shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. T. insonning insonligini taʼminlaydigan eng qad. va abadiy qadriyatdir. T.siz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar T. tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi
2
Tamoyil
Tamoyil arabcha tebranish, chayqalish, o‘zgarib turish, o‘zgaruvchanlik, moyillik kabi ma’nolarni anglatadi. Fanda esa biror sohada tartib qoida, tusini olgan narsa, tadrijiy yo‘nalishni bildiradi.
3
Gigiyena
Gigiyena so’zi yunoncha hygieinos so’zidan olingan bo’lib, sogʼlomdegan ma’noni bildiradi. Gigiyena tibbiyotning bir sohasi hisoblanib, kishilar sogʼligʼiga turmush va mehnat sharoitlari taʼsirini oʼrganadi hamda kasalliklarning oldini olish, yashash uchun eng qulay sharoit yaratish, sogʼliqni saqlash va umrni uzaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Gigiyenaning bir necha sohalari bor. Аviatsion, harbiy , mehnat, bolalar va oʼsmirlar, shaxsiy, ijtimoiy, ovqatlanish, radiatsion Gigiyena va hokazolar.