Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

 
 
 
 
 
OILA PSIXOLOGIYASI YO‘NALISHI BO‘YICHA
NAZARIY 
MASHG‘ULOTLAR MATERIALLARI. 
1-MAVZU: OILAGA PSIXOLOGIK XIZMAT KO‘RSATISH. HOZIRGI 
ZAMON OILASINING ASOSIY FUNKSIYALARI 
Reja

1. 
Psixologik xizmat nima? Aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish, 
psixologik xizmatni tashkil qilish, psixodiagnostika va uning tamoyillari. 
2. 
Aholiga psixologik xizmat ko‘rsatuvchi xodimning axloqiy - etik 
me’yorlari.
 
Oila psixologining etik kodeksidan na’munalar. 
3. 
Oilaning iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekreaktiv, kommunikativ, 
regulyativ (boshqaruv) funksiyalari. 
Tayanch iboralar: 
Psixologik xizmat, o‘zini-o‘zi tushunish, bilish, 
anglash, o‘z-o‘ziga va atrofidagilarga nisbatan bo‘lgan munosabatlar, 
psixodiagnostik tamoyillar, amaliyotchi psixologning etik kodeksi. 
Ma’lumki, hozirgi vaqtda keng jamoatchilik orasida psixologiya haqida, 
psixologik xizmat haqida ko‘p gap yuritiladi. Xo‘sh, psixologik xizmat nima? U 
qanday yo‘nalishlarda olib boriladi? 
Psixologik xizmat
, aholiga, u yoki bu jamoa a’zolariga, 
ayniqsa oilalarga, uning a’zolariga o‘zlarining psixologik 
muammolarini yechish, o‘zini-o‘zi tushunish, bilish, anglash, o‘z-
o‘ziga va atrofidagilarga nisbatan bo‘lgan munosabatlarini to‘g‘ri 


23
Aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish, oilalarga psixologik xizmat qilish 
oilaviy hayotida turli muammolarni xis qilayotgan, og‘ir turmush sharoitiga 
tushib qolgan, ota-ona va farzand, er va xotin, qaynona va kelin va oilaning 
boshqa a’zolarining o‘zaro va shaxslararo munosabatlarida muammoli 
vaziyatlarga duch kelib qolgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatishdan 
iborat. Albatta bunday holatlarda aholiga psixologik yordam ko‘rsatish o‘z-
o‘zidan bo‘lavermaydi.
Psixologik xizmatni tashkil qilish, uni amalga oshiruvchi xodim shaxsi va 
uning professional etik jihatlari nimalardan iborat? Aholi o‘rtasida psixologik 
xizmatni tashkil qilish, fuqarolar o‘rtasida psixologik xizmatni amalga oshirish, 
muassasalarning tegishli lavozimlariga nomzodlarni qidirib topish, ulardan 
munosiblarini tanlab olish va bu borada amaliy psixodiagnostikadan o‘rinli 
foydalanish - o‘ta muhim, mas’uliyatli hisoblanadi. Bu ish o‘ziga xos maxsus 
ma’lumot, kasbiy mahorat talab qiladi. Chunki, bu o‘rinda gap inson taqdiri
xalq manfaatlari, yurt kelajagi ustida boradi. 
Oilaga yordamni har xil soha egalari beradilar. Bularga seksologlarni, 
xuquqshunoslarni, psixologlarni, psixiatrlarni, narkologlarni, pedagoglarni va 
sh.k. kiritamiz. Hozirgi vaqtda oila va oilaviy munosabatlar haqida bilim berish 
muhim vazifalardan biri bo‘lib turibdi. Bunday vazifani oilaga psixologik xizmat 
ko‘rsatish markazlari va boshqa shu sohaga kiruvchi yo‘nalishlar bajarishi 
lozim. Bu jarayonda psixologik maslaxat berish o‘z oldidagi masalalarni hal 
qilishda katta qiyinchiliklarga to‘g‘ri kelayapti. Psixologik xizmatni bir xil 


24
tushunib bo‘lmaydi. Uning ikkita umumiy bo‘lgan ta’rifi mavjud. Ularda 
psixologik xizmatni vazifalari va muammolarni yechish yo‘llari ko‘rsatilgan. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin