Ma’ruza va ma’ruzachiga qo’yiladigan pedagogik talablar



Yüklə 26,14 Kb.
səhifə1/3
tarix19.05.2023
ölçüsü26,14 Kb.
#118026
  1   2   3
Ma’ruza va ma’ruzachiga qo’yiladigan pedagogik talablar


Ma’ruza va ma’ruzachiga qo’yiladigan pedagogik talablar
Ma’ruza o'quv jarayonining asosiy bo'g'ini, dars o'tishning asosiy shakllaridan biridir. Ma’ruza bilimni so'z bilan ifodalash, og'zaki bayon qilish ko'zda tutilgan, liajmining kattaligi, mantiqiy qurilishi, umumlashtnrnshning murakkabligi bilan ajralib turadi. Ma’ruza (arabcha, leksiya (lot. lectio) - o'qish) o'quv materiali, bi- ror masala, mavzu kabilarning mantiqiy izchil, ma’lum bir tizimga solingan bayonidir. Ma’ruzaga ikki nuqnai nazardan yondashish mumkin: 1) o'quv jarayonining tashkiliy shakli sifatida; 2) bilimni so'z bilan ifodalash, og'zaki bayon qilish metodi sifatida.
Ma’ruza boshqa og'zaki, so'z orqali ifodalanadigan metodlardan:
a) nisbatan qat’iy belgilangan tarkibi;
b) o'quv materialini mantiqiy izchillikda bayon qilish;
d) tasniflash, tariff berish, obrazli isbotlash;
e) beriladigan axborotning serobligi;
g) materialni yoritib berislming tizimliligi bilan ajralib turadi.
Ma’ruza o'quvchi-talabalar bilan muloqotda bo'lishning alo­hida shakli va uni boshqa hech qanday o'quv shakli bilan al- mashtirib bo'lmaydi. Ma’ruzaning oldiga qo'yiladigan maqsad har xil bo'lib, bu maqsad maksimal darajada amalga oshishi uchun, uning funksiyalariga ahamiyat berish кггак. Ma’ruza o'qitishning quyidagi qator funksiyalarini bajaradi:
1. Professional ta’lim berish va dunyoqarashni shakllantirish.
2.Talabalar diqqatini asosiy maqsadga yo'naltirish. Ma’ruzada talabalarning diqqat-e’tibori o'quv materialining asosiy mazmuni, qonun-qoidalari, ularning nazariy va kelgusidagi amaliyotda, mu­taxassislik faoliyatida qanday o‘rin tutishi va ahamiyatiga, uni o'zlashtirish metodlariga qaratiladi.
3.Idrok, tafakkurni rivojlantiruvchi — tinglovchilarda bilma- ganini bilishga qiziqish uyg‘otadi. Mantiqiy fikrlash va o‘z fikrini asoslashga o‘rgatadi.
4.Bilim berish, o‘rganayotgan fan bo‘yicha axborot olish, ol­gan axboroti asosida xulosa chiqarish, umumlashtnrnshga o‘rgatish.
5. Metodologik - ma’ruza jarayonida tadqiqot metodlari taqqoslanadi, qiyoslanadi, ilmiy izlanish tamoyiliari aniqlanadi.
6.Talabalarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish. Ularni axloqiy, ma’naviy jihatdan barkamol bo'lishi, mehnatga munosabati, ijtimoiy-psixologik xislatlarini shakllantirish.
Ma’ruzada mavzuning asosiy savollari ketma-ketlik asosida yo- ritiladi. Albatta, ma’ruzaning metodik jihatdan yoritilishi, bayon etilishi qo'yilgan maqsad, o'rganilayotgan fanning, mavzuning o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liq. Ma’ruza faqatgina iqtisodiy rivojlanish ning asosiy qonuniyatlarini ochib berish bilan cheklanishi kerak emas, fanning so'nggi yutuqlaridan foydalangan holda ilmning amaliyotda qanday ahamiyatga ega ekanligini, hayotda real muammolarni yechishdagi ahamiyatini, yechish yo'llarini ham ko'rsatishi kerak.
Ma’ruza qanday fandan o'qilishidan qat’i nazar, ilmiy xarak­terga ega bo'lishi, turli nazariy yo'nalishlar, ilmiy maktablarning asosiy g'oyalarini talabalar ongiga yetkazishi va olgan bilimini ish- onchga aylantirishi kerak. Har qanday ma’ruzaning eng zarur sharti auditoriya bilan muloqotga kirishishdir. Ma’ruza o'qish, eng av- valo, unga tayyorlanishdan boshlanadi. Buning uchun birinchi navbatda, ma’ruza mavzusi bo'yicha adabiyotlar tanlash hamda ular bilan tanishib chiqish kerak.
Ikkinchidan, fan bo'yicha ishlab chiqilgan dasturga ko'ra, ma’ruza rejasi va reja bo'yicha matn tayyorlanishi hamda darsni o'tkazishda qo'llaniladigan metodlarni tanlab chiqish, dars jarayo­nini texnologik tizim sifatida tarkibi, ketma-ketligini aniqlash lozim.
Ma’ruzada. darsni uch bosqichga bo'Iish mumkin:
1.Kirish. Avvalgi ma’ruzada nimalar o'rganilgan, uning nati- jasi nimalar bilan bog'liq, bugungi darsga qanday maqsad qo'yilyapti? Awalo dars ilgarigi mavzu bilan bog'lanadi. Keyin yangi mavzu e’lon qilinadi. Ma’ruza rejasi, mustaqil o'qish uchun zarur asosiy va qo'shimcha adabiyotlar ro'yxati tavsiya etiladi.
Mavzuni o'rganishdagi asosiy termin, tushunchalar, mustaqil ra­vishda bajariladigan ishlar, topshiriqlar beriladi.
2.Asosiy bosqich. Bu bosqich ma’ruza rejasiga ko‘ra tanlangan dars o‘tish metodlarini qo‘Hagan holda o‘tkaziladi. Tinglovchilarga mo'ljallangan axborotlar yetkaziladi.
3.Yakuniy bosqich. Ma’ruzaga yakun yasaladi, qisqacha xu­losa chiqariladi. Talabalar diqqati uchun mazkur mavzudagi eng asosiy tushuncha, e’tibor qaratilishi lozim bo'lgan jihatlar, hodis- alar ta’kidlanadi. Qo'yilgan maqsadga qay darajada erishildi, bu tahlil qilib, baholanadi. Bugungi ma’ruzada-bajarilgan ish kelgusi faoliyatda qanday muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatiladi.
Ma’ruzalarni didaktik vazifasiga qarab: kirish, mavzular bo'yicha, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan, tahliliy, yakunlovchi ma’ruza- larga bo'Iish mumkin.
Kirish ma’ruzasi ma’lum bir fanni, mavzuni yoki muammoni o'rganishga bag'ishlanib, unda ana shu masala, muammolar haqi­dagi flkrlar, ularning ijobiy tomonlari, kamchiliklari, yechilmagan muammolar ko'rsatiladi. O'rganishni boshlangan fanning predmeti, o'rganish metodlari bo'yicha ma’ruza kirish ma’ruzasiga tipik misol bo'la oladi.
Mavzular bo'yicha ma’ruzalar — eng ko'p o'qiladigan ma’ruza bo'lib, unda o'rganilayotgan mavzuning asosiy mazmuni, amali­yotda sinalgan, qabul qilingan ilmiy qarashlar, mavjud yechimini kutayotgan masalalar bayon qilinadi. Ularni yechishning mavjud yo'llari ko'rsatiladi, yangilarini topish tavsiya etiladi.
Yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi ma’ruza — talabalarga mustaqil ish­lash ni o'rgatishga qaratiladi. Unda ko'proq metodik maslahatlar beriladi. Tavsiya qilinadigan adabiyotlarni mustaqil o'qish, ular ustida ishlash jarayonida diqqatni qaratish lozim bo'lgan masalalar ko'rsatiladi.
Tahliliy ma’ruza u yoki bu muammo, mavzu yoki ma’lum bir tizimga solingan savollarni ma’lum bir mantiqiy aloqadorlikda bayon qilishga qaratiladi. Ko'pincha oliy o'quv yurtlarida yakuniy nazorat yoki imtihon-attestatsiyalar oldidan o'tkaziladi.
Yakunlovchi ma’ruza ma’lum bir mavzu, muammoni yoki fanni o'rganib, uning yakuni bo'yicha o'tkaziladi. Muammo yechimlari va fanning predmeti to'g'risida asosiy xulosalar bayon etiladi.
Iqtisodiy fanlarni o'rganishda talabalarning ijodiy fikrlarini rivojlantirishga ta’sir ko'rsatishi, ularni jamiyat rivojlanishi iqtisodiy qonun, tendensiyalarini chuqur tushunishi, nazariy masalalar bilan amaliyotni bog'lash mahoratini hosil qilishlari uchun ma’ruza quy­idagi asosiy talablarga javob berish kerak: Ma’ruzaga qo'yiladigan asosiy talablarni ikki guruhga ajratish mumkin.

  1. Ma’ruza tayyorlash shakliga, boshqacha aytganda ma’ruza matniga qo'yiladigan talablar.

  2. Ma’ruza o'qishga qo'yiladigan talablar.

Birinchi guruh, ma’ruza matniga qo'yiladigan talablar quyida- gilardan iborat:

  1. O'qituvchi ma’ruzaning detallashtirilgan rejasi, boshqacha aytganda, texnologik xaritasirri tuzishi zarur. U aniq va lo'nda ifodalangan butun ma’ruza mazmunini qamrab oluvchi masalalarni o'z ichiga olishi zarur.

  2. Bayon qilinishi ko'zda tutilgan masalalar mantiqiy izchillikda yoritilishi hamda ular qisqacha xulosalar bilan yakunlanishi kerak.

  3. Ma’ruza matni kirish, asosiy va yakuniy qism, ya’ni xulosa qismlaridan iborat bo'Iadi.

  4. Ma’ruzaning mazmuni ochib beriladigan asosiy qismida quyidagi jihatlarga e’tibor berilishi lozim:

    1. ma’ruzaning g'oyaviy nazariy jihatlari:

  • ma’ruzada O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qabul qilingan qonunlar, me’yoriy hujjatlar hamda atoqli davlat ar- boblari asarlaridan sitatalar keltirilishi;

  • mavzuning asosiy tushunchalarini o'quv dasturiga mos ra­vishda ochib berilishi;

  • ma’ruza matnining ilmiyligi; O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari mavzularda aks ettirilganligi;

  • ma’ruza matnida muammoli vaziyatlarni yuzaga keltiruvchi masalalarning berilishi;

  • ma’ruza matnlarida milliy mustaqillik, Milliy g'urur, Vatanga muhabbat, xalqqa sadoqat kabi bunyodkorlik g'oyalarini aks etishi;

  • nazariyani amaliyot bilan bog'liqligi;

  • o'rganilayotgan mavzuning tegishli fandagi hozirgi o'rni bel- gilanishi va boshqalar.

  1. ma’ruzaning metodik jihatlari:

  • ma’ruzaning mantiqiyligi va isbot talab qilmasligi;

  • materialni avodli va mazmundor tarzda berilishi;

  • o'quvchi-talabalarni idrok qilishlarini faollashtirish usullari;

  • tarbiyaviy yo'nalishga ega ekanligi.

Ma’ruzani o'qish va matnini tayyorlash jarayonida qo'llaniladigan barcha an’anaviy va zamonaviy usullar, yo'llar hamda texnik vosita, jumladan, multimedia vositalari va ko'rgazmali o'quv qo'rollari bayon qilinayotgan mavzuning asosiy mazmunini ochib berishga qaratilgan bo'lishi lozim.
Ma’ruzaning yakuniy qismi, xulosasida quyidagilar ko'rsatilishi shart:

  • mavzu yuzasidan asosiy xulosalar;

  • ma’ruzadagi asosiy tayanch tushunchalar;

  • talabalarda bilishga va o'rganishga qiziqish uyg'otuvchi hamda o'zlashtiruvchilarni nazorat qilish imkonini beruvchi savol­lar turkumini keltirilishi;

  1. Adabiyotlar ro'yxati ma’ruza mazmunini aks ettirishi lozim.

Ikkinchi guruhga ma’ruza o'qiydigan o'qituvchi va uning shax- siga qo'yiladigan talablar kiradi.
Ma’ruza o'qish jarayon sifatida obyektiv va subyektiv to- monlarning birligidir.
Ma’ruza o'qishning obyektiv tomoniga o'qituvchiga bog'liq bo'lmagan, o'rganilayotgan fanning mazmuni, dars o'tish tamoyil- lari kiradi. Subyektiv tomonlariga esa: v

  1. o'qituvchining shu fanni qanday egallagani, bilim darajasi;

  2. o'qituvchining uslubiy tayyorgarligi, metodikaning qonun- qoidalarini qo'llay bilish mahorati;

  3. har bir o'qituvchining ta’lim-tarbiya jarayonida u yoki bu uslubni qo'llashdagi individual xususiyatlari kiradi.

Dars berishda pedagog subyektiv omil sifatida namoyon bo'Iadi. Ko'p jihatdan talabalarning o'zlashtirishi o'qituvchining dars o'tishda tanlagan metodlariga bog'liq.
Har bir o'qituvchi o'z qobiliyatini dars berishda namoyon qilib, ma’ruza va nutqida o'ziga xos jihatlarini ko'rsatadi. Ma’lum bir mavzuni yoritishda o'qituvchi o'zi yaxshi bilgan yoki o'zining ilmiy izlanishlari bilan bog'liq bo'lgan, lekin shu mavzuga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'lmagan savolga ko'p vaqt ajratib, qol- gan savollarni ko'rib chiqish uchun vaqt yetmay qolishi mumkin. Bu — mavzuni bayon qilishda didaktikaning izchillik prinsiplarini buzilishiga olib keladi.
Shuning uchun dars o'tishdagi muhim vazifalardan biri, bu — subyektiv omillar, albatta, obyektiv omillarga bo'ysinishi, aynan shu fanning mazmunini ochib berishga<="" span="">
Ma’lum bir yo'nalishga, iqtisodiyotni asosiy qonunlari, tenden- siyalari, prinsiplari, ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyotning muammo- larini tahlil qilishga qaratilgan bo'lishi kerak. Shuningdek, yosh av- lodning dunyoqarashini shakllantirish, hayot kechirish tarzini tanlashning tarbiyaviy ahamiyatini oshirishi lozim. Ilmiyligi jihat­dan nazariya asoslarini amaliyot bilan, masalaning qo‘yilishini ilmiylik bilan hamda iqtisodiyotning yangi dolzarb masalalariga ijodiy yondashish bilan, nazariy dalillarning mantiqiylik bilan uzviy birligi ta’minlanishi kerak.

Ma’ruza talabalarda fanni o‘rganishga qiziqish, ishtiyoq uyg‘otishi kerak.

Ma’ruzani shunday tuzish kerakki, talabada fanni chuqur o'rganish uchun mustaqil ravishda adabiyotlar topish, ularni ustida ishlash, tushunishga xohish-istak tug'ilsin. Shuning uchun zarur materiallar, kitoblar, jurnal va boshqa manbalarni tanlash prinsipial ahamiyatga ega.

Ma’ruzaning ijtimoiy-iqtisodiy yo'nalishi uning ilmiyligi bilan bog'liq. Ma’ruzachi real hayotning obyektiv tahliliga, iqtisodiy ta- raqqiyotning asosiy qonuniyatlariga, iqtisodiy hodisalar va xo'jalik hayotining omillari o'rtasidagi ichki bog'lanishlarni aniqlashga, tahlil qilishga asoslanishi kerak.

Tajriba shuni ko'rsatadiki, talabaga ishonchli dalillar, chuqur tahlil ko'proq ta’sir qiladi. Har qanday fan, jumladan, iqtisodiy fanlar ham ishonchli dalillar, ma’lumotlar, nazariy va amaliy xu- losalarga tayanadi.

Psixologlarning kuzatishlaricha bilish, o'rganish jarayoni flkrlar qarama-qarshiligi asosiga qurilsa, samarali bo'Iadi. Ilmiy munozara talabalar uchun ijodiy muhit yaratadi. Iqtisodchi-pedagoglar uchun mo'ljallangan ma’ruzada munozarali savollarni qo'yish, turli nuq- tayi nazarlarni bayon qilish maqsadga muvofiq. Ma’ruzachining o'zi ma’lum bir nuqtayi nazarni qo'llab-quwatlar ekan, talabalarga ham ana shu qarash to'g'riligini tushuntirishi, auditoriyani ishonti- rishi kerak.



Yüklə 26,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin