Ma’naviyat taraqqiyotining mezonlari va tarkibiy qismlari Reja: 1



Yüklə 21,99 Kb.
tarix17.05.2023
ölçüsü21,99 Kb.
#115523
Ma’naviyat taraqqiyotining mezonlari va tarkibiy qismlari Reja


Ma’naviyat taraqqiyotining mezonlari va tarkibiy qismlari

Reja:


1. Mustaqillik yillarida maʼnaviy va maʼrifiy hayot. Milliy istiqlol gʼoyasi va mafkuraviy masalalar. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va anʼanalarning tiklanishi.
2. Mustaqilik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga boʼlgan eʼtibor. Oʼzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati.
3. Tarixiy shaharlar (Buxoro, Samarqand, Margʼilon, Qarshi, Toshkent, Xiva, Shahrisabz) yubileylarining jahon miqyosida keng nishonlanishi. Toshkent shahrining Islom madaniyati poytaxti deb eʼlon qilinishi va uning ahamiyati.

O`zbekiston mustaqillika erishgan kundan boshlab milliy g’oya, milliy istiqlol mafkurasimasalalarini haqiqiy ilmiy nazardan ishlash, tadqiq etish dolzarb masala bo`lib kelmoqda. Milliy mafkura yaratishni taqozo etuvchi sabablar - bu, bir tomondan, sho`ro zamonida totalitar tuzum manfaatlarini ximoya qiladigan kommunistik mafko`radan butunlay voz kechishi va sho`ro davridan meros qolgan bir qolipda fikrlash illatidan tezroq xalos bo`lish, odamlar tafakkur tarzi va dunyoqarashni kommunistik aqidalar kishanidan ozod qilish demokratik tamoyillar, qonunning ustuvorligiga hurmat tuyg’usini kamol toptirish: Ikkinchi tomondan mafko`raviy bo`shliqqa yo`l qo`ymaslik, millat sifatida o`zligimizni anglash, yakdil va hamjihatligimizni ta‘minlash shuningdek, bu hamjihatlikka qarshi qaratilgan har qanday yot mafko`raviy tazyiqlarning oldini olish, ta‘bir joiz bo`lsa, o`zigaxos mafko`raviy immunitet tizimini shakllantirish. Uchinchi tomondan, mustaqilligimizning ahamiyati va mohiyati mafko`raviy vositalar orqali xalqning ongiga yetkazish, oliy bir maqsad ulug’vor g’oyalar sari xalqni yakdillika, fidoyilikka, yaratuvchilikka safarbar qilish.


Milliy mafko`ramizning mazmun-mohiyati, ufqlari, uning asosiy tamoyillari davlatimiz rahbari asarlarida mukammal ifoda etilgan. Dastlab 1993 yil aprel oyida Birinchi Prezident I.A.Karimov bir guruhi adiblar bilan suhbat qilib, milliy istiqlol g’oyasini ishlab chiqish zaruriyatini asoslab berdi. o`tgan davr mobaynida milliy mafko`raning hayotimizdagi o`rnini belgilash, uning ilmiy-nazariy asoslarini yaratish, mafko`raviy tarbiya yo`nalishlarini ishlab chikish, shu asosda jamiyatimizda ijtimoiy fikrni shakllantirishda bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Biroq bu tadbirlarni amalga oshirish jarayonida mafkura yaratish masalasi naqadar keng qamrovli ekanligini ko`rsatdi. Darhaqiqatni, bu vazifa bir-ikki yillik emas, balki millat butun umri davrida hal qiluvchi, yangi zamonaviy talablarni inobatga olib, takomillashib va boyib borishni taqozo etuvchi jarayondir. Shu bois 2000 yil aprel oyida davlat rahbarimizning bir guruhi olim va adiblar bilan navbatdagi uchrashuvda va “Fidokor” gazetasi muxbirining savollariga javoblarida (2000 y, iyun) endi milliy mafko`raning asosiy kontseptsiyasini ishlab chiqarishga, nazariyadan amaliyotga o`tish kerakligiga alohida e‘tibor berildi. Milliy mafkura eng avvalo millatning yaqin va uzoq davriga mo`ljallangan maqsadini amalga oshirishda inson va jamiyatni harakatga keltiruvchi millatning yaratuvchilik salohiyatining g’oyaviy mazmuni bo`lgan, inson va jamiyat hayotining ahloqiy-falsafiy nizomini tartibga soluvchi, milliy turmush tarzi va davlatchilik negizlarini mustahkamlashga xizmat qiladigan g’oyaviy asoslardan iboratdir. Birinchi Prezidentimiz milliy mafko`ramiz, ikki asosiga, birinchi navbatda, xalqimizning azaliy an‘analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga, bir so`zbilan aytganda, milliy qadriyatlarimizga, xalqimizning dunyoqarashi va tafakkuriga asoslanib, shu bilan birga, zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yuto`qlardan oziqlangan, ularni o`zigaqamrab olgan holda, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq manfaati va farovonligi yo`lidaxizmat qilmog’i darkorligini ta‘kidladi.
Milliy mafkura kishilarda milliy madaniyatning, milliy ongning, milliy g’ururning o`sishi va rivojlanishga muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy mafkura faqat o`zbek millatiga tegishli emas, balki respublikamizda istiqomat qiluvchi barcha millat vakillarini mustaqillikni mustahkamlash, O`zbekistonni kelajakda buyuk davlatga aylantirish, inson haq-huquqlarini ximoya qilish, ijtimoiy adolatni, demokratiyani to`laqaror toptirish, jahon hamjamiyatida o`zimizga munosib obru-e‘tibor topishimiz, maqsadlarga yo`naltirilgan yagona bayroq, yagona birlashtiruvchi kuch sifatida qaralmoqda. Ma‘lumki, bizning davlatimizda hech bir mafkura davlat mafkurasisifatida o`rnatilishi mumkin emas. Milliy mafkura jamiyatimizdagi qarashlar rang-barangligi, g’oyalar xilma-xilligini saqlagan holda, ularni bir-biri bilan kurashishga, baxslashuviga, har qanday partiya, harakat, har qaysi inson, fuqaroning fikrini erkin ifoda etish va uni ximoya qilishga ziyon va tazyiq ko`rsatmasligiga yo`naltirilgan. Albatta, hozirgi kunda milliy mafko`ramiz. yaratilishining boshlang’ich davrini shohidi bo`lyapmiz, ammo, eng asosiysi, odamlarning fikri tafakkuri, dunyoqarashi o`zgarib, milliy iftixor tuyg’usi shakllanmoqda. Binobarin, eng qiyin ish inson mafko`rasini o`zgartirish. Milliy mafkura yoki g’oya qudrati ishontirish bilan belgilanadi. Shu bois kun tartibiga milliy mafko`rani yaxlit ilmiy kontseptsiyaga solib, jamoatchilikka mos sodda, ommabop shaklda yetkazishdan iborat. Mafko`raviy ishlarni amalda oshirishda ta‘lim-tarbiya masaslalari, ommaviy axborot vositalari, “Mahalla”, “Kamolot”, “Oila” kabi qator jamoatchilik tashkilotlarni ma‘naviy-madaniy markazlarning ahamiyati juda katta. Ayniqsa, ta‘lim muassasalari ishi va ularda qo`llaniladigan darsliklar, qo`llanmalar mazmun-mohiyati milliy g’oya ruhi bilan sug’orilsa uning ta‘sir doirasi kengayib boradi.
Mustaqillik sharofati ila O`zbekiston ma‘naviy hayoti, madaniy taraqqiyoti uchun yangi davr boshlandi. Istiqlol tufayli xalqimiz ma‘naviyat zug’umlaridan ozod bo`ldi, erkin fikrga milliy, tiklanishga keng yo`l ochildi. Ma‘naviy hayotdagi tub sifat o`zgarishlar xalqimiz ma‘naviy salohiyatini mamlakatimizning ertangi porloq istiqboli uchun, milliy o`zligimiz va qadriyatlarimizning tiklanishi uchun va qolaversa milliy ongi va gururi, uyg’oq vatanparvar insonni tarbiyalash uchun qaratilgan. Birinchi Prezidentimiz Karimov I.A. ta‘kidlaganidek: “Davlatimizning qanchalik tez ulg’ayishi, kuch-quvvat ado etishi, dunyo hamjamiyatida o`zigamunosib o`rin egallashi, avvalombor, halqimiz ma‘naviy saviyasi, g’ururi va fahri nechog’lik yuksak bo`lishiga bog’liqdir Ana shuni inobatga olgan holda yangi jamiyat barpo etmoqchi bo`lib, eng asosiy yo`nalishlardan biri sifatida halqimiz tarixini, ma‘naviy qadriyatlarimizni tiklash vazifasini quydik”. Darhaqiqatni, mustaqilligimizni dastlabki kunlaridanoq xalqimizning ko`pasrlar mobaynida yaratgan g’oyat o`lkan bebaho ma‘naviy va madaniy merosini tiklash davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan nihoyatda muhim vazifa sifatida qaralib, keng ko`lamli jiddiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi tarixiy ishlarning amalga oshirilishi yangi jamiyatimiz ma‘naviyati binosining qad rostlashiga muhim omil bo`lmoqda. Natijada respublikamizda ma‘naviyat sohasining yangi tizimi vujdga kela boshladi. “Ma‘naviyat va ma‘rifat” jamoatchilik markazi, “Ta‘lim markazi”, “O`zbekkino”, “O`zbeknavo”, “O`zbekraqs”, “O`zbekteatr”, “O`zbekmo`zey”, Badiiy akademiya, O`zbek amaliy san‘at markazi, Milliy madaniy markazlar, o`rtaOsiyo madaniyat xodimlari assotsiatsiyasi kabi madaniy-ma‘rifiy tashkilotlar va ko`plab jamg’armalarning tuzilishi respublika ma‘naviyati asosiy sohalarining tarkib topishi va rivojlanishiga zamin bo`ldi
Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o`rganish masalalariga alohida e‘tibor berilmoqda. Sovet davridagi sinfiylik yondashuv va hukmron kommunistik mafkura tayziqi ostida taqiqlangan tarixiy mavzulardagi asarlar chop etilib, xalqimiz tarixini holislik, haqqoniylik asosida tiklash va chuqur, har tomonlama tadqiq qilishga kirishildi. Bu borada o`zbek xalqi va o`zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini holisona ilmiy asosda yoritish vazifalarini Birinchi Prezident I.A. Karimov bir guruhi tarixchilar bilan 1998 yil iyun oyida bo`lgan suhbati va Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to`g’risida”gi qarorida belgilanishi alohida ahamiyat kasb etdi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq dunyo taraqqiyotiga, jahon tsivilizatsiyasiga katta xissa qo`shgan ajdodlarimiz - buyuk mutafakkirlar, davlat arboblari ma‘naviy merosini va hayotini o`rganish avj oldi. Jumladan, Imom Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband, Burxonuddin Rabg’o`ziy qabilarning asarlari chop etilishi milliy qadriyatlarimizni tiklashda katta yuto`q bo`ldi Vatanimiz ozodligi yo`lidashahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Usmon Nosir va boshqa allomalarimizning hurmati joyiga qo`yildi va ma‘naviy meroslari xalqimizga qaytarildi. Buyuk ajdodlarimiz tavalludlarining yirik sanalarini nishonlash ham xalqimizning ulug’vor an‘analariga aylanmoqda. Jumladan, istiqlol yillarida Alisher Navoiy (1991), Zahiriddin Bobur (1993), Bahovuddin Naqshband (1993), Abduholiq G’ijduvoniy (1993), Fer(1995) kabi buyuk ajdodlarimizning tavallud kunlari, shuningdek, Mirzo Ulug’bekning 600 yillik (1994), Najmiddin Kubroning 850 yillik (1995), Amir Temurning 660 yillik (1996), Imom Buxoriyning 1225 yillik (1998) va Ahmad Farg’oniyning 1200 yillik (1998) yubileylariga bog’liq tadbirlar nafaqat o`lkamizda, balki Yunesko orqali xalqaro doiralarda nishonlanishi vatandoshlarimizda milliy faxr tuyg’ularini yuksaltirdi. Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Fayzulla Xo`jaev, Jaloliddin Manguberdi va boshqa arboblarning yubileylarini o`tkazish yuzasidan ko`rilgan chora tadbirlar ham ma‘naviy hayotdagi muhim qadamlar bo`ldi Yosh avlodni ma‘naviy barkamollik ruhida tarbiyalashda “Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000 yilligini nishonlash (1999) ham xissasini qo`shdi.
2000 yil 17 noyabr — Samarqandda buyuk fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiyning 1130 yilligi (ushbu yubiley munosabati bilan Samarqand shahrida Moturidiy yodgorlik majmui ochildi. Toshkent va Samarqandda Moturidiy ta'limoti va uning islom olamida tutgan mavqeiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazildi. 2003 yil 10 may — taniqli o‘zbek shoiri G‘afur G‘ulom tavalludining 100 yilligi yubileyi munosabati bilan Toshkent shahri markazidagi madaniyat va istirohat bog‘iga G‘afur G‘ulom nomi berildi va bog‘da shoir haykali ochildi. 2003 yil 27 noyabr — Buxoro va G‘ijduvon shaharlarida tasavvuf ilmining yirik namoyandasi Abdulxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligi tantanali ravishda inshonlandi.
2006 yil 27 oktyabr – Qarshi shahrining 2700 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘ldi. 2006 yil 2 noyabr – Xorazm Ma'mun akademiyasining 1000 yilligi Xivada tantanali nishonlandi. 2007 yil 24 – 26 may – Samarqandning 2750 yilligiga bag‘ishlangan «Samarqand shahrining umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan o‘rni» mavzuida xalqaro ilmiy simpozium o‘tkazildi. Bu marosim Samarqandda 1997 yildan buyon an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan «Sharq taronalari» VI xalqaro musiqa festivaliga ulanib ketdi. 2007 yil 7 sentyabr – Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi. 2009 yil 26 – 27 may – Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyiga bag‘ishlangan «O‘zbekiston poytaxti Toshkent – 2200 yoshda» mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi.
Respublika rahbariyati, eng avvalo xalqimizning extiyoji, orzu istaklarini hisobga olib, azaliy milliy bayramlarni tiklashga yangi istiqlol bayramlarini xalqning qadimiy an‘analariga monand holda shakllantirishga katta e‘tibor berdi. Masalan, Prezident farmonlari asosida “Navro`z”, “Ramazon hayit”, “Qurbon hayit”lar qonuniy nishonlana boshlandi. Undan tashqari, istiqlol sharofati bilan “Mustaqillik kuni”, “Konstitutsiya kuni” va “Murabbiylar kuni” bayramlari joriy etildi. Davlat tili haqidagi qonun chiqqan kun - 21 Oktyabr tabiiy raviishda “Til bayrami”ga aylandi. Tilimizga Davlat maqomining amalda qaytarilishi, o`zbek tilida rasmiy idoraviy ish yuritish, boy adabiy-tarixiy merosimizni o`qib o`rganish, milliy qadriyatlarni tiklash va izchil davom ettirish imkoniyatini berdi. Shuningdek, lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosining joriy etilishi mamlakatning har tomonlama kamol topishi va jahon komunikatsiyasi tizimiga kirish uchun ancha qulay shart-sharoit yaratib berdi. Ma‘naviy-madaniy merosimizni tiklashda katta ahamiyatga molik yana bir tadbirlardan biri olamshumul tarixiy me‘morchilik inshootlarining keng ko`lamda ta‘mirlanishi, jumladan Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Shahrizabz kabi shaharlarda hamda Quva, Chelak tumanlarida tarixiy me‘moriy yodgorliklarning tiklanishi, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlarining 2500 yilligini nishonlanish tantanalari, “Buyuk ipak yo`li”ni tiklash borasidagi amaliy ishlar.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq dinga munosabat tubdan o`zgarib, davlat va diniy tashkilotlar o`rtasidagi aloqalarni to`g’ri yo`lga qo`yishga alohida e‘tibor qaratildi. O`zbekiston dunyoviy davlat, binobarin diniy tashkilotlar davlat va maktabdan ajratilgan. Din, shu jumladan islom dini ham xalqning dunyoqarashi va ma‘naviy olamning mazmunini tashkil etadi. “Biz, - deydi Birinchi Prezident I.A. Karimov, - millatimizni mana shu muqaddas dindan ayri holda aslo tasavvur qila olmaymiz. Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz o`zligimizni yo`kotamiz”. Diniy qadriyatlarning tiklanishi, eski machit va madrasalarning ta‘mirlanishi yangilarning barpo etilishi, diniy adabiyotlarning nashr etilishi, musulmonlarning Xaj va Umra amallarini ado etishi uchun davlat tomonidan imkoniyatlarning yaratilishi va boshqa chora-tadbirlar respublikamizda vijdon erkinligini ta‘minlamoqda. Qur‘oni Karimning va Hadislar to`plamining o`zbek tiliga tarjima qilinishi va nashr qilinishi ham katta voqea bo`ldi. Islom ta‘limoti va falsafasini keng o`rganish, o`zbek xalqining diniy va madaniy merosini chuqur tadqiq etish maqsadida 1995 yil Toshkentda Halqaro islom tadqiqot markazi tashkil etilib, unga ilmiy tekshirish instituti maqomi berildi. 1999 yilda dinshunoslik asoslari, yo`nalishlarini, ilmiy-tadqiqot tamoyillari, islom dini tarixi, falsafasi, ularning jamiyat hayotidagi o`rni bilan bog’liq masalalarni hamda zamonaviy fanlarni o`zlashtirgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Toshkent Islom Universiteti tashkil etildi. Umuman olganda, hozir O`zbekistonda 20 ortiq diniy konfessiyalar majud bo`lib, turli dinlarga e‘tiqod qiluvchilar o`zaro tinch-totuv yashamoqdalar. Buning zamirida davlat va din o`rtasidagi munosabatlarni belgilovchi tamoyillar katta ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagilardan iborat: 1) dindorlarni diniy tuyg’ularini ximoya qilish; 2) diniy e‘tiqodlarni fuqorolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish; 3) diniy qarashlarga amal qiluvchilar va qilmaydiganlarning huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta‘qib qilishga yo`l qo`ymaslik; 4) dindan bo`zg’unchilik maqsadlarida foydalanishga yo`l qo`yib bermasligini e‘tirof etish; 5) diniy davlatlar bilan hokimiyat uchun kurashga siyosat, iqtisodiyot, qonunchilikka aralashishga yo`l qo`ymaslik; 6) ma‘naviy tiklanish, umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirishda diniy uyushmalar bilan hamkorlik qilish.
Lekin shuni ham e‘tirof etishimiz kerakki, so`nggi paytlardan dinimizdan g’arazli maqsadlari uchun foydalanuvchilar paydo bo`la boshladi. Ular xorijdan yurtimizga kirib kelgan turli xil bo`zg’unchi oqimlar, din niqobi ostida shaxsiy manfaatini ko`zlovchi kimsalardir. Bizning fuqorolarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz “haqiqiy” va “soxta” dindorlik nima ekanligini aniq tasavvur qilishlari lozim. o`zlarini chin musulmon, din uchun kurashuvchi deb hisoblaydigan vahhobiylar, xizbut tahrirchilar xalqimizga mudxish tasavvurlarnii qabul qilishni istaydigan terrorchilarni, jangarilarni vujudga keltirishga o`rinadilar. Ba‘zi ekstremistik guruhlarning jinoiy harakatlarini yuqori ko`rinishi bo`lganligini - 1999 yil 16 fevralda Toshkentda ro`y bergan voqealar misolida ko`rish mumkin. Aqidaparastlarning tinch hayotimizga solishi mumkin bo`lgan tahdidlarni oldini olish uchun mafko`raviy, madaniy, ma‘rifiy tarbiyaviy ishlarni izchil ravishda olib borish zamon talabi bo`lmoqda. Din siyosat emas, balki imon, e‘tiqod ekanligini unutmagan holda, diniy ahloqiy qadriyatlardan, islom dinida mavjud bo`lgan imkoniyatlardan mustaqilligimizni mustahkamlashda oqilona ijodiy foydalanish, turli madaniyatlarnig yonma-yon tinch yashash, ekstrimizm, fundamentalizm xavfini oldini olish uchun respublikamizda zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Yüklə 21,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin