Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari – mobt



Yüklə 0,95 Mb.
tarix11.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#64860
1-ma\'ruza


Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari – MOBT
Reja:
  • Ma’lumotlar bazasi va MBBT haqida tushunchasi.
  • MBBT modellari..
  • MOBT arxitekturasi.
  • Ierarxik, tarmoqli va boshqa turlari.

Ma'lumotlar ombori bu — tartiblangan ma'lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir xil turdagi axborotlarni o'zida saqlovchi va berilgan so'rovlar orqali ularni taqdim etuvchi model. Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma'lumotlar ombori hisoblanadi, ya'ni bir xil turdagi(kitoblarni) obyektlarni o'zida saqlaydi, yoki bo'lmasa telefon raqamlar yozilgan kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir xil tipdagi ma'lumotlar saqlanadi, bu ham ma'lumotlar ombori.
Ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi — bu ma'lumotlar omborini hosil qiluvchi, ma'lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, MOBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma'lumotlar ombori faqat ma'lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MOBT bajaradi.
MBBTning asosiy xususiyatlari — bu faqatgina ma’lumotlarni kiritish va saqlashda ishlatiladigan protseduralar tarkibi bo‘lmasdan, ularning strukturasini ham tasvirlaydi. Ma’lumotlarni o‘zida saqlab va MBBT ostida boshqariladigan fayl oldin ma’lumotlar banki, keyinchalik esa «Ma’lumotlar bazasi» deb yuritila boshlandi. Ma’lumotlarni boshqarish tizimi quyidagi xossalarga ega:
— fayllar to‘plami mantiqiy kelishuvni quvvatlaydi;
— ma’lumotlar ustida ish yuritish tili bilan ta’minlaydi;
— har xil to‘xtalishlardan keyin ma’lumotlarni qayta tiklaydi;
— bir necha foydalanuvchilarning parallel ishlashini ta’minlaydi
MB bitta yoki bir necha modellarga asoslangan bo`lishi mumkin. Xar qanday modelga o`zining xossalari (parametrlari) bilan tavsiflanuvchi obyekt sifatida qarash mumkin. SHunday obyekt ustida biror amal (ish) bajarsa bo`ladi. MB modellarining uchta asosiy turlari mavjud:
Relyatsion, ierarxik va semantik tarmoq.
Relyatsion (lotin tilidagi relatio-munosabat so`zidan olingan) modelda ma’lumotlarni saqlash uni tashkil etuvchi qismlari orasidagi munosabatlarga asoslangan. eng sodda xolda u ikki o`lchovli massiv yoki jadvaldan iborat bo`ladi. Murakkab axborot modellari ana shunday jadvallarning o`zaro bog`langan to`plamidan iborat.
MBning ierarxik modeli pastki pog`onadagi yuqori pog`onadagiga bo`ysinish tartibida joylashgan elementlar to`plamidan iborat bo`ladi va ag`darilgan daraxt(graf)ni tashkil etadi. Ushbu model satx,tugun,bog’lanish kabi parametrlar bilan tavsiflanadi.
MBning semantik tarmoq modeli ierarxik modelga uxshashdir. U xam tugun, satx, bog`lanish kabi asosiy parametrlarga ega. Lekin semantik tarmoq modelida turli satxdagi elementlar orqali «erkin», ya’ni «xar biri xamma bilan» ma’noli bog’lanish qabul qilingan.
IYERARXIK TIZIMLAR
IBM firmasining Informatsion Management System (IMS) tizimi ko‘p tarqalgan va taniqli tiрik vakili bo‘ladi. Uning birinchi varianti 1968-yilda paydo bo‘lgan. Hozirgacha ko‘pgina ma’lumotlar bazasi u bilan ishlash imkoniyatiga ega. Bu MBda yangi texnologiyaga va yangi texnikaga o‘tishda yetarlicha muammolarni hal qilishga olib keladi.
TARMOQLI TIZIMLAR
Bu tizimning tiрik vakili lntegrated Database Management System (IDMS) tizimidir. 1970-yillar bir nechta tizimlar yaratildi, ular orasida IDMS ham bor edi. Bu tizim ko‘pchilik operatsion tizimlarni boshqarishda IBM firmasi mashinalarini ishlatish uchun mo‘ljallangan. Tizimning arxitekturasi Integrated Database Management System (IDMS) dasturlash tili bo‘yicha Conference on Data Systems Languages (CODASYL) tashkiloti taklifiga ko‘ra tuzilgan. Bu tashkilot Kobol dasturlash tiliga mas’uldir.
Ma’lumotlar bazasini uch bosqichli arxitekturasi Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini qanday bo`lishini (qurilishi) o`rganishdagi ilmiy izlanishlar, ularni amalga oshirishni xilma xil usullarini taklif qildi. Bulardan eng hayotiysi, Amerika standartlashtirish instituti ANSI (American National Standarts Institute) tomonidan taqdim etilgan MB sini uch bosqichli tashkil qilish bo`lib chiqdi.
MBBT arxitekturasi.
Insonlarga tushunarli bo‘lgan tabiiy til, matematik formulalar, jadvallar, grafiklar va boshqa vositalar yordamida bajarilgan bu tavsif ma’lumotlar bazasini loyihalash ustida ish yuritishda ma’lumotlarning infologik modeli deb ataladi.
MBBT kerakli ma’lumotlarni tashqi eslab qo‘yish qurilmasidan ma’lumotlarning fizik modeli bo‘yicha izlaydi.
Demak, kerakli ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat aniq bir MBBT yordamida bajariladi. Shuning uchun, ma’lumotlar modeli ushbu MBBT ma’lumotlarni tavsiflash tilida tavsiflanishi kerak bo‘ladi. Ma’lumotlarning infologik modeli bo‘yicha yaratiladigan bunday tavsifiga ma’lumotlarning datalogik modeli deyiladi.
Ma’lumotlarni nomlangan eng kichik birligi ma’lumot elementidir. U ko`pincha maydon deb aytiladi va bayt va bitlardan tashkil topadi.
MB administratori deyilganda birorta shaxs yoki bir necha shaxslardan iborat bo`lgan va MB sini loyihalash, uzatish va samarador ishlashini ta`minlovchidir.
E’tiboringiz uchun raxmat!
Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin