Marketing tamoyillari, funksiyalari va turlari



Yüklə 60,66 Kb.
səhifə1/3
tarix14.10.2023
ölçüsü60,66 Kb.
#155546
  1   2   3
Isaxonova Mohinur

Marketing tamoyillari, funksiyalari va turlari

Marketing tamoyillari, funksiyalari va turlari

Isaxonova Mohinur 301

Marketing tamoyillari funksiyalari va turlari


Reja:
  • Marketingni maqsadi va vazifalari.
  • Marketing turlari.
  • Marketing faoliyat sohalari.

Marketing sohasida asosan marketingning to’rtta maqsadi keltiriladi.


Mumkin bo’lgan maksimal yuqori iste'molga erishish.
Iste'molchilarning talabining maksimal qondirilishiga erishish
Iste'molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashiga imkoniyat yaratish.
Aholi turmush darajasi sifatini oshirish
Mumkin bo’lgan maksimal yuqori iste'molga erishish. Ko’pchilik rahbarlar marketingning maqsadi - ishlab chiqarishning maksimal o’sishi va korxonaning
boyishida asosiy omil yuqori iste'molga erishishni rag’batlantirishda deb biladilar. Bu fikrni boshqacha ifodalasak, odamlar qancha ko’p sotib olsa va qancha ko’p iste'mol qilishsa, shuncha baxtli bo’ladilar degan ma'noni anglatadi. Lekin, ba'zi bir kishilar moddiy boyliklar masalasining ortishi katta baxtga erishishdan dalolatdir degan fikrga shubha bilan qaraydilar. Demak, marketingning maqsadi faqat mumkin bo’lgan maksimal iste'molga erishishdangina iborat emas ekan
Iste'molchilarning talabining maksimal qondirilishiga erishish. Bu nuqtai nazarga muvofiq marketing tizimining asosiy maqsadi mumkin bo’lgan maksimal yuqori iste'molga erishish emas, balki iste'molchilarning talabini maksimal qondirishdan
iboratdir. Bu degani tovar massasi iste'moli ko’p bo’lsada, u biron-bir ahamiyatga ega bo’lmasligi mumkin. Ularning ahamiyatliligi, tovar massasining ko’pligi bilan emas, balki bu tovar massalarining qanchalik darajada iste'molchilarning talabini qondira olishi bilan o’lchanadi. Afsuski, iste'molchilarning talabining qondirilish darajasini o’rganish to hozirgi kungacha muammoligicha qolmoqda

Iste'molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashga imkoniyat yaratish. Ba'zi bir bozor mutaxassislari marketing tizimining asosiy maqsadi tovarlar xilma-xilligini maksimal ta'minlash va iste'molchilarning keng assortimentdagi tovarlarni tanlashiga imkoniyat yaratishdan iboratdir deb hisoblaydilar. Tizimning maqsadi iste'molchining talabiga to’liq mos keladigan tovarni topishiga yordam berishdan iborat bo’lishi kerak



Yüklə 60,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin