Maktabgacha yoshdagi bolalar aqliy faoliyatini rivojlantirishda didaktik



Yüklə 411,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix16.12.2023
ölçüsü411,72 Kb.
#183236
  1   2   3
704-Текст статьи-2025-1-10-20220318



Образование и инновационные исследования (2022 год №1)
ISSN 2181-1717 (E)
117
http://interscience.uz
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR AQLIY 
FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA DIDAKTIK 
O’YINLARNING AHAMIYATI
DOI: https://doi.org/10.53885/edinres.2022.11.14.013
Qodirova Nigora Farhodovna,
 
Navoiy viloyati MTT rahbari
Annotatsiya. Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar aqliy 
faoliyatini rivojlantirishda didaktik o‘yinlardan foydalanishning o‘ziga xos 
jihatlari keltirilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan 
mashg‘ulotlar jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanish imkoniyatlari va 
texxnologiyasi ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: maktabagacha ta’lim, didaktik o‘yin, maktabgacha yosh, 
aqliy faoliyat, texnologiya.
Ta’lim — bolalarga ko’nikma va malakalar berishining, bu bilim, ko’nikma 
va malakalarni bolalar uqib olishi, egallab olishi va ularni mustahkamlab 
olishining rejali jarayonidir. Ta’lim jarayoni — bolalar хotirasining boyishi, 
ular nutq va tafakkurining o’sish jarayonidir; turli xil metod va usullar 
yordamida sodir bo’ladigan jarayondir.
O’yin — bolalarning ongi, qalbiga singib ketgan faoliyatdir, ularning 
bu faoliyati, o’yin turlariga qarab, ob’yektiv voqelikni, hayotni muayyan 
darajada o’zida aks ettiradi.
O’yin guruhda o’tilgan o’quv faoliyatining ma’lum darajada davomi va 
mustahkamlanishidir.
O’quv faoliyati ham, biluv faoliyati ham bitta ijtimoiy institutga — 
ijtimoiy tajribani o’zlashtirishga daxldor. Bu faoliyat turlarining har ikkalasi 
ham tarkiban maqsad, motiv, vosita, natijaga ega. Ammo shularga qaramasdan 
ularning o’zaro farqlari ham mavjud. 
Agar o’quv faoliyati bilim, ko’nikma, malakaga yo’nalgan bo’lsa, 
biluv faoliyati bilim, ko’nikma, malaka bilan birga ijodiy faoliyat tajribasi, 
munosabatlarni ham shakllantirishga yo’nalgan. Binobarin, dastlabki farqni 
o’rganiladigan hodisalar mazmunida, biluv faoliyatining mazmun jihatidan 
boy va kengligida ko’ramiz. 
1-farq. O’quv faoliyatida o’zlashtirish reproduktiv harakterda bo’ladi. 
Bola pedagog aytgan topshiriqlarni ijro etadi, o’qituvchi va o’rtoqlarining 
faoliyatiga ergashadi, o’zgalar faoliyatini takrorlaydi. Biluv faoliyatida 
o’zlashtirish produktiv harakterda amalga oshadi. Tarbiyalanuvchilar
pedagog bilan hamkorlikda o’z oldiga topshiriqlar qo’yadi, qo’yilgan 
muammolarni mustaqil bajaradi. Demak, bu ikki faoliyat turining yana bir 
farqi bolalar faoliyatining amal qilish xarakteri bilan izohlanadi. 


Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 1)
ISSN 2181-1709 (P)
118
Education and innovative research 2022 y. №1
3-farq. O’quv faoliyatida bola ta’limning obhekti, biluv faoliyatida esa 
ta’limning subhekti rollarida ishtirok etadi. Ikkinchi holatda ta’limda ishtirok 
etish o’quvchi shaxsini ta’lim jarayoni markaziga aylantiradi. Ta’limning 
ob’yekti yoki subyekti funksiyalarida ishtirok etish bu ikki xil faoliyatning 
navbatdagi farqidir. 
4-farq. O’quv faoliyati va biluv faoliyati o’rtasidagi yana bir farqni 
ularda bolalar mustaqilligining har xil darajada ekanligida ko’ramiz. Biluv 
faoliyatida bolalar mustaqilligi eng yuo’ori darajada bo’ladi. Hozircha 
yuo’oridagi farqlarni nazarda tutib o’quv faoliyati va biluv faoliyatiga 
alo’ida-alo’ida tavsif berishga o’tamiz. 
Tajribada shu narsa isbotlanganki, o’yin kichik yoshdagi bolalarning 
zarur hayotiy ehtiyojidir.
Didaktik o’yin — ta’lim beruvchi usul bo’lib, bu usul muayyan 
ta’limiy maqsadga erishuvga, ya’ni o’tilgan o’quv materialini aniqlashga, 
mustahkamlashga va uni chuqurlashtirishga qaratilgan bo’ladi. Har bir 
didaktik o’yinni o’tkazishda muayyan maqsad, masalan, biror harakatni, 
biror hisoblash usulini, ya’ni ma’lum didaktik topshiriqni mustahkamlash 
vazifa qilib olinadi. Masalan, «Teatr» o’yiniga qo’yiladigan didaktik 
topshiriq bolalarning oldingi mashg’ulotlarda tanishgan 5 soni haqidagi 
tushunchalarini mustahkamlashdan iborat. «Doiraviy misollar» o’yinida 
esa ikinchi o’nlik ichida hisoblash malakalarini mustahkamlashdan iborat 
bo’lgan didaktik topshiriq qo’yiladi.
Keyingi yillarda mazkur muammoni o’rganish bo’yicha didaktika 
sohasida qator umumlashtirish harakteridagi keng qamrovli izlanishlar 
amalga oshirildi. Shunday izlanishlar qatoriga O.Roziqov, K.Zaripov, 
B.Adizov, R.Asadova, R.Ibragimov, H.Nazarova, G.Najmiddinova kabi 
olimlarning izlanishlarini kiritish mumkin. Garchand bu izlanishlarda o’quv-
biluv faoliyatining turli qirralari yoritilgan bo’lsa-da, ularda didaktik o’yinlar 
vositasida o’quv-biluv faoliyatini takomillashtirishga qisman to’xtalingan. 
Didaktik topshiriq mashg’ulotga qo’yiladigan umumiy maqsadning bir 
qismini tashkil qiladi.
Har bir didaktik o’yinning ham har qanday o’yindagi singari qoidalari 
bo’ladi. o’sha qoidalarga amal qilinmasa, o’yinning o’yin sifatidagi 
ahamiyati, binobarin, o’yinning ta’lim-tarbiyaviy va psixologik ahamiyati 
yo’qoladi. o’yinqoidalari o’yin topshirig’iga kiritiladi. o’yin topshirig’i—
tarbiyachining bolalarga o’yinning qanday o’ynalishini, kim g’olib chiqqan 
hisoblanishini va hokazolarni tushuntirish tarzida beradigan topshiriqidir.
Didaktik o’yinlar ta’lim jarayonida bolalarni o’qitish, tarbiyalash va 
kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O’yin paytida bolaning ijobiy 
ish faoliyatini kuchaytiradi, ihtiyoriy diqqatini, hotirasini takomillashtiradi. 
O’yinda bolalar o’zlari sezmagan holda juda ko’p harakatlarni, mashqlarni 



Yüklə 411,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin