Majolis un-nafois



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix10.06.2023
ölçüsü1 Mb.
#128064
  1   2   3   4
majolis-un-nafois-asarida-qo-llanilgan-qarindoshlik-nomlari-hamda-ularning-semantik-tahlili



444 
“Majolis un-nafois” asarida qo‘llanilgan qarindoshlik nomlari hamda 
ularning semantik tahlili. 
Iskandarova Sharifa Madaliyevna, Farg‘ona davlat universiteti professori,
filologiya fanlari doktori 
Jo‘rayeva Nigora Bahtiyor qizi, Namangan davlat universiteti magistranti 
 
Annotatsiya: Maqolada shaxs nomlari, xususan, qarindoshlik nomlari haqida so‘z 
yuritiladi. Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasida qo‘llanilgan 
qarindoshlikni ifodalovchi shaxs nomlari tahlilga tortiladi.
Kalit so‘zlar: shaxs nomi, sema,umumiy sema, differensial sema, semantika.  
Turkiy tillardagi qarindoshlikni ifodalovchi leksemalar va ularning tavsifiga 
bag’ishlangan bir qator ilmiy ishlar, monografiyalar va ayrim maqolalar e’lon qilingan. 
Lekin mazkur ishlarda qarindoshlik terminlari yo‘l-yo‘lakay tahlil qilinib, etnografik 
nuqtai nazardan tadqiq etilgan. O‘zbek tilidagi qarindoshlik terminlarining leksik-
semantik xususiyatlarini tavsif qilishga bag’ishlangan I. Ismoilovning monografiyasida
100
ham, avvalgi ilmiy ishlardagidek qarindoshlik terminlarining tavsifi va leksik-semantik 
xususiyatlari, kontekstda anglatgan ma‘nolari tahlil qilingan, xolos. Shuningdek M. 
Saidovaning nomzodlik dissertatsiyasida
101
o‘zbek tili va uning shevalarida amal 
qilayotgan rang-barang va juda qadimiy tarixga ega bo‘lgan, ammo hali sof lingvistik 
jihatdan tadqiq qilinmagan qarindoshlik terminologiyasining qiyosiy tarixiy genezisini 
Namangan shevalari asosida o‘rganiladi. Ushbu ishda qarindoshlik nomlariga faqatgina 
termin sifatida qaraladi va ikkiga bo‘lib tahlil qilinadi: 
- Sof qon-qarindoshlik va nikohgacha bo‘lgan qarindoshlik terminlari; 
- Nikohdan keyin paydo bo‘lgan va quda-andachilik asosidagi qarindoshlik 
terminlari. 
100
Исмоилов И. А. Туркий тилларда қавм-қариндошлик терминлари. Тошкент, Фан. 1966.
101
Саидова М. Ш. Наманган шеваларидаги қариндошлик терминларининг лексик-семантик таҳлили. Филол. фан. 
номз... дисс. автореф. – Тошкент, 1995. – 21 б.


445 
Bunda ularning turli variantlari, tarixiy genezisi, boshqa xalqlar ijtimoiy tuzumida 
qo‘llanilish shakli, ularning leksik-semantik xususiyatlari hamda jahon tilshunosligi bilan 
o‘xshash va farqli tomonlarini o‘zaro solishtirib, aynan Namangan shevalarida mavjud 
bo‘lgan qarindoshlik nomlari terminologiyasi aks etadi. Bizning tadqiqot ishimizda esa 
faqatgina Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” asarida qo‘llanilgan qon-qarindoshlik 
ma‘nosini ifodalovchi shaxs nomlarining semalariga e’tibor qaratiladi.
Qarindoshlik terminlari haqida gap ketar ekan, shuni ta‘kidlash joizki, 
qarindoshlik ma‘nosini ifodalovchi leksemalarning yaratilish davri juda qadim ibtidoiy 
jamoa tuzumi davrlariga borib taqaladi. Davr mahsuli sifatida qarindoshlar orasidagi 
munosabatlarni ifodalab keladi.
Tildagi har qanday leksema muayyan shakl va mazmunning o‘zaro leksik-semantik 
munosabatidan iborat murakkab struktura bo‘lib, uning ma‘no tuzilishida bir qancha 
komponentlar o‘zaro birlashadi. Masalan, Ota, xotun, nabira, yigit, shoir, olim, bitikchi, 
qozi kabi so‘zlar o‘ta umumiy, keng miqyosli, semantik komponenti jihatidan “shaxs” 
semasiga ega. Aynan shu arxisema asosida kategorial sema “ot turkumiga mansublik” 
yuzaga kelsa-da, mazkur so‘zlarning barchasida qarindoshlik semasi mavjud emas. 
“Qarindoshlik” semasi ota, xotun, nabira leksemalaridagina mavjud. Bundan ko‘rinib 
turibdiki, har qanday leksema nominativ va semantik jihatdan murakkab kategoriya 
bo‘lib, uni turli tomonlama sinchiklab o‘rganish kerak. 
Hozirgi o‘zbek tilida qon-qarindoshlik terminlari ikki katta gruppaga bo‘linadi: 
1. Qon-qarindoshlik terminlari. 
2. Nikohdan keyin paydo bo‘lgan qarindoshlik terminlari
102

Soddaroq qilib olganda bunday leksemalar bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan 
qon-qarindosh sifatida nomlashini inobatga olib, ularni nigohgacha bo‘lgan shaxs 
nomlari va nigohdan keyin paydo bo‘lgan shaxs nomlari sifatida guruhlansa to‘g’ri 
bo‘lar edi. 
Bunday leksemalar strukturasiga ko‘ra ham ikki turga ajratiladi: 
102
Исмоилов И. А. Туркий тилларда қавм-қариндошлик терминлари. Тошкент, Фан. 1966, б-10-11. 


446 
1. Sodda(tub) – bir asosdan iborat leksemalar. Masalan, ota, o‘g’il, ona. 
2. Qo‘shma – ikki asosdan iborat leksemalar. Masalan, qayinota, amakizoda. 
“Majolis un-nafois” asarida qon-qarindoshlikni ifodalovchi leksemalar miqdor 
jihatidan juda kam. Asarda Ota, er, farzand, o‘g’il, ini, og’o, ini, nabira, xotun, ona, 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin