5-sinf mavzulashtirilgan test
Kimdir qila olgan bo’lsa, siz ham qila olasiz. Hech kim qila olmagan bo’lsa,siz BIRINCHI bo’lasiz...
O’qituvchi: Sunnat Eshqulov
Kirish.
1. Poytaxtimiz Toshkentning markazida ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy haykali o‘rnatilgan. Uni o‘rab turgan moviy gumbaz ostiga shoirning qaysi misralari bitilgan?
A) Orazin yopg‘och, ko‘zumdin sochilur har lahza yosh, Bo‘ylakim paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘och quyosh.
B) Odamiy ersang, demagil odami Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.
C) Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig‘, Yor o‘lung bir-biringizgakim, erur yorlig‘ ish.
D) Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur, Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur.
2. Badiiy adabiyotning yozma shakli nechta adabiy turga bo‘linadi?
A) 2 ta: nasr, nazm B) 3 ta: nasr, nazm (she’riyat), dramaturgiya
.
C) 4 ta: nasr, nazm, she’riyat, dramaturgiya D) 4 ta: nasr, nazm, dramaturgiya,
maxsus tur
3. Ertaklar, hikoya va ocherklar, qissa va romanlar birlashib so‘z san’atining qaysi turini tashkil qiladi?
A) she’riyat B) dramaturgiya C) maxsus tur D) nasr
4. Kichik sahna asari bo‘lmish intermediyalardan tortib yirik drama, komediya, tragediya singari sahna asarlari mansub bo‘lgan adabiy tur qaysi? A) she’riyat B) nasr C) maxsus tur D) dramaturgiya
5. Qaysi adabiy turga mansub asarlar muallif ixtiyoriga ko‘ra she’riy yo‘l bilan ham, nasriy yo‘l bilan ham yozilishi mumkin? A) she’riyatga mansub asarlar B) nasrga mansub asarlar
C) dramaturgiyaga mansub asarlar D) to‘g‘ri javob yo‘q
6. Barcha avlod va xalqlarga birdek qadrli bo‘lib qolaveradigan, haqiqiy adabiyot namunasi bo‘lgan «Odisseya» asari muallifi kim? A) Shekspir B) Arestotel C) Pushkin D) Homer
7. Quyidagi misralar Muhammad Yusufning qaysi she’ridan olingan?
Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga.
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
A) «Lolaqizg‘aldoq» she’ridan B) «O‘zbekiston» she’ridan C) «Iltijo» she’ridan D) «Vatanim» she’ridan
8. Obrazli fikrlash nima? A) solishtirib fikrlash B) aldab fikrlash C)tasavvuran fikrlash D) barcha javob to’g’ri
9. Inson hayvondan nimasi bilan farq qiladi? A)vijdoni bilan B) tili bilan C) fikrlay olishi bilan D)aqli bilan
Maqol va topishmoq
1. «Zarbulmasal»da qancha maqol keltirilgan va kimning asari?
A) 300 Ogahiy B) 400 Gulxaniy C) 400 Furqat D) 500 Muqumiy
2. «Zarbulmasal»da qaysi qushlarning quda-andachilik mojarolari tasvirlangan?
A) Yapaloqqush va Ko‘rqush B ) Ko‘rqush va Kulonkir C) Kordon va Boyo‘g‘li D) Yapaloqqush va Boyo‘g‘li
3. Maqolga xos belgi-xususiyatlarni aniqlang.
1) fikrning aniq bo‘ladi 2) xulosaning tugal bo‘ladi; 3) ifoda lo‘nda bo‘ladi; 4) ibratli fikr hukm shaklida bo‘ladi;
5) she’riy shaklda bo‘ladi; 6) nasriy shaklda bo‘ladi.
A) 2, 3, 4, 6 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 3, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
4. Maqol va topishmoqlarning o‘xshash tarafi nima?
A) Maqol ham topishmoq ham qofiyadosh bo‘lib kelishi mumkin.
B) Maqolda ham topishmoqda ham xulosa tugal, mazmun aniq, ifoda lo‘nda bo‘ladi.
C) Maqol va topishmoqlarda sirlilik bor.
D) Har ikkalasida ham xulosa bor.
5. O‘z ma’nosida ishlatiladigan maqolni toping.
A) Qazisan, qartasan – axir aslingga tortasan.
B) Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda.
C) Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi.
D) Olmaning tagiga olma tushadi.
6. Maqolni davom ettiring. «Chin so‘z mo‘tabar, … ».
A) yolg‘on so‘z muxtasar B) yolg‘on so‘z zahar
C) shirin so‘z zahar D) yaxshi so‘z muxtasar
7. «Chiston» so’zi qaysi tildan olingan?
A) arabcha B) forscha C) o’zbekcha D) turkcha
8. Agar topishmoq ertak ichida kelsa, bunday topishmoqlar qanday ataladi?
A) ertak-topishmoq B) sirli ertak C) topishmoqli ertak D) topmacha
9. Adabiyotimiz tarixida chiston janrining go‘zal namunalarini qaysi ijodkorlar ijodida uchratishimiz mumkin?
A) Uvaysiy, Lutfiy B) A. Navoiy, Nodira, Lutfiy C) A. Navoiy, Uvaysiy D) A va C
10. «Maqol» so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
A) forscha «so‘z» B) arabcha «so‘z» C) arabcha «nasihat» D) forscha «gap»
11. Chiston qanday janrlarda yoziladi? 1. Fard 2.g’azal 3.masnaviy 4.ruboiy 5.musaddas 6.qit’a 7.tuyuq 8.bayt
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,4,6,8 C)1,2,3,4,6 D)2,4,6,7,8
12. “Ochun” so’zining ma’nosi nima? A) kitob B) dunyo C) qo’l D) oila
13. Maqollar qanday shaklda yoziladi? A) she’riy B) nasriy C) dramatik D) A va B
14. Intermediyalar adabiyotning qaysi turiga mansub? A) she’riyat B) nasr C) dramaturgiya D) maxsus tur
IMOM BUXORIY
1. Yosh Buxoriyning onasi tushida qaysi payg‘ambarni ko‘radi va u qanday bashorat beradi?
A) Muhammad s.a.v.ni; duolari sharofatidan o‘g‘lining muhaddis bo‘lishini
B) Ismoil a.s.ni; duolari sharofatidan o‘g‘liga ko‘rish ne’mati
berilishini
C) Ibrohim a.s.ni; duolari sharofatidan o‘g‘liga ko‘rish ne’mati berilishini
.
D) Yusuf a.s.ni; duolari sharofatidan o‘g‘lining muhaddis bo‘lishini
2. Hadislar tuzilishiga ko‘ra necha qismga bo‘linadi?
A) 3 ta: matn, sanad, musnad B) 2 ta: sanad, musnad C) 2 ta: matn, roviy D) 2 ta: sanad, matn
3. Hadislarning «sahih» (ishonchli)larini «nosahih» (ishonch-siz)laridan ajratish bilan kimlar shug‘ullanadi?
A) tobeinlar B) roviylar C) sahobalar D) hadisshunoslar
4. Imom Buxoriy «Al-jome’ as-sahih» kitobi ustida necha yil ishlagan va qancha hadis ichidan nechta hadisni saralab olgan?
A) 10 yil, 600 ming hadis ichidan 7437 ta hadis saralagan B) 12 yil, 800 ming hadis ichidan 7437 ta hadis saralagan
C) 14 yil, 800 ming hadis ichidan 7397 ta hadis saralagan D) 16 yil, 600 ming hadis ichidan 7397 ta hadis saralagan
5. Payg‘ambarimizni ko‘rgan va u kishi bilan suhbatda bo‘lgan izdoshlari kimlar hisoblanadi?
A) muhaddislar B) tobeinlar C) sahobalar D) roviylar
6. Roviylar ikki xil bo‘lgan:
A) muhaddislar, sahobalar B) sahobalar, tobeinlar C) muhaddislar, tobeinlar D) tobeinlar,
hadisshunoslar
7. Hadis yig‘ish an’anasi qachondan boshlangan?
A) islom dini paydo bo‘lgandan B) payg‘ambarimiz yashagan davrdanC) sahobalar davridan D) Imom Buxoriy davridan
8. Payg‘ambarimizni emas, sahobalarni ko‘rib, ulardan eshitgan-larini aytuvchilar kimlar?
A) roviylar B) tobeinlar C) sahobalar D) muhaddislar
9. Zamondoshlari kimning xonadoniga mehnatsiz topilgan biror dirham ham pul kirmaganligi haqida yozadilar?
A) Xorazmiy B) Ibrohim Buxori C) Ismoil Buxoriy D) Ahmad al-Buxoriy
10. Al-Buxoriy kimning chopariga «Men ilmni xor qilmayman, uni hukmdorlar eshigiga olib bormayman», – degan gaplarni aytgan? A) Qo‘qon xoni Nasrulloning B) Qo‘qon xoni Xudoyorxonning
C) Buxoro amiri Ahmad ibn Xoliqning D) Buxoro amiri Xolid ibn Ahmadning
11. Imom al-Buxoriyning onasi tushiga kirib: «Ey volida, duolaring sharofatidan Alloh o‘g‘lingga ko‘rish ne’matini qaytardi!», – deb xitob qilgan payg‘ambar kim?
A) Muhammad alayhissalom B) Ibrohim alayhissalom C) Yusuf alayhissalom D) Muso alayhissalom
12. Hadisni davom ettiring. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir kishi so‘radi: «Islomda eng yaxshi xislatlar qaysidir?» … A) «Ochlarga taom bermoqlik, tanigan va tanimaganga salom bermoqlik».
B) «G‘azablangan taqdirda ham kechira olmoq, barchaga salom bermoq».
C) «Insofli va adolatli bo‘lmoq, kambag‘alligida ham sadaqa berib turmoq».
D) «Ochlarga taom bermoqlik, kambag‘alligida ham sadaqa berib turmoq».
13. Hadisni to‘ldiring. «Birovni
kurashib, yiqitgan polvon emas, balkim ... polvondir».
A) fahsh ishlardan o‘zini olib qochuvchi odam B) odamlarning gunohlarini o‘tuvchi odam
C) tanglikda ham, mo‘lchilikda ham xayr-ehson qiluvchi odam D) g‘azablangan vaqtida jahlini yutuvchi odam
14. Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, payg‘ambarimiz ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarini juft qilib «ikkimiz jannatda yonma-yon yashaymiz» deb kimni nazarda tutgan?
A) g‘azablangan vaqtida jahlini yutgan odamni B) ilm o‘rgangan va uni boshqalarga o‘rgatgan odamni
C) tanglikda ham, mo‘lchilikda ham xayr-ehson qilgan odamni D) yetimning kafilini olgan odamni
.
15. Hadislarda ilmni o‘rganib, o‘zgalarga o‘rgatib, o‘zi amal qilmaydiganlar nimaga o‘xshatiladi va qanday nomlanadi?
A) unumdor yerlarga, mo‘min B) qurg‘oq yer, fosiq C) tekis yer, kofir D)
unumdor yer, fosiq
16. Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, rasululloh bergan hidoyani (ilmni) o‘zi o‘rganib o‘zgalarga o‘rgatadigan, o‘zi ham amal qiladigan kishini kim deb ataydi va qanday yerga o‘xshatadi?
A) ulamo, unumdor yerga B) fosiq, qurg‘oq qattiq yerga C) kofir, qurg‘oq yerga D) mo‘min, unumdor yerga
17. Hadislarda aytilishicha, qaysi xislatlarni o‘zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo‘ladi?
1) Insofli va adolatli bo‘lmoq. 2) Barchaga sadaqa bermoq. 3) Kambag‘allikda ham sadaqa berib turmoq.
4) Ochlarga taom bermoq. 5) Barchaga salom bermoq.
A) 1, 2, 3 B) 3, 4, 5 C) 1, 3, 5 D) l, 2, 4
18.Qur’oni karimdan keyingi eng muhim manbaa qaysi? A) maqollar B) hadislar C) hikmatli so’zlar D) ibratli hikoyalar
19. Hadislar deb nimaga aytiladi ? A) Payg’ambarimiz aytgan so’zlari B) Payg’ambarimiz qilgan ishlari
C) Payg’ambarimiz ma’qullashlari va xulqiy sifatlaari D) barcha javoblar to’g’ri
20. Imom al-Buxoriyning otasi qaysi kasb bilan shug’ullangan ? A) muhaddis B) tijoratchi C)shoir D) A va B
21. Imom al-Buxoriyning bizga nechta asari qolgan? A) 10 B) 20 C) 5 D) 15
22.Hadislarda ilmni nimaga o’xshatadi? A) chashmaga B) yomg’irga C) quyoshga D) toza havoga
23.Hadislarda yaxshi muomala qilmoqqa, avvalo, kim loyiq deyiladi? A) ona B) ota C) aka D) do’st
24. «Kimki rizqim ulug‘, umrim uzоq bo‘lsin dеsа nima qilishi kerak?
A) insofli bo’lishi kerak B) qаrindоsh-urug‘lаrigа mеhr-оqibаtli bo‘lsin C) to’g’riso’z bo’lishi kerak
25. Qarindosh-urug’ga zakot berilsa nechta savob olinadi? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
26. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki narsadan o‘zgasiga hasad qilmoq joiz ermas” deganlar, bu nima?
A) kishiga Alloh
taolo halol mol-dunyo bersa-yu, uni Haq yo‘lida sarflayotgan bo‘lsa,
B) kishiga Alloh taolo ilm-u hikmat ato etsa-yu, u shu tufayli oliymaqomga erishib, hukm surayotgan, odamlarga bilganini o‘rgatayotgan bo‘lsa C) katta uylar qursa D) A va B
27.Riyo bu nima? A) yolg’onchilik B) ikkiyuzlamachilar C) ziqnalar D) o’g’rilar
28. Ilmni o’rgansa, boshqalarga ham o’rgatsa va unga amal qilsa, bu qanday inson?
A) fosiq B) kofir C) mo’min D) iymonsiz
EZOP
1. Ezop aql-u farosati, topqirligi bilan oxir-oqibat o‘zini qullikdan xalos etib, qaysi darajalargacha ko‘tarilgan?
A) Vavilon shohi Likurgning saroyida xizmatchi, Lidiya
shohi Krezning xazinachi
B) Lidiya shohi Likurg saroyida xizmatchi, Vavilon shohi Krez saltanatida xazinachisi
C) Lidiya shohi Krez saroyida xizmatchi, Vavilon shohi Likurg saltanatida xazinachi
.
D) Vavilon shohi Krez saroyida xizmatchi, Lidiya shohi Likurgning xazinachisi
2. Qadim davrlardayoq «Ezop masallari» nomi ostida jamlangan kitobda Ezopning qancha masali yig‘ilgan edi?
A) 50 ga yaqin B) 300 dan ortiq C) 500 ga yaqin D) 600 dan ortiq
3. Uzoq safarga otlanganda Ezop yengilroq yuk sifatida nimani ko‘tarib oladi?
A) to‘rt kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan non solingan qutini
. B) to‘rt kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan tuz solingan xaltani
C) besh kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan ovqat solingan qutini D) uch kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan
ovqat solingan qutini
4. «Og‘irning ostidan, yengilning ustidan o‘tma» matali Ezopning qaysi masali mazmuniga mos keladi?
A) «Eshak bilan baqalar» B) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon» C) «Yovvoyi echkilar va cho‘pon»
D) «Ustiga tuz yuklangan eshak»
5. «Do‘stlikka sadoqatli bo‘lish, yangi do‘st orttirganda eskilarini esdan chiqarib yubormaslik» g‘oyasi Ezopning qaysi masalida ilgari suriladi? A) «Yovvoyi echkilar va cho‘pon» B) «Kiyik bilan tokzor»
C) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon» D) «Eshak bilan baqalar»
6. Ezop qaysi masalida yaxshilikka yomonlik qilish muqarrar jazo bilan yakunlanadi, deyish barobarida insonlarni nafs balosidan ham asranishga, hamma narsaga bir paytning o‘zida erishaman deb, ochko‘zlik qilmaslikka da’vat etadi?
A) «Yovvoyi echkilar va cho‘pon» B) «Kiyik bilan tokzor»
. C) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon» D) «Eshak bilan baqalar»
7. Quyidagi fikrlar kimning qaysi asaridan olingan?