Majolis un-nafois



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix10.06.2023
ölçüsü1 Mb.
#128064
1   2   3   4
majolis-un-nafois-asarida-qo-llanilgan-qarindoshlik-nomlari-hamda-ularning-semantik-tahlili

volida, amakizoda kabi qarindoshlik ma‘nosini ifodalovchi shaxs nomlariga duch keldik. 
Qarindoshlik nomini ifodalagan leksemalarni bir-biriga qiyoslash orqali ularning 
umumiy va xususiy semalarini farqlash mumkin. 
Asardagi qarindoshlik semasi asosida birlashuvchi shaxs nomlarini o‘rganar 
ekanmiz, ayol jinsiga oid leksemalar juda kamligining guvohi bo‘lamiz. Buni asar 
yozilgan davr ijtimoiy muhitida erkaklar asosiy rol o‘ynagani hamda yozuvchi tomonidan 
aynan erkak jinsiga mansub shaxslar haqida ma‘lumot berilgani, ularning ahllariga 
alohida to‘xtalib o‘tilmaganini sabab qilib ko‘rsatishimiz mumkin. 
Qon-qarindoshlik nomlari sistemasini aniqlash maqsadida o‘chov asosi qilib 
abstrakt “men” tushunchasi olinadi va qarindoshlik munosabatlari mana shu “men”ga 
nisbatan aniqlanadi
103
. Asardagi qarindoshlik nomlarining semantikasini ochishda M. 
Narziyevaning qon-qarindoshlik terminlari guruhlanishini asos qilib oldik. 
Yosh xarakteristikasiga ko‘ra “men” bilan quyidagi munosabatda: 
- “men”dan katta(ota, ona, aka) 
- “men”dan kichik(o‘g’il, nevara) 
- neytral(amakizoda) 
Avlodga mansubligiga ko‘ra bu so‘zlarni ayni bir avlod, birinchi avlod, ikkinchi avlod 
ajratish mumkin. Bunda ota, ona – ayni bir avlod, o‘g’il, farzand – birinchi avlod, nabira 
– ikkinchi avlod qatorida bo‘ladi. 
Qon-qarindoshlik nomlari o‘zlarining jins ifodalash ma‘nosiga ko‘ra erkak, ayol, 
neytralga bo‘linadi. Ushbu ma‘noda ota – erkak, ona – ayol, nabira, amakizoda, farzand 
103
М. Нарзиева Қон-қариндошлик номларининг компонент таҳлили // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1986. – 
№ 5. – Б. 


447 
esa neytral holda bo‘ladi. Oxirgi uchta leksemada ularning jinsi mavhum bo‘ladi va atoqli 
ot bilan birga kelgandagina ularni ayol yoki erkak jinsiga mansubligi oydinlashadi. 
Qarindoshlik munosabatlarini ikki turga: bevosita va bilvositalarga ajratish mumkin. 
Bevosita qarindoshlikni ayni bir va birinchi avlod qarindoshlik nomlari(ota, ona; aka, 
o‘g’il) tashkil etadi. Bilvosita semasi bevosita qarindoshlar orqali qarindoshlikni 
ifodalovchi so‘zlarga xosdir(nevara, amakizoda). 
“Majolis”da qarindoshlik nomlaridan ota leksemasi juda ko‘p o‘rinlarda uchraydi. 
Navoiy ko‘plab shoirlarning otasi kim ekanligi yoki kimning farzandi ekanligiga alohida 
to‘xtalib o‘tadi va ular haqida qisqacha ma‘lumot beradi. 
Mavlono Osafiy — otasi podshohi zamonning vazorat devonida muhr bosibdur va 
oʻzining tab’i ta‘rif qilgʻucha bor va hofizasi ham bagʻoyat xubdur(MN. -bet)
 
Ota – o‘zbek va boshqa turkiy tillarda ayrim fonetik farqlari bo‘lasa-da, bir 
ma‘noda qo‘llaniluvchi leksemadir. Qon-qarindoshlik termini sifatida turkiy tillarda 
bolasi bor yoki biror shaxsning bolasini asarab olgan shaxs(erkak)ga nisbatan aytiladigan 
termindir
104
. O‘zbek tilining izohli lug’atida esa ota so‘zi quyidagicha izohlanganini 
ko‘ramiz. 
Ota – 1.Farzandli, bola-chaqali er kishi(o‘z bolalariga nisbatan). 
2.El-yurtga boshchilik qiluvchi, yoshi yoki mansabi ulug’ zot. 
Qarindoshlikni ifodalovchi leksemalar bevosita va bilvosita “men”ga qiyoslangan holda 
ajratiladi. Demak, ota leksemasi “oilali”, “farzandli”, “yoshi katta”, “qarindosh”, “qon-
qarindosh(“men”ga nisbatan nigohgacha bo‘lgan qarindosh)”, “bevosita qarindosh”, 
“ayni bir avlod”, “oila boshlig’i”, “ta‘minotchi”, “erkak kishi” kabi semalarga ega. 
Bundan tashqari ota leksemasining yana bir nechta ko‘chma ma‘nolariga ham 
to‘xtalingan. Otasining ishini davom ettirish ma‘nosida – ota kasb, yoshi ulug’larga 
murojaat shakli, o‘g’il farzandlarni erkalatish uchun qo‘llash, ayoli tomonidan eriga 
murojaat-otasi shaklida, ko‘chma ma‘noda biror harakatga asos solgan kishi va mehribon 
104
Исмоилов И. А. Туркий тилларда қавм-қариндошлик терминлари. Тошкент, Фан. 1966. 28-б.


448 
boshliq sifatlarida ham izohlab ketilgan. Bu leksemaning keyingi semalari faqatgina 
kontekstda boshqa so‘zlar bilan birgalikdagina yuzaga chiqadi. Alohida leksema bo‘lib 
ajralganda bu semalarni izohlash biroz mushkul. 
Qon-qarindoshlikni ifoda qiluvchi leksemalar asosan oilaviy muhitni aks ettirishga, 
shaxsni oiladagi o‘rnini ochishga xizmat qiladi. Ana shunday qarindoshlik nomlaridan 
yana biri ona leksemasidir. Asarda bu leksemani ko‘plab o‘rinlarda uchratamiz. 
Mavlono Baqoiy — xorazmliqdur , Yaxshi tab’liq va yaxshi xulqluq yigitdur. Onasi 
rizosi uchun bovujudi odami istitoat va nomurodliq haj safarin ixtiyor qilib, onasini eltti. 
Hanuz ahvoli ne boʻlgʻon, xabari kelmaydur. 
O‘zbek tilining izohli lug’atida ushbu leksema quyidagi ma‘nolarda izohlangan. 
Ona – 1.Farzandi yoki farzandlari bo‘lgan xotin(o‘z tuqqan farzandlariga nisbatan); 
bolali xotin.
2.Oila boshlig’i, tarbiyachisi.
Ona - “oilali”, “farzandli”, “yoshi katta”, “qarindosh”, “qon-qarindosh(“men”ga 
nisbatan nigohgacha bo‘lgan qarindosh)”, “bevosita qarindosh”, “ayni bir avlod”, “oila 
boshlig’i”, “tarbiyachi”, “ayol kishi”. Bular ona leksemasining asosiy semalaridan 
sanaladi. Shuningdek lug’atda uning qo‘shimcha ma‘nolari ham izohlab o‘tilgan. 
Masalan, keksa ayollarga hurmat bilan murojaat etish formasi yoki ularning ismiga 
qo‘shib aytiluvchi so‘z sifatida, qiz farzandlarni erkalash ma‘nosida ona qizim shaklida, 
erning ayolini chaqirishi onasi shaklida, bola tuqqan jonivorga nisbatan esa ona qo‘y 
shakllari hamda ko‘chma ma‘noda yaratuvchi, vujudga keltiruvchi ma‘nolariga ham 
to‘xtalib o‘tilgan. Ona leksemasining keyingi qo‘shimcha ma‘nolari boshqa leksemalar 
bilan birgalikdagina yuzaga chiqadi.
Ota, ona leksemalarining atash semalarini umumiy va xususiy semalarga ajratish 
mumkin. Bu ikki leksema “oilali”, “farzandli”, “yoshi katta”, “qarindosh”, “qon-
qarindosh(“men”ga nisbatan nigohgacha bo‘lgan qarindosh)”, “bevosita qarindosh”, 
“ayni bir avlod”, “oila boshlig’i”, semalariga ko‘ra umumlashsa, “ta‘minotchi”-
“tarbiyachi”, “erkak”-“ayol” semalariga ko‘ra bir-bir biridan farqlanadi. 



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin