Ushbu resurslar jonsiz tabiat resurslari bo’lib, ulardan konstruksiya matiriallari, kimyoviy qo’shilmalar, o’g’itlar, xar xil buyumlar, qurilish materiallari, asbob uskunalar, yoqilg’i kabi halq xo’jaligida ishlatilayotgan mahsulotlar ishlab chiqiladi. Bu resurslar qayta tiklanmaydigan resurslarga kiradi va yo’qalib ketmaydi o’zining xususiyatlarini ham yo’qotmaydi. Geologik va xo’jalik modda aylanishida esa o’z shakllarini va joylarini o’zgartiradi. Litosfera va qisman gidrosfera mineral xom-ashyo resurslarini manbayi bo’lib xizmat qiladi. Foydalanayotgan kimyoviy elementlar resurslari Amaliy jihatdan ularning xar yili qazib olinayotgan xajmidan 100 mln marotaba ko’proqdir.
Mineral xom - ashyo resurslarini hisobga olish va ularning ko’rsatkichlari
Mineral xom - ashyo resurslari xududlar, rayonlar bo’yicha yotish cho’qurligi bo’yicha noteks joylashgan va xom-ashyo tarkibi bo’yicha xilma-xil. Shu sababdan ulardan foydalanish samarasi ham bir xil emas.
Shuningdek, mineral xom ashyo resurslarning hisob kitoblari ham nisbiydir. U xalq xo’jaligida Ushbu resurslardan foydalanish nuqtai nazaridan o’tkaziladi, ya’ni hisob kitoblar iqtisodiy jihatdan o’zgartirish ma’qul va oson bo’lgan konlar bo’yicha ularni o’rganish darajasi va o’zlashtirishga tayyorlanishi bo’yicha olib boriladi.