxat berish o‘z oldidagi masalalarni hal
qilishda katta qiyinchiliklarga to‘g‘ri kelayapti. Psixologik xizmatni bir xil
24
tushunib bo‘lmaydi. Uning ikkita umumiy bo‘lgan ta’rifi mavjud. Ularda
psixologik xizmatni vazifalari va muammolarni yechish yo‘llari ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: