45 мавзу Nuqsonli bolalarning harakatlanish faoliyatida turli hil nuqsonlar uchraydi. Ayniqsa, bu nuqson turlari yordamchi maktabo‘quvchilarining jismoniy va harakatchanlik faoliyatlarida, qomat, gavdani tik tutishda, harakatlarini aniq, maqsadga muvofiq bajarishda, mayda qo‘l mushaklarini muvofiqlashtirishda seziladi.
Shu sababli maxsus maktablar o‘quv rejasiga jismoniy kamchiliklarni tuzatish, korreksiya qilish maqsadida ritmika mashg‘ulotlari kiritildi.
Yordamchi maktabda ritmika mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan maqsad imkoniyati cheklangan bolalarning psixik va jismoniy rivojlanishdagi kamchiliklarni musiqiy ritmik harakatlar yordamida imkon qadar tuzatishdir. Ritmika mashg‘ulotlari o‘quvchilarning aqliy, ruhiy, jismoniy rivojlanish kamchiliklarini, umumiy va nutqiy matorika buzilishlarini bartaraf etishga, shuningdek, xis- irodani mustahkamlashga, bolalar o‘rtasida ahillik, uyushqoqlik, jamoatchilik sifatlarini shakllantirishga, bolalarni estetik tomondan tarbiyalashga yordam beradi.
Ritmika mashg‘ulotlari orqali o‘quvchilar musiqa tinglashni, musiqa sadolari ostida hilma-hil xarakatlarni bajarishni, qo‘shiq aytishni, raqsga tushishni, turli oddiy asboblarni chalishni o‘rganadilar.
Ritmika mashg‘ulotlari kattaroq xona yoki zallarda o‘tkaziladi. Ajratilgan xona talab asosida jihozlanishi (skameykalar, tayoqchalar, arqon, to‘plar, aylana, lenta, baraban va hokazolar) bo‘lishi lozim. Mashg‘ulotlar 35-40 daqiqani tashkil etadi hamda sinf o‘quvchilari bilan yalpi tarzda olib boriladi.
Mashg‘ulotlar 3 qismdan iborat:
I-qism 10-15 daqiqa o‘tiladi, bu jarayonda yurish, yugurish, raqsning oddiy turlarini yuajarish uchun tayyorgarlik bosqichi amalga oshiriladi.
II-qism asosiy qism bo‘lib, unga 25-30 daqiqa ajratiladi. Unda turli o‘yin, mashq, raqslar o‘rgatiladi.
III-qism yakunlovchi qism bo‘lib, 5-8 daqiqa vaqt ajratiladi, unda umumiy bo‘shashtiruvchi nafas olish mashqlari bajartiriladi. O‘quvchilar akkordeon, pianino yoki plastilinka, magnitafon orqali musiqa oxanglarini eshitib turishlari kerak. Ular ma’lum bmr forma (yubka, trikolar, shippak) kiyishlari zarur.
Yordamchi maktab o‘quvchilari uchun maxsus ta’lim maktablarida ritmika fanida o‘qitish katta ahamiyatga ega. Bunda muallim zimmasiga quyidagi maxsus vazifalarni bajarish mas’uliyati yuklanadi:
bolalarni asosiy harakatlarini bajara bilishga, mushaklarni boshqara olishga, mashqlarda faol qatnashishga, bardoshli va chidamli bo‘lishga o‘rgatish;
harakatlar mutanosibligini va harakat ma’romi ustida muttasil ishlash, eshitishning tahliliy-xissiy o‘zlashtirish hususiyatini tarbiyalash, musiqa bilan bog‘liq tasavvurni, taassurotni, musiqaviy xotirani, nutqni shakllantirish;
diqqat, e’tiborni, irodani barqaror etish va tarbiyalash uchun mashqlardan iloji boricha ko‘proq foydalanish;
har qanday mashqlarga darhol qo‘shilib ketishni o‘rgatish, ziyraklikni, xozirjavoblikni rivojlantirish.
Bundan tashqari ritmika bilan shug‘ullanish aqli zaif bolalarning nutqini, talaffuzini yaxshilashga, lug‘at boyligini oshirishga ko‘maklashadi (qo‘shiqlar, ertaklar, sahnalashtirish asosida) estetik didini o‘stiradi, shaxsiyatini tarbiyalashga yordamlashadi.
Barcha manbalar majmua tarzida, asta-sekin murakkablashib boruvchi mashqlar bilan berilgan. Har bir darsda barcha turdagi mashqlardan foydalaniladi. Bundan tashqari o‘qituvchi tomonidan berilgan mashqlarning boshqacha namunalarini ham o‘ylab topishi mumkin.
Yordamchi maktab o‘quvchilari bilan ishlaydigan pedagoglar maktab, maktab-internatning joylashgan o‘rniga, atrof – muhitga qarab milliy musiqiy qadriyatlarni saqlagan holda quyidagi dasturni o‘zlashtirishi, biron yangilik kiritishi, unda o‘zi yoki o‘quvchilarga mansub bo‘lgan millatning milliy ashula va raqslarini qamrab olishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |