Tumani umumiy o‘rta ta’lim maktabi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə1/2
tarix20.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#165149
  1   2
7-sinf ona tili




_________________________________tumani


______-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
_______-sinf o‘quvchisi
________________________________________________ning
ONA TILI fanidan

2023-2024 O‘QUV YILI


7-SINF ONA TILI NAZORAT ISHI
Sana:_______________________________________________
1-nazorat ishi
1-qism
SUV OʻYLAGANIMIZDEK KOʻPMI?
(1) Maʼlumki, inson va tabiat oʻrtasida azaliy uygʻunlik bor. Ularni bir-biridan ajratish mumkin emas. Inson tabiatning bir boʻlagi sifatida atrof-muhitni asrash, tabiiy muhitni himoya qilish va uning keng imkoniyatlaridan foydalanishga intilib yashaydi. Afsuski, dunyo miqyosidagi bunday “intilish” tabiatning keskin oʻzgarishiga, insoniyat hayotiga jiddiy xavf solishiga sabab boʻlmoqda. Kutilmagan ofatlar yuz bermoqda.
(2) Suv oziq-ovqat ishlab chiqarishda, sogʻliqni saqlashda, inson normal rivojlanishi va toʻlaqonli yashashi uchun muhim manba hisoblanadi. Suv hayotning eng boy tabiiy resursi boʻlib, u Yer sharining 70 foizdan ortiqroq maydonini egallaydi. Maʼlumotlarga qaraganda, Yer sharida mavjud boʻlgan suvning 97 foizi okean va dengizlarda toʻplangan shoʻr suv hisoblanadi. 2 foiz qismi esa muz holatida va atigi 1 foiz qismidan ichimlik maqsadida foydalanish mumkin.
(3) Hozirgi kunda suv butun jahon miqyosida eng muhim va dolzarb masalaga aylandi. Qadimda odamzod suvning foyda keltirishini bilgan holda uni asrash va maqsadli foydalanishga koʻp ham eʼtibor bermagan. Keyingi yillarga kelib, insoniyat suvga eʼtiborsizlik bilan qaralsa, u katta falokatlarga olib kelishini tushunib yetdi. Ilmiy tadqiqotlar va statistik maʼlumotlar shu darajada keng miqyosda olib borilyaptiki, ular muammo yechimini topishdan koʻra, insoniyatning suv va tabiatga boʻlgan munosabatida tahlikali holatlar mavjudligini koʻrsatmoqda. Jumladan, maʼlumotlarga qaraganda, yer yuzidagi chuchuk suvlar zaxirasining 70 – 90 foizi rivojlanayotgan mamlakatlar deh­qonchi­ligiga sarflanmoqda. Bir kishining kundalik ehtiyojlarini qondirish uchun 50 litr suv kerak boʻlyapti. 1 kilogramm sholi yetishtirish uchun 3 ming litr suv ishlatilmoqda. Agar bir kishi bir yilda oʻrtacha 58 kilogramm guruch isteʼmol qilayotganini hisobga olsak, naqadar hayratli darajadagi suv sarflanayotganini anglash qiyin emas. Bitta nonga yetadigan unni yetishtirish va qayta ishlash uchun esa 550 litr suv kerak boʻlar ekan…
(4) Ushbu raqamlardan ayon boʻladiki, qishloq xoʻjalik mahsulotlari, oziq-ovqat yetishtirish va maishiy xizmatda suv sarfini kamaytirishning zamonaviy texnologiyalarini yaratish fan oldida turgan muhim masalalardan biridir.

TEST TOPSHIRIQLARI


1. Insonning qaysi harakati kutilmagan ofatlar yuz berishiga sabab boʻlmoqda?
A) atrof-muhitni asrashga boʻlgan intilishi
B) tabiat neʼmatlaridan oqilona foydalanishi
D) tabiatning keng imkoniyatlaridan foydalanishga intilishi
E) tabiatdan namoyishkoroba foydalanishga oʻtish
2. Yer sharining 30 foizdan kamroq qismi quruqlikdir.
A) toʻgʻri B) notoʻgʻri
3. Odamlar qadimdan suvni asrash kerakligini chuqur anglashgan.
A) toʻgʻri B) notoʻgʻri
4. Keng koʻlamli ilmiy tadqiqotlar …
A) suv bilan bogʻliq muammoning yechimlarini taklif qilmoqda
B) samarali yechimlar ishlab chiqish uchun yetarli boʻlmayapti
D) tabiat va inson aloqasining xavfli tomonlarini ochib bermoqda
E) tabiat neʼmatlarining zaxirasi qancha qolganini aniqlab bermoqda
5. Bitta nonni pishirish uchun 550 litr suv kerak boʻladi?
A) toʻgʻri B) notoʻgʻri
6. Matnning qaysi qismi sarlavhaning tanlanishiga asos boʻlgan?
A) 1 B) 2 D) 3 E) 4
7. Matnning asosiy maqsadi qanday?
A) Ichimlik suvi zaxiralar haqida maʼlumot berish
B) Suvning isrof qilinayotganiga diqqat qaratish
D) Suvning oʻta muhim manba ekanini koʻrsatish
E) Qancha suv nima maqsadda sarflanayotganini koʻrsatish
2-qism
8. Qaysi gaplar mazmunan toʻgʻri?
A) Orol dengizi hammamizdan oʻch olishda davom etmoqda.
B) Uning gaplariga qarshi bir izn keltirdimki, natijada mot boʻldi.
D) U kinoda bitta rol ijro etdi, ammo chinakam yulduzga aylana oldi.
E) Suv dunyodagi tiriklikning asosi, chunki odamlar uni isrof qilyapti.
3-qism
9. Qaysi gapda soʻzlovchining maqsadi ifodalangan?
A) Qaniydi, bugun yomgʻir yogʻsa.
B) Iltimos, bugun yomgʻir yogʻsin.
D) Men ishdan ketmoqchiman.
E) Karima gul olmoqchi edi.
10. Qaysi soʻzlarda tovush ortishi yuz bergan? Aylanaga oling.

anglamoq

Sening

Hissiy

qashla

saylov

Bunga

Tibbiy

achchiq

JAVOBLAR




1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

S































J































B

































Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin