MARKAZIY BANK VA UNING FUNKSIYALARI
REJA:
1.Markaziy banklarning paydo bilishi.
2.Markaziy bankning funksiyalari.
3.O‘zbekistonda zamonaviy bank tizimining shakllanishi.
4.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vazifalari va funksiyalari.
1.Markaziy banklarning paydo bulishi.
Markaziy bank-kredit tizimining bosh banki bo‘lib, Mamlakatda pul-kredit
siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi.
Birinchi markaziy banklar bundan qariyb uch yuz yil oldin tijorat
banklarining rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Bular 1668 yilda tashkil
qilingan Shved Riks Jiro banki, 1694 yilda tashkil qilingan Angliya banklaridir.
Yevropa mamlakatlarida Markaziy banklar ancha kechroq, asosan XVIII asrning
ikkinchi yarmidan boshlab faoliyat ko‘rsata boshladi. Banklar paydo bo‘lishining
boshlan\ich davrlarida ular markaziy (emissiya) yoki tijorat banklari tariqasida
yuzaga kelgan emas, ya’ni banklar o‘rtasida xozirgidek bo‘linish bo‘lmagan.
Bank ishi rivojlanishining birinchi bosqichlarida rivojlangan mamlakatlarda tijorat
banklari kapitallarni yi\ish maqsadida muomalaga banknotlar chiqarganlar.
Banklarning yiriklashuvi, bank ishining rivojlanishi natijasida banknotalarni
muomlaga chiqarish yirik tijorat banklar qo‘liga o‘ta borgan va keyinchalik biror
yirik bank ixtiyoriga berilgan. Bu bank milliy yoki emission bank, ya’ni kredit
tiziminin boshqarib turuvchi barcha banklar faoliyatini nazorat qilib turuvchi kredit
instituti sifatida namoyon bo‘ladi.
Jaxon amaliyotida markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yuli
mavjud. Birinchi yo‘l-bu uzoq davr davomida tijorat banklarining rivojlanishi
natijasida, ularni milliylashtirish yo‘li bilan markaziy banklarning tashkil
qilinishi. Bunga misol qilib, Angliya bankini 1844 yil, Fransiya bankini 1848 yil,
Ispaniya banki 1874 yil, Germaniya Reyxsbanki-1875 yil, Italiyada 1893 yil,
Ispaniyada 1874 yilda mavjud banklarning emission markaz sifatida faoliyat
ko‘rsatishga moslashganligini keltirish mumkin. Ikkinchi yul-tashkil
qilingandayoq markaziy bank-emisson markaz sifatida qabul qilingan banklar.
Bunday banklarga A+SH ning Federal banklari, 1913 yillarda ko‘pgina Lotin
Amerikasi mamlakatlarida tashkil qilingan banklar, Avstriya banki va boshqalarni
misol keltirish mumkin.
A+Shda Markaziy bank funksiyasini 12 federal rezerv bankdan iborat Federal
Rezerv tizimi bajaradi. Federal rezerv banklar aksioner banklar bo‘lib, bu
banklarning akuionerlari sifatida milliy tijorat banklari faoliyat ko‘rsatadi. Tijorat
banklar aksioner sifatida dividend olishadi. Dividend miqdori 6 foizdan
oshmasligi kerak.
Markaziy banklar ijrochi tashkilotlar ta’sirisiz, o‘z faoliyatidan olib borishlari
kerak.
Jaxonda o‘z faoliyatini olib borishda eng mustakil bo‘lgan banklardan biri
bu Nemis Federal banki-Bundes banki xisoblanadi. Ba’zi bir davlatlarda
markaziy bank parlamentga xisobot beradi. Ko‘pgina xollarda Markaziy banklar
o‘z faoliyatida mustaqil bo‘lsada, shu bilan birga davlat banki xisoblanadi:
2. Markaziy bankning funksiyalari.
Markaziy bank quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
- banknotlar( nakd pullar) emissiyasi,
- davlatning oltin-valyuta zaxiralarini saqlash,
- pul-kredit siyosati instrumentlari yordamida iqtisodni muvofiqlashtirish,
- kredit institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish,
- davlat banki sifatida faoliyat ko‘rsatish,
- to‘lov-xisob munosabatlarini tashkil qilishni belgilab berish,
- valyuta kursini muvofiqlashtirish.
Jaxonning barcha mamlakatlarida banknotlarni muomalaga chiqarish
funksiyasi markaziy banklarning asosiy funksiyalaridan biri xisoblanadi va u bu
soxada monopol xuquqiga ega. Kredit pullar markaziy bank tomonidan qonunda
belgilangan ravishda chiqariladi va markaziy bank muomalaga chiqargan
pullarning qaytib bankga kelib tushishi choralarini ishlab chiqishi zarur.
Davlatning valyuta zaxiralarini boshqarish funksiyasi. Markaziy bank
davlatning oltin, kimmatbaxo metall va kamyob toshlarni, valyuta zaxiralarini
boshqaradi. Davlatning rasmiy oltin-valyuta zaxiralari xalkaro xisob-kitoblarda
aktivlar rezervi, xisob-kitoblar bo‘yicha davlatning kafolatli su\urta fondi sifatida
namoyon bo‘ladi. Odatda mamlakat oltin zaxiralarini asosiy qismi Markaziy
bank ixtiyoriga berilgan bo‘ladi. Ba’zi davlatlarda oltin zaxiralar moliya
ministrligi ixtiyorida bo‘lib, markaziy bank oltin bilan bo\liq operatsiyalarni olib
boradi. Markaziy banklar mamlakat valyuta zaxiralarini o‘zida yi\adi va bu
zaxiralar xalqaro xisob-kitoblarni amalga oshirish, to‘lov balansi defitsitini qoplash
va mamlakat milliy valyutasi kursining barqarorligini ta’minlash uchun ishlatadi.
Markaziy bank orqali davlatning iktisodiy siyosati, yanada aniqro\i davlatning pul-
kredit siyosati olib boriladi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati davlatning
iqtisodni boshqarish siyosatining bir qismi bo‘lib, muomaladagi pul massasi, kredit
xajmi, foiz stavkalari darajasini va boshqa pul muomalasi va ssuda kapitali bozori
ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish bilan bo\liq bo‘lgan chora-tadbirlar yi\indisidan
tashkil topadi.
Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta barqarorligini
ta’minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona o‘rnatish asosida inflyatsiya
sur’atlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradorligini oshirish va
iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlashdan iborat.
Pul-kredit siyosatining ikki yunalishi. Pul-kredit siyosati ikki yo‘nalishda olib
borilishi mumkin. Birinchi yo‘nalish-kredit ekspansiyasi bo‘lib, bu siyosat pul-
kredit emissiyasini ra\batlantirish yo‘li bilan olib boriladi, ya’ni ishlab chiqarish
sur’atlari tushib ketgan xolda, konyukturada rivojlanishga erishish mumkin.
Ikkinchi yunalish-kredit restriksiya siyosati bo‘lib, u iqtisodiy o‘sish davrida pul-
kredit emissiyasining qisqarishiga asoslanadi. Markaziy bank "tor" va "keng"
ma’noda pul-kredit siyosatini olib borishi mumkin. "Tor" siyosatda valyuta
bozorida investitsiya, xisob stavkasi va qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foiz
stavkalariga ta’sir qiluvchi boshqa instrumentlar yordamida valyuta kursi
maqbulligiga erishish tushuniladi. "Keng" siyosatda muomaladagi pul massasiga
ta’sir qilish orqali inflyatsiyaga qarshi kurash olib borish tushuniladi. Pul-kredit
siyosatining xalkaro jixatlari valyuta kursi, valyuta rezervlari va to‘lov balansi
kabi masalalarning yechimiga qaratilgan bo‘ladi. Markaziy bank ruxsat etilgan
instrumentlar yordamida pul muomalasini boshqarib boradi. Markaziy bankning
pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlari bo‘lib quyidagilar xisoblanadi:
- minimal majburiy rezerv meyorlarini o‘rnatish:
- foiz (diskont) siyosati,
- tijorat banklarini qayta moliyalashtirish,
- ochiq bozor siyosati,
- targetrlash va boshqalar.
Majburiy rezervlar. Muomaladagi pul massasining xajmini, banklarning
likvidliligini muvofiqlashtirish va inflyatsiya sur’atlarini tushuntirish maqsadida
Markaziy bank tijorat banklari uchun majburiy rezervlar normasini o‘rnatib berish
siyosatini amalga oshiradi. Pul muomalasini muvofiqlashtirishning bu usuli
birichni bo‘lib 1913 yilda A+SH da qo‘llanilgan. Minimal zaxiralar bu tijorat
banklari resurslarining markaziy bankda majburiy saqlanishi zarur bo‘lgan
qismidir. Majburiy rezerv miqdori tijorat bankining yi\ilgan resurslariga nisbatan
foizda belgilanadi. Bu zaxira bevosita banklarning kreditlash imkoniyatini
chegaralasa-da, ularning minimal likvidliligini taxminlash omili bo‘lishi mumkin.
Minimal zaxira meyori jam\arma turiga, uning xajmiga, bankning
joylashish o‘rniga bo\lik bo‘lgan xolda turli mamlakatlarda turlicha bo‘lishi
mumkin. Mavjud manbalar shuni ko‘rsatadiki, masalan, Yaponiyada minimal
rezervlar stavkasi 2,5 foizni: A+Shda 12 foizni, Germaniyada-12,1 foizni,
Portugaliyada- 17 foizni, O‘zbekistonda 20 foizni tashkil qiladi.
Markaziy bank tomonidan zaxira mikdori ba’zi bir omillarni xisobga olgan
xolda uzgartirilishi mumkin.
Markaziy bankning xisob(diskont) siyosatining moxiyati shundaki, u tijorat
banklardan veksellarni sotib oladi. Aytaylik, mol sotib oluvchi korxonaning
yetkazib berilgan mol( tovar, xizmat va x.k) larning xaqini to‘lash uchun mabla\
yetarli bo‘lmasa, u tovar uchun to‘lashni ma’lum vaqt o‘tgandan keyin amalga
oshirishi to‘\risida veksel berishi mumkin. Mol sotuvchi korxonaga pul
mabla\lari zarur bo‘lgan vaqtda u vekselni tijorat bankiga sotishi mumkin. Tijorat
banki vekselni sotib olganda unda ko‘rsatilgan summadan kam summaga
(ma’lum foizushlab kolgan xolda) sotib oladi. Zarur bo‘lganda tijorat banki
vekselni markaziy bankda xisobga qo‘yishi mumkin. Bu xolda markaziy bank
xam o‘z foydasiga ma’lum foiz-xisob stavkasi ushlab qolishi mumkin. Markaziy
bankning xisob stavkasi turli davlatlarda xar xil 5 foiz dan 15 foizgacha bo‘lishi
mumkin. Tijorat banklari veksellarni sotib olishda Markaziy bankning xisob
stavkasiga tayanadilar. Markaziy bankning xisob stavkasi tijorat banklari
o‘rnatadigan xisob stavkaning eng past chegarasi xisoblanadi. Odatda tijorat
banklarining xisob stavkasi markaziy bankning xisob stavkasidan yukori (0,5
dan- 2 foiz gacha) bo‘ladi.
+ayta moliyalashtirish siyosati. Tijorat banklarining qayta moliyalashtirish
siyosati bu to‘\ridan-to‘\ri kreditlash, veksellarni xisobga olish, qimmatbaxo
qogozlarni garovga olgan xolda kreditlar berish va kredit auksionlarni
o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bundan kelib chiqqan xolda markaziy
bankning qayta moliyalashtirish operatsiyasi quyidagi usullarda olib borilishi
mumkin:
- tijorat banklarining ixtiyoriga veksellarni xisobga olish yo‘li bilan
kreditlash;
- tijorat banklari ixtiyoriga qimmatbaxo qogozlarni garovga olish yo‘li bilan
kreditlar berish. Bunday kreditlar deyiladi. Ularnin foiz stavkalari lombardli foiz
stavkalar deb yuritiladi. Jaxon amaliyotida lombard bo‘yicha foiz stavkasi doimo
xisob stavkasidan 1-2 foiz yuqori bo‘ladi;
- to‘\ridan-to‘\ri kredit berish usuli. Kredit tashkilotlari faoliyatida moliyaviy
qiyinchiliklar bo‘lgan xollarda ular markaziy bankka kredit olish uchun murojaat
qilishi va markaziy bank kreditidan foydalanishi mumkin. Remoliyalashtirishning
asosiy maqsadi pul muomalasi va kredit munosabatlarining xolatiga ta’sir
ko‘rsatishadn iborat. Remoliyalashtirish siyosatini olib bora turib markaziy bank
oxirgi kreditor sifatida maydonga chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasida markaziy bank o‘rnatgan qoidalarga asosan,
quyidagi aktivlarni garovga olgan xolda 3 oygacha bo‘lgan muddatda kreditlar
berishi mumkin:
- oltin, chet el valyutasi, xalqaro zaxiralar toifasiga kiruvchi valyuta
boyliklari va boshqa boyliklar;
- davlatning qarz majburiyatlari va davlat tomonidan kafolatlangan boshqa
qarz vositalari.
Markaziy bankda depozit o‘tkazilgan va uning djepozitariysi uchun maqbul
bo‘lgan, xarid qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan va markaziy bank ular bilan
ushbu qonun doirasida boshqa xil operatsiyalar o‘tkazishi mumkin bo‘lgan
aktivlar, to‘lanishiga banklar kafolat bergan tijorat veksellari asosida kreditlar
berishi mumkin.
Ochiq bozor siyosati. Ochiq bozor siyosati deganda, markaziy bankning
ochik bozorda kimmatbaxo kogozlarni uz xiobidan sotib olishi va sotishi
tushuniladi.
Markaziy
bankning
ochik
bozor
siyosati
asosan
xazina
majburiyatlariin, sanoat kompaniyalari va banklarning obligatsiyalarini,
markaziy bankda xisobga olingan tijorat veksellarini sotish va sotib olish orqali
amalga oshiriladi. Markaziy bankning ochiq bozor siyosati orqali bank tizimining
va aloxida olingan tijorat banklarning o‘z rezervlari miqdori oshirilishi(agar
qimmatbaxo qogozlar sotib olinsa) miqdori oshirilishi (agar qimmatbaxo qogozlar
sotilsa) mumkin. Ochiq bozor siyosati orqali markaziy bank kredit baxosining
o‘zgarishiga erishishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida pulga bo‘lgan talabning
o‘zgarishiga olib keladi. Odatda markaziy bank bu siyosat orqali ortiqcha pullarni
muomaladan oladi va pul muomalasini muvofiqlashtirish bo‘yicha aktiv pul-kredit
siyosati olib boradi.
Jaxon amaliyotida markaziy bankning ochiq bozor siyostaida asosiy o‘rnini
davlatning qisqa muddatli majburiyatlari bilan bo‘ladigan operatsiyalari
egallaydi. Bu faoliyat A+Shda, Germaniyada yaxshi yo‘lga quyilgan. Undan
tashqari Germaniyada Nemis Federal banki pul-valyuta siyosatini tartibga solish
uchun ochiq bozorda quyidagi qimmatbaxo qogozlarni bozor stavkasida sotishi va
sotib olishi mumkin:
Federal bank bilan bitim shartlariga yarovchi vekselar.
Federal bank tomonidan loyiq deb topilgan boshqa qarz majburiyatlari.
Federal bank ochiq bozorda qarz majburiyatlarini emitentning o‘zidan sotib
ololmaydi. Bu xolda shartnoma ochiq bozor siyosati emas, aksincha kreditlash
bo‘lib qoladi.
"O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘\risida"gi qonunning
25-moddasiga asosan markaziy bank o‘zi chiqargan qimmatli qogozlarni,
shningdek qarz majburiyatlarini ochiq bozorda sotishi va sotib olishi mumkin.
Markaziy bank budjetni moliyalashtirish uchun ochiq bozorda operatsiyalar olib
borishga, qimmatbaxo qogozlarni birinchi joylashtirishda ularni sotib olishga xaqli
emas.
Markaziy bankning ochiq bozorda olib boradigan operatsiya quyidagi
xususiyatlar bo‘yicha farqlanadi:
- bitim sharti bo‘yicha: naqd pul yoqi qayta sotish majburiyati bilan ma’lum
muddatga olish (REPO operatsiyasi) bilan bo\lik operatsiyalar:
- bitim obyektlari bo‘yicha: davlat yoki aksioner jamiyatlari qimmatbaxo
qo\ozlari bilan bo‘ladigan operatsiyalar,
- bitim muddati bo‘yicha: qimmatbaxo qogozlar bilan qisqa muddatli
(3 oygacha) va uzoq muddatli (1 yil va undan ortiq) operatsiyalar,
- operatsiyalar o‘tkazish doirasiga qarab: bank tizimi doirasida yoki nobank
tizim doirasida qimmatbaxo qogozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar,
- foiz stavkalarini o‘rnatish bo‘yicha: markaziy bank yoki bozor tomonidan
aniqlanadigan stavkalar.
Targetirlash. Pul massasi xajmining o‘zgarishini o‘rnatilgan usullar
yordamida chegaralsh targetirlash deb ataladi. Targetirlashda ma’lum bir davrda
pul massasi xajmining taxminiy yuqori va past darajasi belgilab beriladi.
Jaxon amaliyotida pul massasi xajmini chegaralashning taxminiy darajasi
quyidagi maqsdali yo‘nalishlar bo‘yicha belgilab beriladi. Masalan, Fransiyada
bu usul nazorat raqamlari, A+Shda depozit shaklida, Yaponiyada istiqbol shaklida
belgilab beriladi.
Markaziy bank targetirlashni pul muomalasini muvofiqlashtirishning boshqa
voistalari bilan birgalikda olib boradi. Targetirlashning axamiyati shundaki,
ma’lum bir davrda xaqiqatda muomalaga chiqarilgan pul massasini taxminiy
belgilab berilgan pul massasi bilan solishtirsh natijasida pul muomalasidagi
axvol to‘grisida ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin va oldindan zaruriy choralar
ishlab chiqish xamda amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin. Bu esa
o‘z navbatida Markaziy bank pul-kredit siyosatining samaradorligini ta’minlaydi.
Targetirlashda foydalaniladigan ko‘rsatkichlar pul-kredit siyosatini olib
borish an’analariga, pul muomalasini muvofiqlashtirish usullariga bo\liq bo‘ladi.
Markaziy bankning navbatdagi funksiyalaridan biri bu kredit institutlari
faoliyatini muvofiqlashtirishdan iborat. Tijorat banklari faoliyatini markaziy bank
tomonidan nazorat qilishning zarurligi bozor iqtisodi sharoitida markaziy
bankning muxim rol o‘ynashi bilan asoslanadi. Markaziy bank bozor iqtisodiyoti
sharoitida iqtisodiyot bilan bank tizimi o‘rtasida vositachi sifatida faoliyat
ko‘rsatadi. Bank nazorati ikki maqsadni amalga oshirish uchun:
- jam\armachilar manfaatlarini xar xil mumkin bo‘lgan zararlardan ximoya
qilish,
- risklarning oldini ola turib moliyaviy bozorning barqarorligini ta’minlashga
yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin.
- Markaziy bank tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish funksiyasini amalga
oshirishda quyidagi vazifalarni bajaradi:
- bank faoliyatini olib borishga litsenziyalar berish;
- banklar xisobotlarini tekshirish;
- joylarda tekshirishlar o‘tkazish;
- bank operatsiyalarini bajarishda normalarga rioya qilishni nazorat qilish.
Bank faoliyatini olib borishga litsenziya( ruxsat) berish orqali markaziy bank
tashkil qilinayotgan kredit institutlarining bank faoliyatini olib borish
imkoniyatlarini aniqlaydi. Kredit tashkilotiga litsenziya berishda quyidagi
max’lumotlarga e’tibor beriladi:
- bankning asosiy aksionerlari,
- boshlan\ich kapitalning manbalari,
- bank rashbar xodimlarining malakasi va faoliyatining mos kelishi:
- ko‘rsatilgan xizmat turlari va bank strategiyasi,
- ustav kapitalining miqdori,
- bank aktivlarining to‘\ri basholanganligi,
- yuzaga keladigan risklarni qoplash maqsadida rezerv fondini tashkil qilish
siyosati va boshqalar.
Jaxon amaliyotida 80-yillardan boshlab ko‘pgina banklar inqirozga uchrashi
munosabati bilan Markaziy banklar tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish
maqsadida banklar va ularning shu’balari to‘\risida xisobotlar topshirishni belgilab
berdi.
Markaziy bank tijorat banklarni amalga oshiradigan operatsiyalarni tekshirish,
ichki audit xolatiga baxo berish xuquqiga ega. Bunda avvalom bor tijorat
banklarining aktivlari: kreditlar va barqarorligi tekshiriladi. Tekshirish
o‘tkazishdan asosiy maqsad:
- bankning moliyaviy xolatiga obyektiv baxo berish:
- bankni boshqarish sifatiga va uning raxbari faoliyatiga baxo berish;
- bankning moliyaviy axvolini va uning bajaradigan operatsiyalarining
samaradorligini ta’minlash buyicha choralar ishlab chiqish;
- bank faoliyatining mavjud qonunlar va normativ xujjatlariga muvofiq olib
borilishini ta’minlash va boshqalardan iborat.
Markaziy
bank,
shuningdek,
tijorat
banklarining
olib
boradigan
operatsiyalarining norma buyicha bajarilishini nazorat qilib boradi. Bu xolda
Markaziy bank tijorat banklarining quyidagi ko‘rchatkichlarini tekshiradi:
- bank kapitalining aktivlariga nisbati;
- bir mijozga to‘\ri keluvchi kreditning limiti;
- likvidlilik koeffsiyenti normativlariga rioya qilish;
- foiz stavkalarining o‘zgarishi natijasida daromadning o‘zgarishi va
boshqalar.
Markaziy bank xukumatning moliyaviy maslaxatchisi. Markaziy bank davlat
banki sifatida faoliyat olib boradi va xukukmatning moliyaviy maslaxatchisi
xisoblanadi.
Bu funksiyani bajara turib Markaziy bank davlat tashkilotlariga xisob
xizmatlarini ko‘rsatadi va davlat budjetining kassaviy ijrosini amalga oshiradi. U
davlatning xazina to‘lovlarini amalga oshiradi va davlatga kreditlar beradi. Davlat
xazinasidagi bo‘sh pul mabla\lari Markaziy bankda depozit shaklida saklanadi.
Markaziy bank davlatning qisqa va uzoq muddatli qarzlari bo‘yicha kassa
xizmatini ko‘rsatadi.
Markaziy bank to‘lov, xisob-kitob munosabatlarini tashkil qilish funksiyasini
bajara burib, moliya tizimining barqarorligini ta’minlash, to‘lov tizimining
samarali bo‘lishini ta’minlash, pul-kredit siyosatini o‘tkazish kabi masalalarni xal
kilishni o‘z oldiga quyadi. Moliyaviy tizimning samaradorligi avvalom bor to‘lov
tizimining quyi darajada tashkil qilinganligiga bo\liq bo‘ladi. Shalq xo‘jaligida
to‘lov mexanizmining yaxshi yo‘lga qo‘yilishi, banklararo xisob-kitoblarning to‘\ri
olib kelishga asos bo‘lib xizmat qiladi. To‘lov tizimida naqd pulsiz xisob-kitoblar
shakllarini rivojlantirish, elektron to‘lovlar tizimini joriy qilish va rivojlantirish
kabi vazifalar amalga oshiriladi.
Markaziy bank valyuta kursini boshqarish funksiyasini bajaradi. Markaziy
bankning bu funksiyasi bozor iqtisodiyoti tizimini tartibga solishda asosiy
o‘rinlardan birini egallaydi. Markaziy bankning asosiy valyuta siyosatiga
quyidagilarni kiritish mumkin:
1.Valyuta intervensiyasi
2.Deviz siyosati
3.Svop operatsiyasi
4.Devalvatsiya
5.Revalvatsiya
6.Valyutaviy cheklashlar siyosati va boshqalar.
Valyuta intervensiyasi nima. Valyuta intervensiyasi deb Markaziy
bankning milliy valyuta kursiga ta’sir qilish maqsadida chet el valyutasini sotish va
sotib olish bo‘yicha o‘tkazadigan operatsiyalari bilan valyuta bozori faoliyatiga
arlashuviga aytiladi. Milliy valyuta kursini oshirish, maqsadida markaziy bank
chet el valyutasini sotadi va aksincha, milliy valyuta kursini tushirmoqchi
bo‘lganida, u chet el valyutasini sotib oladi. Markaziy bank tomonidan birinchi
valyuta intervensiyasi XIX asrdan qo‘llanila boshlagan. XX asrning 30 yillaridan
boshlab bu operatsiyalar rivojlangan mamlakatlarda milliy valyuta kursini
tushirish va shu asosda eksportni ra\batlantirish maqsadida qo‘llanila boshlagan.
Bretonvud valyuta tizimi doirasida valyuta intervensiyasi o‘zgarmas valyuat kursi
va paritetini ta’minlash vositasi sifatida qo‘llanilgan bo‘lsa, o‘zgaruvchan valyuta
kursi mavjud bo‘lgan mamlakatlarda milliy valyuta kursidagi katta
o‘zgarishlarning oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.
Markaziy bank valyuta kursining barqarorligini ta’minlash uchun ma’lum
xalqaro to‘lov vositalari (oltin valyuta zaxiralari, SDR, XVFning rezerv
pozitsiyasi) rezervlariga yoki chet el zayomlariga ega bo‘lishlari kerak. Valyuta
rezervlari bu davlatning markaziy bankdagi valyuta zaxiralari xisoblanadi.
Svop operatsiyalari. Valyutaviy svop operatsiyalari va garov evaziga ssudalar
berish bilan boglik valyuta operatsiyalari Germaniya Markaziy bankining valyuta
siyosatida keng qo‘llaniladi. Svop bu bank opearsiyasi bo‘lib, valyuta ma’lum
muddatga naqd sotiladi (sotib olinadi) va bir vaqtning o‘zida valyutaviy savdo
bo‘yicha qarshi bitim tuziladi. Masalan, Markaziy bank tijorat banklaridan svop
bitimi bo‘yicha chet el valyutasidan sotib oladigan bo‘lsa, Markaziy bank ular
ixtiyoriga pul mabla\larini ma’lum davrga berib qo‘yadi, va aksincha. Markaziy
bankning valyuta siyosatining muxim jixatlaridan bir shundaki, u orqali kredit
instrumentlarining likvidliligiga ta’sir ko‘rsatish mumkin. Ularning likvidliligiga
ta’sir ko‘rsatishining muxim usullaridan biri garov evaziga ssudalar berish bilan
bo\liq valyuta operatsiyalarini amalga oshirishdir. Ushbu operatsiyani amalga
oshirish uchun tijorat banklariga Markaziy bankning chet el valyutasidagi
aktivlaridan vaqtinchalik foydalaonish xuquqi beriladi: Aktivlarning o‘zi esa
Markaziy bankning mulki bo‘lib qolaveradi va shu sababi unga foiz xisoblab
borilaveradi.
Jaxon
amaliyotida
odatda,
Markaziy
bankning
valyuta
operatsiyalarining asosiy kismi svop operatsiyalariga tugr keladi.
Devalvatsiya. Devalvatsiya (lotincha so‘z bo‘lib, qadri tushish degan
ma’noni anglatadi) milliy valyutaning chet el valyutasi va boshqa xalqaro to‘lov
vositalariga nisbatan qadrining tushishini anglatadi. Oldingi mavzularimizda
ta’kidlaganimizdek devalvatsiyaning kelib chiqishiga sabab bo‘lib inflyatsiyaning
kuchayishi va mamlakat to‘lov balansining salbiy qoldiqga ega bo‘lishi
xisoblanadi. Devalvatsiya siyosatini mamlakat to‘lov balansida axvol
yomonlashganda va import oqimi kuchayganda amalda qo‘llash iqtisodga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi.
Revalvatsiya. Revalvatsiya (lotincha suzdan olingan bo‘lib, qadri oshishi
degan ma’noni anglatadi) milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan qadrining
oshishidir. Revalvatsiya sotib olish qobiliyati kuchli bo‘lgan valyutalar buyicha,
masalan, Germaniya, Shveytsariya,Yaponiya kabi mamlakatlarda qo‘llaniladi. Bu
mamlakatlar uzoq davr davomida aktiv to‘lov balansiga ega bo‘lib kelgan.
Bu mamlakatlarning eksport qudrati yuqori bo‘lishi, inflyatsiya darajasining
pastligi xam revalvatsiya o‘tkazishga asos xisoblanadi. Revalvatsiya
devalvatsiyaga nisbatan jaxon amaliyotida kamroq ko‘llaniladi. Revalvatsiyaning
salbiy tomonlari xam mavjud.
Revalvatsiya mamlakatning eksport potensialini kamaytirishi mumkin.
Bunga sabab revalvatsiyadan keyin mamlakat tovarlarining jaxon savdo bozorida
chet el valyutasidagi narxining oshishidir. Bu esa mamlakat to‘lov balansiga salbiy
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Revalvatsiya yana ishsizlik muommasini keltirib
chikarishi mumkin. Revalvatsiyada chet el valyutasida kredit olgan qarz
oluvchilar yutadi. Shu bilan birgalikda importerlar olib kelgan tovarlari uchun
arzonroq chet el valyutasini olish imkoniyati tu\iladi va import uchun qulay muxit
yuzaga keladi.
Valyutaviy cheklanishlar. Valyutaviy cheklanishlar deganda, odatda chet el
valyutasi oltin va boshqa valyuta qiymatliklari bioan bo‘ladigan operatsiyalarni
davlat miqyosida qonun asosida cheklashlar tushuniladi. Bu chorani amalga
oshirishdan maqsad to‘lov balansining aktivligiga va milliy pul birligi kursini
qo‘llab-quvvatlash va uning barqarorligiga erishishdan iborat. Milliy valyuta
barqarorligini ta’minlash maqsadida Markaziy bank mamlakatga chet el kapitali
kelib tushishini ta’minlovchi choralar ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
3.O‘zbekistonda zamonaviy bank tizimining shakllanishi.
Bank tizimi bozor iqtisodiyotining muxim va ajralmas qismidir. Tovar pul
munosabatlarining keng miqyosda rivojlanishi banklar oldida yangidan-yangi
operatsiyalar bajarishga imkoniyatlar ochib beradi.
Shuning uchun xam respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos
keluvchi zamonaviy bank tizimi yaratish zaruriyati tu\ildi. O‘zbekiston
respublikasi bank tizimining bosh maqsadi jaxon talabiga mos keluvchi,
rivojlangan milliy kredit tizimiga ega bo‘lish, xujaliklar va axolining bo‘sh
turgan mabla\larini jalb qilish va uni samarali taqsimlash asosida axolining
talablarini qondirish uchun zamin yaratish va yashash sharoitini yaxshilashga
erishishdan iborat. Bu maqsadga erishishni ta’minlash uchun davlatimiz
tomonidan mamlakatimiz bank sektorining rivojlanishini ta’minlovchi zaruriy
makroiqtisodiy sharoitlarni xamda bank tizimi barqarorligini ta’minlash,
shuningdek, bank nazorati tizimini va banklar faoliyatini boshqarish usullarini
takomillashtirish, banklarning depozit, kredit va investitsiya faoliyatini yanada
rivojlantirishga erishish va banklar o‘rtasida raqobat bo‘lishini ta’minlashga asos
yaratishdan, nobank tashkilotlari xuquqiy bazasini yaxshilash, ularnnig moddiy-
texnika jixatdan samarali ta’minlanganligiga erishish kabi choralarni amalga
oshirish ko‘zda tutilgan. Bank tizimini qayta tashkil qilishni amalga oshirish
quyidagi tamoyillarga asoslangan xolda olib borilishi mumkin:
- xorijiy va maxalliy investorlarning ishonchini qozonish maqsadida bank-
moliya tizimi barqarorligiga erishish:
- bank tizimidagi isloxotlar umumiqtisodiy isloxotlarning o‘tkazilishi bilan
mos kelishi:
- bank-moliya tizimini boskichma-boskich takomillashtirish yo‘li bilan jaxon
bank tizimiga yaqinlashtirish:
- pul-kredit siyosatini olib borishda mamlakatning ichki extiyojini va uning
iqtisodining xususiyatini xisobga olish:
- banklar faoliyatida mijozlar manfaatini ustun quyish va boshqalar.
Bizning zaminimizda mavjud bo‘lgan banklarning rivojlanashini ikki yirik
davrga bo‘lib qarash mumkin. Birinchi davr
- bu O‘zbekiston mustaqilikka erishgungacha bo‘lgan davrdagi bank tizimi
va ikkinchi davr O‘zbekiston mustaqilikka erishgandan keyinngi davrdagi bank
tizimi va uning rivojlanish bosqichlarini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston mustaqilikka erishgunga qadar bo‘lgan bank tizimining
rivojlanishini taxlil qilib qaraydigan bulsak, uning rivojlanishining quyidagi
bosqichlarini keltirish mumkin:
- birinchi bosqich XIX- asrning oxiridan 1930-32 yillargacha bo‘lgan davrni
o‘z ichiga oladi. Bu davr ichida oldingi mavjud bo‘lgan banklar zaminida Sobiq
ittifoqning kredit tizimi tashkil qilindi. Bu davrda 30-yillarda iktisodning
rivojlanishiga mos keluvchi banklar: tarmok banklari, o‘lka banklari, tijorat
banklari, maxsus banklar, dalat banklari kabi banklar faoliyat ko‘rsatgan;
- ikkinchi bosqich 1932 yildan 1959 yillargacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga
oladi. Bu davrda banklar faoliyatida o‘zgarishlar yuz berdi va banklar veksel
orqali kreditlashdan ( o‘sha davrda bu kreditlash amaliyotda "egri" kreditlash
deb nom olgan) to‘\ridan-to‘\ri korxonalarni kreditlashga o‘tkazilgan. Bu davrda
xujaliklar o‘rtasidagi vazifalar taqsimlangan va xalq xujaligi soxalari bo‘yicha
banklar tashkil qilingan xamda bu banklar faqat shu soxalarni uzoq muddatli
kreditlash va moliyalashtirish bilan shu\ullangan. Davlat banki esa asosan qisqa
muddatli kreditlash jarayonlarini olib borgan.
- uchinchi bosqich 1959 yildan 1988 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Bu davrda mavjud tarmoq banklari qayta tashkil qilinib mamlakatdagi barcha
kredit munosabatlarni olib borish maqsadida uchta bank tashkil qilindi. Bular:
Davlat banki, qurilish banki, tashqi savdo banki bo‘lgan. Davlat banki xalq
xo‘jaligining barcha soxalariga (faqat qishloq xo‘jaligining ba’zi extiyojlari uchun
uzoq muddatli kreditlar bergan) qisqa muddatli kreditlar berish bilan shu\ullangan.
+urilish banki kapital quyilmalar bilan bo\lik bo‘lgan xarajatlarni, qurilishni
moliyalashtirish, uzoq muddatli kreditlar berish bilan bo\lik operatsiyalarni
bajargan. Tashqi savdo banki Moskvada joylashgan bo‘lib, mamlakatning eksport-
import bilan bo\lik faoliyatini boshqarib borgan;
- turtinchi bosqich bank tizimining qayta tashkil qilish davri bqlib, u 1988
yildan 1990 yilgacha bulgan davrni o‘z ichiga olgan. Bu davrda bank tizimida
katta o‘zgarishlar ro‘y berdi va davlat banki bilan bir qatorda maxsus tarmoq
banklari tashkil qilindi.
Bu banklar jumlasiga sanoat-qurilish banki, agrosanoat banki, uy-joy
qurilish va ijtimoiy ta’minot banki, jam\arma bank va tashqi iqtisodiy faoliyat
banki kabilar kiradi. Bu banklar faoliyatining xususiyatli tomoni shunda ediki,
ular o‘zi xizmat ko‘rsatadigan soxaga uzoq va qisqa muddatli kreditlar berish
xuquqiga ega edilar.
Shu davrdan boshlab Davlat bankidan kreditlash funksiyasi olib tashlandi
va u emission bank sifatida faolyait ko‘rsatadigan bo‘ldi.
90-yillarda bank tizimini qayta tashkil qilishdan asosiy maqsad mamlakatda
yuz berayotgan asosiy o‘zgarishlarni xisobga olgan xolda banklar zimmasiga
korxonalar va tashkilotlarga kompleks xizmat ko‘satishni ta’minlash va korxonalar
bilan banklar o‘rtasidagi munosabatlarni xo‘jalik xisobiga o‘tkazish, quyi bank
muassasalarining xuquq va majburiyatlarini oshirishdan iborat edi. Mustaqillikka
erishgunga qadar O‘zbekiston xududidagi bank muassasalari SSSR bank tizimi
tarkibiy qismiga kirar edi. Shu bilan birga bu banklar sobiq "ittifoq" bank tizimi
doirasidan tashqarida faoliyat ko‘rsata olmasdilar. Sobiq SSSR bank tizimida
Davlat banki monopol mavqyeiga ega bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida emissiya
instituti, qisqa muddatli kreditlashtirish va xo‘jaliklarga xisob-kitob operatsiyalari
bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi markaz xisoblanardi. Davlat bankining xam emissiya
funksiyalarini xam xisob-kitoblar va 90-yillargacha kreditlash buyicha
mijozlarga xizmat ko‘rsatish funksiyalarini bajarishga monopollashuvi uni davlat
boshqaruvi va nazorat organiga aylantirgan edi.
XULOSA
1. Pul-kredit siyosati departamenti- Markaziy bankda bu departament
Respublikada amal kilayotgan pul munosabatlari, ularning olib borilishi,
mamlakatda pul-kredit munosabatlari taxlili bilan shugullanib boradi.
2. Iktisodiy taxlil va kredit xisob-kitobi munosabatlari Departamenti-
Banklarning iktisodiy axvoli, ularning olib borilayotgan pul munosabatlari
operatsiyalari, banklarning kredit berish saloxiyati, banklarda iktisodiy xolatini
tekshirib, ularni bankrotlik xolatlaridan saklanish yullarini urganib chikadi.
3. Bank tizimida metodologiya ishlarini muvofiklashtirish Departamenti- bu
bulimda Markaziy bankka buysunuvchi barcha banklar uchun yuriknomalar ishlab
chikadi va ularga banklarni amal kilish xolatlarini nazorat kilib boradi.
4. Tijorat banklarini nazorat kilish departamenti - Banklar ustidan nazorat olib
borib, ularni faoliyatini taftishdan utkazish, bajarilgan operatsiyalarni tugri olib
borilganligi va ularni xujjatlarda tugri aks ettirilganligini tekshirib beradi. Berilgan
kreditlarni ishonchliligi, kreditlarni berilgan muddatlari, olingan foizlar,
banklarning asosiy vositalari va ustidan taftish olib boradi.
5. Buxgalteriya xisobi va xisoboti, davlat budjeti xamda kassa ijrosi
Departamenti- Markaziy banklarda buxgalteriya xisobini olib borish, mijozlar
buxgalteriyasini taxlil kilish, banklarning buxgalteriya xisoboti. Davlat budjeti
xolatlarini, banklarda kassa ijrosini olib borilish xolatlarini nazorat kilib boradi.
6. Valyutani tartibga solish va tashki alokalar Departamenti - bu bulim milliy
valyutani tartibga solib, inflyatsiyani urganib chikadi, pulning kadrsizlanishini
oldini olish, mamlakatlar bilan tashki alokalar olib borish, xorijiy mamlakatlar
bilan pul-kredit munosabatlarini urnatish, uzining vakolatxonalarini ochish va
boshka xolatlar bilan ish olib boradi.
7. Emissiya- kassa operatsiyalari Departamenti - Markaziy bank fakatgina pul
emissiya kilish xukukiga ega. Bu bulim pul massasini va pulning aylanishi
xolatlarini taxlil kiladi va mamlakat buyicha nazorat olib boradi.
8. Kimmatli kogozlar Departamenti- Banklarning kimmatli kogozlar bilan
boglik operatsiyalarini, chet el kimmatli kogozlari( aksiya, obligatsiya, xazina
majburiyatlari, bank sertifikati, yevronotalar, yevroobligatsiyalarva boshk.)ni
tartibga solishni va amalga oshirish xolatlarini nazorat kiladi.
9. Axborotlashtirish va axborotlar xavfsizligi Departamenti- Banklarni
kompyuterlashtirish, banklararo axborot tizimini ishlab chikish, axborotlarni
tashkariga chikib ketishini oldini olish, xavfsizligini taminlanishini bajarilishi
ustidan nazorat olib boradi. Markaziy banklarda xam bu bulim asosiy axamiyatga
egadir.
10. Tijorat banklariga Litsenziya berish, faoliyatini tartibga solish va banklar
ustidan nazorat olib borish Departamengi- Respublikada yangi bank tashkil etilgan
takdirda Markaziy bank uni faoliyat jixatlarini belgilab beradi, kanday operatsiya
olib borilishini xam asoslab beradi va litsenziya beradi. Bank ustidan nazorat olib
boradi va banklar faoliyatini tartibga soladi.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1.«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘\risi»dagi qonun. T. 1995
yil 21 dekabr.
2.O‘zbekiston Respublikasi «Banklar va bank faoliyati to‘\risi»dagi qonun. T.
1996 yil 25 aprel.
3.Karimov I. «O‘zbekiston iqtisodiy isloxatlarni chuqurlashtirish yo‘lida»
1995.
4.Mullajonov F. i dr. «Bankovskaya sistema Uzbekistana v godi
nezavisimosti». T "Uzbekistan", 1996.
5. www.ziyonet.uz
Dostları ilə paylaş: |