Mundarija: Kirish………………………………………………………………..……………3 Asosiy qism 1. Qator haqida tushuncha…………………………………..……………...5
2. Musbаt hаdli qаtоrlаr…………………………………..….……………..9
3. Birinchi tаqqоslаsh аlоmаti…………………………..…………………10
4. Ikkinchi tаqqоslаsh аlоmаti……………………………………………..11
5. Ishoralari almashinib keluvchi qatorlar. Leybnits alomati……………...16
6. Musbat qatorlarning yaqinlashish sharti………………………………...20
Xulosa…………………………………………………………………………….30 Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………………...31
Kirish O’zbekiston Respublikasining mustaqilligini mustahkamlash yo’lida yosh avlodni chuqur bilimli, kelajakda yetuk kadrlar qilib yetishtirish uchun hozirgi kunda alohida e’tibor berilmoqda. Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash, ularning iqtidorini ro’yobga chiqarish va ularga zamonaviy ilmlarni berish hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biridir. Shuning uchun faqat maktab dasturi bilan cheklanmasdan, o’quvchilarning matematik bilim va tafakkurini chuqurlashtirish, fikrlash doirasini kengaytirish, tasavvur qilish qobiliyatini o’stirish maqsadi mazkur malakaviy bitiruv ishida mujassamlashtirildi.
Hozirgi kunda ta’lim sohasida o’zgarishlar yuz bermoqda, ayniqsa, talabalarga bilimlarni chuqur o’rgatish hamda ularni ko’proq mustaqil ishlashga o’rgatish ta’lim tizimining dolzarb vazifalaridan biridir.
Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog’lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to`liq javob beradigan barkamol avlod bo`lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`yganmiz. Sonli qatorlarning muhim tushunchalaridan biri bo’lib, ularning klassifikatsiyasi o’rganiladi. Ularning klassifikatsiyasi, yaqinlashuvchi va uzoqlashuvchi qatorlarning qoldiq hadlari o’rganiladi. Sonli qatorlarning turli sohalarida keng qo’llaniladi. Funksional qatorlar ba’zi bir funksiyalarning qiymatlarini hisoblashda to’g’ridan-to’g’ri hisoblab bo’lmaganligi uchun, ularni funksional qatorga yoyib hisoblanadi.
Asosan har qanday elementlar funksiyaning qiymatlarini hisoblashda albatta qatorlar yordamida hisoblanadi.bunga misol hozirgi kecha kunduzda hisoblash matematikasida kompyuterlarda funksiya qiymatlarini qatorga yoyib hisoblanadi.
Shuning uchun qatorlar mavzusi dolzarb hisoblanadi.