Ma`ruza №14 Mexatronikada ishlatiladigan datchiklar Reja



Yüklə 174,14 Kb.
səhifə1/5
tarix09.03.2023
ölçüsü174,14 Kb.
#87114
  1   2   3   4   5
Ma`ruza ¹14 Mexatronikada ishlatiladigan datchiklar Reja


Ma`ruza №14
Mexatronikada ishlatiladigan datchiklar
Reja:
1.Datchiklar haqida tushuncha
2. Datchiklarning klassifikatsiyasi.

1.Datchiklar haqida tushuncha
Mexatronika tizimlarida hamma vaqt elektrmexanik qurilmalar mexanik konstruktiv elementlar bilan o`zaro ta`sirlashadi. Joriy holatni hisobga olgan holda tizim harakatlarini boshqarish uchun tizimni tashkil qilgan parametrlarni o`lchash kerak bo`ladi.
Mexatronik tizimlarda boshqa texnik o’lchash jarayoni o’lchovchi o’zgartirgichlar (datchiklar yoki sensorlar) orqali amalga oshiriladi.
Adabiyotlarda datchiklarga ta`rif har xil berilgan. Masalan, datchik – signal beruvchi, rostlovchi yoki boshqaruvchi qurilma elementi bo`lib, nazorat qilinayotgan parametrni (temperaturani, bosimni, chastotani, yorug’lik kuchini, elektrik kuchlanishni, tokni va h.k.ni) o`lchash, uzatish, saqlash, qayta ishlash va registratsiyalash uchun qulay bo`lgan signalga aylantirib beradi. Yoki, osonroq qilib aytganda, datchik – bu har qanday fizik kattalik kirish ta`sirini keyin ishlatishga qulay bo`lgan signalga aylantirib beruvchi moslamadir1.
Vikipediyada datchikka quyidagicha ta`rif berilgan:
Datchik, birlamchi oʻzgartirgich — oʻlchanayotgan fizik kattalik (bosim, temperatura, elektr kuchlanish, siljish va b.)ni uzatish, unga ishlov berish va qayd qilish uchun signal (odatda, elektr signal)ga aylantirib beradigan vosita. Oʻlchash, signal yoki rostlash qurilmalari tizimining muhim qismi; sezgir elementi tekshirilayotgan miqdorlar (bosim, temperatura, tezlik, yorugʻlik kuchi, elektr toki, kuchlanish va b.) taʼsirini sezadi. Ishi elektr qarshiligi, sigʻim, induktivlikka, shuningdek, nazorat qilinadigan mexanik, akustik, issiqlik, elektr, optik, magnit kattaliklar taʼsir etganda elektr yurituvchi kuch (E.Yu.K.) hosil boʻlishiga asoslangan.
Datchikka ta’sir etuvchi parametrlar kirish parametrlari deb ataladi. Datchik kirish parametrlarini o’lchab ma’lumotlarni chiqish signali sifatida uzatadi. Kirish parametrlarini o’lchash jarayoni datchikning sezgir elementlari orqali amalga oshiriladi.Tashqi muhit parametri ta’siri ostida datchikning sezgir elementini fizik xususiyati o’zgaradi
19.1-rasmda datchikda signalning printsipial o`tishi o`zgartirishlarning maksimal darajalari bilan ko`rsatilgan.






Yüklə 174,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin