Markaziy bankning pul-kredit siyosati. Reja



Yüklə 37,94 Kb.
səhifə1/6
tarix06.07.2023
ölçüsü37,94 Kb.
#135866
  1   2   3   4   5   6
pul kredit siyosati va bank tizimi



Markaziy bankning pul-kredit siyosati.
Reja:

  1. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari.

  2. Pul-kredit siyosatining maqsadlari va vositalari.

  3. Ochik bozordagi operatsiyalar va xisob stavkasi.

  4. Majburiy zaxiralash normasi.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

1. Banklar va ularning bozor iktisodiyotidagi
vazifalari.
Moliya bozoridagi operatsiyalar moliya muassasalari vositasida amalga oshiriladi. Bunday mussasalarga turli xil banklar, birjalar, depozitariylar, sugurta kompaniyalari, investitsiya fondlari, agentliklar va x.k.lar kiradi.
«Bank» tushunchasi kadimiy fransuzcha bang va banca so`zlaridan kelib chikkan bo`lib, «sarrof kursisi, do`koni» degan ma`noni anglatadi. Bunday tushuncha tarixchilarning taxminan 2000 yil mukaddam faoliyat ko`rsatgan bankirlar xakidagi ma`lumotlarida xam mavjud.
Pul munosabatlarining rivojlanishi banklarni yuzaga keltirgan. Bank iktisodiyot ishtirokchilarining pul yuzasidan bo`lgan alokalariga xizmat kiluvchi institut (muassasa)dir. Pul bilan boglik xizmatlarni ko`rsatuvchi tashkilotlar ko`p, ammo ularning markazida banklar turadi. O`zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to`grisida»gi konunida, bank nima, degan savolga kuyidagicha javob topish mumkin:
Bank - tijorat tashkiloti bo`lib, bank faoliyati deb xisoblanadigan faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir.
O`zbekistondagi bank tizimi O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki, aktsiyadorlik-tijorat banklari va xususiy banklardan iboratdir. 2005 yil 1-iyul’ xolatiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi bank tizimi 29 tijorat bankini o`z ichiga oldi.
Banklar pul olamini xarakatga keltiruvchi motor - yurak, pul bilan bo`ladigan xisob-kitoblarni amalga oshiradi. Xamma pul to`lovlari (transfertlar) banklar orkali o`tadi. Banklar kuyidagi ishlarni amalga oshiradi:
- pul va kimmatli buyumlarni omonatga olib, saklab beradi;
- pul bilan bo`ladigan xisob-kitob opretsiyalarini, xususan, pul to`lash
ishlarini bajaradi;
- chet el valyutasini sotadi va sotib oladi;
- o`z ko`lidagi pulni kaytarish, foizlilik va muddatlilik sharti bilan unga (muxtojlarga) karz (ssuda)ga beradi, ya`ni, kredit bilan shugullanadi;
- o`z puliga aktsiya sotib olib, uni boshka soxaga joylashtiradi;
- biznes yuzasidan maslaxat beradi va xokazo.
Bank ishi pul olamida bo`ladigan biznesdir. Bank biznesi foyda topish maksadida yuritiladi.
Markaziy bankning monopollik mavkei uning mamlakatdagi pul va pirovard natijada iktisodiy barkarorlik uchun aloxida javobgar ekanligi bilan chambarchas boglik.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bosh maksadi va asosiy vazifalari kuyidagilar:
“Markaziy banning bosh maksadi milliy valyutaning barkarorligini ta`minlashdan iborat.
Asosiy vazifalari:
Monetar siyosatni xamda valyutani tartibga solish soxasidagi siyosatni shakllantirish, kabul kilish va amalga oshirish;
Kzbekiston Respublikasida xisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish va ta`minlash;
Banklar,kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash xamda tartibga solish,banklar, kredituyushmalari, garovxonalarni nazorat kilish, kimmatbaxo kogozlar blankalari ishlab chikarishni litsenziyalash;
O`zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valyuta rezervlarini, shu jumladan kelishuv bo`yicha xukumat rezervlarini saklash va tasarruf etish;
Davlat byudjeti kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iboratdir”*
Tijorat banklari Markaziy bankda o`z kiska muddatli va o`rta muddatli majburiyatlaridan muayyan foiz xajmida eng kam zaxira deb yuritiladigan foizsiz omonatlarni saklashga majbur.
Markaziy bank banklar faoliyatini nazorat kilishda o`zining mintakaviy bo`linmalari orkali kredit muasasalaridan majburiy ravishda axborot, oylik xisobot va yillik yakuniy balans ma`lumotlarini takdim etish asosida katnashadi.
Kredit muassasalarining bo`ysinishiga karab bank konunchiligi xamda kredit tizimining pastdan yukoriga tomon tarkibiy tuzilishiga muvofik tarzda bank tizimini ikki asosiy: bir boskichli va ikki boskichli turga ajratish mumkin.
Bir boskichli bank tizimi doirasida barcha kredit muassasalari, jumladan, Markaziy bank xam, yagona boskichda turadi xamda mijozlarga kredit - xisob xizmati ko`rsatishda bir xil vazifalarni bajaradi.
Ikki boskichli tizimda banklar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar bo`yiga (vertikal’) va eniga (gorizontal’) yo`nalishlarida tuzilishiga asoslanadi. Vertikal – raxbarlik kiluvchi, boshkaruvchi markaz xisoblangan Markaziy bank bilan kuyi bo`ginlar – tijorat va ixtisoslashgan banklar o`rtasidagi bo`ysunish munosabatlari, gorizontal-turli kuyi bo`ginlar o`rtasidagi teng xukukli sheriklik munosabatlari tushuniladi.



Yüklə 37,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin