Maqsad: ta’limiy-chala kvadrat tenglama haqida ma’lumot berish va ularni yechishni o’rgatish



Yüklə 18,24 Kb.
tarix02.05.2023
ölçüsü18,24 Kb.
#105918
Mavzu chala


Mavzu: Chala kvadrat tenglamalar va ularni yechish.
Maqsad: ta’limiy-chala kvadrat tenglama haqida ma’lumot berish va ularni yechishni o’rgatish.
Tarbiyaviy-o’quvchilarni vatanparlik ruhida tarbiyalash,fanga qiziqtirish,kasbga yo’naltirish.
Rivojlantiruvchi-o’quvchilarning bilim doirasini kengaytirish,fikrlash qobiliyatini o’stirish,dunyoqarashini kengaytirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Dars metodlari:zanjir usuli,musobaqa,”Ha,Yo’q dema” o’yini.
Dars shiori: Vaqtning qadrini bil
Vaqt bu boylik deydilar.
Vaqt qadriga yetgan kishi
Bebaho dur deydilar.
Dars maqsadi:Katta-katta orzu sari
Intil do’stim ilgari.
Tog’ni bog’ qil bo’g’ni bo’ston
Misli bo’bon singari.
Dars jihozi:kompyuter,proyektor,tarqatma materiallar.
Darsning borishi.
I Tashkiliy qism.
Salomlashish,sinfning darsga tayyorligini tekshirish,sinfni guruhlarga bo’lish.
II O’gan mavzuni takrorlash.
O’gan mavzuni takrorlashda zanjir usulidan foydalanamiz ya’ni oldindan tuzib oq varaqqa yozib qo’yilgan savollar birinchi partadan boshlab orqaga yuboriladi.Bu oq qog’ozlarga o’tgan mavzu yuzasidan har bir o’quvchiga bittadan savol tuzilgan.
1 –guruh o’quvchilari uchun tuzilgan savollar:

  1. Kvadrat tenglama deb nimaga aytiladi ?

  2. Agar ax^2+bx+c=0 tenglamada bosh keffitsiyent nolga teng bo’lsa nima bo’ladi?

  3. Kvadrat tenglamaga misol keitiring.

  4. X^2=25 tenglamani yeching,

  5. X^2=-12 tenglamani yeching.

  6. X^2-5x-6=0 tenglama nechta yechimga ega?

  7. Qachon kvadrat tenglama 2 ta yechimga ega bo’ladi?

  8. Kelajakda kim bo’lmoqchisiz?

  9. ax^2+bx+c=0 tenglamada b=0 bo’lsa tenglama ko’rinishi qanday bo’ladi?

  10. 3x^2-3=0 tenglamani yeching.

2- guruh o’quvchilari uchun tuzigan savollar:

  1. Kvadrat tenglamani koeffitsiyentlarini atting.

  2. Kvadrat tenglamada a=1 bo’lsa tenglamaning shakli qanday bo’ladi?

  3. Kvadrat tenglamaga misol keitiring.

  4. X^2=36 tenglamani yeching.

  5. X^2=-15 tenglamani yeching.

  6. X^2-3x-8=0 tenglama nechta yechimga ega?

  7. Qachon kvadrat tenglama 1 ta ildizga ega bo’ladi?

  8. Qaysi fanlarni yaxshi ko’rasiz?

  9. ax^2+bx+c=0tenglamada c=0 bo’lsa tenglama qanday ko’rinishga keladi?

  10. 5x^2-15x=0 tenglamani yeching.

3-guruh o’quvchilari uchun tuzilgan savollar:

  1. Chiziqli tenglama deb nimaga aytiladi?

  2. Kvadrat tenglamalardan qayerlarda foydalaniladi?(matematika ,fizika va texnikaning ko’pkgina masalalarini yechishda).

  3. Kvadrat tenglamaga misol yozing.

  4. X^2=49 tenglamani yeching.

  5. X^2=-20 tenglamani yeching

  6. 3x^2-4x-5=0 tenglama nechta ildizga ega?

  7. Qachon kvadrat tenglama yechimga ega emas,

  8. 3x^2+9=0 tenglama nechta ildizga ega?

  9. ax^2+bx+c=0 tenglamada b ham teng nol c ham teng o bo’lsa kvadrat tenglama qanday ko’rinishga keladi?

  10. X^2=4/9 tenglamani yeching.

Bu usulni qo’llash ya’ni o’tgan mavzuni takrorlash uchun 10 minut vaqt beriladi. Belgilangan vaqt tugagandan keyin tarqatilgam materiallar yig’ib olinib tezgina guruhlarning bali hisoblab qo’yiladi.
III Yangi mavzu bayoni.
Anglayotganingizday yangi mavzu o’tgan mavzuni takrorlash jaroyonida yoritildi.
ax^2+bx+c=0 ko’rinishidagi tenglama (a≠0) kvadrat tenglama. Shu tenglamada b=0 yoki c=0 yoki b=0 hamda c=0 bo’lsa hosil bo’lgan
ax^2+bx=0
ax^2+c=0
ax^2=0
kabi tenglamalar chala kvadrat tenglama deyiladi.
Chala kvadrat tenglamalarga birgalikda misollar keltiramiz.
Birinchi guruhga savol: b ham c ham nolga teng bo’lgan chala kvadrat tenglamaga misol keltiring.
Masalan, 3x^2 =0, 5x^2=0, -3/4x^2=0, 0,9x^2=0.
Ikkinchi guruhga savol: c=0 bo’lgan chala kvadrat tenglamaga misol yozing.
Masalan, 7x^2-5x=0, -3x^2-4x=0, 2/5x^2-3x=0, 3,4x^2+5x=0.
Uchinchi guruhga savol: b=0 bo’lgan chala kvadrat tenglamaga misol keltiring.
Masalan, 3x^2-5=0, -5x^2+80=0, 1/4x^2-4=0, 2,4x^2-2,4=0.
Guruhlarning bergan javoblariga qarab ball qo’yiladi.
Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilarning tushunmagan savollari bo’lsa javob berilib shu bilan darsning bu qismiga yakun yasaladi.
O’quvchilarning matematikadan ya’ni mashqlardan dam olishlari maqsadida lirik chekinish qilamiz.Bu vaqtda o’quvchilar vatan haqida , ona haqida yoki buyuk allomalarimiz A. Navoiy, Z.M .Bobirlarning ijodlaridan 4 yoki 8 qatorgacha aytib beradilar.
IV Mustahkamlash.
Kitobdan olingan quyidagi mashqlar doskada guruhlar o’rtasida musobaqa tarzida yechiladi.
1-guruhga beriladigan misollar: 2-guruhga beriladigan misollar: 3-guruhga beriladigan misollar

  1. 2x^2=0 3x^2=0 5x^2=0

  2. 9x^2-81=0 4x^2-64=0 3x^2-27=0

  3. X^2-7x=0 2x^2+4x=0 5x^2-3x=0

  4. 9x^2+1=0 16x^2+4=0. 2x^2=8=0.

Misollarning yechimiga qarab shu shartda guruhlarning yig’gan ballari e’lon qilinadi.
“Ha,Yo’q dema” o’yini.

  1. X^2-3x+5=0 ko’rinishdagi tenglama kvadrat tenglama bo’la oladimi?

  2. X^3-2x-3=0 korinishdagi tenglama kvadrat tenglama bo’la oladimi?

  3. X^2=0 chala kvadrat tenglamaga misol bo’ladimi?

  4. 3x^2-9=0 tenglama chala kvadrat tenglamaga misol bo’la oladimi?

  5. 5x^4-3x^3+6=0 ko’rinishdagi tenglama kvadrat tenglama bo’ladimi?

  6. X^5+3x^2-6=0 tenglama kvadrat tenglamaga misol bo’ladimi?

Yuqoridagi savollar monitorda ketma-ket chiqadi va guruhlar tartib bilan javob beradilar.Savollarning javobiga qarab guruhlarga ball berib boriladi.
V Baholash va rag’batlantirish.
Guruhlar yig’gan ballar hisoblanadi.Faol guruh e’lon qilinadi.Faol guruhdagi eng faol o’quvchi e’lon qilinadi.Darsda faol ishtirok qilgan barcha o’quvchilar baholanib rag’batlantiriladi,baholar e’lon qilinadi.
VI Uyga vazifa 356, 357 –mashqlar.
Yüklə 18,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin