Aqli zaif bolalarning idroki, xotira va diqqat xususiyatlari



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix02.06.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#124129
Yusupova Ziyoda Xodjimuratovna (1)



SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
International scientific online conference 
49 
AQLI ZAIF BOLALARNING IDROKI, XOTIRA VA DIQQAT
XUSUSIYATLARI 
Yusupova Ziyoda Xodjimuratovna 
Toshkent pedagogika kolleji o’qituvchisi 
Annotatsiya:Ushbu maqolada aqli zaif bolalarning idroki,xotira va diqqat 
xususiyatlari haqida ma’lumotlar aytib o’tiladi 
Kalit so’zi;aqli zaif,idrok,diqqat,sezgi,korreksiya,oligofren 
Idrok-tirik organizmning maʼlumotlarni qabul qilib, qayta ishlash jarayoni 
organizmga obʼyektiv reallikni aks ettirish va tashqi olamdagi yangidan-yangi 
vaziyatlarni baholab, shunga yarasha harakat qilish imkonini beradi. 
Psixologiya idrokning quyidagi turlari mavjud: 
-ko’ruv 
-eshituv - - taktil 
-ta’m bilish 
-hid bilish 
Aqli zaif bolalar ko’ruv idroki torligi ham harakterlidir kichik sinf o’quvchilari bir 
vaqtning o’zida 4-6 tadan 8-12 ta kattta bo’lmagan buyumlarni ko’ra oladi.(I.M.Soloyeva) 
Aqli zaif bolalar ko’ruv idroki torligi atrof borliqni o’rganish imkoniyatlarini 
kamaytiradi.Aqli zaif bolalar ko’ruv idrokining yana bir o’ziga xos xususiyati:ular rang 
ajrata olmaydilar,atrofdagi obyektlarni ularga harakterli bo’lgan qismlarsiz ajratadi. 
Masalan: 4-5 yoshli aqli zaif bolalar oq , qora , to’q qizil va to’q ko’k ranglarni ajrata 
oladi.Ko’p holatlarda ko’k msiyohrang, olov rang va qizil ranglarni ajrataolmaydilar. 
6-7 yoshga kelib oligofren bolalar rang ajratish xususiyatlari aniqlangan. 
Aqli
zaif bolalar
rang ajrataolmasliklari sababi
anglash 
faoliyatidagi ranglarni sezish hususiyatlari pastligi nuqsoni asosiy ro’l o’ynaydi. 
Aqli zaif bolalar ko’rish o’tkirligi pasaygan bo’ladi sog’lom tengdoshlariga nisbatan 
och fondagi narsalarni qiyinchilik bilan idrok etadi. Aqli zaif bolalar ko’ruv idroki 
differensiallashmaganligi tanish obyektlarni sharxlash jaryonida aniq seziladi.O’tkazilgan 
tadqiqot natijalariga ko’ra 5-6 yoshli oligofren bolalar olmaxon va mushuk shuningdek soat 
va kompasni ajrata olmagan. 
Aqli zaif bolalar uchun fazodagi obyektlarni o’zaro aloqadorligini aniqlash ham qiyin 
masaladir.Ular uzoqdagi narsalarni rasmda kichiklashtirib tasvirlaydilar. Aqli zaif 
bolalarning idrok qilishi bilan bir qatorda normal aql-idrokga ega bolalar rivojlanishidan 
sezilarli farqlar ham bor. Bolalar 
ko‟rish orqali tushunish asosida namunaga ko‟ra tanlashni egallab, biroq, ko‟p sonli 
belgilardan tanlashni amalga oshiraolmaydi, yaqin xususiyatlarni faqrlashda qiynaladilar, bu 
xususiyatlarni didaktik o‟yinchoqlar bilan harakatlarda hisobga ololmaydilar. Ajratilgan 
belgilar bo‟yicha umumlashtirish imkoniyati, muayyan belgi bo‟yicha predmetlar qatorini 
buza olish, shu qatorda predmet joyini topishga maxsus o‟quvlarsiz erishib bo‟lmaydi. 
Taktil sezgi – odam tanasining faqat issiq, sovuq, ogʻriq, sanchiq, bosish, ezish 
kabilarni bir-biridan farq qilib sezish emas, balki sekin esgan shabada, salgina tekkan 
narsalar (paxta, latta va boshqa(lar) yoki juda mayda hasharotlar)ni ham sezishi. Taktil sezgi 
yoʻllari orqa miyaning orqa ustunlaridan oʻtadi va talamus orqali markaz tomon yoʻnaladi. 
Aqli zaif bolalarlarda taktil teri-tuyish jarayoniga oid ilmiy ma’lumotlar kam 
o’rganilgan va 2 ta ilmiy taqdiqot mavjud. 
A.P.Gozova ,R.B.Kafemanasning tadqiqot natijalariga ko’ra: 


SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
International scientific online conference 
50 
-Aqli zaif bolalarda teri-tuyish orqali idrok etishning rivojlanishi uchun, dars va 
darsdan tashqari vaqtlarda ko’proq e’tibor berilsa katta natijalarga erishiladi 
-Maxsus maktab bitiruvchilari joylashadigan turli ishlab chiqarish korxonalaridagi 
mehnat teri tuyish orqali idrok etishning rivojlanganligini talab etadi 
-Aqli zaif bolalar idrok hususiyatlarini o’rganish va to’g’ri tashxislash uchun “Rasmda 
kim yashiringan”,”Raqamli kodlash” va boshqa metodikalardan foydalanish tavsiya etiladi 
Aqli zaif bolalar xotirasi normal rivojlanayotgan bolalar xotirasidan birmuncha farq 
qiladi. Aqli zaif bolalar xotirasi qachonki korrektsion ishlar erta boshlansa va to'g'ri yo'lga 
qo'yilsa rivojlanib boradi. Aqli zaif bolalar xotira xususiyatlarini bir qancha olimlar 
G.Y.Troshin, L.V.Zankov, 
B.I.Pinskiy, G.M.Dulnev va boshqalar ilmiy-tadqiqot sifatida 30 o’rganganlar. 
Tadqiqotlarda ko’rsatilishicha, aqli zaif bolalarning darajalariga qarab, xotira xususiyatlarini 
rivojlantirish mumkin. Maktabgacha va maktab yoshidagi aqli zaif bolalar xotirasini 
rivojlantirish maqsadida tadqiqotchilar bir nechta ishlarni taklif qiladilar: bular asosan qo'l 
barmoqlar bilan ishlash, ishlash vaqtida boladan nima qilayotgani haqida so'rab olish, uni 
tahlil etish va qisqa muddatli xotiradan uzoq muddatli xotiraga joylashtirishdan iborat. 
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni xotirasini rivojlantirish uchun mayda qo'l 
motorikasidan foydalanish samarali natija beradi. Frontal va individual mashg'ulotlar 
jarayonida bolalarni barcha tomondan rivojlantirishga e'tibor beriladi. Bolalarda ihtiyoriy 
xotiradan to ihtiyorsiz xotiraga o'tish uchun bir qancha vazifalar amalga oshiriladi. 
Individual mashg'ulotlarda bolalarning nafaqat nutq nuqsoni ustida balki xotira turlari 
haqida ham ish tashkil etiladi. Chunki bolaning nutqiy nuqsonini bartaraf etish vaqtida 
bolaning individual hususiyatlariga alohida e'tibor berib, mashg'ulot tashkil etiladi. 
Aqli zaif bolalarda barcha ishlar samarasi asosan takrorlashga bog'liq. Vazifalarni bir 
necha marta takrorlash vaqtida o'tilgan topshiriqlar bolaning xotirasida olib qolinishiga 
ko'mak beradi. Maktab yoshidagi aqli zaif bolalar xotirasi ustida ish olib borish vaqtida 
tasavvurga ham e‟tibor beriladi. 
Ma‟lumki tasavvurning rivojlanishi xotiraga ham bog’liq. Amaliyot shuni 
ko’rsatadiki, inson xotirasi qanchalik yaxshi rivojlansa, bu uning barcha bilish jarayonlariga 
(tafakkur, tasavvur, idrok, xayol kabilar) ijobiy natija beradi. Aqli zaif bolalar bilan ishlash 
davomida shular namoyon bo'ladiki, ularning xotirasi hajm jihatdan rivojlanishi orqada. 
Xotiraning asosiy xususiyatlaridan biri bu uning hajmidir. Aqli zaif bolalar xotira hajmi 
qisqa bo'ladi. 
Bolalarga bilim berish vaqtida ular ma'lumotni juda oz miqdorda qabul qiladilar. 
Xotira hajmi qancha rivojlansa, bu ularning bilim olish malakalarini rivojlantiradi. Xotira 
xajmini rivojlantirish uchun bolaning yakka xususiyatlari inobatga olinadi. Hozirgi kunda 
tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, aqli zaif bolalar xotirasi mexanik ravishda rivojlanmagan. 
Chunki mexanik xotira rivojlanishi uchun ham analiz-sintez malakalari yaxshi shakllangan 
bo'lishi kerak. 
Aqli zaif bolalarda esa analiz-sintez malakalari rivojlanishi bir qancha orqada qolgan. 
Shuni ta'kidlash lozimki, aqli zaif bolalar xotirasi ham rivojlanadi, faqatgina aqli zaif 
bolalarning o'ziga hos xususiyatlari bilan. Aqli zaif bolalar xotirasini tekshirish uchun “10 ta 
so’zni yod olish” metodikasi, “L.V.Zankov” metodikasi, “Voqealar ketma-ketligini 
aniqlash” metodikalari tavsiya etiladi. 
Diqqat – ongning ma’lum manbani to’laroq aks ettirishi uchun o’sha manbaga 
qaratilishidir. O’sha manbalarga diqqatni qarata bilish esa, shaxsning faolligini bildiradi. 
Diqqat xayotda ruhiy faoliyatning bir tomoni bo’lib ko’zga tashlanadi. Shu bilan birga 
muvaffaqiyatli bilim, ko’nikma, malaka egallashning asosi hisoblanadi. 
K.D.Ushinskiy diqqatni inson qalbining eshigi deb bejiz ta‟riflamagan bo’lsa kerak. 


SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
International scientific online conference 
51 
Insonning faollik darajasiga ko’ra diqqatning 3 turini ajratish mumkin: 
• Ixtiyorsiz diqqat. 
• Ixtiyoriy diqqat. 
• Ixtiyoriydan so’ngi diqqat. 
Aqli zaif bolalar diqqatining o’ziga xosligi anchagina faktorlarga bog’liqdir. Oliy nerv 
faoliyatining xususiyatlari aqli zaiflikning o’zak belgilari (nerv jarayonlarining kam 
harakatliligi, dominantaning zaifligi, mo’ljal olishning buzilishi) uning butun shaxsiy 
rivojlanishining borishida chuqur iz qoldiradi, diqqatning tahliliga olib keladi. Bu esa o’z 
navbatida psixik faoliyatning mazmuniga kirarkan, uning jarayoniga hamda natijasiga salbiy 
ta’sir ko’rsatadi. Xususan bu bolaning analiz va sintez jarayonlarining nisbatan yuqoriroq 
darajasini talab etuvchi vazifalarni bajarayotganida ayon bo’ladi. 
Diqqatning chalg’uvchanligi uning parishonxotirligida o’z ifodasini topadi. Bu esa 
diqqatning barqarorligiga batamom ziddir. Toliqish, asablarning bo’shligi, asab tizimining 
xoldan toyishi natijasida tashqi quzg’atuvchilarni kuchaytiruvchi chalg’uvchanlik sodir 
bo’ladi. Chalg’uvchanlikning oldini olish uchun ma‟lum bir vaqtda faoliyat turini 
o’zgartirib turgan ma‟qul. Agar bunday qilinmasa bolalar tormozlanish xolatiga tushib 
qolishib, mehnatdan chiqib ketishadi. Aqli zaif bolalarning irodaga bog’liq ishlarni har doim 
deyarli qoniqarsiz bajaradilar. Bu o’rinda mashhur fransuz pedagogi E.Segenning ushbu 
misralari e‟tiborga loyiq : “Chuqur aqli zaif bola hech narsa qila olmaydi, hech narsa 
bilmaydi, eng kerakligi esa - u hech narsani xohlamaydi”. Demak, aqli zaif bolalardagi 
asosiy nuqson xohish, istakning yetishmasligidir.17 Shu narsa ma‟lumki aqli zaif bolalar 
dars jarayonlarida tez charchaydilar. Bu bolalarning diqqatlari uzoq muddat biror nuqtaga, 
ta’limga qaratilmaydi. Shuning oqibatida bu bolalar tez-tez darsdan chalg’ib turadilar. Aqli 
zaif bolalarning dars vaqtlarida chalg’ib turishlari, ularning o’z xohish-istaklari bilan emas, 
balki bosh miyalarida yuz bergan kasallikning natijasidir. Shu sababli yordamchi 
maktablarning xodimlari bunday xolatlarga to’g’ri munosabatda bo’lishlari kerak. 
Aqli zaif bolalar bilan korrektsion ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bola 
diqqatining fiziologik mexanizmlarini bilish talab etiladi. Aqli zaif bolalardagi ixtiyoriy 
diqqat ixtiyorsiz diqqatdan pastdir. Buning sababi, ichki tormozlanishning zaifligi va tashqi 
tormozlanishning yaqqol ko„zga tashlanishidir. Qiyin boshqariladigan tashqi tormozlanish 
aqli zaif bolalarda diqqatning turg„unsizligiga olib keladi. Aqli zaif bolalardagi diqqatning 
taqsimlanishi, o„tishining qiyinligi tormozlanish va qo„zg„alish jarayonlarining mo„rtligi 
asosida yuz beradi. aqli zaif bolalar diqqatini tarbiyalab borishda ularning oliy asab 
faoliyatining tiplarini e‟tiborga olish darkor. Aqli zaif bolalar diqqatini shakllantirib borish 
shaxsni shakllantirib borish bilan uzviy bog„liq. Aqli zaif bolalar diqqatini qator psixologik 
metodikalar bilan o„rganish mumkin. Ayniqsa, “Shulte jadvali” metodikasi, “Korrektur 
sinov” metodikasi va “Belgilarni qo„yib chiq” metodikalar yaxshi natija beradi. 
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 
1. 
SH.M.Amirsaidova, Z.N.Mamarajabova, N.Abidova va boshqalar "Maxsus 
psixologiya" o'quv qo'llanma T-2012 
2. 
Mo`minova L. Xamidova M. va boshqalar "Maxsus psixologiya", Noshir 
nashriyoti Toshkent 2012 
3. 
Spetsialnaya psixologiya. Pod.red. V.I.Lubovskogo. M.2005 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin