Ma’ruza sanoat korxonalarning elektr ta’minoti sxemalari reja



Yüklə 473,21 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.10.2023
ölçüsü473,21 Kb.
#160719
Ma’ruza sanoat korxonalarning elektr ta’minoti sxemalari reja



MA’RUZA 
SANOAT KORXONALARNING ELEKTR TA’MINOTI SXEMALARI 
 
Reja: 
1.
Sanoat korxonalarning elektr ta’minoti sxemalari. 
2.
Tashqi elektr ta’minoti sxemalari. 
3.
Ichki elektr ta’minoti sxemalari. 
4.
Nazorat savollari. 
Sanoat korxonasining elektr ta’minoti sxemasi iste’molchilar uchun zarur 
bo‘lgan ishonchlilikni ta’minlashi, ekspluatatsiyada sodda va qulay bo‘lishi, 
korxonaning kelajak taraqqiyotini hisobga olishi, eng kam nobudgarchilikga ega 
bo‘lishi, ta’mirlash ishlarini tezkor bajarishga imkoniyat yaratishni hisobga olishi va 
boshlangich kapital sarf-harajatlarni kam bo‘lishini ta’minlashi lozim. SHuning 
uchun elektr ta’minotini loyihalashtirish jaroyonida sxemalarning bir necha 
variantlari ishlab chiqiladi va ulardan eng yaxshi texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichliligi 
qabul qilinadi. Elektr ta’minotiga quyiladigan talablar korxonaning texnologik 
jaroyoni va quvvati bilan belgilanadi. Korxonadagi iste’molchilarning o‘rnatilgan 
quvvatiga qarab ular katta (75 MVT dan ortiq), o‘rtacha (5-75 MVT) va kichik (5 
MVT gacha) quvvatli ob’ektlarga bo‘linadilar. Yirik va o‘rtacha quvvatli korxonalar 
35,110,220 va 330 kVli liniyalar orqali nohiya podstansiyalaridan, kichik quvvatli 
korxonalar esa, ko‘p hollarda, 6,10 kV kuchlanishli man’balardan energiya bilan 
ta’minlanadilar.
Korxona ta’minoti tizimini tashqi (energosistema podstansiyasidan 
korxonaning BPP yoki MTP gacha bo‘lgan havo yoki kabel liniyalari) va ichki (BPP 
yoki MTP dan sex transformator podstansiyalarigacha bo‘lgan tarqatish liniyalari) 
elektr ta’minoti tizimlariga bo‘lish mumkin.
a) Tashqi elektr ta’minoti sxemalari.
Kichik va o‘rta quvvatli korxonalarning elektr ta’minotida bitta qabul punkti 
(BPP,MTP) bo‘lgan sxemalar ishlatiladi vash u rasmda keltirilgan sxemada korxona 
energiyani energosistemadan radial sxema bo‘yicha qabul qiladi. Bu erda tashki va 
ichki elektr ta’minoti sxemalarida kuchlanishlar bir xil bo‘lib, oraliq transformator 
ishlatilmaydi. Bunday sxema 6,10 va 20 kV kuchlanishda va korxona 
energosistemadan 5-10 km uzoqlikda bo‘liganda qo‘llaniladi. Ko‘rsatilgan 
liniyalardan birida elektr ta’minoti uzilsa, seksiyalararo uzgich yordamida ta’minot 
avtomatik ravishda ikkinchi liniya orqali tiklanadi. 
Energosistemadan uzoqda joylashgan katta quvvatli korxonalar uchun ushbu 
rasmda ko‘rsatilgan sxema tavsiya etiladi. Bunda tashqi va ichki sxemalar orasida 
transformatorlar joylashgan bo‘lib, sistema kuchlanishi 6-20kV ga pasaytiriladi. 
Transformatorlarning quvvati va liniya simlarining ko‘ndalang kesimlari shunday 
olinadiki, ular normal rejimda 60-70% yuklama bilan ishlaydilar. Biror liniya va 
transformator uzilganda ikkinchi liniya va transformator joiz o‘ta yuklanish bilan 
ishlab korxonaning uzluksiz ish rejimini ta’minlaydilar. BPP yukori kuchlanishli 
tomonida uzgich o‘rniga ajratgich va qisqa tutashtirgichlarni ishlatilishi elektr 
sxemaning ancha arzonlashishiga olib keladi. 


Biror transformator shikastlanganida rele himoyasi ta’siridan qisqa 
tutashtirgich ishga tushadi va sunniy KT rejimini sodir etadi. Natijada liniyaning 
bosh qismida joylashgan uzgich Q orqali liniya uziladi va avtomatik qayta ulash 
(AKU) tizimi ishga tushadi. 
Liniyadagi "toksiz" pauza davomida ajratgich QR shikastlangan 
transformatorni uzadi. AQU tizimi "toksiz" pauza vaqti tamom bo‘lganidan so‘ng 
liniyani yana ulaydi va shikastlanmagan transformator man’ba birikadi. O‘rta va 
katta quvvatli korxonalar aksariyat elektr energiyasini ichkariga kirib boruvchi 
(glubokie vvodы) yuqori kuchlanishli liniyalar orqali qabul qiladilar. Ichkariga kurib 
boruvchi elektr ta’minoti sxemasi deganda minimal miqdorda apparatlar va 
transformatorlash poo‘onasiga ega bo‘lgan va yuqori kuchlanishni (35, 110, 220,330 
kV) maksimal ravishda elektr qurilmalariga yaqinlashtiruvchi sxemalar tushuniladi. 
Ichkariga kirib boruvchi havo yoki kabel liniyalari korxona hududi bo‘ylab 
o‘tkazilib, katta miqdorida energiya qabul qiluvchi punktlarga keladi. Ko‘p hollarda 
bunday sxemalar ishlatilganda BPP ga xojat qolmaydi, chunki yuqori kuchlanishli 
liniyalar to‘o‘ridan-to‘o‘ri sex transformator podstansiyalarga keladi va u erda 0,66-
0,4 kVli kuchlanishga aylantiriladi. Ushbu rasmda ko‘rsatilgan sxemada korxona 
hududiga energosistema kuchlanishida ikkita magistral liniya kirib boradi va mavjud 
to‘rtta transformator podstansiyalarini energiya bilan ta’minlaydi.
Ichkariga kirib boruvchi sxemalar soddaligi va arzonligi bilan birga 
ishonchliligi bo‘yicha markazlashtirilgan elektr ta’minoti sxemalaridan 
qolishmaydi. Ularni har qanday toifali iste’mol-chilarga ishlatish mumkin.
b) Ichki elektr ta’minoti sxemalari.
Korxona hududida elektr energiyasi radial, magistral yoki aralash sxemalarda 
 


taqsimlanadi. Cxemalarni tanlashda iste’molchilarining ishonchlilik bo‘yicha 
toifasi, ularning korxona hududida joylanishlari, atrof muhitning ekologik holatu va 
boshqa faktorlar hisobga olinadi. Aytilgan uch turdagi sxemalar ko‘p xil 
modifikatsiyalarga ega bo‘lib, ularni har qanday toifadagi iste’molchilarni energiya 
bilan ta’minlashda ishlatish mumkin. Ichki ta’minot sxemalari keng tarmoqlanganli 
sababli ko‘plab elektr liniyalari va apparatlar ishlatiladi, bu esa elektr ta’minoti 
tizimiga katta texnik - iqtisodiy talablarni qo‘yadi. 
Radial sxemalarda elektr energiyasi BPP yoki MTP dan to‘o‘ridan to‘o‘ri sex 
podstansiyalariga uzatiladi. Bunday sxemalar moslanuvchanlik hususiyatiga ega 
bo‘lib, ekspluatatsiyada qulay hisoblanadi. 4.10 a sxemani uchinchi toifali, 4.10 b 
sxemani esa ikkinchi toifali iste’molchilar uchun ishlatish mumkin. Ikkinchi sxema 
uchun elektr ta’minotidagi tanaffus 1-2 soatdan oshmaydi. Ushbu rasmda 
ko‘rsatilgan sxema birinchi toifali iste’molchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, elektr 
ta’minotidagi uzilish rezervni avtomatik ulashga 
(RAU) 
ketadigan 
vaqt 
bilan 
belgiladi. 
Tanishilgan sxemalar bir poo‘onali hisoblanadi 
va o‘rta, katta bo‘lmagan quvvatli korxonalarda 
markazdan har tomonga tarqalgan gujlangan 
iste’molchilarni (nasos stansiyalari, pechlar, 
o‘zgartirish qurilmalari, sex podstansiyalari) 
energiya bilan ta’min-lashda ishlatiladi. Radial 
sxemalar manbadan sex podstansiyalarining 
yio‘ma shinalarigacha bo‘lgan oraliqdagi elektr 
ta’minoti sxemasini seksiyalash imkonni beradi.
Magistral 
sxemalarda 
bir 
nechta 
transformator potstansiyalari yakka yoki qo‘sh 
magistralga shahobchalar orqali ulanadi. Ushbu rasmda yakka liniyali, ushbu
rasmda esa ko‘p liniyali magistral sxemalar keltirilgan. Magistral sxemalarni 
qo‘llanilishi kommutatsiya apparatlarining sonini kamaytirib, tarmoqlarni qurishni 
arzonlashtirib, korxona elektr ta’minoti tizimiga ketadigan sarf-harajatlarni 
kamaytiradi.
Bir manbaga ulangan yakka magistralli sxemalarning ishon-chlilik darajasi 
kichik bo‘lganligi uchun uchinchi toifali iste’molchilarga tavsiya etiladi. Qo‘sh 
magistralli sxemalarning ishonchliligi yuqori va ularni har qanday toifali 
iste’molchilarga ishlatish mumkin.
Uzatilayotgan quvvatning miqdoriga qarab bir magistral 2-5 podstansiyalarni 
energiya bilan ta’minlaydi. Transfor-mator podstansiyalarining sek-siyalari normal 
holatda ayrim-ayrim ishlaydilar. Biror magistralda avariya sodir bo‘lsa trans-
formator podstansiyalarining yuklamalari ikkinchi magistral-ga o‘tkaziladi. Bu 
vazifa seksiyalararo uzgich yoki avtomat orqali bajariladi. 
 


Magistral sxemalarning quyidagi guruhlari mavjud: bir tomonlama va ikki 
tomonlama ta’minlanuvchi yakka liniyali sxemalar; xalqasimon sxemalar; ikki va 
undan ko‘p parallel magistralli 
sxemalar. 
Bir 
tomondan 
ta’minlanuvchi yakka liniya va 
xalqasimon magistral sxemalarning 
ishonchlilik dara-jasi radial sxemalarga 
nisba-tan past hisoblanadi. Xalqasimon 
va ikki tomonlama ta’minlanadigan 10 
kVli magistral sxemalarda himoyalash 
tizimlarining murakkabligi uchun ular 
normal 
rejimda 
yopiq 
holatda 
bo‘lmaydilar.
Korxonaning ichki ta’minoti 
tizimida faqat radial yoki faqat 
magistral tamoyilida qurilgan sxemalar ishlatilmaydi. Odatda katta va ma’sul elektr 
iste’molchilarning ta’minoti radial sxemalarda, o‘rta va mayda iste’molchilar esa 
magistral sxemalarda bajariladi. Bunday aralash sxemalarni ishlatilishi korxona 
ichki taminoti tizimining iqtisodiy-texnik ko‘rsat-gichlarini yaxshilashga olib 
keladi. 
Nazorat savollari: 
1.
Elektr ta’minot sxemalari nechta turga bo‘linadi? 
2.
Elektr ta’minot ishonchligi bo‘yicha qaysi sxema yaxshi xisoblanadi? 
3.
Ichkariga kirib boruvchi sxemalarni xususiyatlarini aytib bering? 
 
 

Yüklə 473,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin