Oliy talim fan va inovatsiyalar vazirligi Alfraganus universiteti nodavlat ta’lim tashkiloti ijtimoiy fanlar kafedrasi
“Falsafa”
Mavzu :Lev Tolstoy
“Iqrornoma” asari
Bajardi: Baxodirova Dilafruz
Tekshirdi : Guruh : Bt-s 22-1-kurs
Lev Tolstoy
Lev Nikolayevich Tolstoy [1828.28.8 (9.9), Tula gubernyasi Yasnaya Polyana qishlog‘i — 1910.7 (20).11, Lipesk viloyati, hoz. Lev Tolstoy bekati; Yasnaya Polyanada dafn etilgan] — rus yozuvchisi. Rossiyadagi qadimiy dvoryanlar sulolasidan, graf. Peterburg Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1873), faxriy akademigi. (1900). 1844—47 yillarda Qozon universitetining arab-turk va huquqshunoslik fakultetlarida o‘qigan. 1851—53 yillarda Kavkazda bo‘lib, janglarda ishtirok etgan. 1854 yil Dunay armiyasiga yuborilgan; iltimosiga ko‘ra, qamaldagi Sevastopolga o‘tkazilgan. Qrim urushida qatnashgan. Tolstoy 1855 yilda Peterburgga borib, N. A. Nekrasovnnng «Sovremennik» («Zamondosh») jurnali va jurnal atrofidagi yozuvchilar (I. S. Turgenev, I. A. Goncharov, N. G. Chernishevskiy va b.) bilan hamkorlik qilgan. Bolalik kezlarida rus va arab xalq ertaklari, A.S. Pushkin she’rlari, shuningdek, Yusuf haqidagi Injil rivoyati ta’sirida she’rlar yozgan. Birinchi yirik asari — «Inson kamolotining to‘rt davri» avtobiografik asari («Bolalik», 1852; «O‘smirlik», 1852-54; «Yoshlik», 1855-57; «Yigitlik», yozilmay qolgan). Urush lavhalari va askarlarning maishiy turmushi Tolstoyning «Sevastopol hikoyalari» (1855) to‘plamiga kirgan hikoya va ocherklarida o‘z ifodasini topgan. 50-yillar Tolstoy ruhiy hayot lavhalari va maishiy turmush tafsillarini tarixiy voqealarning keng manzarasi, hayotning axloqiy-falsafiy asoslari tasviri bilan uyg‘unlashtirishga harakat qiladi. Tolstoy ijodida shakllana boshlagan bu ijodiy tamoyil «Kazaklar» qissasi (1863)da, ayniqsa, yaqqol ko‘rinadi. Bu asarda o‘z in’ikosini topgan xalq hayoti mavzui va voqelikning epik tasviri Tolstoyning 60-yillar ijodida yanada teranlashadi. Rus va jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam o‘rin olgan «Urush va tinchlik» (1863—69) epopeyasi (o’zbek tiliga Abdulla Qahhor va Kibriyo Qahhorova tarjimasi) Tolstoyning 60-yillarda ijodiy kamolotga erishganidan shahodat beradi. Ayrim sovet adabiyotshunoslari garchand bu asarni Tolstoyning o‘z davri muammolaridan qochishi, deb baholagan bo‘lsalarda, yozuvchi «Urush va tinchlik» romani bilan o‘z davrida ro‘y bergan va o‘zi shaxsan guvoh bo‘lgan voqealarga faol munosabat bildirgan. Eng muhimi, u Napoleonning 1805—07 va 1812—14 yillardagi harbiy yurishlari mavzuiga murojaat etib, ko‘plab qahramonlar ishtirok etgan epik voqealar bilan birga qahramonlarning ruhiy tasvirlari ilk bor katta mahorat bilan uyg‘unlashgan tarixiy roman janrini yaratdi. Holbuki, 19-asr o‘rtalarida epik asarlar davri o‘tdi, degan fikrlar keng tarqalgan, 60-yillarda rus jamiyatida kuch ola boshlagan sinfiy ziddiyat va kurashlar esa «Urush va tinchlik»dek epopeyaning maydonga kelishi uchun unumli zamin bo‘la olmas edi. 1812 yilda Rossiyaning Napoleon qo‘shinlari tomonidan bosib olinishi mumkinligi bir-biri bilan kelisha olmagan turli tabaqa va sinflarni dushmanga qarshi kurash shiori ostida birlashtirdiki, Tolstoyning rus xalqi ongidagi ana shu uyg‘onishga murojaat etishi «Urush va tinchlik» romanining yuzaga kelishi uchun hayotbaxsh zamin vazifasini o‘tadi. Tolstoyning 70-yillar ijodida «Anna Karenina» romani alohida mavqega ega. «Urush va tinchlik»dan bu romanni yozguniga qadar bo‘lgan davrda Tolstoyning rus jamiyatidagi ijtimoiy tenglik va adolat to‘g‘risidagi orzu-umidlari ro‘yobga chiqmadi. 60-yillardagi islohot yozuvchi kutgan natijani bermadi. Mazkur romanda Tolstoyning jamiyat hayotida kechayotgan noxush jarayonlar haqidagi iztirobli o‘ylari aks etdi. Romanda Kareninlar, Oblonskiylar va Levinlardan iborat uch oilaning bir-biri bilan chatishgan, ammo mustaqil syujet chizig‘iga ega bo‘lgan tarixi tasvir etilgan. Tolstoy, aksar rus yozuvchilaridek, nasroniy diniga katta e’tiqod qo‘ygan, hayotda ro‘y berayotgan voqealarga va kishilarning xatti-harakatlariga ham shu din nuqtai nazaridan yondashgan. Uning diniy qarashlari jamiyat va shu jamiyatda yashovchi kishilarga, binobarin, u yoki bu qahramoniga bo‘lgan munosabatiga, shak-shubhasiz, ta’sir o‘tkazgan. Tolstoyning oila masalasiga, chunonchi, Kareninlar oilasida sodir bo‘layotgan voqealarga yondashuvida ham diniy qarashlari seziladi. U jamiyat a’zolarida qanday chirkin xislatlar mavjud bo‘lmasin, kishilar diniy qonun-qoidalar doirasida harakat qilishlari lozim, aks holda jamiyat halokat sari boradi, degan fikrdan kelib chiqib, qahramonlar obrazini yaratadi. 70-yillarda ruhiy iztirob iqlimida yashagan Tolstoy o‘z hayot yo‘lini qayta nazardan o‘tkazdi va shu jarayonda ijtimoiy kelib chiqishi, tarbiyasi va hayot yo‘li bilan bog‘liq jamiyat qatlamining ma’naviy asoslari yolg‘onga asoslangan, degan xulosaga keldi. Uning bunday qarashlari «Iqrornoma» (1880) va «E’tiqodim nimada?» (1884) asarlarida o‘z ifodasini topdi. Tolstoyning shu davrda yozgan asarlari orasida «Ivan Ilichning o‘limi» (1886), «Kreyser sonatasi» (1889) qissalari, ayniqsa, e’tiborga loyiq. Tolstoy 80-yillarda dramaturgiya janrlarida ham ijod qilib, «Zulmat hokimiyati» (1886) dramasi va «Ma’rifat mevalari» (1890) komediyasini yozadi. Bu asarlarda qishloq ahlidagi jaholat, shahar madaniyatining qishloqqa ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri katta badiiy kuch bilan tasvirlangan. Tolstoy dunyoqarashida tobora kuchayib borayotgan ziddiyatlar uning so‘nggi yirik asarlaridan biri — «Tirilish» romani (1889—99)da o‘z aksini topdi. Hayotda bo‘lib o‘tgan oddiy voqea — bir sud jarayoni asosida yaratilgan bu asarda Tolstoy ijtimoiy adolatsizlikka asoslangan jamiyatning ichki, ma’naviy asoslarini ochib tashlaydi. Mazkur asardagi kishilar taqdiri bilan voqealarning o‘zaro chambarchas bog‘likligi masalasi «Hojimurod» (1896— 1904) qissasining ham asosini tashkil etgan. Tolstoy dindor yozuvchi sifatida kishilar ruhiyatidagi ziddiyatlarni tasvir etibgina qolmay, o‘zi ham jamiyat va kishilar hayotidagi bunday ziddiyat va mayllardan jarohatlanib yashagan. Yozuvchidagi murakkab ruhiy holat uning so‘nggi asarlari («Tirik murda» (1890); «Baldan so‘ng» (1903) va boshqa.) da ham aks etgan. Tolstoy hayotining Yasnaya Polyanadagi so‘nggi kunlari ruhiy iztiroblar po‘rtanasida kechdi. U yaqin kishilari to‘qigan ig‘vo va fasod to‘ridan qochib, 1910 yil Yasnaya Polyanadan bosh olib chiqib ketadi va yo‘lda shamollab, vafot etadi. O‘zbekistonda Tolstoy ijodiga qiziqish u hayot paytlardayoq boshlangan. Uning «Odamlar nima bilan tirik?», «Xudo haqiqatni ko‘rsa ham tezda ayta olmaydi» maqolalari 1887-1902 yillarda «Turkiston viloyatining gazeti»da o‘zbek tilida nashr etilgan. Tolstoy haqidagi «Rossiya mamlakatining mashhur yozuvchisi» degan maqola esa 1889 yil shu gazetada taniqli ma’rifatparvar Sattorxon Abdug‘afforov tarjimasida bosilgan. Tolstoyning bolalar uchun yozgan qator hikoyalari Saidrasul Aziziy («Ustodi avval», 1902), Aliasqar Kalinin («Muallimi soniy», 1903), Abdulla Avloniy («Birinchi muallim», 1909; «Ikkinchi muallim», 1912) singari jadid ma’rifatparvarlarining o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarida e’lon qilingan hamda usuli savtiya maktablarida o‘qitilgan.Tolstoy nafaqat buyuk yozuvchi, balki adolatparvar va xalqparvar inson sifatida ham o‘zbek jadidlarining e’tiborini o‘ziga jalb etgan. Birinchi o‘zbek advokati Ubaydulla Xo‘jayev 1909 yilda Tolstoyga uning yomonlikka yomonlik bilan javob bermaslik haqidagi ta’limoti yuzasidan xat yozib, o‘sha yilning 5 iyunida undan javob olgan. Islom dinining taniqli arboblaridan biri Abduvohid Qoriyev esa 1910 yil Yasnaya Polyanaga maxsus borib, Tolstoy bilan bir necha marta muloqotda bo‘lgan. Ammo o‘zbek xalqining Tolstoy ijodi bilan yaqindan tanishishi 20-asrning 30-yillaridan boshlangan va uning barcha asosiy asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
Bu roman Lev Tolstoyning avtobiografik asari bo‘lib, 1870-yillar oxiri – 1880-yillar boshida yozilgan. Asarning asosiy mazmuni – yozuvchining ko‘p yillik ichki kechinmalarini sarhisob qilish, og‘riqli va ehtirosli izlanishlarda aziyat chekkan hayotning mazmuni haqida yangi tushuncha berish. 1882-yili “Rus tafakkuri” jurnalining may oyi sonida asarni joylashtirish rejasi bor edi, ammo cherkov senzurasi nashrga keskin qarshilik ko‘rsatdi. Asar ilk bor 1884-yil Jenevada nashr qilindi.
Lev Tolstoy bir kuni akasi kelib Xudo yo‘qligini aytganidan keyin bolalikdan iymonini yo‘qotganini yozadi. Bir muddatdan so‘ng u ma’lum bir “aqlli” odamning iymondan voz kechishi haqidagi hikoyasidan keyin ibodat qilishni butkul to‘xtatadi. Tolstoy Xudo oldida emas, balki boshqa odamlar oldida jismonan baquvvat, aqlli va boy bo‘lishga intilib, nigilizm va o‘zini takomillashtirish yo‘lini tanladi.
Keyin Tolstoy ehtiroslari va jinoyatlari haqida (duellar, qartabozlik, zinokorlik, yolg‘on va boshqalar), jamiyatning ahvoli haqida, gunohlar rag‘batlantirilgani haqida yozadi. Keyin u ijodga ishonishni boshladi, o‘zi hech nimani bilmay turib boshqalarga o‘rgatuvchi ruhoniy singari yashadi. “Nega?” degan savollar, azob-uqubatlar va umidsizliklar yozuvchini hayotning ma’nosini izlashga majbur qildi. Hayot unga bema’ni va yomon hazil bo‘lib tuyuldi, ammo o‘lim qo‘rquvi bor edi.
1879-yil Tolstoy uchun burilish davri edi. Kiyev-Pechyorsk va Troitsa-Sergivskaya lavralariga kuzgi sayohatdan so‘ng yozuvchi butunlay o‘zgarib ketdi. U faqatgina iymon uni qutqarishini mumkinligini tushundi, garchi u iymonni sodda va ommabop deb tushungan bo‘lsa-da. Bu uning uchun ruhiy shifo bo‘ldi.
“Iqrornoma” hayotdagi maqsadni topishni, taqdiringizni tushunishni, juda ko‘p savollarga javob topishni o‘rgatadi.
Rus adabiyotining milliy shon-sharafiga aylangan Lev Tolstoy yoshi ellikdan o‘tgach, shon-sharafini, boyligini rad etadi, chunki u ichki olamida vayronagarchilik his qiladi. U kimgadir o‘rgatish uchun hech narsasi yo‘q deb o‘ylay boshlaydi. “Hayotingizdan albatta ma’no topishingiz kerak, yo‘qsa biror kun miyangizni yo‘qotib qo‘yishingiz hech gap emas”, deb yozgan edi adib. Uning hayoti, moddiy va ma’naviy boyliklariga qaramay, buni to‘ldirmaydi; hamma narsa bema’ni, majburlangan; aytaylik, u olib boradigan hayot kino tomosha qilish kabi soxta bo‘lib tuyula boshlaydi. Tolstoy nimani xohlasa, uni tub mohiyatigacha o‘rganishni xohlaydi. Masalan, unga hayot kerak – u hayot mohiyatining suyaklarigacha borishni xohlaydi, faqatgina terisini paypaslab ko‘rish uni qoniqtirmaydi. Oxir-oqibat Lev bilimni tashlab, odamlardan o‘rganishimiz kerak, degan xulosaga keladi. Inson Xudoga ishonsa va undan ma’no topsa, ya’ni izlayotgan haqiqatini Xudodan topsa, o‘z ehtiroslari bo‘g‘ib qo‘ysa, siz iymon bilan oziqlangan dunyoni topasiz – yagona najot-umidingiz iymondan. U buni topdi, chunki unda ellik yil mavjud bo‘lgan ekzistensial og‘ishlardan so‘ng Tolstoy 82 yoshgacha yashadi va diniy masalalarda savollari ko‘payib bordi.
Hamma yozuvchilar biladigan dahshatli haqiqat bor, ammo deyarli hech kim asarlarini shon-shuhrat izlab yozilgan deb tan olmaydi. Tolstoy bu kitobida o‘z asarlarini shuhratparastlik va mag‘rurlik uchun yozishni boshlaganini tan olganiga guvoh bo‘lamiz. Endi yaxshilikka va mukammallikka intiladigan hayot bu cheklangan va keraksiz tasavvurga rioya qila olmaydi. Shuning uchun u yozuvchilar doirasiga kirib, shoirlar va san’atkorlarning e’tiqodi, ya’ni ijodning asl ahamiyati va qadriyatiga ishonishni boshlaganda, Tolstoy o‘zida nochorlik, siqilish va bezovtalikni his qiladi, chunki u bu sohada “Men nimani bilaman va boshqalarga nimani o‘rgatishim mumkin?” kabi fundamental savollar berishning hojati yo‘qligini anglaydi.
Chunki ijodkor o‘rgatish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi kerak. Tolstoy aytganidek, u o‘zi nimani o‘rgatayotganini bilmasdan turib yozishi va boshqalarga dars berishi mumkin edi. Shuning uchun rus yozuvchisi izlanishni davom ettirishga qaror qiladi, yozishdan tashqari, undagi iymon faqat hayotning ma’nosini tushunishga yordam bermaydigan xurofot ekanini, ayniqsa yordamga muhtoj bo‘lgan yosh, aqlli, mehribon akasining vafotidan so‘ng anglagan edi. Tolstoy yozadi: “U bir yildan ko‘proq azob chekdi, nima uchun yashaganini va nima uchun o‘lganini tushunmay, azobda o‘ldi”.
Keyin unga chalkashliklar va javobsiz savollar kela boshladi. Hayot to‘xtadi va o‘z joniga qasd qilish fikri bilan yashay boshladi. “Siz faqat hayotning masrurligi davom etar ekan, yashashingiz mumkin, lekin kimdir bu mastlikdan xalos bo‘lganda, bularning barchasi ahmoqona yolg‘on ekanini ko‘rmaslik mumkin emas!” deb yozadi Tolstoy. Biroq bu falsafiy mulohazalar ham yozuvchini ishontira olmaydi. Yagona haqiqat – o‘lim, qolgani yolg‘on. Tolstoy bu haqiqatni buyuk mutafakkirlar Suqrot, Shopengauer, Sulaymon va Budda misolida tasdiqlaydi. “Men qarilik, azob va o‘lim borligini bilgan holda hayotdan zavqlana olmadim”, deb yozadi u. Adibni “hayot ongi” deb ataydigan va oddiy, savodsiz va kambag‘al odamlarda kashf etgan juda kuchli tuyg‘u hayotga qaytaradi. Bu kashfiyot –iymon va ishonch edi.
“Iqrornoma” – buyuk rus dahosini tushunish uchun eng asosiy kitob, chunki u butun ichki tanglik inqirozini va uning butun hayotini belgilagan shaxsiy va ma’naviy izlanishlarni aks ettiradi. Barcha qarama-qarshiliklarni, afsuslarni, aqliy mehnatni, qidiruv va topilmalarni ochib beradi. Biz bu asarda XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya kabi mamlakatda yashagan o‘z davrining dahosi va ziyolisining hayot yo‘lini va kechinmalarini ochiq tan olishida qatnashishimiz mumkin. Garchi bugungi kunda Tolstoyning ilk asarlaridagi ba’zi baholashlar va fikrlash jarayonlari so‘nggi asarlarining mavzulari kabi bizni hayratda qoldirishda davom etmasa-da, “Iqrornoma” noyob xazinalardan biri bo‘lib, unda muallif o‘z ko‘z yoshlari va aqliy tarangliklarini bizga ko‘rsatish uchun aqlini va yuragini katta qilib ochib beradi. Ayniqsa bizga dunyo adabiyotining eng yirik namoyandasi va hayotda juda muhim va ta’sirchan bo‘lgan adibning xarakterini, axloqiy va ma’naviy tuzilishini yaxshiroq anglashga imkon beradi.
Ayni damda muallif boshi qotganini biladi, chunki aql hayotni rad etishni anglatadi, iymon esa aqlni rad etishga undaydi. Ammo Tolstoyning hali izlanmagan, so‘nggi yo‘lni izlashdan boshqa iloji yo‘q edi. Tolstoy dehqonlarning hayotini kuzatadi va baham ko‘radi, chunki ularning iymoni shubha ostida emas.
Iymon hayot kuchi bo‘lsa, bu tuyg‘u yozuvchini Xudoni izlashga, ildizlarga qaytishga, hayotdagi asosiy va yagona maqsad – yaxshiroq bo‘lishga intilishga olib keladi. Ammo iymonga bo‘ysunish oxir-oqibat ehtimol buni o‘zi istamagan dinga olib keladi. Din esa cherkov marosimlarini bajarishga majbur qilishi mumkinligini anglaydi. Ilohiyot uchun joy mavjud bo‘lgan ushbu diniy sayohatning so‘nggi nuqtasi oyatlarni va urf-odatlarni o‘rganish va pravoslavlikning rad qilinishidir: “Men din nomi bilan qilinadigan narsalarga e’tibor berdim”. “Va dahshat ichida men deyarli pravoslavlikdan voz kechdim”.
Faqatgina tushda va qisqa vaqt ichida baxtli va osoyishta bo‘lolmaslik yana bir dahshatli haqiqatni tasdiqlaydi. Xulosa qilamanki, hayot biz hech qachon erisha olmaydigan biror narsani behuda izlashdek tuyuladi, shuning uchun biz bundan Tolstoy singari haqiqat va sevgi birligi degan ishonch bilan qoniqishimiz kerak.
Xulosa “Mening hayotim – bu kimdir menga qilgan ahmoqona va shafqatsiz hazil”, deb yozgan edi “Urush va tinchlik” kitobining muallifi o‘z kitoblari bilan boylik va xalqaro shon-shuhratga erishganida. Tolstoyning bag‘riga olgan chuqur tashvish uni joniga qasd qilishga undaydi. Shunday qilib, umidsiz ekzistensial qidiruv boshlanadi, tez orada unda fan, falsafa, san’at odamlari uchun ochilgan imkoniyatlar tugaydi va bu uning hayoti va fikrlarini abadiy o‘zgartiradigan ruhiy konvertatsiya bilan yakunlanadi. Buyuk rus yozuvchisining ushbu asarida, avvalambor, u o‘zi qatnashgan axloqsizlik va sinizmga qarshi chiqish bor. Bu kitob urf-odatlarini muqaddas deb bilgan “hayot ijodkorlari” bo‘lgan oddiy odamlarning asl donoligini ochib berishi kerak.
“Iqrornoma” haqiqatni qidirishning ishtiyoqli va ochiq-oydin xronikasi, buyuk diniy va’zlar kabi yozilgan, lekin mutaassiblik tomonidan boshqara olinmagan ozod ruhlarning ochilgan qalb daftaridir.